www.e-itt.uz
I SON. 2025
492
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ELEKTRON HISOB
-KITOB QILISH TIZIMINING
RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Tо‘rayeva Shaxrizoda Shavkat qizi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti akademik litseyi
ORCID: 0009-0005-6129-9311
Annotatsiya.
Hozirgi kunda rivojlanayotgan
davlatlarda, jumladan, О‘zbekistonda ham
plastik kartochkalar texnologiyasi jadal rivojlanib bormoqda. Plastik kartochkalardan
foydalanishni takomillashtirish va naqd pulsiz hisob-kitob tizimini keng joriy etish maqsadida bir
qator me
’
yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Kalit
sо‘zlar
:
elektron hukumat, axborot-kommunikatsiya, SMS-banking, internet-banking,
mobil-banking, tijorat banklari.
ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ СИСТЕМЫ ЭЛЕКТРОННЫХ РАСЧЕТОВ В РЕСПУБЛИКЕ
УЗБЕКИСТАН
Тураева Шахризода Шавкат кизи
Академический лицей Ташкентского университета
информационных технологий имени Мухаммада ал
-
Хоразмий
Аннотация
.
В
настоящее
время
технология
пластиковых
карт
стремительно
развивается
в
развивающихся
странах,
в
том
числе
и
в
Узбекистане.
Принят
ряд
нормативных
правовых
актов,
направленных
на
совершенствование
использования
пластиковых
карт
и
повсеместное
внедрение
безналичной
системы
расчетов.
Ключевые
слова
:
электронное
правительство,
информация
и
связь,
SMS-
банкинг,
интернет
-
банкинг,
мобильный
банкинг,
коммерческие
банки.
STAGES OF DEVELOPMENT OF THE ELECTRONIC BILLING SYSTEM IN
THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
Toraeva Shahrizoda Shavkat kizi
Academic Lyceum of the Tashkent University of Information
Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi
Abstract.
Currently, plastic card technology is rapidly developing in developing countries,
including Uzbekistan. A number of regulatory and legal acts have been adopted to improve the
use of plastic cards and widely introduce a cashless payment system.
Keywords:
electronic government, information-communication, SMS-banking, internet-
banking, mobile-banking, commercial banks.
UOʻK:
336
492-497
www.e-itt.uz
I SON. 2025
493
Kirish.
Hozirgi kunda rivojlanayotgan davlatlarning aksariyatida plastik kartochkalar
texnologiyasi tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ushbu texnologiya nafaqat iqtisodiy
samaradorlikni oshirish, balki xalqaro moliya tizimining integratsiyasini ta'minlashda muhim
o‘rin tutmoqda. O‘zbekiston ham ushbu jarayonga qo‘shilib, plastik kartochkalar va to‘lov
tizimlarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratmoqda. Davlatimizning iqtisodiy siyosatida tahlil
etilgan holatda, plastik kartochkalar tizimi nafaqat moliya sektori, balki barcha sohalarda,
jumladan, savdo va xizmatlar sohasida ham sezilarli o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda.
Prezidentimiz tomonidan 2002 yilda qabul qilingan farmonlar va qarorlar asosida plastik
kartochkalar bilan hisob-kitob qilish tizimi rivojlantirilib, banklar va foydalanuvchilar
o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu tizim nafaqat yurtimiz iqtisodiyotining
muhim elementiga aylandi, balki xalqaro tajriba bilan ham uyg‘unlashib, yangi texnologiyala
r
va xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, plastik kartochkalar
tizimining rivojlanishi mamlakatimizda naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish
imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb
etmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004
-yil 24-sentabrdagi
“
Plastik
kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”
gi 445-sonli qarori (Qaror, 2004), ushbu qaror plastik kartochkalar asosida hisob-
kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish, moliyaviy xizmatlar sohasida raqamlashtirish
jarayonlarini tezlashtirish va naqd pul operatsiyalarini kamaytirishga qaratilgan, Mahmudov
o‘z maqolalarida, elektron to‘lov tizimlarining rivojlanishi zamonaviy iqtisodiyotda
raqamlashtirish jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, u tizimning shaffofligi, xavfsizligi va
tezkorligi orqali moliyaviy barqarorlikka erishishga yordam beradi. Shu bois, markaziy
bankning hisob-kito
blar kliring tizimini yanada rivojlantirish va keng qo‘llash hozirgi davr
talabi ekanligini takidlagan.
