Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp

«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.
«Innovative Academy RSC» LLCru-RUPedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research2181-2020BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MULTIMODAL KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH: RAQAMLI ASR TALABLARI
https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133444

Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida multimodal kommunikativ kompetensiyani shakllantirish metodikasini takomillashtirishning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlangan. Raqamli texnologiyalar va global tarmoqlar rivojlangan hozirgi davrda axborot almashinuvi vizual, audial va kinestetik elementlarni o‘z ichiga olgan multimodal xarakterga ega bo‘lib, bu holat ta’lim jarayoniga yangi talablar qo‘ymoqda. Multimodal kommunikatsiyaning nazariy asoslari yangilanadi, boshlang‘ich ta’limdagi mavjud bo‘shliqlar tahlil qilinadi va o‘quvchilarning kognitiv xususiyatlarini hisobga olgan holda raqamli pedagogika hamda sun’iy intellekt (AI) asosidagi innovatsion o‘qitish strategiyalari taklif etiladi. Maqola multimodal matnlar bilan ishlash, tanqidiy media savodxonligini rivojlantirish va raqamli vositalar yordamida ijodiy faoliyatni rag‘batlantirishga oid amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi.
Dilbar Salimova
Copyright (c) 2025
2025-08-052025-08-0541546XALQ OGʻZAKI IJODI JANRLARI VA ULARNING ESTETIK QOBILIYATLAR RIVOJLANISHIDAGI OʻRNI
https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133443

Maqolada xalq ogʻzaki ijodi janrlarining boshlangʻich sinf oʻquvchilarining badiiy-estetik qobiliyatlarini shakllantirishdagi oʻrni tahlil qilinadi. Ertak, maqol, topishmoq, afsona va dostonlarning estetik tarbiya vositasi sifatidagi imkoniyatlari yoritiladi. Xalq ogʻzaki ijodini zamonaviy taʼlimga uygʻunlashtirishning metodik asoslari koʻrsatib beriladi.
Gulnora Kaxarova
Copyright (c) 2025
2025-08-062025-08-0641579BADIIY-ESTETIK TAFAKKUR TAKOMILIDA KONSEPSIYA VA MILLIY QADRIYATLAR HAMDA O'ZBEK NASRI
https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133442

Ushbu maqola badiiy-estetik tafakkur takomilida konsepsiyaning o'rni va milliy qadriyatlarning o'zbek nasriga ta'sirini tadqiq qiladi. Tadqiqot o'zbek adabiyotining taraqqiyotida milliy qadriyatlar va badiiy-estetik konsepsiyalarning o'zaro ta'sirini tahlil etadi. Maqolada zamonaviy o'zbek nasrining shakllanishida milliy o'zlikni anglash, madaniy merosning badiiy interpretatsiyasi va estetik tafakkurning transformatsiya jarayonlari ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida milliy qadriyatlarning badiiy-estetik konsepsiyalarga integratsiyasi o'zbek nasrining o'ziga xos xususiyatlarini shakllantiruvchi asosiy omil ekanligi aniqlandi.
Moxiniso Zaripova
Copyright (c) 2025
2025-08-062025-08-064151013BOLALAR PSIXOLOGIYASINING BOLA HAYOTIDAGI O‘RNI
https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133441

Bolalar psixologiyasi inson shaxsining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, chunki inson shaxsining kelgusidagi shakllanishi va hayotdagi o‘z o‘rnini topishi bevosita bolalik davrida qanday tarbiya olganiga bog‘liq. Aynan bolalar psixologiyasi zamonaviy jamiyatning asosiy poydevori hisoblanadi. Ushbu maqolada bolalar psixologiyasi tushunchasi, uning asosiy vazifalari va zamonaviy jamiyatdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi, bu orqali mavzuning naqadar dolzarb ekani yaqqol namoyon bo‘ladi.
Go`zal Mirsaitova
Copyright (c) 2025
2025-08-112025-08-114151415BOLALAR PSIXOLOGIYASI
https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133440

Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda o‘smirlar orasida xavotir va o‘z joniga qasd qilish holatlari ortib bormoqda. O‘smirlik davrida keraksiz janjallar orqali bolaning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatish maqsadga muvofiq emas. Har bir ota-ona va maktab xodimi bolalar bilan ishlashda o‘z bilim va ilg‘or tajribasi bilan o‘rtoqlashishi zarur.
Go`zal Mirsaitova
Copyright (c) 2025
2025-08-112025-08-114151617TEXNOLOGIYA FANINING O’QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133439

Fanga doir zamonaviy interfaol metodlar texnologiya fan o‘qituvchilari uchun darslar davomida va darsdan tashqari qo‘shimcha mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni yahshi o‘zlashtirishlariga, o‘quv materiallarini va berilgan mavzularni tezroq va osonroq o‘zlashtirishiga yordam beradi.
Barchinoy Mahmudova
Copyright (c) 2025
2025-08-112025-08-114151821BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MIQDORLARNI O'QITISHDA AMALIYOTGA YO'NALTIRILGAN YONDASHUVLAR
https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133438

