527
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
Басилов В.Н. Культ святых в исламе. Москва, Изд “Мысл”, 1970.-с.41.{Basilov V.N.
1970.The cult of saints in Islam. Moscow, “Thought” Publishing House, -p. 41.}
2.
Болхосев С.Б. Дух песня // Материалы IV конгресс этнографов и антропологов
России. Санкт-Петербург, 2005. –с. 196. {Bolkhosev S.B. 2005.The spirit of the song //
Proceedings of the IV Congress of Ethnographers and Anthropologists of Russia. St. Petersburg,
–s. 196}
3.
Богатырев П.Г. Вопросы теории народного искусства. М., 1971, с.393.{Bogatyrev
P.G. 1971.Questions of the theory of folk art. M., p. 393}
4.
Грачева Г.Н. Традиционное мировоззрение охотников Таймыра (на материалах
нганасан XIX — начала XX в.). Л., 1983, с.56.{Gracheva G.N. 1983, The traditional
worldview of hunters of Taimyr (based on Nganasan materials of the 19th - early 20th centuries).
L., p. 56}
5.
Гемуев И.Н., Сагалаев А.М. Религия народа манси. Культовые места XIX –
начала XX в. Новосибирск, 1986, с.68. {Gemuev I.N., 1986, Sagalaev A.M. Religion of the
Mansi people. Religious places of the 19th - early 20th centuries Novosibirsk, p. 68.}
6.
Зализняк А.А., Иванов Вяч. Вс., Топоров В.Н. О возможности структурно-
типологического изучения некоторых моделирующих семиотических систем /
Структурно-типологические исследования. М., 1962, с.136.{Zaliznyak A.A., Ivanov Vyach.
Sun., Toporov V.N. 1962,About the possibility of structural-typological study of some modeling
semiotic systems / Structural-typological studies. M., p.136;}
7.
Мелетинский Е.М. Миф и сказка / Фольклор и этнография. Л., 1970, 146.{
Meletinsky E.M. 1970,Myth and Tale / Folklore and Ethnography. L., 146.}
8.
Мелетинский Е.М. Первобытные истоки словесного искусства / Ранние формы
искусства. М., 1972, с.185; {
Meletinsky E.M. 1972,The primitive origins of verbal art / Early
forms of art. M., p. 185;}
9.
Смоляк А.В. Представления нанайцев о мире / Природа и человек в религиозных
представлениях народов Сибири и Севера. Л., 1976, с.158.{Smolyak A.V. 1976,
Representations of the Nanai people about the world / Nature and man in religious
representations of the peoples of Siberia and the North. L., p. 158}
10.
Токарев С.А. Сущность и происхождение магии // Исследования и материалы по
вопросам первобытных религиозных верований. М., 1959 (ТИЭ.Т. 51).{Tokarev S.A. 1959,
The essence and origin of magic // Studies and materials on the issues of primitive religious
beliefs. M., (TIE.T. 51).}
11.
Токарев С.А. Ранние формы религии и их развитие. М., 1964, с.27. (Tokarev S.A.
Early forms of religion and their development. M., 1964, p. 27.)
ONA TILI VA ADABIYOT TA‘LIMIDA ZAMONAVIY AXBOROT
TEXNOLOGIYALARINING O‗RNI
M.Abdullayeva
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti
universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori
Annotatsiya:
Maqola o‗zbek tili va adabiyoti ta‘limida zamonaviy axborot
texnologiyalarini o‗zlashtirish dars jarayonida qo‗llaniladigan pedagogik dasturiy vositalar,
elektron ta‘limiy resurslar va ularga qo‗yiladigan talablar, bu boradagi chet el tajribasi haqida
ma‘lumot olish, axborot asri sharoitida pedagogik jarayonni samarali tashkil etish uchun zarur
528
ko‗nikmalarni, ijodiy va texnologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi haqida ilmiy
xulosalar berilgan.
Kalit soʻzlar:
Test dasturlari, mashq qildirgichlar, o‗rgatuvchi dasturlar, o‗qituvchi
ishtirokidagi virtual o‗quv muhit.
O‗zbekiston Respublikasining ―Harakatlar strategiyasi‖da ―Fan va ta‘lim‖ yo‗nalishida
belgilangan vazifalarni amalga oshirishda har bir ta‘lim beruvchining oldiga dunyoga yangi ko‗z
bilan qaraydigan, uddabron, ishning ko‗zini biluvchi, buyuk kelajagimiz poydevorini quruvchi
va yuksaltiruvchi mutaxassis kadrlarni tayyorlash vazifasi qo‗yildi. Bunday ulkan vazifalarni
amalga oshirishda o‗qitish amaliyotiga zamonaviy va jahonning ilg‗or ta‗lim texnologiyalarini
qo‗llashni davr taqozo etmoqda.
