39
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
AHOLI BANDLIGINING SIFAT
KO‘RSATKICHLARINI RAQAMLI
PLATFORMALAR ASOSIDA BAHOLASH
ZARURATI
Qurbonov Samandar
Pulatovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,
“Mehnat iqtisodiyoti” kafedrasi dotsenti, PhD. Mehnat
bozori tadqiqotlari institute doktoranti. E-mail:
s.kurbonov@gmail.com
A
nno
ta
ts
iy
a
Sifatli bandlik sog‘lom iqtisodiyot va jamiyatning asosidir. Bu shunchaki ish
o‘rinlari yaratishdan tashqari, ishchilarning iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shish
bilan birga yashash uchun yetarli darajada ish ҳaqi olishini ta’minlaydi. Ushbu
maqola sifatli bandlikning asosiy jihatlarini, uning shaxslar va jamiyatga
ta’sirini hamda bunday turdagi bandlik ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan
strategiyalarni tadqiq etadi. Mazkur tadqiqotda bir qator onlayn ma’lumotlar
bazalaridagi ilmiy manbalarda o‘z aksini topgan sifatli bandlik va
kambag‘allikni qisqartirish masalalariga taaluqli empirik va konseptual
tadqiqotlar o‘rganilgan va ulardagi ilmiy yondoshuvlar tizimlashtirilgan.
Tadqiqotning ilmiy natijasi sifatida mamlakat bandlik sifati raqamli
platformalar asosida tadqiq etish va monitoring qilinib borilishi maqsadga
muvofiqligiga aloҳida urg‘u berilgan.
Качественная занятость является основой здоровой экономики и
общества. Это не только создание рабочих мест, но и обеспечение того,
чтобы работники получали заработную плату, достаточную для жизни,
одновременно внося вклад в экономический рост. В данной статье
рассматриваются основные аспекты качественной занятости, её влияние
на личность и общество, а также стратегии, направленные на расширение
масштабов такой занятости. В рамках данного исследования были
изучены эмпирические и концептуальные исследования, связанные с
вопросами качественной занятости и сокращения бедности, отражённые
в научных источниках из ряда онлайн баз данных, и систематизированы
научные подходы, представленные в них. В результате исследования
особо подчеркивается целесообразность изучения и мониторинга
качества занятости в стране на основе цифровых платформ.
Quality employment is the foundation of a healthy economy and society. It is
not only about creating jobs but also ensuring that workers receive a sufficient
wage to live on while contributing to economic growth. This article examines
40
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
the key aspects of quality employment, its impact on individuals and society,
and strategies aimed at expanding the scope of such employment. The research
reviews empirical and conceptual studies related to quality employment and
poverty reduction, which are reflected in scientific sources from various online
databases, and it systematizes the scientific approaches presented in these
sources. As a result of the study, special emphasis is placed on the importance
of studying and monitoring the quality of employment in the country through
digital platforms.
Kalit so‘zlar:
bandlik sifati, unumli bandlik darajasi, bandlik sifati ko‘rsatkichlari,
unumli bandlik platformasi, kambag‘allik darajasi, ishlayotgan
kambag‘allar, kambag’allik havfi ostidagi ish bilan band aholi.
качество занятости, уровень продуктивной занятости, показатели
качества занятости, платформа продуктивной занятости, уровень
бедности, работающие бедные, занятое население, находящееся
под риском бедности.
quality of employment, level of productive employment, indicators of
employment quality, productive employment platform, poverty level,
working poor, employed population at risk of poverty.
Kirish
Aholi daromadlarining asosini mehnatdan keladigan daro¬mad¬lar tashkil etar
ekan, aholi bandligining sifat ko‘rsatkichlari negizida rag‘batlantirish har qanday
mam¬lakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim va asosiy makro¬iq¬tisodiy
omillaridan biri hisoblanadi hamda mavjud kambag‘allik darajasini qisqartirishda
asosiy o‘rin tutadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015 yilning sentabrida
Barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘tkazilgan sammitida qabul qilingan 70-son
rezolyusiyasiga muvofiq, shuningdek, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda BMT Global kun
tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlari(BRM) ni izchil amalga oshirish bo‘yicha
jahon mamlakatlarida faol islohotlar olib borilmoqda. Barqaror rivojlanish
maqsadlarining barcha jihatlariga erishish uchun ko‘proq sa’y-harakatlar talab qilinadi.
