PEDAGOGLARDA BADIIY-TARIXIY ASARLAR VOSITASIDA SHAXSIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

Аннотация

Bugungi kunda bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik mahoratini shakllantirish uchun uzoq davrlar mobaynida yaratilgan pedagogik merosning muhim jihatlariga e’tibor qaratgan holda saralash va ta’lim-tarbiya mazmuniga tadbiq etish lozim. Ta’lim mazmuniga buyuk mutaffakkirlar merosidan talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan yondashuvlarni ajratib olib, singdirish taqozo qilinmoqda.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
30-32
35

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Qodirova, M. . (2025). PEDAGOGLARDA BADIIY-TARIXIY ASARLAR VOSITASIDA SHAXSIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(1), 30–32. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/62471
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bugungi kunda bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik mahoratini shakllantirish uchun uzoq davrlar mobaynida yaratilgan pedagogik merosning muhim jihatlariga e’tibor qaratgan holda saralash va ta’lim-tarbiya mazmuniga tadbiq etish lozim. Ta’lim mazmuniga buyuk mutaffakkirlar merosidan talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan yondashuvlarni ajratib olib, singdirish taqozo qilinmoqda.


background image

30

PEDAGOGLARDA BADIIY-TARIXIY ASARLAR VOSITASIDA SHAXSIY

SIFATLARNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING

AHAMIYATI

Mavluda Qodirova

Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14620520

Annotatsiya

: Bugungi kunda bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik mahoratini shakllantirish

uchun uzoq davrlar mobaynida yaratilgan pedagogik merosning muhim jihatlariga e’tibor
qaratgan holda saralash va ta’lim-tarbiya mazmuniga tadbiq etish lozim. Ta’lim mazmuniga
buyuk mutaffakkirlar merosidan talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishga xizmat
qiladigan yondashuvlarni ajratib olib, singdirish taqozo qilinmoqda.

Kalit so’zlar:

Kitobxonlik, madaniyat, tarqqiyot, rivojlanish, savodxonlik, badiiy asar,

pedagogik ong, ta’lim, aqliy, ma’naviy, diniy, jismoniy, nazariy-pedagogik, ijtimoiy.

Аннотация

: Сегодня для формирования педагогического мастерства будущих

учителей необходимо отбирать и применять в содержании образования и воспитания,
обращая внимание на важные аспекты педагогического наследия, созданного на
протяжении длительного периода времени. Необходимо извлекать и интегрировать в
содержание образования подходы, служащие развитию учебно-познавательной
деятельности учащихся из наследия великих мыслителей.

Ключевые слова

: чтение, культура, распространение, развитие, грамотность,

художественное произведение, педагогическое сознание, образование, умственное,
духовное, религиозное, физическое, теоретико-педагогическое, социальное.

Abstract

: Today, in order to form the pedagogical skills of future teachers, it is necessary to

select and apply to the content of education and upbringing, paying attention to the important
aspects of the pedagogical heritage created over a long period of time. It is necessary to extract
and integrate into the content of education approaches that serve to develop students'
educational and cognitive activities from the heritage of great thinkers.

Keywords:

reading, culture, circulation, development, literacy, work of art, pedagogical

consciousness, education, mental, spiritual, religious, physical, theoretical-pedagogical, social.


Kitob umr yoʻllarini yorituvchi soʻnmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat

manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh boʻluvchi sodiq doʻst. Insonning maʼnaviy
kamolotini taʼminlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yoʻq. Shu bois azal-azaldan
maʼrifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob oʻqishga, undan ilmu odob sirlarini
oʻrganishga chorlab kelishgan.

Talaba-yoshlarning mutolaaga qiziqishi susayishi, o‘z navbatida, aholi savodxonligi

darajasining pasayishi jamiyat taraqqiyotining barqaror rivojlanishi uchun katta tahdidlardan
sanaladi. Shuning uchun ham ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda bu salbiy holatning oldini
olishga qarshi qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda [1]. Xorijiy davlatlar tajribasida uzoq aholi
punktlarida yashaydigan hamda kutubxonalarga borish imkoniyati cheklangan fuqarolarga
qulaylik yaratish maqsadida ko‘chma kutubxona xizmatini rivojlantirish, kutubxonalararo
abonoment va hujjatlarni yelektron yetkazib berish, kutubxona resurslaridan masofaviy
foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Bunda individual, guruh hamda ommaviy kitobxonlikni tizimli
ravishda tashkil qilishni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini tarbiyalash, yuksak badiiy


background image

31

asarlarga oshno qilish, kutubxonalar imijini yuksaltirish bo‘yicha aniq mexanizmlarning [2]
yaratilishi kabi takliflar ilgari surilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “Yoshlarni kitob o‘qishga bo‘lgan

qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan do‘st bo‘lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini
yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim” [3]ligi borasidagi yondashuviga tayangan holda
bo‘lajak pedagoglarda badiiy-tarixiy asarlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan
do‘st bo‘lishga tadqiqot davomida alohida e’tibor qaratildi. Ishning asosiy negizi bo‘lgan badiiy
asar, uning sifatlari haqida talqin qilingan milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara
namunalarini talabalar ixtiyoriga havola etish bilan tadqiqot ishonchli va samarali bo‘lishi
ta’minlandi. Shu jihatlardan ham, oliy ta’lim negizida talabalarda shaxsiy sifatlarini
rivojlantirishga e’tibor qaratishda tarixiy-badiiy asarlardan foydalanish maqsadga muvofiq deb
hisoblanadi.

