https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/issue/feed Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research 2025-08-28T20:58:24+08:00 Open Journal Systems
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.
https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133444 BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MULTIMODAL KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH: RAQAMLI ASR TALABLARI 2025-08-12T18:35:00+08:00 Dilbar Salimova dilbar.salimova97@gmail.com
Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida multimodal kommunikativ kompetensiyani shakllantirish metodikasini takomillashtirishning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlangan. Raqamli texnologiyalar va global tarmoqlar rivojlangan hozirgi davrda axborot almashinuvi vizual, audial va kinestetik elementlarni o‘z ichiga olgan multimodal xarakterga ega bo‘lib, bu holat ta’lim jarayoniga yangi talablar qo‘ymoqda. Multimodal kommunikatsiyaning nazariy asoslari yangilanadi, boshlang‘ich ta’limdagi mavjud bo‘shliqlar tahlil qilinadi va o‘quvchilarning kognitiv xususiyatlarini hisobga olgan holda raqamli pedagogika hamda sun’iy intellekt (AI) asosidagi innovatsion o‘qitish strategiyalari taklif etiladi. Maqola multimodal matnlar bilan ishlash, tanqidiy media savodxonligini rivojlantirish va raqamli vositalar yordamida ijodiy faoliyatni rag‘batlantirishga oid amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi.
2025-08-05T00:00:00+08:00 Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133443 XALQ OGʻZAKI IJODI JANRLARI VA ULARNING ESTETIK QOBILIYATLAR RIVOJLANISHIDAGI OʻRNI 2025-08-12T18:34:59+08:00 Gulnora Kaxarova info@in-academy.uz
Maqolada xalq ogʻzaki ijodi janrlarining boshlangʻich sinf oʻquvchilarining badiiy-estetik qobiliyatlarini shakllantirishdagi oʻrni tahlil qilinadi. Ertak, maqol, topishmoq, afsona va dostonlarning estetik tarbiya vositasi sifatidagi imkoniyatlari yoritiladi. Xalq ogʻzaki ijodini zamonaviy taʼlimga uygʻunlashtirishning metodik asoslari koʻrsatib beriladi.
2025-08-06T00:00:00+08:00 Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133442 BADIIY-ESTETIK TAFAKKUR TAKOMILIDA KONSEPSIYA VA MILLIY QADRIYATLAR HAMDA O'ZBEK NASRI 2025-08-12T18:34:58+08:00 Moxiniso Zaripova moxinisozaripova@gmail.com
Ushbu maqola badiiy-estetik tafakkur takomilida konsepsiyaning o'rni va milliy qadriyatlarning o'zbek nasriga ta'sirini tadqiq qiladi. Tadqiqot o'zbek adabiyotining taraqqiyotida milliy qadriyatlar va badiiy-estetik konsepsiyalarning o'zaro ta'sirini tahlil etadi. Maqolada zamonaviy o'zbek nasrining shakllanishida milliy o'zlikni anglash, madaniy merosning badiiy interpretatsiyasi va estetik tafakkurning transformatsiya jarayonlari ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida milliy qadriyatlarning badiiy-estetik konsepsiyalarga integratsiyasi o'zbek nasrining o'ziga xos xususiyatlarini shakllantiruvchi asosiy omil ekanligi aniqlandi.
2025-08-06T00:00:00+08:00 Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133441 BOLALAR PSIXOLOGIYASINING BOLA HAYOTIDAGI O‘RNI 2025-08-12T18:34:57+08:00 Go`zal Mirsaitova guzalmirsaidova3@gmail.com
Bolalar psixologiyasi inson shaxsining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, chunki inson shaxsining kelgusidagi shakllanishi va hayotdagi o‘z o‘rnini topishi bevosita bolalik davrida qanday tarbiya olganiga bog‘liq. Aynan bolalar psixologiyasi zamonaviy jamiyatning asosiy poydevori hisoblanadi. Ushbu maqolada bolalar psixologiyasi tushunchasi, uning asosiy vazifalari va zamonaviy jamiyatdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi, bu orqali mavzuning naqadar dolzarb ekani yaqqol namoyon bo‘ladi.