Xalqaro hamjamiyat maqsadlarning bajarilmasligini barcha manfaatdor tomonlar, shu
jumladan korxonalar, investorlar va kelajak avlodlar uchun manfaatli bo‘lmasligi
mumkinligidan ogohlikka undaydi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi
«O‘zbekiston — 2030» Strategiyasi to‘g‘risida PF-158-son Farmoni bilan tasdiqlangan
«O‘zbekiston — 2030» strategiyasidagi “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga
chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish” bandi 27-maqsad (Mamlakatda
kambag‘allik darajasini qisqartirish) quyidagi 3 ta vazifalarni o‘zida qamrab oldi: 1.
2026 yilga qadar kambag‘allikni 2022 yilga nisbatan 2 barobarga, 2030 yilga qadar esa
keskin qisqartirish; 2. Kambag‘allikka tushish xavfi mavjud 4,5 million aholi
41
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
daromadini oshirish; 3. Ijtimoiy sheriklik asosida 500 ming malakali mutaxassis
tayyorlash [1].
Shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23
sentabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish
borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF-143-son
Farmonida “Respublikamizda barqaror va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari
ta’minlanganligi kambag‘allik darajasini 2019 yildagi 23 foizdan 2023 yilda 11 foizga
qisqartirishga imkon yaratdi. 2025 yil yakuni bilan kambag‘allikni 6 foizgacha
qisqartirish maqsad qilindi” [2].
Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) unumli bandlikni ishchi va uning
qaramog‘idagi shaxslarga kambag‘allik chegarasidan yuqori iste’mol darajasiga
erishishga imkon beradigan mehnatga yetarli daromad keltiradigan mehnat deb
ta’riflaydi [3]. U ikkita muhim elementni o‘z ichiga oladi:
Birinchidan, daromadning yetarliligi, ya’ni samarali bandlik ishchilarga asosiy
ehtiyojlarni sotib olish va iqtisodiyotda ishtirok etish imkonini beradigan ish haqini
ta’minlaydi.
Ikkinchidan, iqtisodiy hissa, ya’ni mehnat mahsulot va xizmatlarga qiymat
qo‘shish yoki yaratishga hissa qo‘shadi. Bu mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlarni
taqdim etish yoki yangi yechimlarni yaratishni o‘z ichiga olishi mumkin.
Unumli bandlik iqtisodiyotga hissa qo‘shadigan va kambag‘allik chegarasidan
yuqori iste’molni ta’minlash uchun yetarli daromad keltiradigan ishdir. Bu shunchaki
ish bo‘lishdan tashqarida; bu munosib turmush darajasini ta’minlovchi sifatli bandlik
haqidagi kontsepsiyadir.
Ushbu ilmiy maqola bandlik sifatining asosiy jihatlarini, uning shaxslar va
jamiyatga ta’sirini hamda bunday turdagi bandlik ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan
strategiyalarni tadqiq etadi.
Adabiyotlar sharhi
Ma’lumki, bilan bandlikning sifat ko‘rsatkichlarini o‘rganishga asosan iqtisodiy
va ijtimoiy jihatdan juda ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilgan. 1970-yillarda AQShda
paydo bo‘lgan ushbu mehnat sifati konsepsiyasi oradan 10 yil o‘tib, 1980-yillarda to‘liq
shakllandi va unga keyinchalik rus, o‘zbek va boshqa olimlarning qiziqishlari orta
boshlagan [4].
Xalqaro tashkilotlar qo‘llanmalari va ilmiy tadqiqot natijalarini o‘zida aks
ettirgan hisobotlarida ish bilan bandlikning sifat ko‘rsatkichlari turlicha ko‘rsatkichlar
bilan tavsiflangan. Ularni ish joyi, ish bilan band shaxs va ish bilan bandlik
ko‘rsatkichlari bo‘yicha tasniflandi. Unda ish beruvchi ish joyiga, xodim ish bilan band
shaxsga, davlat esa ish bilan bandlikka taalluqli ko‘rsatkichlarni baholab borishi
maqsadga muvofiqligi asoslandi (1-jadval).