Jahon banki mutaxassislaridan yana biri O
. Margaret to‘lov tizimiga quyidagicha ta’rif
bergan: «To‘lov tizimi –
bu pul mablagdarini o‘tkazish mexanizmidir»
.
To‘lov tizimiga yana bir
ta’rif rossiyalik iqtisodchi M. P. Beryozina tomonidan berilgan bo‘lib, unga ko‘ra «mamlakatning
todov tizimi - bu iqtisodiy faoliyat natijasida yuzaga keluvchi qarz majburiyatlarining
bajarilishini ta’minlovchi, qonuniy boshqariluvchi elementlar yig‘indisi».
V. G. Solovyevning
ta’kidlashicha: «To‘lov tizimi —
bu hisob-kitoblarn
i amalga oshirishni ta’minlovchi qoida va
mablagʻlar komp
-
leksidir». Ushbu ta’rifda ham asosiy urgʻu hisob
-kitoblarni amalga oshirish
qoidalari hamda pul mablagʻlariga berilmoqda
(
Navro‘zova, Ortiqov
, 2014).
Jumanazarovning (2013)
takidlashicha, O‘zbekistonda elektron to‘lov tizimlarining
rivojlanishi istiqbolli yo‘nalish bo‘lsa
-da, u bir qator muammolar va cheklovlarga ham duch
kelmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or tajribalar va samarali regulyativ choralarning
uyg‘unlashuvi orqali elektron to‘lovlar tizimi yanada kengayishi va ishonchliligi oshishi
mumkin. Bu esa o‘z navbatida, iqtisodiyotning raqamlashtirish jarayonini tezlashtirish
va
umumiy moliyaviy tizimning barqarorligini taʼminlashga xizmat qiladi. “To‘lov terminallari
bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-
kitoblarini amalga oshirishda ularni qo‘llash tartibi
to‘g‘risida”gi (ro‘yxat raqami 1986, 2009
-yil 27-iyul) Nizom (2009). Ushbu nizom banklar,
to‘lov tizimlari operatorlari va boshqa manfaatdor tomonlar uchun to‘lov terminallarini joriy
etish va undan foydalanish tartibini aniq belgilab beradi, bu esa moliyaviy operatsiyalarni
yanada shaffof, xavfsiz va samarali amalga oshir
ishga yordam beradi, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2010-yil 19-
apreldagi “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob
-
kitob tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ-1325-sonli qarori, Ushbu qaror bank plastik kartochkalaridan foydalanish asosida hisob-
kitob tizimini rivojlantirishni qo‘llab
-quvvatlash, raqamli texnologiyalar orqali moliyaviy
www.e-itt.uz
I SON. 2025
494
xizmatlarni takomillashtirish va naqd pul operatsiyalarini kamaytirishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010
-yil 26-
noyabrdagi “2011
-2015 yillarda
respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori
xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”
gi PQ-1438-sonli
qarori (2010)
, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining
2012-yil 21-
martdagi “Zamonaviy
axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ
-1730-sonli qarori, Ushbu qaror axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda yanada keng joriy etish va rivojlantirishga
qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2016
-
2018 yillarga mo‘ljallangan
zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish konsepsiyasi
hamda Zamonaviy bank-
moliya tizimlarini rivojlantirish bо‘yicha xorijiy tajribaga asoslangan
maqolalar va manbalar o‘rganilgan
(Qaror, 2011).
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqot plastik kartochkalar texnologiyasining rivojlanishi va mamlakatimizdagi
tо‘lov tizimini takomillashtirish yо‘nalishidagi chora
-tadbirlarni tahlil qilishga qaratilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Hozirgi kunda rivojlanayotgan davlatlarning aksariyatida plastik kartochkalar
texnologiyasi shiddat bilan rivojlanmoqda. Plastik kartochkalar texnologiyasining xalqaro
tajribasiga tayangan holda yurtimizda ham tо‘lov tizimini takomillashtirish, ya’ni plastik
kartochkalardan foydalanishni takomillash
tirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun
yetarli shart-sharoit yaratilib, yildan-yilga bank-emitentlari soni va ulardan foydalanuvchilar
safi ortib bormoqda. Prezidentimizning 2002-yil 30-
martdagi “Pul massasi о‘sishini cheklash
va moliya intizo
miga rioya etish mas’uliyatini oshirish chora
-
tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF
-3047-
sonli Farmoni hamda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002
-yil 5-avgustdagi
“Pul mablag‘larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora
-tadbirlari
tо‘g‘risida”gi 280
-sonli qarori bilan plastik kartochkalar vositasida hisob-
kitob qilish bо‘yicha
bir qator imtiyozlar berildi. Toshkent shahrida tajriba tarzida plastik kartochkalardan
foydalanish yо‘li bilan ish haqi tо‘lashga bosqichma
-
bosqich о‘tish i
shlari boshlandi.
