Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.
ru-RU info@in-academy.uz Tue, 19 Aug 2025 17:27:55 +0800 OJS 3.3.0.8 http://blogs.law.harvard.edu/tech/rss 60 BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MULTIMODAL KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH: RAQAMLI ASR TALABLARI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133444
Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida multimodal kommunikativ kompetensiyani shakllantirish metodikasini takomillashtirishning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlangan. Raqamli texnologiyalar va global tarmoqlar rivojlangan hozirgi davrda axborot almashinuvi vizual, audial va kinestetik elementlarni o‘z ichiga olgan multimodal xarakterga ega bo‘lib, bu holat ta’lim jarayoniga yangi talablar qo‘ymoqda. Multimodal kommunikatsiyaning nazariy asoslari yangilanadi, boshlang‘ich ta’limdagi mavjud bo‘shliqlar tahlil qilinadi va o‘quvchilarning kognitiv xususiyatlarini hisobga olgan holda raqamli pedagogika hamda sun’iy intellekt (AI) asosidagi innovatsion o‘qitish strategiyalari taklif etiladi. Maqola multimodal matnlar bilan ishlash, tanqidiy media savodxonligini rivojlantirish va raqamli vositalar yordamida ijodiy faoliyatni rag‘batlantirishga oid amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi.
Dilbar Salimova Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133444 Tue, 05 Aug 2025 00:00:00 +0800 XALQ OGʻZAKI IJODI JANRLARI VA ULARNING ESTETIK QOBILIYATLAR RIVOJLANISHIDAGI OʻRNI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133443
Maqolada xalq ogʻzaki ijodi janrlarining boshlangʻich sinf oʻquvchilarining badiiy-estetik qobiliyatlarini shakllantirishdagi oʻrni tahlil qilinadi. Ertak, maqol, topishmoq, afsona va dostonlarning estetik tarbiya vositasi sifatidagi imkoniyatlari yoritiladi. Xalq ogʻzaki ijodini zamonaviy taʼlimga uygʻunlashtirishning metodik asoslari koʻrsatib beriladi.
Gulnora Kaxarova Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133443 Wed, 06 Aug 2025 00:00:00 +0800 BADIIY-ESTETIK TAFAKKUR TAKOMILIDA KONSEPSIYA VA MILLIY QADRIYATLAR HAMDA O'ZBEK NASRI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133442
Ushbu maqola badiiy-estetik tafakkur takomilida konsepsiyaning o'rni va milliy qadriyatlarning o'zbek nasriga ta'sirini tadqiq qiladi. Tadqiqot o'zbek adabiyotining taraqqiyotida milliy qadriyatlar va badiiy-estetik konsepsiyalarning o'zaro ta'sirini tahlil etadi. Maqolada zamonaviy o'zbek nasrining shakllanishida milliy o'zlikni anglash, madaniy merosning badiiy interpretatsiyasi va estetik tafakkurning transformatsiya jarayonlari ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida milliy qadriyatlarning badiiy-estetik konsepsiyalarga integratsiyasi o'zbek nasrining o'ziga xos xususiyatlarini shakllantiruvchi asosiy omil ekanligi aniqlandi.
Moxiniso Zaripova Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133442 Wed, 06 Aug 2025 00:00:00 +0800 BOLALAR PSIXOLOGIYASINING BOLA HAYOTIDAGI O‘RNI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133441
Bolalar psixologiyasi inson shaxsining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, chunki inson shaxsining kelgusidagi shakllanishi va hayotdagi o‘z o‘rnini topishi bevosita bolalik davrida qanday tarbiya olganiga bog‘liq. Aynan bolalar psixologiyasi zamonaviy jamiyatning asosiy poydevori hisoblanadi. Ushbu maqolada bolalar psixologiyasi tushunchasi, uning asosiy vazifalari va zamonaviy jamiyatdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi, bu orqali mavzuning naqadar dolzarb ekani yaqqol namoyon bo‘ladi.
Go`zal Mirsaitova Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133441 Mon, 11 Aug 2025 00:00:00 +0800 BOLALAR PSIXOLOGIYASI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133440
Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda o‘smirlar orasida xavotir va o‘z joniga qasd qilish holatlari ortib bormoqda. O‘smirlik davrida keraksiz janjallar orqali bolaning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatish maqsadga muvofiq emas. Har bir ota-ona va maktab xodimi bolalar bilan ishlashda o‘z bilim va ilg‘or tajribasi bilan o‘rtoqlashishi zarur.
Go`zal Mirsaitova Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133440 Mon, 11 Aug 2025 00:00:00 +0800 TEXNOLOGIYA FANINING O’QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133439
Fanga doir zamonaviy interfaol metodlar texnologiya   fan o‘qituvchilari uchun darslar davomida va darsdan tashqari qo‘shimcha mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni yahshi o‘zlashtirishlariga, o‘quv materiallarini va berilgan mavzularni tezroq va osonroq o‘zlashtirishiga yordam beradi.