1.
O‘zbekiston mehnat iqtisodchi olimlaridan sanoqlilari ushbu muammoning
dolzarbligini tan olishgan va bandlik sifatiga ham e’tibor qaratishni afzal bilishadi. ish
bilan bandlikdagi ijtimoiy jihatlar va band aholining mehnat daromadlarini oshirishga
qaratilgan yondashuvlar o‘zbek olimlaridan akademik Q.Х.Abdurahmonov
tadqiqotlarida keng tadqiq etilgan.
42
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
1
Muallif tomonidan tizimlashtirilgan
1-jadval
Xalqaro hisobotlarda ish bilan bandlikning sifat ko‘rsatkichlari tasnifi
T/r
Xalqaro
tashkilotlar
Ko‘rsatkichlar ob’ekti
Ish joyi
Ish bilan band shaxs
Ish bilan bandlik
1.
Xalqaro mehnat
tashkiloti [5]
1) Qabul qilib bo‘lmaydigan
ish
2) Qabul qilinadigan ish vaqti
3) Ishning barqarorligi va
xavfsizligi
4) Ishda adolatli munosabat
5) Xavfsiz ish muhiti
1) Yetarli daromad va samarali
mehnat
2) Ijtimoiy himoya
3) Ish joyidagi ijtimoiy muloqot
va munosabatlar
4) Munosib mehnatning
iqtisodiy va ijtimoiy mazmuni
1) Ishga
joylashish
imkoniyatlari
2) Ish va hayot
muvozanati
2.
Iqtisodiy
hamkorlik va
taraqqiyot
tashkiloti[6]
1) Ish muhitining sifati
2) Mehnat bozorida xavfsizlik
1) Shaxs bandlik darajasi
2) Gender ish haqi farqlari
3) Ishdagi zo‘riqish
4) Ishdan qoniqish
5) Daromad sifati
1) Ish bilan
bandlik darajasi
2) Ishda, ta’limda
yoki
o‘qitishda
bo‘lmagan yoshlar
(NEET)
3.
Jahon banki[7]
1) Ijtimoiy himoya
2) Ish vaqti
1) 42 Ish va shaxsiy hayot
muvozanati
2)
Jismoniy
salomatlik
va
xavfsizlik
3) Ishdan qoniqish
4) Mehnat daromadlari
1) Rasmiy ish
bilan bandlik
4.
Turmush va
mehnat
sharoitlarini
yaxshilash
bo‘yicha Yevropa
jamg‘armasi[8]
1) Ishning sifati
2) Ish vaqti
1) Bandlik sohasidagi risklar
1) Ish va shaxsiy
hayot muvozanati
5.
BMTning Yevropa
iqtisodiy
komissiyasi[9]
1) Mehnat xavfsizligi va
etikasi
2) Ijtimoiy muloqot
1) Ish vaqti davomiyligi, ish va
shaxsiy hayot muvozanati
2) Bandlikning barqarorligi va
ijtimoiy himoya
3) Daromad va mehnat
imtiyozlari
1) Malaka
oshirish va kasbiy
tayyorgarlik
2) Mehnat
munosabatlari va
mehnat
motivatsiyasi
Xalqaro hisobotlarda ish bilan bandlikning sifat xususiyatlari va ko‘rsatkichlari
ish joyi, ish bilan band shaxs va ish bilan bandlik holati kontekstida o‘z aksini topgan
(1-jadval).
Bizning fikrimizcha, ish bilan bandlik sifati “ish joyi sifati” yoki “ish jarayoni
sifati”dan farq qilgan holda, ishning xolisligi, ish joyidagi erkinlik, hayajon va
asabiylikni boshqarish, ish faoliyati muhitidagi o‘ziga xos miqdoriy bo‘lmagan,
sub’ektiv jihatlar bilan tavsiflanmaydi.
Ish bilan bandlik har qanday mamlakat iqtisodiyoti, aholi daromadlari va
farovonligi asosi hisoblanadi. Aholi bandligi darajasi eng muhim ijtimoiy va iqtisodiy
ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu bilan birga aholi bandligi demografik jarayonlarga ham
bevosita va bilvosita bog‘liq hisoblanadi.
Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholining mehnat faoliyatidagi
ishtiroki xalqaro statistika va mehnat ko‘rsatkichlarida muhim iqtisodiy kategoriya
43
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
sifatida gavdalanadi. Ushbu ishtirok qiymatda mehnat sig‘imini, ish bilan band
shaxslarning zarur ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishi holatini va manfaatlarini ifodalaydi.
Binobarin, ish bilan bandlik darajasi mehnat bozori holatini eng muhim
xususiyatlarini o‘zida ifoda etadi. Amaldagi bozor mexanizmi va qonunlari yordamida
mamlakatda “to‘liq bandlikka erishish mumkin emas”[10]. Davlat bandlik siyosati
orqali aholi sifatli ish bilan bandligini tartibga solish imkoniyatlari mavjud.
Tadqiqot metodologiyasi
Mazkur tadqiqotda bir qator onlayn ma’lumotlar bazalaridagi ilmiy manbalarda
o‘z aksini topgan unumli bandlik va kambag‘allikni qisqartirish masalalariga taaluqli
empirik va konseptual tadqiqotlar o‘rganildi va ulardagi ilmiy yondoshuvlar
tizimlashtirildi. Shuningdek, tadqiqot ishida tizimli tahlil, tarixiylik va mantiqiylik,
induksiya va deduksiya, analiz va sintez, qiyosiy tahlil, monografik tahlil va guruhlash
usullari qo‘llanildi.
Tahlil va muhokama
Mehnat bozori qonunlariga muvofiq, mehnat bozoriga bir qator sabablarga ko‘ra
ham sub’ektiv, ham ob’ektiv ravishda kirib kelayotgan mehnatga layoqatli yoshdagi
iqtisodiy faol fuqarolar har doim ham bandlik sohasida o‘z o‘rnini topa olmaydilar.
Bunda ularga imkon qadar yuqori daromadli ishlarga joylalish maqsadi yo‘l qo‘ymaydi.
Bunda tripartizm, ya’ni davlat, ish beruvchilar va xodimlar nimalarga e’tibor qaratishi
lozim?!
Ma’lumki, ish bilan bandlik sifatini baholash uchun quyidagi asosiy
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: mehnatga haq to‘lash darajasi; mehnat sharoitlari;
mehnat sohasidagi kelishuvlar (shartnoma shartlari); mehnat samaradorligi (davlat, ish
beruvchi va xodim manfaatlari).
Raqamli texnologiyalar buguni kunda O‘zbekiston aholisi rasmiy bandlik
sohasida katta imkoniyatlarni ochdi. Xususan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yagona milliy mehnat tizimi»
idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019
yil 31 oktabrdagi PQ-4502-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2019 yil 5 dekabrdagi “«Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo
dasturiy-apparat kompleksi joriy qilinishini va uning ishlashini ta’minlashga doir
tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 971-son qarori bilan mehnat munosabatlari va
kadrlar bilan ish yuritishda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishga katta
qadam qo‘yildi va «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat
kompleksini joriy etildi [11].
«Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi —
axborot resurslari, texnologiyalar va aloqa vositalarining tashkiliy tartibga solingan
majmui bo‘lib, u orqali ro‘yxatga olingan mehnat shartnomalari va xodimlarning
mehnat stajiga oid ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash amalga oshiriladi.
2020 yil 1 yanvardan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat
kompleksi to‘liq joriy qilingan ushbu raqamli platforma O‘zbekistonda mehnat
resurslarini samarali boshqarish, aholining ish bilan ta’minlanishini monitoring qilish,
ish beruvchilar va ishchilar o‘rtasidagi muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida yaratilgan
va mehnat sohasida ijobiy natijalarini bermoqda.
44
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
Raqamli platformalardan foydalanish bandlik sifatini tahlil qilishda quyidagi
imkoniyatlarni taqdim etadi:
Birinchidan, real vaqtda ma’lumotlar to‘plashga imkoniyat yaratiladi.
Ikkinchidan, hududiy va global hamkorlik hamda taqqoslashga imkon bo‘ladi.