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-
sentabrdagi “Plastik kartochkalar asosida hisob
-
kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari tо‘g‘risida”gi
445-sonli qaroriga
muvofiq, banklararo prosessing markazi negizida savdo va xizmatlar sohasi tashkiloti tashkil
qilindi. Bu, plastik kartochka egasiga qaysi bankda xizmat kо‘rsatilishidan qat’i nazar, barcha
savdo shoxobchalarida bank operasiyalarini yagona rejimda amalga oshirish imkonini beruvchi
Yagona umumrespublika prosessing markazidir. Markaz 2004-yilning
oktabr oyida
faoliyat
boshladi.
Eng muhimi, Prezidentimiz hamda hukumatimizning naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini
yanada rivojlantirishga doir qator qarorlariga muvofiq, savdo va xizmat kо‘rsatish obyektlarini
tо‘lov terminallari bilan jihozlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Pul hiso
b-kitoblarini amalga
oshirishdagi munosabatlarni tartibga solish bо‘yicha “Tо‘lov terminallari bilan jihozlash va
aholi bilan pul hisob-
kitoblarini amalga oshirishda ularni qо‘llash tartibi tо‘g‘risida”gi (rо‘yxat
raqami 1986, 2009-yil 27-iyul) Nizom ishlab chiqildi. Shu va boshqa bir qator meyoriy
hujjatlarga muvofiq, ushbu sohani mukammal tartibga soluvchi huquqiy baza yaratildi.
Bugungi kunda plastik kartochkalar naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish
jamiyat hayotidagi muhim moliyaviy vositaga aylanib bormoqda. Bu borada,
ayniqsa, Prezidentimizning 2010-yil 19-
apreldagi “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan
holda hisob-
kitob tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish bо‘yicha qо‘shimcha chora
-tadbirlar
tо‘g‘risida”gi PQ
-1325-sonli hamda 2010-yil 26-
noyabrdagi “2011
-2015 yillarda respublika
moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro
www.e-itt.uz
I SON. 2025
495
reyting kо‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yо‘nalishlari tо‘g‘risida”gi PQ
-1438-sonli
Qarorlari dasturilamal
vazifasini
о‘tamoqda.
Yuqoridagi ikki qarorda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Markaziy bank, О‘zbekiston
banklari Assosiasiyasi va Yagona umumrespublika prosessing markazi (YAUPM) tomonidan
qator yangiliklar yaratildi. Xususan, “Uzkart” banklararo tо‘lov tizimi ishtirokchilari bо‘lmish
tijorat banklari bilan birgalikda “on
-
line” rejimida ishlaydigan “Smart
-
Vista” EMV
texnologik
platformasi joriy etildi. YAUPM tomonidan server va kommunikasiya jihozlari, tizim bо‘yicha
dasturiy ta’minotlar о‘rnatilgach, platforma tо‘liq ishga tushirildi. Server va terminallar uchun
amaliy dasturlar joriy qilindi. Hukumatimizning alohida qarorlari asosida respublikamizda
plastik kartochkalar infratuzilmasi kengayishi ta’minlanayapti. Aholining bankka bо‘lgan
ishonchi ortishi hisobiga sо‘nggi besh yil mobaynida muomalaga chiqarilgan bank plastik
kartochkalari 2 barobardan ziyod, tо‘lov terminallari soni 2,1 barobar, о‘rnatilgan bankomat va
infokiosklar soni 4,8 barobar ortdi. Shuningdek, jismoniy shaxslarning bank plastik
kartochkalari orqali milliy valyutada amalga oshirilgan tranzaksiyalar summasi 3 barobardan
ziyodga oshdi.