2025-08-11T00:00:00+08:00 Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133440 BOLALAR PSIXOLOGIYASI 2025-08-12T18:34:56+08:00 Go`zal Mirsaitova guzalmirsaidova3@gmail.com
Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda o‘smirlar orasida xavotir va o‘z joniga qasd qilish holatlari ortib bormoqda. O‘smirlik davrida keraksiz janjallar orqali bolaning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatish maqsadga muvofiq emas. Har bir ota-ona va maktab xodimi bolalar bilan ishlashda o‘z bilim va ilg‘or tajribasi bilan o‘rtoqlashishi zarur.
2025-08-11T00:00:00+08:00 Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133439 TEXNOLOGIYA FANINING O’QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 2025-08-12T18:34:55+08:00 Barchinoy Mahmudova info@in-academy.uz
Fanga doir zamonaviy interfaol metodlar texnologiya   fan o‘qituvchilari uchun darslar davomida va darsdan tashqari qo‘shimcha mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni yahshi o‘zlashtirishlariga, o‘quv materiallarini va berilgan mavzularni tezroq va osonroq o‘zlashtirishiga yordam beradi.
2025-08-11T00:00:00+08:00 Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133438 BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MIQDORLARNI O'QITISHDA AMALIYOTGA YO'NALTIRILGAN YONDASHUVLAR 2025-08-12T18:34:53+08:00 Sevinch Ikromova info@in-academy.uz
Ushbu maqolada boshlang'ich sinf matematika darslarida miqdorlarni o‘qitishning zamonaviy metodlari, amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvlarning o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Maqolada miqdorlarni o‘qitish jarayonida real hayotiy misollar, didaktik o‘yinlar va interfaol mashg‘ulotlardan foydalanish yo‘llari atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, o‘lchov birliklari, vaqt, pul va massa kabi miqdorlarni o‘rgatishda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar va pedagogik usullar keltirilgan.
2025-08-11T00:00:00+08:00 Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133437 MILLIY CHOLG'U ASBOBLARI ORQALI O'QUVCHILARNING MUSIQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI 2025-08-12T18:34:52+08:00 Xusan Abduraxmonov info@in-academy.uz
Ushbu maqolada milliy cholg'u asboblari orqali o'quvchilarning musiqiy madaniyatini shakllantirish texnologiyalari tahlil qilingan. Tadqiqot adabiyotlar tahlili metodiga asoslanib, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning milliy cholg'u o'qitishdagi qo'llanilishi, musiqiy madaniyat shakllanishining nazariy asoslari va interfaol o'qitish metodlari ko'rib chiqilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, milliy cholg'u asboblari orqali musiqiy madaniyat shakllantirishda kompleks yondashuv zarur bo'lib, bu jarayon an'anaviy va zamonaviy texnologiyalarning uyg'unlashuviga asoslanishi kerak. Maqolada musiqiy madaniyatni rivojlantirishning samarali texnologik modellari va pedagogik shart-sharoitlari aniqlangan.
2025-08-11T00:00:00+08:00 Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133436 БОШЛАНҒИЧ СИНФЛАРДА ЎҚУВЧИЛАРНИНГ ИНТЕЛЛЕКТУАЛ САВОДХОНЛИГИНИ ОШИРИШ 2025-08-12T18:34:51+08:00 П.И. Абдалиева info@in-academy.uz
XXI асрда жамият ривожи билимли, танқидий фикрлайдиган ва янгича ечимлар топа оладиган шахсларга эҳтиёж сезмоқда. Шу боис, таълимнинг илк босқичиданоқ ўқувчиларнинг интеллектуал саводхонлигини ривожлантириш масаласи муҳим аҳамиятга эга. Бошланғич синфлар боланинг фикрлаш, англаш, таҳлил қилиш ва ижодий ёндашиш қобилияти асоси қўйиладиган давр ҳисобланади.