Uchinchidan, ma’lumotlarni doimiy yangilanib turishiga sharoit yaratiladi.
Xalqaro tajribalarda mehnat sifati monitoringini olib borishda qo‘llanilayotgan
xalqaro platformalar va ularning foydalanish tajribasi rivojlanayotgan davlatlar uchun
namuna bo‘lib xizmat qilmoqda.
Eurofound Yevropada mehnat sharoitlarini va ishchilarning hayot sifatiga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganish va baholash bilan shug‘ullanuvchi markaz
hisoblanadi. Ushbu tashkilot turli xil tadqiqotlar va monitoring ishlarini onlayn
platformalar orqali amalga oshiradi.
Masalan, Yevropa mehnat sharoitlari so‘rovnomalari (European working
conditions surveys) platformasi mehnat sharoitlari haqida aniq va tizimli ma’lumot
to‘plash uchun ishlatiladi. EWCS Yevropa mamlakatlaridagi mehnat sharoitlarini tahlil
qilish va solishtirishga imkon beradi.
Yevropa ish haqi indeksi (EWI) platformasi esa ishchi-xodimlar ish haqini
monitoring qilish va mehnat bozoridagi adolatni ta’minlash uchun ushbu platformadan
foydalanadi.
Xalqaro mehnat tashkiloti (ILO) ish bilan bandlikning sifatini baholash va
monitoring qilish uchun turli xil platforma va ko‘rsatkichlar tizimlarini ishlab chiqdi.
Ushbu tashkilotning Decent Work Indicators platformasi mamlakatlardagi mehnat
sharoitlarini baholash uchun foydalanib kelmoqda.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan ishlab chiqilgan
“Job Quality Framework” platforma mamlakatlar mehnat bozorini baholash va yuqori
sifatli ish o‘rinlarini yaratish uchun asosiy yo‘nalishlarni taqdim etadi. Ushbu
platformada uchta asosiy ko‘rsatkich bo‘yicha o‘rganish olib boriladi: daromad sifati;
mehnat xavfsizligi; ishlash muhiti.
Ma’lumki, O‘zbekistonda aholi daromad¬larining asosiy manbai (70%idan
ortig‘i) oylik ish haqiga to‘g‘ri keladi [10]. Amalga oshirilayotgan bandlik siyosati
natijasida ish bilan band aholi soni ortib bormoqda. Ish bilan band mehnat resurslarining
iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimlanishi dinamikasining tahlili shuni
ko‘rsatmoqdaki, keyingi yillarda iqtisodiyot real sektorining moddiy ishlab chiqarish
tarmoqlarining ish bilan band aholi umumiy sonidagi ulushi kamayish tendensiyasiga,
xizmat ko‘rsatish sohalarining ulushi esa ortib bormoqda.
O‘zbekistonda 2020 yil oxirida jami mehnat resurslari soni 19158,2 ming kishini,
iqtisodiy nofaol aholi soni esa 4360,8 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, ijtimoiy so‘rov
natijalari hisob-kitoblari (kambag‘al ish bilan band aholi ulushi) asosida kambag‘allik
ta’sir doirasidagi ish bilan band shaxslar soni 2660,6 ming kishini, unumli bandlik
taqchilligi 4221,6 ming kishini tashkil etdi. 2022-yilga kelib ushbu ish bilan band aholi
tarkibidagi kambag‘allar ulushi 2020-yilga nisbatan qariyb 3,0% punktga tushgan va
respublika bo‘yicha umumiy iqtisodiyotda band aholi tarkibida jami 2380,7 ming
kishini tashkil etgan (2-jadval).
Ish bilan band bo‘lgan holda kambag‘allik ta’sir doirasiga tushib qolish
holatlarining paydo bo‘lishiga asosan, ish haqi miqdori va doimiy mehnat daromadlari
45
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
Unumli bandlik xodim va uning qaramog‘idagi shaxslarga kambag‘allik
chegarasidan yuqori iste’mol darajasiga erishishga imkon beradigan hamda ehtiyojlarni
qondirish uchun yetarli daromad keltiradigan bandlik toifasi deyish mumkin.