Mamlakatimizda 2016-yil 1-
yanvar holatiga kо‘ra, tijorat banklari tomonidan
onlayn
rejimida ishlaydigan 8 426 280 dona bank kartochkasi muomalaga chiqarildi. Keyingi yillarda
mamlakatimiz tijorat banklari chakana operasiyalarni rivojlantirish orqali xizmat turlarini
kо‘paytirish va faoliyatni diversifikasiyalashga harakat qilmoqda. Ma’lumki, yurtimizda 1998
-
yildan e’tiboran, yangi “Bank
-
Mijoz” dasturi amaliyotga tatbiq qilingan. “Hisob
-kitoblarni
“Bank
-
mijoz” dasturiy majmuasi orqali amalga oshirish tо‘g‘risida”gi (rо‘yxat raqami 497,
1998-yil 8-
oktabr) Nizom asosida yangi tizim faoliyati tartibga solinadigan bо‘ldi. Bu esa milliy
tо‘lov tizimini yangi texnika va texnologiyalardan foydalangan holda takomillashtirishga imkon
yaratmoqda. Zero, bugun bank mijoz
lari о‘z ish joylaridan turib, kompyuter va elektron aloqa
tizimi orqali tо‘lovlarni amalga oshirish imkoniga egadirlar: mijozlar bankomat, mobil
telefonlar va Internet orqali hisobvaraqlarini masofadan turib boshqarishlari
mumkin. Xususan, amalda q
о‘llanayotgan “bank
-
mijoz”, “internet
-
banking”, “mobil
-
banking” va
“SMS
-
banking” kabi xizmat turlari quyidagi ustunliklarga ega:
−
Xizmat k
о‘rsatish sifatining oshishi. Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat kо‘rsatish
tizimi orqali vaqt cheklovi olib tashlanadi. Ya’ni mijoz о‘z bank hisobvarag‘ini haftasiga yetti
kun, kuniga yigirma t
о‘rt soat boshqarish imkoniga ega bо‘ladi. Bundan tashqari, mijozning
geografik holatiga ham e’tibor berilmaydi.
−
Mijoz jahonning istalgan nuqtasidan turib,
о‘z tranzaksiyalarini amalga oshirishi
mumkin. Buning uchun shaxsiy kompyuter, Internet global tarmog‘i yoki mobil telefon bо‘lsa
kifoya.
−
Yangi bank mahsulotlarini yaratish, amaliyotga tatbiq etish orqali sog‘lom raqobat
muhitida bankning raqobatbardoshlik k
о‘rsatkichi oshadi.
−
Filiallarni boshqarish bilan bog‘liq xarajatlarni keskin qisqartirish evaziga bank
operasiyalari tannarxi kamayadi.
−
Bank mijozlariga sifatli xizmat k
о‘rsatilgani bois ular safi kengayishi hisobiga
mablag‘ning bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirishga
erishiladi.
Monitoring natijalari shuni k
о‘rsatmoqdaki, mamlakatimizda 2011
-yilning 1-yanvar
holatiga k
о‘ra, bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimi (“bank
-
mijoz”, “internet
banking”, “mobil
-
banking”, “sms
-
banking” va boshqalar)
-dan jami foydalanuvchilar soni 24 545
ga yetgan. Shundan “internet
-
banking” va “bank
-
mijoz” dasturiy majmuasi xizmatlarid
an
foydalanuvchilar soni 14 241 tani tashkil etdi. “Mobil
-
banking” va “sms
-
banking” xizmatlaridan
foydalanuvchilar soni esa 10 304 ta ekanligi qayd etildi. 2016-yilning 1-yanvar holatiga k
о‘ra,
bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimidan foydalanuvchilar soni 1 061 022 tani
tashkil etdi. Shundan “internet
-
banking” va “bank
-
mijoz|” dasturiy majmuasi xizmatlaridan
foydalanuvchilar soni 81 492 tadir. Bu respublikamizda 2012-yilning 1-yanvar holatiga (1 061
022) 2011-yil 1-yanvar holatiga (24 545 taga nisbatan) k
о‘ra, bank hisobvaraqlarini masofadan
www.e-itt.uz
I SON. 2025
496
boshqarish tizimlaridan foydalanuvchilar jami soni 43 barobardan oshganligini anglatadi.
Xususan,
о‘tgan besh yil mobaynida “internet
-
banking” va “bank
-
mijoz” dasturiy majmuasi
xizmatlaridan foydalanuvchilar soni
5,7 barobarga oshgan. “Mobil
-
banking” va “sms
-
banking”
xizmatlaridan foydalanuvchilar soni esa 95 barobarga oshdi.
Ma’lumki, hozirgi kunda jahon bank
-
moliya tizimi jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda.