2025-08-11T00:00:00+08:00 Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133435 O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA MUAMMOLI SAVOLLAR ORQALI FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH 2025-08-12T18:34:50+08:00 Dildora Anarbayeva info@in-academy.uz
Ushbu maqolada o‘qish savodxonligi darslarida muammoli savollardan foydalanish orqali o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtirish masalasi tahlil etiladi. Muammoli savollar – bu o‘quvchini tayyor javob emas, balki izlanishga, tahlil qilishga, muqobil yechimlar taklif etishga undovchi savollardir. Ular orqali o‘quvchida mustaqil fikrlash, sabab-oqibat bog‘lanishini tushunish, dalillash va xulosa chiqarish ko‘nikmalari shakllanadi.
2025-08-11T00:00:00+08:00 Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/134830 БОШЛАНҒИЧ СИНФЛАРДА ЎҚУВЧИЛАРНИНГ ИНТЕЛЛЕКТУАЛ САВОДХОНЛИГИНИ ОШИРИШ 2025-08-18T19:55:52+08:00 П.И. Абдалиева info@in-academy.uz
XXI асрда жамият ривожи билимли, танқидий фикрлайдиган ва янгича ечимлар топа оладиган шахсларга эҳтиёж сезмоқда. Шу боис, таълимнинг илк босқичиданоқ ўқувчиларнинг интеллектуал саводхонлигини ривожлантириш масаласи муҳим аҳамиятга эга. Бошланғич синфлар боланинг фикрлаш, англаш, таҳлил қилиш ва ижодий ёндашиш қобилияти асоси қўйиладиган давр ҳисобланади.
2025-08-13T00:00:00+08:00 Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/134829 LEKSIK ANTONIMLAR VA ULARNI ANIQLASH MEZONLARI 2025-08-18T19:55:50+08:00 X. Mamatkulova info@in-academy.uz
Mazkur tezisda leksik antonimlarning til tizimidagi o‘rni, ularning semantik va grammatik xususiyatlari, hamda aniqlash mezonlari yoritiladi. Antonymiya hodisasiga oid turli olimlarning nazariy qarashlari tahlil qilinib, ilmiy yondashuvlar qiyosiy tarzda ko‘rib chiqiladi. Leksik antonimlarni aniqlashda semantik, grammatik, paradigmatik, kontekstual va lingvokulturologik mezonlarning uyg‘unligi asosiy talab sifatida ko‘rsatib o‘tiladi.
2025-08-15T00:00:00+08:00 Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135123 SHAXS MA’NAVIY-AHLOQIY RIVOJLANISHIDA INTELLEKTUAL TARAQQIYOTNING O‘RNI 2025-08-20T14:20:17+08:00 Charos Mirxoliqova info@in-academy.uz
Ma’lumki, kognitiv yo‘nalishda axloqiy ongni taraqqiyoti muammosi, intellektni rivojlantirish va axloqiy e’tiqodni shakllantirishning o‘zaro bog‘liqligi nuqtai nazaridan tahlil qilingan.
2025-08-18T00:00:00+08:00 Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135526 JAHON PSIXOLOGLARI TADQIQOTLARIDA BOSHQARUV KOMPETENSIYASI TUSHUNCHASINING MAZMUNI 2025-08-25T14:18:56+08:00 Ravshan Ashurov info@in-academy.uz
Kompetentlik - shaxsning faoliyat predmetiga shaxsiy munosabatini o‘z ichiga olgan tegishli kompetensiyaga ega bo‘lishi. “Kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalari mehnat, tashkilot, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zaro ta’sirning asosiy tushunchalari bilan bog‘liq. Bu esa “kompetensiya” va “ijtimoiy jarayonlar” fenomenlariga yagona harakat mexanizmi xos degan fikrni mustahkamlaydi. Ilmiy adabiyotlarda boshqaruv kompetentligining mazmuni va ma’nosi haqida turli xil qarashlar mavjud.