Ma‘lumki, har qanday pedagogik texnologiya ta‘limni rivojlantiruvchi yangi tamoyillarga
asoslanishi, barkamol shaxsni shakllantirishga yo‗naltirilishi lozim. Bugungi kunda o‗zbek tili
va adabiyot o‗qitishda innovatsion texnologiyalar va axborot texnologiyalarining qo‗llanilishi
ta‗lim oluvchilarni o‗quv jarayoniga faol jalb etish imkonini bermoqda. Shuning uchun ham
o‗zbek tili va adabiyot o‗qitish texnologiyalari bazasida kompleks o‗qitish vositalari
konsepsiyasini ishlab chiqish hamda konsepsiya doirasida yangi axborot texnologiyalarini
qo‗llash bilan bog‗liq muammolarni hal etish eng muhim vazifalardan biridir.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasida ―Elektron ta‗lim‖
milliy tizimini yaratish, investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ 2012
yil 16 apreldagi PQ–1740-son qarori ta‗lim sohasida axborotlashtirishning milliy tizimini
shakllantirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon
axborot resurslaridan xabardor bo‗lishga zamin yaratdi.
Elektron pedagogikaning asosiy maqsadi zamonaviy AKT muhitida o‗qitish-ta‘lim
jarayonini samarali tashkil etishdir. Elektron pedagogikaning predmeti pedagogik tizim
hisoblanadi. Pedagogik tizim qo‗yidagi komponentlarni o‗z ichiga oladi: o‗qituvchi, o‗quvchi,
ta‘limning maqsad va vazifalari, o‗qitish mazmuni, o‗qitish shakl, usul va vositalari. Zamonaviy
AKT ushbu komponentlarga o‗z hissasini qo‗shib kelmoqda.
Ta‘limda zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilishi pedagogni o‗quv jarayonida
ta‘lim vositalari asosida faoliyat doirasining cheklanishiga emas, balki uning vazifalari va
rolining o‗zgarishiga, pedagogik faoliyatning mukammallashuviga olib keladi.
‖Endi pedagog:
- o‗quv kurslari dizayneri-yaratuvchisi;
- o‗qitish metodlari bo‗yicha maslahatchi;
- kompyuter- o‗quv kurslarini interaktiv taqdim etish bo‗yicha mutaxassis;
- ta‘lim natijalarini nazorat qilish usullari bo‗yicha mutaxassis bo‗lishi talab
etiladi‖.[4;159.]
Pedagoglar kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ko‗nikmasiga ega bo‗lish bilan
birga, yangi o‗quv materiallarini tushuntirishda kompyuterning namoyish imkoniyatlaridan
foydalana olishi, internet, o‗rgatuvchi va nazorat qiluvchi dasturiy mahsulotlar asosida darslarni
tashkil etishi, darsga metodik va didaktik materiallarni tayyorlashi, qo‗shimcha axborotlarni
topishi hamda kompyuter texnologiyalari asosida o‗quv jarayonini tashkil etishlari zarur. Bu
jarayonda o‗quv elektron vositalari kontseptual tamoyillar asosida yaratiladi. Bular:
Maqsadga yo‗naltirilganlik tamoyili.
Integratsiya tamoyili.
To‗laqonlilik tamoyili.
Yaxlitlik tamoyili.
Ochiqlik tamoyili.
Pedagogik dasturiy vositalar (PDV) – kompyuter texnologiyalari yordamida o‗quv
jarayonini qisman yoki to‗liq avtomatlashtirish uchun mo‗ljallangan didaktik vosita hisoblanadi.
Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o‗quv fani bo‗yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga
yo‗naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta‘minot, qo‗shimcha
yordamchi vositalar kiradi.
529
―Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
o‗rgatuvchi dasturlar
– o‗quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib,
yangi bilimlarni o‗zlashtirishga yo‗naltiradi;
test dasturlari
– egallangan bilim, malaka va ko‗nikmalarni tekshirish yoki baholash
maqsadlarida qo‗llaniladi;
mashq qildirgichlar
- avval o‗zlashtirilgan o‗quv materialini takrorlash va
mustahkamlashga xizmat qiladi;
o‗qituvchi ishtirokidagi virtual o‗quv muhitini
shakllantiruvchi dasturlar‖. [1;12].