Ishlaydigan kambag‘allar esa daromadi o‘zini va qaramog‘idagilarni
qashshoqlikdan olib chiqish uchun etarli bo‘lmagan ish bilan band shaxslar. Buning
sababi, ularning mehnatidan olinadigan daromad juda past (bu odatda unumli bandlik
darajasining pastligi bilan bog‘liq).
Ishsiz lekin kambag‘al bo‘lmaganlar - norasmiy sektorda faoliyat yuritib,
yetarlicha daromad topadigan aholi toifasini kiritish mumkin.
Ishsiz va kambag‘allar toifasiga ham rasmiy ham norasmiy jihatdan daromad
manbaiga ega bo‘lmagan va kambag‘al aholi toifasini kiritish mumkin.
O‘zbekistonda ish bilan banlik sifatini baholashda Toshkent davlat iqtisodiyot
universiteti hamda Mehnat bozori tadqiqotlari instituti jamoasi “Unumli bandlikni
baholash” platformasi ustida ish olib borilmoqda.
2
Ijtimoiy so‘rovnoma va uslubiyot asosida hisoblangan.
hamda mehnat sharoitlari yetarli emasligini sabab qilib ko‘rsatish mumkin. Aksincha,
ishsizlar yoki iqtisodiy nofaol aholi tarkibiga kirmagan-larning kambag‘allik ta’siriga
tushishi asosan, mos ravishda ishga joylashish imkoniyatlarining yetishmasligi va
ijtimoiy himoyaning yetarli emasligi kabi omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
2-jadval
O‘zbekiston Respublikasidagi unumli band aholi soni o‘zgarishi, (2020-2022
yillar, ming kishi)
Hudud nomi
Ish bilan band aholi soni
(
E
)
Ish bilan band
kambag‘allik ta’sir
doirasidagi aholi soni,
(
Wpoor
)
Unumli band aholi soni,
(
PE
)
2020-yil
2022-yil
2020-yil
2022-yil
2020-yil
2022-yil
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
707,4
714,2
142,2
122,1
565,2
592,1
Andijon viloyati
1225,9
1296,8
246,4
223,0
979,5
1073,8
Buxoro viloyati
788,0
780,6
158,4
133,5
629,6
647,1
Jizzax viloyati
534,3
546,4
107,4
92,9
426,9
453,5
Qashqadaryo viloyati
1171,0
1207,3
235,4
214,9
935,6
992,4
Navoiy viloyati
399,4
410,1
80,3
69,7
319,1
340,4
Namangan viloyati
1088,7
1100,6
218,8
193,7
869,9
906,9
Samarqand viloyati
1418,3
1479,8
285,1
260,4
1133,2
1219,4
Surxondaryo viloyati
985,5
1006,3
198,1
180,1
787,4
826,2
Sirdaryo viloyati
332,2
335,0
66,8
57,6
265,4
277,4
Toshkent viloyati
1177,2
1204,5
236,6
206,0
940,5
998,5
Farg‘ona viloyati
1448,6
1511,7
291,2
263,0
1157,4
1248,7
Xorazm viloyati
716,4
741,8
144,0
130,6
572,4
611,2
Toshkent shahri
1243,5
1371,1
249,9
233,1
993,6
1138,0
O‘zbekiston
Respublikasi
13236,4
13706,2
2660,6
2380,7
10575,7
11325,5
46
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
Unumli bandlikni baholash platformasi – bu mehnat bozorida xodimlar va ular
qaramog‘idagilarning belgilangan kambag‘allik chegarasidan yuqori iste’molni
ta’minlaydigan mehnat daromadlari, malaka va ish tajribalari bo‘yicha ko‘rsatkichlar
tahlili va monitoringi uchun ishlab chiqilgan raqamli vosita hisoblanadi. Bunday
platformalar mehnat bozorining asosiy ko‘rsatkichlarini, ishlab chiqarish unumdorligini
va mehnat sifatini tahlil qilish imkonini beradi.
Xulosa va tavsiyalar
Unumli bandlik shunchaki ish bilan band bo‘lish emas, balki - bu odamlar uchun
yaxshiroq hayot yo‘li va iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning katalizatoridir.