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf matematika darslarida miqdorlarni o‘qitishning zamonaviy metodlari, amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvlarning o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Maqolada miqdorlarni o‘qitish jarayonida real hayotiy misollar, didaktik o‘yinlar va interfaol mashg‘ulotlardan foydalanish yo‘llari atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, o‘lchov birliklari, vaqt, pul va massa kabi miqdorlarni o‘rgatishda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar va pedagogik usullar keltirilgan.
Sevinch Ikromova
Copyright (c) 2025
2025-08-112025-08-114152224MILLIY CHOLG'U ASBOBLARI ORQALI O'QUVCHILARNING MUSIQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI
https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133437

Ushbu maqolada milliy cholg'u asboblari orqali o'quvchilarning musiqiy madaniyatini shakllantirish texnologiyalari tahlil qilingan. Tadqiqot adabiyotlar tahlili metodiga asoslanib, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning milliy cholg'u o'qitishdagi qo'llanilishi, musiqiy madaniyat shakllanishining nazariy asoslari va interfaol o'qitish metodlari ko'rib chiqilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, milliy cholg'u asboblari orqali musiqiy madaniyat shakllantirishda kompleks yondashuv zarur bo'lib, bu jarayon an'anaviy va zamonaviy texnologiyalarning uyg'unlashuviga asoslanishi kerak. Maqolada musiqiy madaniyatni rivojlantirishning samarali texnologik modellari va pedagogik shart-sharoitlari aniqlangan.
Xusan Abduraxmonov
Copyright (c) 2025
2025-08-112025-08-114152528БОШЛАНҒИЧ СИНФЛАРДА ЎҚУВЧИЛАРНИНГ ИНТЕЛЛЕКТУАЛ САВОДХОНЛИГИНИ ОШИРИШ
https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133436

XXI асрда жамият ривожи билимли, танқидий фикрлайдиган ва янгича ечимлар топа оладиган шахсларга эҳтиёж сезмоқда. Шу боис, таълимнинг илк босқичиданоқ ўқувчиларнинг интеллектуал саводхонлигини ривожлантириш масаласи муҳим аҳамиятга эга. Бошланғич синфлар боланинг фикрлаш, англаш, таҳлил қилиш ва ижодий ёндашиш қобилияти асоси қўйиладиган давр ҳисобланади.
П.И. Абдалиева
Copyright (c) 2025
2025-08-112025-08-114152931O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA MUAMMOLI SAVOLLAR ORQALI FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133435

Ushbu maqolada o‘qish savodxonligi darslarida muammoli savollardan foydalanish orqali o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtirish masalasi tahlil etiladi. Muammoli savollar – bu o‘quvchini tayyor javob emas, balki izlanishga, tahlil qilishga, muqobil yechimlar taklif etishga undovchi savollardir. Ular orqali o‘quvchida mustaqil fikrlash, sabab-oqibat bog‘lanishini tushunish, dalillash va xulosa chiqarish ko‘nikmalari shakllanadi.
Dildora Anarbayeva
Copyright (c) 2025
2025-08-112025-08-114153234БОШЛАНҒИЧ СИНФЛАРДА ЎҚУВЧИЛАРНИНГ ИНТЕЛЛЕКТУАЛ САВОДХОНЛИГИНИ ОШИРИШ
https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/134830

XXI асрда жамият ривожи билимли, танқидий фикрлайдиган ва янгича ечимлар топа оладиган шахсларга эҳтиёж сезмоқда. Шу боис, таълимнинг илк босқичиданоқ ўқувчиларнинг интеллектуал саводхонлигини ривожлантириш масаласи муҳим аҳамиятга эга. Бошланғич синфлар боланинг фикрлаш, англаш, таҳлил қилиш ва ижодий ёндашиш қобилияти асоси қўйиладиган давр ҳисобланади.
П.И. Абдалиева
Copyright (c) 2025
2025-08-132025-08-134153537LEKSIK ANTONIMLAR VA ULARNI ANIQLASH MEZONLARI
https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/134829

Mazkur tezisda leksik antonimlarning til tizimidagi o‘rni, ularning semantik va grammatik xususiyatlari, hamda aniqlash mezonlari yoritiladi. Antonymiya hodisasiga oid turli olimlarning nazariy qarashlari tahlil qilinib, ilmiy yondashuvlar qiyosiy tarzda ko‘rib chiqiladi. Leksik antonimlarni aniqlashda semantik, grammatik, paradigmatik, kontekstual va lingvokulturologik mezonlarning uyg‘unligi asosiy talab sifatida ko‘rsatib o‘tiladi.
X. Mamatkulova
Copyright (c) 2025
2025-08-152025-08-154153839SHAXS MA’NAVIY-AHLOQIY RIVOJLANISHIDA INTELLEKTUAL TARAQQIYOTNING O‘RNI
https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135123