Ona tili va adabiyot darslarida elektron ta‘lim resurslari, videolavhalar animatsiyalar,
elektron matnlar, ovozli obrazlardan (yozilgan ovoz, musiqa va boshqalar), multimedia
materiallaridan foydalanish ta‘lim sifatini oshirish omillaridir. Shu asosda o‗qituvchi elektron
ta‘lim resurslarini tayyorlovchi dasturlar haqida ma‘lumotga ega bo‗lishi va bu dasturlarni
amaliy jarayonda foydalana olishi zarur. Agar yangi mavzuga oid ―Taqdimot‖ni pedagogik
dasturiy vosita sifatida qarasak, uni tayyorlashga qo‗yiladigan talablarni o‗rganishimiz maqsadga
muvofiqdir.
1.
Didaktik talablar
– ilmiylik, tushunarli, qat‘iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda
pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning
fundamental asoslarini hisobga olib, o‗quv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta‘minlash.
2.
Metodik talablar
- o‗quv mavzusining o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga olish,
axborotni zamonaviy metodlari asosida taqdim etish, o‗zaro bog‗liqlikdagi texnologiyani
nazarda tutadi.
3.
Psixologik talablarda -
idrok etish, xotira, tasavvuri, yoshi va individual psixologik
xususiyatlarini hisobga olish.
4.
Estetik talablar -
tartiblilik va ifodalilik (elementlari, joylashishi, o‗lchami, rangi),
bezashning funksional vazifasi va ergonomik talablarga mosligi.
Elektron taqdimotlardan darsda namoyish va ko‗rsatmali material sifatida foydalanish,
o‗quv materialining animatsiyalar shaklida berilishi o‗tilayotgan mavzuni tushunishni
yengillashtiradi va ko‗rgazmalilikni oshiradi.
Zamonaviy o‗quv jarayonini taqdimotsiz tasavvur qilish mumkin emasligini
M.Najmiddinova shu mavzudagi maqolasida alohida ta‘kidlagan edi. ‖Slaydlarni tayyorlashda
shriftlarga, shriftlarning minimal balandligiga, ranglarning didaktik funksiyasiga va ranglarni
ishlatishga, rang ta‘siriga, slaydlarni ishlatish usullariga va slaydlarning mantiqiy harakatlarga
mosligiga taalluqli eslatmalar o‗ziga xos e‘tiborni talab etadi. Chunki slaydlar ta‘lim beruvchi
uchun eng yuqori darajadagi taqdimot imkoniyatini beradi‖. [8; 18-21.].
Bugungi kunda umumta‘lim maktablarining ona tili va adabiyoti darsligi asosida
yaratilgan elektron ta‘lim resurslari talab darajasida emas. Ayniqsa, 9,10,11- sinf ona tili va
adabiyot darsliklari uchun axborot texnologiya dasturlari mavjud emas. Shundan kelib chiqib,
ona tili va adabiyot o‗qitishda yangi elektron resurslarni yaratish muammosini atroflicha hal
etish uchun kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari doirasida tadqiqot
ishlari olib borilishi kechiktirib bo‗lmaydigan vazifalardan biridir. Shuningdek, mohir metodist,
tajribali fan o‗qituvchilari, iqtidorli talabalarning jalb qilinishi ham bu muammoni yechishga
xizmat qiladi. Ta‘lim samaradorligiga ta‘sir etuvchi axborot texnologiyalari - taqdimotlar,
videodarslar, interaktiv-audeo mashqlar, test topshiriqlari, elektron lug‗atlarning
namunalarini
tayyorlash loyihalari ishlab chiqilishi zarur. Bu esa o‗z navbatida, Microsoft Word, Microsoft
Power Point, Ispring, Microsoft Office Publisher, HotPotatoes, Adobe Photoshop, CorelDraw,
AutoPlay Media va boshqa amaliy va mualliflik dasturlari imkoniyatlarini chuqur o‗rganishni
talab qiladi.
Bu dasturlar asosida elekrton darsliklar, multimedia ishlanmalari, elektron boshqotirmalar,
elektron kitoblar, elektron testlar, virtual lobarotoriya, virtual muzeylar yaratish imkoniyati katta.