Muammolarni hal qilish va samarali strategiyalarni amalga oshirish orqali siyosatchilar,
korxonalar va ta’lim muassasalari har bir inson munosib turmush kechirishi, mehnatiga
yarasha munosib ish xaqi olishi va gullab-yashnayotgan iqtisodiyotning afzalliklaridan
bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lgan muhitni yaratishi mumkin. Shuning uchun,
unumli bandlikni baholashda asosiy e’tiborni daromad olish uchun ko‘proq soat ishlash
masalasiga emas, balki ijtimoiy-itqisodiy taraqqiyotni ta’minlashda muhim bo‘lgan
resurslar (mehnat, vaqt va kapital)dan daromadni oshirishga qaratish lozim bo‘ladi.
Aholi bandligining sifat darajasini oshirishda quyidagilarni tavsiya etish mumkin
deb hisoblaymiz:
– bandlik sifatini rag‘batlantirish mexanizmlari faolli¬gi¬ni oshirish hamda
munosib mehnat va unumli bandlik tamoyil¬lariga mos ish o‘rinlari yaratilishini
rag‘batlantirish;
– kasb-hunar ta’limi tizimini xalqaro mehnat bozori talab¬lari darajasiga yetkazish;
– iqtisodiyotdagi rasmiy ish bilan bandlik ulushini muntazam oshirib borish;
– tashqi mehnat migratsiyasini diversifikatsiya qilish hamda “mehnat resurslari
isrofi”ni oldini olish bo‘yicha ishlab chiqi¬layotgan dasturlar natijadorligini oshirish;
Ish bilan band aholi tarkibida kambag‘allik ta’siriga tu¬shib qolish holatlarining
oldini olishda iqtisodiy, ma’muriy, tashkiliy, huquqiy va ijtimoiy mexanizmlar faolligini
oshi¬rish muhim sanaladi. Davlat, nodavlat va norasmiy institutlar negizida unumli va
mahsuldor bandlikni rag‘batlantirish tizimi¬ni rag‘bat tamoyillari asosida
takomillashtirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Adabiyotlar ro‘yxati
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi
«O‘zbekiston — 2030» Strategiyasi to‘g‘risida PF-158-son Farmoni. Manba:
https://lex.uz/ru/docs/6600413
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentabrdagi
“Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-
tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF-143-son Farmoni. Manba:
https://lex.uz/docs/7109857
3.
International
Labour
Organization
(ILO)
reports.
URL:
https://www.ilo.org/global/lang--en/index.htm
47
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
4.
Bindu J. Quality of Work Life with Special Reference to Academic Sector //
Research Journal of Management Sciences. – 2014. – Vol. 3(1). – P. 14–17.
5.
Decent work indicators: guidelines for producers and users of statistical and
legal framework indicators: ILO manual: second version. International Labor Office. –
Geneva: ILO, 2013. – 257 p.
6.
Work and job quality. (Organisation for Economic Co-operation and
Development)
//
URL:https://www.oecd-ilibrary.org/sites/ad47bc5e-
en/index.html?itemId=/content/component/ad47bc5e-en
7.
Global Job Quality: Evidence from Wage Employment across Developing
Countries
(World
Bank)
//
URL:
https://documents1.worldbank.org/curated/en/099815508012237346/pdf/IDU09ac855b
6033b20401e0b7d20c77cc771201c.pdf
8.
Quality of employment conditions and employment relations in Europe.
Eurofound. (European Foundation for the Improvement of Living and Working
Conditions (Eurofound) – Dublin, 2013. – 66 p.
9.
Handbook on measuring quality of employment: a statistical framework.
Prep. by the Expert Group on Measuring Quality of Employment. – NY: Economic
Commission for Europe; United Nations, 2015. – 320 p.
10.
Б.А.Воронин, И.П.Чупина, Я.В.Воронина. Занятост населения как одна
из макроэкономических проблем современности // Журнал “Аграрное образование
и
наука”,
Специалност
«Экономика
и
бизнес»,
2020.
URL:https://cyberleninka.ru/article/n/zanyatost-naseleniya-kak-odna-iz-
makroekonomicheskih-problem-sovremennosti
11.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yagona milliy mehnat tizimi»
idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil
31 oktabrdagi PQ-4502-son qarori. Manba: https://lex.uz/docs/4574228
