MONTESSORI SINFLARIDA INGLIZ TILIDA GAPIRISH VA ESHITISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Makhbuba Yusupova

Ushbu tezis Montessori ta’lim tizimi asosida ingliz tilida gapirish va eshitish ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari tahlil qilinadi. Montessori sinflarining o‘ziga xosligi, ya’ni bolalarning erkin faoliyati, mustaqil ta’lim olishi va tabiiy til muhiti orqali kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqotda amaliy faoliyatlar, audio-materiallardan foydalanish, til o‘yinlari va ingliz tili muhitini yaratish usullarining samaradorligi tahlil qilinadi. Montessori pedagogikasining asosiy tamoyillari til o‘rgatish jarayoniga moslashtirilgan holda, bolalarning muloqot va eshitish qobiliyatlarini takomillashtirish mexanizmlari ochib beriladi. Tadqiqot xulosalarida mazkur usullarning samaradorligi va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

26

Просмотров

3

Загрузок

hh-index

1

Цитаты