YOSHLARGA TASVIRIY SAN'ATNING AHAMIYATI
San’at – estetik faoliyatning o’ziga xos turi, sehrli ma’naviy ko’zgu. Sehri shundaki, san’at asarini idrok etayotgan odam unda ham shu asarni yaratgan inson dunyosini, ham o’z dunyosini qadriyatlar prizmasi orqali ko’radi; o’zining qandayligini va qayerdaligini, yutuqlarini va nuqsonlarini, aqlni va hissiyotlarni aniqlashtirib oladi. Uning estetik mohiyati makon va zamondagi voqelik vositasida go’zallik, ulug’vorlik, fojiaviylik, kulgilik, xunuklik, tubanlik va boshqa estetik xususiyatlarni in’ikos ettirishi hamda ularni baholashi bilan belgilanadi.