23
OILAVIY MUHIT BARQARORLIGINING BOLA PSIXOLOGIYASIGA TA’SIRI
Jabborov Xazrat Xusenovich
Psixologiya fanlari doktori (DSc)
Saparova Munisa Baratovna
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti
Psixologiya mutaxassisligi magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14752377
Annotatsiya:
Ushbu maqolada oilaviy muhit barqarorligining oilada voyaga yetayotgan
farzand psixologiyasiga ta’siri yoritib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
Bola psixologiyasi, oila, oilaviy munosabatlar, oilaviy muhit, ijtimoiylashuv.
Shaxs ma’naviyati, uning dunyoqarashi, tasavvuri va e’tiqodiga aloqador ko‘nikmalar
majmui asosan, oilada shakllanadi. Shu ma’noda, oila-haqiqiy ma’naviyat o‘chog‘i, tarbiya omili
muhiti bo‘lib hisoblanadi. Binobarin, milliy mafkuramizga xos ilk tushunchalar ham inson qalbi
va ongiga dastavval oila muhit orqali singib boradi. Bu jarayon bobolar o‘giti, ota ibrati va ona
mehri orqali amalga oshiriladi.
Hukumatimizning oila mustahkamligini ta’minlash, uning ijtimoiy funktsiyalarini amalga
oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, ayniqsa, oilaning farzandlar tarbiyalashdagi nufuzini
oshirishga ko’maklashish hamda yosh er-xotinlarning moddiy hamda maishiy shart-sharoitlarini
yaxshilash borasidagi aniq dasturiy tadbirlari mamlakatimizda oila va nikoh munosabatlarining
qadriyat sifatida e’tirof etilishini ta’minlamoqda. Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev
aytganlaridek; «Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, vatan tinch bo‘ladi». Oila tuzilishi turli xil ota-
ona resurslari orqali bolaning farovonligiga ta'sir qilishi mumkin: ruhiy salomatlik,
munosabatlar sifati, ota-ona sifati va ota- onaning ishtiroki.Har bir oilada voyaga yetayotgan
farzand tarbiyasiga ta’sir etmay qo‘ymaydi.Farzand psixologiyasiga oilaning tarkibi ham o‘z
ta’sirini ko‘rsatishi fanda o‘z isbotini topgan. Oila tuzilishiga kelsak, an’anaviy oilalar, tuzilishiga
ko’ra to‘liq va noto‘liq oilalarga bo‘linadi Oilada faqat bir ota yoki ona bo‘lsa, bunday oila noto‘liq
oila deb ataladi.
Noto‘liq oila haqida gapirilganda shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, noto‘liq oilalar
turlicha yuzaga keladi. Oilada er-xotinlardan birining vafot etganligi tufayli yoki ularning
ajralishi tufayli oila noto‘liq bo‘lib qolishi mumkin. Albatta oilada ota yoki onaning vafot etishi bu
ulkan fojea, lekin bunday oilalarda marhumning ruhi hurmati, unga nisbatan, uning sha’niga
ijobiy munosabatlar saqlanib qoladi. Biroq er-xotinning ajralishi sababli yuzaga kelgan noto‘liq
oilalarda «tirik yetim» bolalar qoladi. «Tirik yetimlik» jamoatchilik o‘rtasida, ayniqsa bolalar
jamoalarida (bog‘chada, maktabda, tengdoshlar davrasida) nisbatan kuchliroq qoralanadi.
Ajralish faqatgina ajralgan er-xotinlarga emas, balki ajralish oqibatida otasiz yashayotgan
farzandlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, noan’anaviy
oilalar farzandlari an’anaviy oilalar farzandlariga qaraganda psixososyal muammolarga duch
kelish xavfi yuqori ekanligi o‘z isbotini topdi.
Ushbu natijalar an’anaviy oilalar farzandlari noan’anaviy oilalarga qaraganda kamroq
ijtimoiy-emotsional va yuqori kognitiv ko‘rsatkichlarga ega degan xulosaga kelgan oldingi
tekshiruvlarni tasdiqladi.Bunday oilalarda voyaga yetayotgan farzandlar o‘zida bolalik
pozitsiyasini emas balki ota, ona yoki kotta odam pozitsiyasini shakllantiradilar. Natijada
ularning psixologiyasida bir qancha buzilishlar paydo bo‘ladi. Bundan tashqari noto‘liq oilada
24
ona tomonidan katta o‘g‘ilga ota rolini yuklab, o‘g‘il pozitsiyasiga chek qo‘yish ham kuzatiladi.