Ma’lumki, kognitiv yo‘nalishda axloqiy ongni taraqqiyoti muammosi, intellektni rivojlantirish va axloqiy e’tiqodni shakllantirishning o‘zaro bog‘liqligi nuqtai nazaridan tahlil qilingan.
Charos Mirxoliqova
Copyright (c) 2025
2025-08-182025-08-184154043JAHON PSIXOLOGLARI TADQIQOTLARIDA BOSHQARUV KOMPETENSIYASI TUSHUNCHASINING MAZMUNI
https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135526

Kompetentlik - shaxsning faoliyat predmetiga shaxsiy munosabatini o‘z ichiga olgan tegishli kompetensiyaga ega bo‘lishi. “Kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalari mehnat, tashkilot, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zaro ta’sirning asosiy tushunchalari bilan bog‘liq. Bu esa “kompetensiya” va “ijtimoiy jarayonlar” fenomenlariga yagona harakat mexanizmi xos degan fikrni mustahkamlaydi. Ilmiy adabiyotlarda boshqaruv kompetentligining mazmuni va ma’nosi haqida turli xil qarashlar mavjud.
Ravshan Ashurov
Copyright (c) 2025
2025-08-222025-08-224154447TARIX DARSLARIDA O`QUVCHILARNI KREATIV FIKRLASHGA O`RGATISH
https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135525

Mustaqillik atalmish tarixiy ne’mat xalqimizning tarixiy an’ana va ma’naviy boyliklarini qayta tiklovchi, uni yangi mazmun bilan boyituvchi muhim omil bo‘ldi. O‘z navbatida ta’lim tizimi mazkur omil doirasida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Ta’lim jarayonida esa tarix fanini o‘qitish, unda milliy asosga tayanish, xalqimizning ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik kabi an’analari, andishalilik, iymon-insof, mehr-oqibat, or-nomus kabi fazilatlarini chuqur o‘rganish va ularni yoshlar qalbiga singdirish asosiy vazifa sifatida belgilab berilgan.
Xurliman Sultamuratova
Copyright (c) 2025
2025-08-252025-08-254154850ADABIY MATN TAHLILIDA NEYROPEDAGOGIKA BILAN UZVIY ALOQADORLIK
https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135524

Mazkur maqolada neyropedagogika va adabiy savodxonlikni integratsiyalashtirishning metodologik asoslari tahlil qilingan. Muallif ta’limda ushbu ikki yo‘nalishning o‘zaro uyg‘unligi inson ongidagi bilish, his qilish va ma’no yaratish jarayonlarini samarali faollashtirishini asoslab bergan. Neyropedagogikaning kognitiv va affektiv neyroyondashuvlari, adabiy matnni hissiy va mantiqiy qabul qilish, shaxsiy munosabat shakllantirish kabi jarayonlar bilan bog‘langan holda tavsiflangan.
Nilufar Duschanova
Copyright (c) 2025
2025-08-252025-08-254155153KLINIK FIKRLASH KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI
https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135678

Ushbu maqolada zamonaviy tibbiyot ta’limi jarayonida klinik fikrlash kompetentsiyalarini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik hamda psixologik jihatlari tahlil qilinadi. Klinik fikrlash shifokorning kasbiy kompetensiyasining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, nafaqat chuqur nazariy bilimlarga, balki dalillarga asoslangan yondashuv, analitik fikrlash, hissiy barqarorlik, empatik muloqot va reflektiv tafakkurga tayangan holatda qaror qabul qilishga asoslanadi. Maqolada kognitiv, affektiv va metakognitiv salohiyatlarni integrativ tarzda rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari, o‘qitish metodikasi, baholash yondashuvlari va simulyatsion muhitda o‘quv faoliyatini tashkil etish usullari yoritiladi. Shuningdek, interaktiv metodlar, muammoli ta’lim, refleksiya va murabbiylik asosida shaxsiy va kasbiy o‘sish mexanizmlari tahlil etiladi.
Farxodjon Isroilov
Copyright (c) 2025
2025-08-252025-08-254155456ОИВ ИНФЕКЦИЯСИГА МАЖБУРИЙ ТИББИЙ ТЕКШИРУВДАН ЎТКАЗИШ ТАРТИБИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135854

Дунёда таносил ёки ОИВ инфекциясининг тарқалиши глобал ҳодиса бўлиб, у кўп томондан барча мамлакатларга таъсир қилиб, ҳаётнинг турли жабҳаларида ўзининг жиддий таъсирини кўрсатмоқда. Бу эса ушбу касалликларнинг тарқалишига қарши курашиш ҳамда касалликка чалинган шахсларнинг қонуний манфаатларини ишончли ҳимоя қилишнинг ҳуқуқий асосларини тубдан такомиллаштириш заруратини тақозо этмоқда.
Иззатулло Рўзиев
Copyright (c) 2025
2025-08-262025-08-264155760