BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGINI O'QITISH JARAYONIDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARIDAN FOYDALANISH IJTIMOIY ZARURAT SIFATIDA

Abstract

Mazkur maqolada PIRLS xalqaro tadqiqotida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish darajasi va sifati taqqoslanadi. Shuningdek Respublikada amalga oshirilayotgan islohatlar va o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini aniqlashga qaratilgan metodik tavsiyalar keltirilgan. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni metodik tayyorgarligini samaradorligini oshirish uchun qanday chora tadbirlar qo‘llash kerakligi yoritilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
  • Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang‘ich ta’lim fakulteti “Boshlang‘ich ta’limda ona tili va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi
54-57
43

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Avazova , D. . (2025). BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGINI O’QITISH JARAYONIDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARIDAN FOYDALANISH IJTIMOIY ZARURAT SIFATIDA. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(1), 54–57. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/62465
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada PIRLS xalqaro tadqiqotida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish darajasi va sifati taqqoslanadi. Shuningdek Respublikada amalga oshirilayotgan islohatlar va o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini aniqlashga qaratilgan metodik tavsiyalar keltirilgan. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni metodik tayyorgarligini samaradorligini oshirish uchun qanday chora tadbirlar qo‘llash kerakligi yoritilgan.


background image

54

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGINI O'QITISH

JARAYONIDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARIDAN FOYDALANISH

IJTIMOIY ZARURAT SIFATIDA

Avazova Durdona Erkinovna

Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang‘ich ta’lim fakulteti “Boshlang‘ich ta’limda ona tili va uni

o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14636494

Annotatsiya.

Mazkur maqolada

PIRLS xalqaro tadqiqotida boshlang‘ich sinf

o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish darajasi va sifati taqqoslanadi. Shuningdek Respublikada
amalga oshirilayotgan islohatlar va o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini aniqlashga qaratilgan
metodik tavsiyalar keltirilgan. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni metodik tayyorgarligini
samaradorligini oshirish uchun qanday chora tadbirlar qo‘llash kerakligi yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Evropa davlatlari, xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ta'lim siyosati, PIRLS,

xalqaro standartlar, raqamli format, ochiq turdagi topshiriqlar tizimi.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ МЕЖДУНАРОДНЫХ ОЦЕНОЧНЫХ ПРОГРАММ В

ПРОЦЕССЕ ОБУЧЕНИЯ РОДНОМУ ЯЗЫКУ И ЧТЕНИЮ В НАЧАЛЬНОЙ

ШКОЛЕ КАК СОЦИАЛЬНАЯ НЕОБХОДИМОСТЬ

Авазова Дурдона Эркиновна

Преподаватель кафедры “родной язык и методика его преподавания в начальном

образовании” факультета начального образования ТГПУ им. Низами

Аннотация:

В этой статье сравнивается уровень и качество понимания текста

учащимися начальной школы в международном исследовании PIRLS. Также представлены
проводимые в республике реформы и методические рекомендации, направленные на
выявление читательской грамотности учащихся. Освещается, какие меры следует
применять для повышения эффективности методической подготовки будущих учителей
начальных классов.

Ключевые слова:

Европейские государства, иностранные организации, агентства,

образовательная политика, PIRLS, международные стандарты, цифровой формат, система
заданий открытого типа.

THE USE OF İNTERNATİONAL ASSESSMENT PROGRAMS İN THE PROCESS OF

TEACHİNG PRİMARY SCHOOL MOTHER TONGUE AND READİNG LİTERACY AS

A SOCİAL NECESSİTY

Avazova Durdona Erkinovna

Teacher of the Department “native language in primary education and methodology of its

teaching” tdpu Faculty of Primary Education named after Nizami

Annotation:

in this article, the PIRLS international study compares the level and quality of

understanding of Primary School students by reading the text. Also presented are reforms carried
out in the Republic and methodological recommendations aimed at determining the literacy of
students. What measures should be applied to improve the effectiveness of methodological
training of future primary school teachers.