Natijada, banklar faoliyatida yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga yanada k
о‘proq
ehtiyoj sezilmoqda. Shu bois hukumatimiz tomonidan bank tizimida izchil va maqsadli
islohotlar olib borilmoqda. Jumladan,
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012
-yil
21-
martdagi “Zamonaviy axborot
-kommunikasiya texnologiyalarini yanada joriy etish va
rivojlantirish chora-tadbirlari t
о‘g‘risida”gi PQ
-1730-sonli Qarori mohiyatiga t
о‘xtalsak. Ushbu
hujjatga muvofiq, kommunal xizmatlar uchun va boshqa t
о‘lovlar elektron tarzda amalga
oshirilishini ta’minlash bо‘yicha respublika kommunikasiya tarmoqlari infratuzilmasini
rivojlantirishga asosiy
e’tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, Prezidentimizning 2013
-yil 27-
iyundagi “О‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot
-kommunikasiya tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari t
о‘g‘risida”gi PQ
-1989-sonli Qarori bilan Markaziy bankning
“Chakana tо‘lovlarni real vaqt rejimida amalga
oshirish kliring tizimini yaratish hamda xizmat
k
о‘rsatuvchilarning billing tizimi bilan integrallash” loyihasi respublika “Elektron hukumat”
tizimining axborot tizimlari tarkibiga kiritildi. Ahamiyatli tomoni shundaki, kliring tizimida
elektron t
о‘lovlar dam olish kunlarisiz kechayu kunduz amalga oshirilishi ta’minlandi.
Kliring tizimi banklar uchun chakana t
о‘lovlarni amalga oshirishning markazlashgan
tizimini yaratadi. Jismoniy shaxslar hamda tadbirkorlik subyektlarining soliq va boshqa
majburiy t
о‘lovlari, shuningdek, kо‘rsatilgan xizmatlar uchun tо‘lovlarni operativ ravishda real
vaqt rejimida amalga oshirish uchun qulay sharoit tug‘ildi. Bugungi kunda Markaziy bankning
kliring tizimi bilan Davlat soliq q
о‘mitasi, “О‘zbekenergo” AJ va “О‘ztransgaz” AK billing
tizimlari
integrasiya qilinganligi fikrimiz tasdig‘idir. Endilikda soliq va majburiy tо‘lovlar, elektr
energiyasi hamda gaz iste’moli xizmatlari uchun tо‘lovlar real vaqt rejimida faol amalga
oshirilmoqda. Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi orqali 2015-yilda amalga
oshirilgan t
о‘lovlar 603,4 mlrd. sо‘mdan ziyodni tashkil qildi. Xususan, amalga oshirilgan
t
о‘lovlar “О‘zbekenergo”
b
о‘yicha
235,6
mlrd.
s
о‘m
(39,05%), “О‘ztransgaz” bо‘yicha 227,2
mlrd. s
о‘m (37,65%), soliqlar bо‘yicha 134,5 mlrd. sо‘m (22,29
%)dir. Mamlakatimiz bank
tizimida amalga oshirilgan islohotlar quyidagi imkoniyatlarni yaratdi:
−
zamonaviy bank axborot-kommunikasiya infratuzilmasining t
о‘laqonli shakllanishi;
−
t
о‘lovlarni amalga oshirishning uzluksizligi va shaffofligini ta’minlash;
−
tijorat banklari
о‘rtasidagi vakillik hisobvaraqlari doirasida hisob
-kitoblarni
optimallashtirish va jadallashtirish;
−
mablag‘ tо‘lovchi va mablag‘ oluvchilar о‘rtasidagi hisob
-kitoblarning real vaqt
rejimida amalga oshirilishi;
−
tijorat banklari uchun tizim xarajatlarining kamayishi. Shuningdek, vakillik
hisobvaraqlaridagi b
о‘sh pul mablag‘laridan oqilona foydalanish;
−
har bir bosqichda ma’lumotlarning ishonchliligini nazorat va monitoring qilish;
−
masofadan turib hisobvaraqni boshqarish orqali bir hisobvaraqdan ikkinchi
hisobvaraqqa real vaqt rejimida pul mablag‘larini kо‘chirish;
−
real vaqt rejimida jismoniy shaxslar
о‘rtasidagi pul о‘tkazmalari;
−
jismoniy shaxslar bank plastik kartochkalari va boshqa depozit hisobvaraqlaridagi
mablag‘larni qonunchilik doirasida masofadan turib jamg‘arma va muddatli omonatlarga
y
о‘naltirish;
−
jismoniy shaxslar bank plastik kartochkalari va boshqa depozit hisobvaraqlaridagi
mablag‘larni kredit bо‘yicha tо‘lovlarni sо‘ndirishga yо‘naltirish;
−
internet tarmog‘i
orqali elektron tijorat doirasida amalga oshirilgan operasiyalar
b
о‘yicha hisob
-kitoblarni bank plastik kartochkalari yordamida bajarish imkonini beruvchi
dasturiy ta’minot joriy etish;
www.e-itt.uz
I SON. 2025
497
−
elektron tijorat doirasida tovarlar va xizmatlar uchun t
о‘lovlarni boshqa depozit
hisobvaraqlari orqali real vaqt rejimida amalga oshirish.