Barchinoy Mahmudova Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133439 Mon, 11 Aug 2025 00:00:00 +0800 BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MIQDORLARNI O'QITISHDA AMALIYOTGA YO'NALTIRILGAN YONDASHUVLAR https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133438
Ushbu maqolada boshlang'ich sinf matematika darslarida miqdorlarni o‘qitishning zamonaviy metodlari, amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvlarning o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Maqolada miqdorlarni o‘qitish jarayonida real hayotiy misollar, didaktik o‘yinlar va interfaol mashg‘ulotlardan foydalanish yo‘llari atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, o‘lchov birliklari, vaqt, pul va massa kabi miqdorlarni o‘rgatishda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar va pedagogik usullar keltirilgan.
Sevinch Ikromova Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133438 Mon, 11 Aug 2025 00:00:00 +0800 MILLIY CHOLG'U ASBOBLARI ORQALI O'QUVCHILARNING MUSIQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133437
Ushbu maqolada milliy cholg'u asboblari orqali o'quvchilarning musiqiy madaniyatini shakllantirish texnologiyalari tahlil qilingan. Tadqiqot adabiyotlar tahlili metodiga asoslanib, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning milliy cholg'u o'qitishdagi qo'llanilishi, musiqiy madaniyat shakllanishining nazariy asoslari va interfaol o'qitish metodlari ko'rib chiqilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, milliy cholg'u asboblari orqali musiqiy madaniyat shakllantirishda kompleks yondashuv zarur bo'lib, bu jarayon an'anaviy va zamonaviy texnologiyalarning uyg'unlashuviga asoslanishi kerak. Maqolada musiqiy madaniyatni rivojlantirishning samarali texnologik modellari va pedagogik shart-sharoitlari aniqlangan.
Xusan Abduraxmonov Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133437 Mon, 11 Aug 2025 00:00:00 +0800 БОШЛАНҒИЧ СИНФЛАРДА ЎҚУВЧИЛАРНИНГ ИНТЕЛЛЕКТУАЛ САВОДХОНЛИГИНИ ОШИРИШ https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133436
XXI асрда жамият ривожи билимли, танқидий фикрлайдиган ва янгича ечимлар топа оладиган шахсларга эҳтиёж сезмоқда. Шу боис, таълимнинг илк босқичиданоқ ўқувчиларнинг интеллектуал саводхонлигини ривожлантириш масаласи муҳим аҳамиятга эга. Бошланғич синфлар боланинг фикрлаш, англаш, таҳлил қилиш ва ижодий ёндашиш қобилияти асоси қўйиладиган давр ҳисобланади.
П.И. Абдалиева Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133436 Mon, 11 Aug 2025 00:00:00 +0800 O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA MUAMMOLI SAVOLLAR ORQALI FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133435
Ushbu maqolada o‘qish savodxonligi darslarida muammoli savollardan foydalanish orqali o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtirish masalasi tahlil etiladi. Muammoli savollar – bu o‘quvchini tayyor javob emas, balki izlanishga, tahlil qilishga, muqobil yechimlar taklif etishga undovchi savollardir. Ular orqali o‘quvchida mustaqil fikrlash, sabab-oqibat bog‘lanishini tushunish, dalillash va xulosa chiqarish ko‘nikmalari shakllanadi.
Dildora Anarbayeva Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133435 Mon, 11 Aug 2025 00:00:00 +0800 БОШЛАНҒИЧ СИНФЛАРДА ЎҚУВЧИЛАРНИНГ ИНТЕЛЛЕКТУАЛ САВОДХОНЛИГИНИ ОШИРИШ https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/134830
XXI асрда жамият ривожи билимли, танқидий фикрлайдиган ва янгича ечимлар топа оладиган шахсларга эҳтиёж сезмоқда. Шу боис, таълимнинг илк босқичиданоқ ўқувчиларнинг интеллектуал саводхонлигини ривожлантириш масаласи муҳим аҳамиятга эга. Бошланғич синфлар боланинг фикрлаш, англаш, таҳлил қилиш ва ижодий ёндашиш қобилияти асоси қўйиладиган давр ҳисобланади.
П.И. Абдалиева Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/134830 Wed, 13 Aug 2025 00:00:00 +0800 LEKSIK ANTONIMLAR VA ULARNI ANIQLASH MEZONLARI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/134829
Mazkur tezisda leksik antonimlarning til tizimidagi o‘rni, ularning semantik va grammatik xususiyatlari, hamda aniqlash mezonlari yoritiladi. Antonymiya hodisasiga oid turli olimlarning nazariy qarashlari tahlil qilinib, ilmiy yondashuvlar qiyosiy tarzda ko‘rib chiqiladi. Leksik antonimlarni aniqlashda semantik, grammatik, paradigmatik, kontekstual va lingvokulturologik mezonlarning uyg‘unligi asosiy talab sifatida ko‘rsatib o‘tiladi.