Buning natijasi o‘laroq tarbiyalanayotgan farzand bolalik davrini yashab o‘tmasdan o‘zida
bolalik travmasini paydo qilib oladi. Noto‘liq oilada voyaga yetayotgan qiz bola ham ayol va
erkakning o‘zaro munosabatlariga noto‘g‘ri yondashishi mumkin. Psixologlarning
ta'kidlashlaricha, “otaning yo‘qligi onaning yo‘qligiga nisbatan bola taraqqiyotiga kamroq salbiy
ta'sir ko‘rsatadi, chunki ona bolani emotsional jihatdan barcha ehtiyojlarini qondira oladi”.
Onaning oiladagi roli nihoyatda kuchayib ketganligi bois, onaning ruhiyatida asablashish,
taranglik xolatlari tez-tez bo‘la boshlaydi. Agar er va xotinning ajrashuvi bola kattaroq yoshda
sodir bo‘lgan bo‘lsa, bola ko‘proq aziyat kechadi. U (ayniqsa o‘g‘il bola) nafaqat oilada o‘ziga
o‘rnak bo‘luvchi shaxsni yo‘qotadi, balki tengqurlari jamiyatida ushbu xolatni tushuntira olmay,
ruhan va m’'nan eziladi. Bu vaziyat albatta, ona va bola munosabatlarining silliq kechmasligini
ta’minlaydi. Qolaversa, ota oilaning ijtimoiy hamda iqtisodiy masalalarini yechuvchi shaxs
sifatida bo‘lgan bo‘lsa, endi bu vazifalar onaning yelkasiga tushganligi sababli, bora-bora uning
o‘z farzandi bilan to‘laqonli muloqotda bo‘lishi uchun vaqti ham kamayib boradi, bu ham bolada
o‘ziga xos nevroz xolatini keltirib chiqaradi. Ayniqsa, bu xolat bola o‘smirlik davriga kirganda
ko‘proq seziladi, chunki ijtimoiy foydali mehnat bilan band ona farzandini bilimlar, kasb-
hunarlar olamiga to‘g‘ri olib kirishga imkon topmaydi. Bizning fikrimizcha, otasidan ko‘ngli
qolgan ona farzandini otasi izidan borishiga yo‘l bermaydi ham, vaholangki, unda otaning
professional layoqatli bo‘lishi mumkin. Shu o‘rinda ajrimlarning ham turlicha bo‘lishini
ta'kidlash joiz.
Masalan, er bilan xotin o‘zaro kelisholmay qolib, farzandi bo‘lsa, sud orqali ajrashib
ketishadi. Lekin psixologiyada “affektiv ajralish” tushunchasi ham borki, uning bola ruhiyatiga
ta’siri yuridik ajralishdan asoratliroq va og‘iroq hisoblanadi. Bunday ajralishning psixologik
mohiyati shundaki, ba’zan yuridik jihatdan birga yashayotgan er-xotinlarda ham shunday xolat
kuzatiladi, ular bir birlari bilan oylab, yillab gaplashmay, bir-birlariga dushmanday yashaydilar.
Yoki yuridik jihatdan ajrimni rasmiylashtirgandan keyin ham bir-birlariga nisbatan nafrat bilan
yashaydilarki, ularning ba’zan farzand tufayli yoki mol-mulk musodarasi tufayli
uchrashuvlaridan bola juda katta psixologik jarohat oladi. Bir-birga yov qarash qiladigan, tuhmat
qiladigan, shaxsini kamsitadigan holatlarni bola bilgan va sezgan sari o‘zini o‘ta baxtsiz va
nochor his etadi. Ayniqsa, ayrim erkaklar affektiv ajrim sharoitida boshqa ayol bilan norasmiy
yashashi xolatlari, jamiyatda, boshqa odamlar orasida o‘zini boshqacha (sipo, samimiy) tutib,
oilada onasi bilan agressiv tutishi bola ruhiyatini jumbushga keltiradi va unda kelajak, oilaviy
hayot, turmush va istiqbol to‘g‘risidagi tasavvurlarini batamom o‘zgartirib, affektiv ustanovkalar
shakllanishiga olib keladi. Nazariy tahlilimizdan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, noto‘liq
oilada tarbiyalangan bolaning jamiyatdagi ijtimoiy psixologik mavqei hamda ijtimoiy
tasavvurlari tizimi o‘ziga xos ko‘rinishlarga ega bo‘ladi.