Ayniqsa, bankdan tashqari pul mablag‘lari aylanmasini qisqartirishga zamin yaratgan
holda naqd pul massasi (M0)
ni keskin qisqartirish imkoni tug‘ildi.
Bank xizmatlari nafaqat
x
о‘jalik yurituvchi subyektlar, balki aholining keng qatlamiga kirib borishi hisobiga respublika
monetizasiya darajasi
kengayishi
ta’minlanmoqda.
Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini samarali ta’minlash maqsadida
О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatida zamonaviy axborot
-kommunikasiya
texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. 2016-2018 yillarga
mо‘ljallangan ushbu Konsepsiyada zamonaviy axborot texnologiyalarini qо‘llagan holda
banklar tomonidan mijozlarga kо‘rsatiladigan xizmatlar turini
kengaytirish
nazarda
tutilgan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, mamlakatimiz iqtisodiyotining qon tomiri hisoblanmish
banklar faoliyatini rivojlantirish bugunning talabidir. Negaki, tizimda axborot kommunikasiya
texnologiyalaridan keng foydalanib, naqd pulsiz hisob-kitoblar mexanizmini joriy etish va
xizmatlar sifati, tо‘lov qobiliyati, intizomi va madaniyatini yangi bosqichga kо‘tarish orqali
iqtisodiy yuksalishga erishish mumkin.
Xulosa va takliflar.
Hozirgi kunda О‘zbekistonda plastik kartochkalar texnologiyasi jadal rivojlanmoqda.
Hukumat va Prezident qarorlari asosida tо‘lov tizimini takomillashtirish, banklar о‘rtasida
yagona prosessing markazi yaratish va naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirishga katta
e’tibor berilmoqda. “
Uzkart
”
va
“
Smart-Vista
”
kabi zamonaviy tо‘lov tizimlari joriy etilgan,
onlayn banking,
“
mobil-banking
”
va
“
SMS-banking
”
xizmatlari keng tarqalmoqda. Shu bilan
birga, kliring tizimi orqali kommunal tо‘lovlar va boshqa majburiy tо‘lovlar real vaqtda amalga
oshirilmoqda. Bank tizimidagi islohotlar hisob-kitob jarayonlarini tezlashtirish, shaffoflikni
oshirish va naqd pul muomalasini kamaytirishga xizmat qilmoqda.
Adabiyotlar
/Литература/Reference:
Jumanazarov M. (2013)
O‘zbekistonda elektron to’lovlar tizimi rivojlanishi // Bozor, pul va
kredit.
–
T.: № 5, b.10 –
13.
Mahmudov U. Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi
–
davr talabi // Bozor, pul va
kredit.
–
T.: 2014, №7, b. 4 –
9.
Navro‘zova K.N., Ortiqov O.A. (2014) “Naqd pulsiz hisob
-
kitoblar va to‘lov tizimi” о‘quv
qo‘llanma. Cho‘lpon nomidagi nashriyot
-matbaa ijodiy uyi Toshkent.
–№ 34
-14.
Nizom (2009) “To‘lov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob
-kitoblarini
amalga oshirishda ularni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi (ro‘yxat raqami 1986,
2009-yil 27-iyul).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012
-yil 21-
martdagi “Zamonaviy axborot
-
kommunikasiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ
-1730-sonli qarori.
Qaror (2004) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004
-yil 24-sentabrdagi
“Plastik kartochkalar asosida hisob
-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 445
-sonli qarori.
Qaror (2010) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010
-yil 19-
apreldagi “Bank plastik
kartochkalaridan foydalangan holda hisob-
kitob tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ
-1325-sonli qarori.
Qaror (2011) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010
-yil 26-
noyabrdagi “2011
-2015
yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda
yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari
to‘g‘risida”gi PQ
-1438-
sonli qarori.