Jumladan, Ispring xalqaro dasturidan foydalanib, umumta‘lim fanlari uchun test topshiriqlarining
10dan ortiq turini ishlab chiqish mumkin. Ispring Suite dasturi o‗zida Ispring Pro, Ispring
QuizMaker va Ispring Kinetics dasturlarini jamlagan. Bunda elektron kitobcha, elektron katolog,
530
taqdimot, multimedia materiallari tayyorlash mumkin. ―O‗zbek filologiyasi‖, ―O‗zbek tili va
adabiyoti‖ fakulteti 2-bosqichida o‗qitiladigan ―Dasturlash asoslari va zamonaviy axborot
texnologiyalari‖ modulida aynan shunday xalqaro ta‘limiy dasturlar haqida nazariy ma‘lumotlar
beriladi va amaliy ko‗nikmalar hosil qilinadi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining taraqqiyoti natijasida har bir fan doirasida
qo‗llaniladigan maxsus saytlarning imkoniyatlaridan foydalanish dars samaradorligini oshirishga
xizmat qiladi. O‗zbek tili va adabiyoti ta‘limiga oid
Bizga ma‘lumki, Internet tarmog‗ida ma‘lumotni o‗zida saqlab turuvchi sahifa yoki
sahifalar majmui saytda aks etadi. Bu sahifalardagi ma‘lumotlardan dunyo bo‗yicha istagan kishi
xohlagan vaqtida foydalanishi, shuningdek, xohlagan kishi o‗z ma‘lumotlarini kiritishi, ya‘ni o‗z
saytini yaratishi mumkin. Pedagogning global va milliy ta‘limdagi barcha yangilanishlardan
xabardor bo‗lishi, tez o‗zgarib borayotgan jarayonlarga moslashish imkonini beradi. Shunday
ekan, o‗qituvchilar uchun asosiy Internet sayt va resurslardan foydalanish muhim ahamiyatga
ega. Jumladan:
O‗zbekiston milliy ta‘limiy portali;
–Alisher Navoiy nomidagi O‗zbekiston Milliy kutubxonasi sayti;
– O‗zbekiston Milliy ensiklopediyasi sayti;
– O‗zbek va jahon adabiyoti sayti;
- Respublika bolalar kutubxonasi;
– ―Kamolot‖ yoshlar ijtimoiy sayti;
– Respublika Axborot kutubxona markazi;
–Referatlar, testlar, kitoblar va media ta‘lim sayti;
– Elektron adabiyotlar kutubxonasi;
–O‗quv markazlari va kurslari katalogi;
– Xalq ta‘limi vazirligining rasmiy sayti;
– milliy teleradiokompaniya veb sayti.
Bugungi kunda ZiyoNet axborot ta‘lim portali yoshlarni, o‗qituvchilarni, shuningdek,
aholining turli qatlamini kerakli axborot bilan ta‘minlashda, AT sohasida kerakli ma‘lumotlarni
berishda hamda muloqot qilish va tajriba almashinish uchun zarur imkoniyatlarni yaratib
bermoqda.
Xulosa qilib aytganda, o‗zbek tili va adabiyoti ta‘limida qo‗llanilishi mumkin bo‗lgan
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fanni o‗qitish metodikasida muhim o‗rin tutadi. O‗zbek
tili va adabiyoti ta‘limida zamonaviy axborot texnologiyalarini o‗zlashtirish dars jarayonida
qo‗llaniladigan pedagogik dasturiy vositalar, elektron ta‘limiy resurslar va ularga qo‗yiladigan
talablar, bu boradagi chet el tajribasi haqida ma‘lumot olish, axborot asri sharoitida pedagogik
jarayonni samarali tashkil etish uchun zarur ko‗nikmalarni, ijodiy va texnologik madaniyatni
shakllantirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
Muhamedova S., Abdullayeva M.,Yuldasheva Sh., Eshmatova Yu. O‗zbek tili va
adabiyoti ta‘limida zamonaviy axborot texnologiyalari. O‗quv qo‗llanma. – T.: 2018. – B. 162.
2.
Peter Wallet. Information and communication technology in education in Asia. –
Montreal: UNESCO UIS. 2014. – 60 p.
3.
Adilova S. O‗zbek tilini o‗qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish. –T.:
TDPU, 2006. - 96 b.
531
4.
Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta‘limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy
etishning ilmiy-nazariy asoslari. – T.: Fan, 2007. – 159 b.
5.
Yusupova Sh., G‗oziyeva O. Ona tili o ‗qitishda interfaol usullar va kompyuter dasturi.
– T.: Bayoz, 2013. -134 b.