X. Mamatkulova Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/134829 Fri, 15 Aug 2025 00:00:00 +0800 SHAXS MA’NAVIY-AHLOQIY RIVOJLANISHIDA INTELLEKTUAL TARAQQIYOTNING O‘RNI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135123
Ma’lumki, kognitiv yo‘nalishda axloqiy ongni taraqqiyoti muammosi, intellektni rivojlantirish va axloqiy e’tiqodni shakllantirishning o‘zaro bog‘liqligi nuqtai nazaridan tahlil qilingan.
Charos Mirxoliqova Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135123 Mon, 18 Aug 2025 00:00:00 +0800 JAHON PSIXOLOGLARI TADQIQOTLARIDA BOSHQARUV KOMPETENSIYASI TUSHUNCHASINING MAZMUNI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135526
Kompetentlik - shaxsning faoliyat predmetiga shaxsiy munosabatini o‘z ichiga olgan tegishli kompetensiyaga ega bo‘lishi. “Kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalari mehnat, tashkilot, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zaro ta’sirning asosiy tushunchalari bilan bog‘liq. Bu esa “kompetensiya” va “ijtimoiy jarayonlar” fenomenlariga yagona harakat mexanizmi xos degan fikrni mustahkamlaydi. Ilmiy adabiyotlarda boshqaruv kompetentligining mazmuni va ma’nosi haqida turli xil qarashlar mavjud.
Ravshan Ashurov Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135526 Fri, 22 Aug 2025 00:00:00 +0800 TARIX DARSLARIDA O`QUVCHILARNI KREATIV FIKRLASHGA O`RGATISH https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135525
Mustaqillik atalmish tarixiy ne’mat xalqimizning tarixiy an’ana va ma’naviy boyliklarini qayta tiklovchi, uni yangi mazmun bilan boyituvchi muhim omil bo‘ldi. O‘z navbatida ta’lim tizimi mazkur omil doirasida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Ta’lim jarayonida esa tarix fanini o‘qitish, unda milliy asosga tayanish, xalqimizning ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik kabi an’analari, andishalilik, iymon-insof, mehr-oqibat, or-nomus kabi fazilatlarini chuqur o‘rganish va ularni yoshlar qalbiga singdirish asosiy vazifa sifatida belgilab berilgan.
Xurliman Sultamuratova Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135525 Mon, 25 Aug 2025 00:00:00 +0800 ADABIY MATN TAHLILIDA NEYROPEDAGOGIKA BILAN UZVIY ALOQADORLIK https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135524
Mazkur maqolada neyropedagogika va adabiy savodxonlikni integratsiyalashtirishning metodologik asoslari tahlil qilingan. Muallif ta’limda ushbu ikki yo‘nalishning o‘zaro uyg‘unligi inson ongidagi bilish, his qilish va ma’no yaratish jarayonlarini samarali faollashtirishini asoslab bergan. Neyropedagogikaning kognitiv va affektiv neyroyondashuvlari, adabiy matnni hissiy va mantiqiy qabul qilish, shaxsiy munosabat shakllantirish kabi jarayonlar bilan bog‘langan holda tavsiflangan.
Nilufar Duschanova Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135524 Mon, 25 Aug 2025 00:00:00 +0800 KLINIK FIKRLASH KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135678
Ushbu maqolada zamonaviy tibbiyot ta’limi jarayonida klinik fikrlash kompetentsiyalarini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik hamda psixologik jihatlari tahlil qilinadi. Klinik fikrlash shifokorning kasbiy kompetensiyasining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, nafaqat chuqur nazariy bilimlarga, balki dalillarga asoslangan yondashuv, analitik fikrlash, hissiy barqarorlik, empatik muloqot va reflektiv tafakkurga tayangan holatda qaror qabul qilishga asoslanadi. Maqolada kognitiv, affektiv va metakognitiv salohiyatlarni integrativ tarzda rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari, o‘qitish metodikasi, baholash yondashuvlari va simulyatsion muhitda o‘quv faoliyatini tashkil etish usullari yoritiladi. Shuningdek, interaktiv metodlar, muammoli ta’lim, refleksiya va murabbiylik asosida shaxsiy va kasbiy o‘sish mexanizmlari tahlil etiladi.
Farxodjon Isroilov Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135678 Mon, 25 Aug 2025 00:00:00 +0800 ОИВ ИНФЕКЦИЯСИГА МАЖБУРИЙ ТИББИЙ ТЕКШИРУВДАН ЎТКАЗИШ ТАРТИБИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135854
Дунёда таносил ёки ОИВ инфекциясининг тарқалиши глобал ҳодиса бўлиб, у кўп томондан барча мамлакатларга таъсир қилиб, ҳаётнинг турли жабҳаларида ўзининг жиддий таъсирини кўрсатмоқда. Бу эса ушбу касалликларнинг тарқалишига қарши курашиш ҳамда касалликка чалинган шахсларнинг қонуний манфаатларини ишончли ҳимоя қилишнинг ҳуқуқий асосларини тубдан такомиллаштириш заруратини тақозо этмоқда.
Иззатулло Рўзиев Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135854 Tue, 26 Aug 2025 00:00:00 +0800