Pedagogik g‘oyalar turli davrda jamiyat va shaxs taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq holda

vujudga kelgan va muayyan davrning ijtimoiy buyurtmasini o‘zida mujassamlashtirgan. Bugungi
kunda bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik mahoratini maqsadga muvofiq holda shakllantirish
uchun uzoq davrlar mobaynida yaratilgan pedagogik merosning muhim jihatlariga e’tibor
qaratgan holda saralash va ta’lim-tarbiya mazmuniga tadbiq etish lozim. Ta’lim mazmuniga
buyuk mutaffakkirlar merosidan talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishga xizmat
qiladigan yondashuvlarni ajratib olib, singdirish taqozo qilinmoqda. Ma’lumki, qaysi davrda
bo‘lmasin inson harakatlarining asosini bilim tashkil etadi. Zardushtning ta’biri bilan aytganda,
hayotning asosini ma’rifat tashkil etadi. Zardushtiylar ushbu qoidaga amal qilgan holda o‘z
farzandlariga aqliy, ma’naviy, diniy, jismoniy yo‘nalishlarda ta’lim-tarbiya berganlar.
Zardushtiylik dinida yoshlarning jismoniy, aqliy ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilib, u
ma’naviy poklik bilan uyg‘un tarzda talqin etilgan. Yoshlarga ma’naviy poklikning asoslari haqida
zarur bilimlar berilgan.

Ta’limda ko‘rgazmali qurollardan, hikoya, suhbat, muloqot usullaridan keng foydalanilgan.

O‘tilgan mavzularni mustaqil takrorlab tushunib olishga alohida e’tibor qaratilgan. Ustoz-shogird
munosabatlarining me’yorlari hamda o‘qitish usullari qat’iy belgilab qo‘yilgan. Ustozlar
donishmandlik sirlarini egallashi lozimligi haqida Avestoda alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Avestoda
yoshlarning aql-zakovatini o‘stirishga alohida talablar qo‘yilgan. Zardusht o‘z xalqi, farzandlari
uchun yomon muallimlar bo‘lmasligini istaydi. Ushbu fikr bugungi kunda bo‘lajak o‘qituvchilarni
tayyorlash sifatini takomillashtirish uchun ham muhim ahamiyatga ega[4].

Har qanday ish-harakat, faoliyat faolliklarini o‘zlashtirishda uni tashkil etishga qanchalik

ko‘p kuch sarflash emas, balki jarayonning davomli, izchil, uzluksiz bo‘lishi samarali sanaladi.
Badiiy - tarixiy vositasida talabalarni shaxsiy shaxsiy sifatlarini takomillashtirishda badiiy -
tarixiyasarni mutolaa qilishda uning kichik teatr tomoshasiga aylantirish, talabalarning o‘zlarini
ham unda ishtirok etishga jalb qilish kutilgan natijaga olib keladi. Pedagogik va psixologik
jihatdan talabalarni Bvositasida shaxsiy sifatlarini ning metodik tizimini takomillashtirishda
tashkiliy, moddiy ta’minotini yaratuvchi nashriyotlar, nazariy-pedagogik va amaliy-metodik
jihatdan oqilona, samarali uyushtira olmayotgan ota-onalar, o‘qituvchilar hamda soha
uchun mas’ul ijtimoiy tashkilotlarning javobgarligini inkor qilib bo‘lmaydi. Binobarin, ta’lim
jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish talabalarda kitobxonlik madaniyatini
shakllantirishning tashkiliy-metodik jihatlarini takomillashtirish bilan bog‘liqdir [5].


background image

32

U talabalarda xaqiqiy bilim hosil qilish, mustaqil va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish,

shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish, olgan bilimlarni amaliyotga tatbiq eta olish layoqatini
shakllantirish zarurligini ta’kidlagan. Biz yuqorida keltirib o’tgan fikrlarimiz esa oliy ta’lim tizimi
samaradorligini ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega. Yosh avlodni sog’lom fikrli kadrlar
qilib tarbiyalashda biz har bir soahni ahamiyatiga va natijalriga tadqiqotlarga alohida e’tibor
qaratishimiz lozim.

References:

1.

Gappoeva L.A. Pedagogicheskie usloviya podgotovki studentov universiteta – buduщix

uchiteley k formirovaniyu chitatelskoy kulturы mladshix shkolnikov / Monografiya. – M.: Direkt-
Media, 2014. – 160 s.
2.