6.
Abduqodirov A., Xayitov A. Axborot texnologiyasiga oid atamalarning izohli lug‗ati. –
T.: TDPU, 2002. – 27 b.
7.
Elektron darslik va elektron o‗quv qo‗llanmalari elementlariga texnik, gigienik va
ergonometrik talablar. –Toshkent, 2015.
8.
Najmiddinova M. Ta‘limning sifat va samaradorligini oshirishda vizuallashtirishning
ahamiyati // Talim texnologiyalari. – Toshkent: 2006. -№ 1. – B. 18-21.
ТАЪЛИМНИ ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ МУҲИМЛИГИ ВА
УНИНГ ИЖТИМОИЙ-ФАЛСАФИЙ АҲАМИЯТИ
Алибеков Даврон Абдурақибович
Ўзбекистон Миллий университетининг Жиззах филиали
Психология кафедраси мудири, фалсафа доктори (PhD)
Аннотация:
Мазкур мақолада таълимни инновацион ривожлантиришнинг
муҳимлиги, таълим тизимини ривожлантиришда инсон омили, таълим жараѐнлари ва
ижтимоий ҳаѐт ўртасидаги қонуниятлар ҳамда таълим тизимини ривожлантиришнинг
ижтимоий-фалсафий асослари ҳақида сўз юритилади.
Калит сўзлар:
Таълим, ривожлантириш, инсон, давлат, жамият, объект, субъект,
ғоя, қонун, қонуният, тизим, жараѐн, ижтимоий, иқтисодий, маданий, маънавий,
субстанция, методология, принцип, мезон, омил, асос.
Таълим шахснинг ўзини ўзи ривожлантириш қобилиятини рўѐбга чиқариб, унинг
дунѐқараши, тафаккурини бойтади, инсон ҳаѐтига ижодкорлик руҳини бахш этади.
Таълим жамият ва унинг аъзолари маънавий эҳтиѐжларини қондириш билан боғлиқ
шароитлар, мажбуриятлар ва имкониятлар кўринишида намоѐн бўлади, ижтимоий
жараѐнлар ва муносабатларни мустахқамловчи, қўллаб-қувватловчи ҳамда
мувозанатини сақловчи омилдир. Таълим тизими жамиятда ижтимоий барқарорликни,
одамларнинг турмуш тарзини, инсон такомилини қамраб олган мураккаб тизимдир.
Таълим ғоят серқирра ва кенг тармоқли ижтимоий организмдир. Таълим одамлар
ўртасида амал қиладиган ахлоқий, диний, сиѐсий, иктисодий, хуқуқий, маънавий ва
мафкуравий
муносабатларнинг ғоявий жиҳатдан таъминотини, замонавий руҳда талқин
этганда уларнинг жамиятда инновацион амалиѐтини рўѐбга чиқариш механизмларини
ўзида мужассам этади. Бу эса, таълим субъектлари ва маданий борлиқ ўртасидаги умумий
алоқадорликка доир қонуниятларга тўла мос келади. С.Лебедовнинг таъкидлашича,
―Таълимни фалсафий тушуниш инсон борлиғи ва тафаккур тарзини тасаввур этишнинг
жамият ўзгариши ва ривожланиши билан боғлиқ умумий қонуниятларига асосланган
билимларни йиғиндисидан иборатдир. Фалсафий жиҳатдан бундай умумийлаштиришнинг
мазмунида моддий ва маънавий дунѐни ташкил этувчи ҳар бир нарсани ўз даражаси
жиҳатдан
таҳлил
қилиш,
педагогик
жиҳатдан
эса,
таълим
жараѐнини
лойиҳалаштиришнинг босқичли ва истиқболли хусусиятларини таҳлил этиш ѐтади‖[1].
Таълим тизимини инновацион ривожлантиришни назарий ва амалий жиҳатларини
тушуниш, уни фалсафий жиҳатдан идрок этишда қуйидаги жаҳонда эътироф этигган
хусусиятларни эътиборга олиш муҳим аҳамиятга моликдир :
1. Тезкор ўзгариб бораѐтган, тараққиѐт кўлами кенгайиб бораѐтган замонавий
шароитда жамиятни жадал ислоҳотларга инсонларни ҳар томонлама тайѐрлаш;
2. Глобаллашув анъаналарининг тезкор кириб келиши, ахборотлашган жамият кенг
кўламли хусусиятлари жадал намоѐн бўлаѐтган бир даврда халқаро илмий ва