2025-08-22T00:00:00+08:00 Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135525 TARIX DARSLARIDA O`QUVCHILARNI KREATIV FIKRLASHGA O`RGATISH 2025-08-25T14:18:55+08:00 Xurliman Sultamuratova info@in-academy.uz
Mustaqillik atalmish tarixiy ne’mat xalqimizning tarixiy an’ana va ma’naviy boyliklarini qayta tiklovchi, uni yangi mazmun bilan boyituvchi muhim omil bo‘ldi. O‘z navbatida ta’lim tizimi mazkur omil doirasida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Ta’lim jarayonida esa tarix fanini o‘qitish, unda milliy asosga tayanish, xalqimizning ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik kabi an’analari, andishalilik, iymon-insof, mehr-oqibat, or-nomus kabi fazilatlarini chuqur o‘rganish va ularni yoshlar qalbiga singdirish asosiy vazifa sifatida belgilab berilgan.
2025-08-25T00:00:00+08:00 Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135524 ADABIY MATN TAHLILIDA NEYROPEDAGOGIKA BILAN UZVIY ALOQADORLIK 2025-08-25T14:18:53+08:00 Nilufar Duschanova nilufarduschanova387@gmail.com
Mazkur maqolada neyropedagogika va adabiy savodxonlikni integratsiyalashtirishning metodologik asoslari tahlil qilingan. Muallif ta’limda ushbu ikki yo‘nalishning o‘zaro uyg‘unligi inson ongidagi bilish, his qilish va ma’no yaratish jarayonlarini samarali faollashtirishini asoslab bergan. Neyropedagogikaning kognitiv va affektiv neyroyondashuvlari, adabiy matnni hissiy va mantiqiy qabul qilish, shaxsiy munosabat shakllantirish kabi jarayonlar bilan bog‘langan holda tavsiflangan.
2025-08-25T00:00:00+08:00 Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135678 KLINIK FIKRLASH KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI 2025-08-27T00:15:46+08:00 Farxodjon Isroilov info@in-academy.uz
Ushbu maqolada zamonaviy tibbiyot ta’limi jarayonida klinik fikrlash kompetentsiyalarini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik hamda psixologik jihatlari tahlil qilinadi. Klinik fikrlash shifokorning kasbiy kompetensiyasining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, nafaqat chuqur nazariy bilimlarga, balki dalillarga asoslangan yondashuv, analitik fikrlash, hissiy barqarorlik, empatik muloqot va reflektiv tafakkurga tayangan holatda qaror qabul qilishga asoslanadi. Maqolada kognitiv, affektiv va metakognitiv salohiyatlarni integrativ tarzda rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari, o‘qitish metodikasi, baholash yondashuvlari va simulyatsion muhitda o‘quv faoliyatini tashkil etish usullari yoritiladi. Shuningdek, interaktiv metodlar, muammoli ta’lim, refleksiya va murabbiylik asosida shaxsiy va kasbiy o‘sish mexanizmlari tahlil etiladi.
2025-08-25T00:00:00+08:00 Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135854 ОИВ ИНФЕКЦИЯСИГА МАЖБУРИЙ ТИББИЙ ТЕКШИРУВДАН ЎТКАЗИШ ТАРТИБИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ 2025-08-28T20:58:24+08:00 Иззатулло Рўзиев info@in-academy.uz
Дунёда таносил ёки ОИВ инфекциясининг тарқалиши глобал ҳодиса бўлиб, у кўп томондан барча мамлакатларга таъсир қилиб, ҳаётнинг турли жабҳаларида ўзининг жиддий таъсирини кўрсатмоқда. Бу эса ушбу касалликларнинг тарқалишига қарши курашиш ҳамда касалликка чалинган шахсларнинг қонуний манфаатларини ишончли ҳимоя қилишнинг ҳуқуқий асосларини тубдан такомиллаштириш заруратини тақозо этмоқда.
2025-08-26T00:00:00+08:00 Copyright (c) 2025