Bu ta'lim va tarbiya muassasalarida ular bilan ishlaydigan pedagog hamda murabbiylar
faoliyatiga ham muayyan tasirini ko‘rsatadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, “voyaga yetmagan
jinoyatchilik yo‘liga kirib qolgan bolalarning deyarli 75-78% noto‘liq oilalarda tarbiyalangan
bo‘lsa, giyohvand moddalar iste’mol qiluvchi yoshlarning yarmidan ortig‘i noto‘liq oilalardan
chiqqan” (G. Yadgarova, 2003). Bundan tashqari, XX1 asrning boshida butun jahon ilg‘or
kishilarini tashvishga solayotgan ayollar va voyaga yetmagan bolalar o‘rtasida o‘z joniga qasd
qilish kabi holatlar ham birinchi navbatda noto‘liq oilalar vakillari ekanligi tashvishlidir.
25
References:
1.
Abduqodirova Dilobarbonu Erkinjon qizi “
Oilaviy ajrimlar natijasida vujudga kelgan noto‘liq
oiladagi ona shaxsini farzand tarbiyasiga ta’siri”.Toshkent 2023
2.
Mirzaeva, S. R. (2021). Talaba valeologik ongining psixologik himoya mexanizmlari bilan
determinantlashuvi. Science and Education, 2(Special Issue 1), 133-143.
3.
Rustamovna, M. S. (2020). Psychological features of attitudes of students to their own
health in conflict situations. journal of critical reviews (No. 17, pp. 3071- 3076). ISSN-2394-5125
VOL 7.
4.
Tursunboyev, S. (2023). Boshlang ‘ich ta’limda dezadaptatsiyaning psixologik xususiyatlari.
Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 3(11), 142-145.
5.
Baxtiyarovich, T. S., & Mirzaeva, S. R. (2023). Dezadaptation of elementary students.
Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 2(4), 173-175.
6.
Аbdurasulov J., & Pardabayeva , M. (2024). MUSOBAQADAN OLDIN SPORTCHILARNI
PSIXOLOGIK TAYYORLASH. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры,
4(6 Part 2), 73–76. извлечено от
https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/34717
7.
Burieva, K. E., & Kamilova, Z. A. (2022). The psychology of adolescence. Scientific progress,
3(4), 923-929.
8.
Sh.Umarova 2024. Psychological Features Of Workers And Factors Affecting
Them.
Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments
. 2, 9 (Sep. 2024), 52–63.
9.
X.Raximova 2024. Current Role And Requirements Of Digital Pedagogy.
Pedagogical
Cluster-Journal of Pedagogical Developments
. 2, 9 (Sep. 2024), 38–51.
10.
2024. Psychological Features Of Workers And Factors Affecting Them.
Pedagogical Cluster-
Journal of Pedagogical Developments
. 2, 9 (Sep. 2024), 52–63.
11.
2024. Current Role And Requirements Of Digital Pedagogy.
Pedagogical Cluster-Journal of
Pedagogical Developments
. 2, 9 (Sep. 2024), 38–51.
12.
Абдурасулов, Ж. (2022). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНФОРМАЦИОННЫХТЕХНОЛОГИЙ В
УСВОЕНИИ УРОКОВ ИСТОРИИ.
13.
Abduqodirova, D., & Abdurasulov, J. (2025). YOSHLARDA HARBIY-VATANPARVARLIK
TUYG‘USINI TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK HUSUSIYATLARI. Педагогика и
психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(1), 50–
53. извлечено от
https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/42882
14.
Жўраев , Ш. ., & Абдурасулов , Ж. (2024). ҲАРБИЙ ЖАМОАДАГИ ИЖТИМОИЙ ФИКР.
Журнал академических исследований нового Узбекистана, 1(2), 97–103. извлечено от