Keywords:

European countries, foreign organizations, agencies, education policy, PIRLS,

international standards, digital format, Open type assignment system.


background image

55

Mamlakatimizda so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy

o'sish ko'rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malaka kadrlar va yetuk
mutaxassislarga bo'lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o'z-o'zidar o'quvchilarning ta'lim-
tarbiyasiga har tomonlama e'tiborni kuchaytiradi Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo'lida
shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo'lgan yoshlarni ijodiy
g'oyalari va yaratuvchanligin har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bilim, ko'nikma va
malakalarini shakllantirish borasida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, milliy
monitoring tizimini ilg'or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida takomillashtirish,
shu yo'lda xalqaro tajribalarni o'rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish,
tegishli yo'nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan
yaqindan hamkorlik qilish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Shu maqsadda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida
ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida
2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qaroriga asosan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida xalqaro tadqiqotlarni amalga
oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Ta'lim siyosatini ishlab chiqish jarayonida xalqaro
standartlashtirilgan baholash darajalari milliy va xalqaro miqyosda tobora ko'proq
qo'llanilmoqda.

Xalqaro miqyosda muntazam baholash orqali ta'lim tizimi milliy monitoring tomonidan

taqdim etiladigan ma'lumotlarni yanada kengroq kontekstda yaratish maqsadida o'zaro
kelishuvga asosan, ushbu g'oya taklif etilgan. 1990-yillarga qadar Evropa davlatlarining
aksariyatlari ta'lim oluvchilarning egallagan bilim va ko'nikmalarini monitoring qilishda milliy
testlardan foydalanganlar. 1990-yillarda esa, o'nta mamlakat standartlashtirilgan baholashni joriy
qildilar va 2000-yillarning boshidan beri yana mamlakat shu usulni qo'lladilar. 2009-yilga kelib,
faqat beshta Yevropa davlatlari ta'lim tizimida o'quvchilarning milliy baholari yo'q edi. Ta'lim
siyosati sohasidagi ushbu xalqaro standartlashtirilgan baholarning ta'siri, yaratilish nuqtayi na
zaridan katta ahamiyatga ega yangi bilim, o'zgarishlar baholash siyosati va milliy ta'lim siyosatiga
tashqi ta'sir yanada kengroq bo'ladi. Bu esa Boshlang‘ich sinf ona tili o‘qish savodxonligi
darslarida PIRLS xalqaro baholash dasturlaridan foydalanishning zaruratini oshiradi.

PIRLS boshlang'ich sinf o'quvchilarining matnni o'qib tushunish daraja baholash bo'yicha

xalqaro tadqiqot dasturidir. Mazkur xalqaro dastur ta'lim sohasi davlat siyosatiga oid
ma'lumotlarni taqdim etadigan, boshlang'ich sinf o'quvchilarin o'qib tushunish ko'nikmalarini qay
darajada rivojlanganligi haqidagi axborotla xalqaro miqyosda taqqoslashga imkon beruvchi,
o'qish va o'qitish sifatini yaxshila maqsadida tashkil etilgandir. 2016-yildan boshlab qo'shimcha
tanlov asosida PIRI tizimi joriy qilingan bo'lib, u o'quvchilarning o'qish savodxonligini baholashg
mo'ljallangan. Shuningdek, PIRLS dasturi o'quvchilar tomonidan maktabda maktabdan tashqari
ta'lim olishning katta qismini tashkil etgan, ya'ni badiiy tajn orttirish, axborot olish va undan
foydalanish ko'nikmalarini baholash kabi ikkita keng qamrovli maqsadlarni ifodalaydi.