Lovkova T.B. (2010) Dosugovoe chtenie molodeji v sta zerkalax// Sotsiolog i psixolog v

biblioteke : sb. statey i materialov. Vыp. 7. – M.: Ros. gos. det. b-ka; Ros. gos. b-ka dlya molodeji. –
S. 125-134.
3.

Kuronbaev K.K. Pedagogicheskie osnovы razvitiya duxovnoy i sotsialnoy aktivnosti

studentov (na primere molodyojnыx organizatsiy): Avtoref.diss. ... kand.ped.nauk. – T.: 2000. –
23 s.
4.

Joʼrayev N.S. Kichik maktab yoshidagi oʼquvchilarda oʼqish motivlarini shakllantirishning

psixologik xususiyatlari. Ped. fan. nomz. ... diss. – Toshkent: 2009. – 143 b.
5.

Dobrыnina N.Ye. V mir knig do rojdeniya: kogda uchit rebenka chitat // J. Knijnoe

obozrenie. – M.: 2000. - №16. – S. 4.
6.

Asranbayeva, M. (2024). MUSTAQIL TA’LIM O’QUV FAOLIYATI SAMARADORLIGINI

OSHIRISH OMILI SIFATIDA. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 1(12), 505-508.
7.

Asranboyeva, M. H. (2024). Bola shaxsini shakllanishiga oila muhitining ta’siri. Science and

Education, 5(11), 177-182.
8.

Асранбоева, М. Х. ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ ВЛИЯНИЕ РОДИТЕЛЬСКИХ ОТНОШЕНИЙ В

СЕМЬЕ НА ОБРАЗОВАНИЕ ДЕТЕЙ. ВЕСТНИК ИНТЕГРАТИВНОЙ ПСИХОЛОГИИ,
9.

Kamolova, A. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasining manbalarini

o‘rganishning ilmiy-nazariy asoslari. Fan va taʼlim” Ilmiy jurnali/Impact Factor , 3 , 590-592.
10.

Xayrullayev, M. M. O. G. L., & Kamalova, A. O. Q. (2024). Kimyo fanlarini o ‘qitishda rolli

o‘yinlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari. Science and Education, 5(11), 187-190.
11.

Kamolova, A. O., & Akramjonova, F. A. (2024). PEDAGOGIK FAOLIYAT JARAYONLARIDA

INNAVATSION TA’LIM JARAYONLARI ORQALI PEDAGOGLAR SALOMATLIGINI SAQLASH.
Экономика и социум, (6-1 (121)), 302-305.

Библиографические ссылки

Gappoeva L.A. Pedagogicheskie usloviya podgotovki studentov universiteta – buduщix uchiteley k formirovaniyu chitatelskoy kulturы mladshix shkolnikov / Monografiya. – M.: Direkt-Media, 2014. – 160 s.

Lovkova T.B. (2010) Dosugovoe chtenie molodeji v sta zerkalax// Sotsiolog i psixolog v biblioteke : sb. statey i materialov. Vыp. 7. – M.: Ros. gos. det. b-ka; Ros. gos. b-ka dlya molodeji. – S. 125-134.

Kuronbaev K.K. Pedagogicheskie osnovы razvitiya duxovnoy i sotsialnoy aktivnosti studentov (na primere molodyojnыx organizatsiy): Avtoref.diss. ... kand.ped.nauk. – T.: 2000. – 23 s.

Joʼrayev N.S. Kichik maktab yoshidagi oʼquvchilarda oʼqish motivlarini shakllantirishning psixologik xususiyatlari. Ped. fan. nomz. ... diss. – Toshkent: 2009. – 143 b.

Dobrыnina N.Ye. V mir knig do rojdeniya: kogda uchit rebenka chitat // J. Knijnoe obozrenie. – M.: 2000. - №16. – S. 4.

Asranbayeva, M. (2024). MUSTAQIL TA’LIM O’QUV FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 1(12), 505-508.

Asranboyeva, M. H. (2024). Bola shaxsini shakllanishiga oila muhitining ta’siri. Science and Education, 5(11), 177-182.

Асранбоева, М. Х. ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ ВЛИЯНИЕ РОДИТЕЛЬСКИХ ОТНОШЕНИЙ В СЕМЬЕ НА ОБРАЗОВАНИЕ ДЕТЕЙ. ВЕСТНИК ИНТЕГРАТИВНОЙ ПСИХОЛОГИИ,

Kamolova, A. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasining manbalarini o‘rganishning ilmiy-nazariy asoslari. Fan va taʼlim” Ilmiy jurnali/Impact Factor , 3 , 590-592.

Xayrullayev, M. M. O. G. L., & Kamalova, A. O. Q. (2024). Kimyo fanlarini o ‘qitishda rolli o‘yinlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari. Science and Education, 5(11), 187-190.

Kamolova, A. O., & Akramjonova, F. A. (2024). PEDAGOGIK FAOLIYAT JARAYONLARIDA INNAVATSION TA’LIM JARAYONLARI ORQALI PEDAGOGLAR SALOMATLIGINI SAQLASH. Экономика и социум, (6-1 (121)), 302-305.