2021-yilda o'tkaziladigan tadqiqotda o'quvchilarga birinchi marta raqam formatdagi

topshiriqlarni taqdim etish rejalashtirilganligini buning yaqqol dalilid Raqamli formatga o'tish
bilan birga, internet muhitida boshqariladigan PIRLS onlay o'qishni kompyuterda baholash kabi
o'zgarishlar ko'zda tutilgan. Davlatlar PIRUS xalqaro dasturidan quyidagi maqsadlarda
foydalanadilar: global miqyosida ta'lim tizim darajasidagi yutuqlarning tendentsiyalarini kuzatib
borish, yangi yoki qayta ko chiqilgan ta'lim siyosatining ta'sirini kuzatib borish, ta'limning zaif


background image

56

nuqtalari belgilash va o'quv islohotini amalga oshirish, PIRLS ma'lumotlarini tadbiq qilish orqali
o'qitish va o'qishni takomillashtiriladi.

Dunyoda boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'quv yutuqlarini xalqaro baholash tizimlaridan

biri matnni o'qish va tushunish sifatini xalqaro tadqiqoti PIRLS (Progress in International Reading
Literacy Study) hisoblanadi. Mazkur tadqiqot dunyoning turli davlatlaridagi boshlang'ich sinf
o'quvchilarining turli matnlarni o'qish va tushunish darajasini baholash va taqqoslash hamda
milliy tizimlarning o'ziga xos xususiyatlaridagi tafovut va farqlarni aniqlash imkonini bergan.
Mazkur tadqiqotda boshlang'ich ta'lim 4-sinf o'quvchilarining o'qish va matnni tushunish
darajalari baholanadi. Tadqiqotda ishtirok etadigan maktablar ikkita parallel sinfi bo'lgan umumiy
maktablar orasidan maxsus metodologiya asosida kompyuter yordamida tasodifiy tanlanadi.

PIRLS kabi xalqaro tadqiqotlarga qo'yilgan eng muhim talablardan biri qiyosiy tahlil qilish

imkonini beradigan topshiriqlardan foydalanish hisoblanadi. Shu sababli topshiriqlarni
shakllantirish jarayonida o'tgan yillarda foydalanilgan nazorat materiallari blokidan
foydalanilgan. Shuningdek, asosiy e'tibor tadqiqot jarayonini standartlashtirishga qaratiladi. Shu
sababli PIRLS tadqiqoti qat'iy belgilangan yagona instruktsiya asosida amalga oshiriladi. Bu
jarayoni xalqaro koordinatsiya markazi nazoratida amalga oshirilib, tadqiqotning har bir bosqichi
maktablarni tanlash, mavzularni tanlash, moslashtirish va tarjima qilish, testlarni o'tkazish,
natijalarni

PIRLS kabi xalqaro tadqiqotlarga qo'yilgan eng muhim talablardan biri qiyosiy tahlil qilish

imkonini beradigan topshiriqlardan foydalanish hisoblanadi. Shu sababli topshiriqlarni
shakllantirish jarayonida o'tgan yillarda foydalanilgan nazorat materiallari blokidan
foydalanilgan. Shuningdek, asosiy e'tibor tadqiqot jarayonini standartlashtirishga qaratiladi. Shu
sababli PIRLS tadqiqoti qat'iy belgilangan yagona instruktsiya asosida amalga oshiriladi. Bu
jarayoni xalqaro koordinatsiya markazi nazoratida amalga oshirilib, tadqiqotning har bir bosqichi
maktablarni tanlash, mavzularni tanlash, moslashtirish va tarjima qilish, testlarni o'tkazish,
natijalarni tekshirish jarayoni xalqaro ekspertlar tomonidan to'liq nazorat qilinadi. Tarjina
tekshirilib, maktablarda xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etadilar. Ochiq turdagi naz topshiriqlari
ekspert o'qituvchilar tomonidan tekshirilgandan so'ng, yana bos mutaxassislarni jalb etib, qayta
tekshirib, natijalar taqqoslab ko'riladi.

Maktab o'quvchilarini tafakkur sa'y- harakatlariga o'rgatishda ikkita faoliyatli o'qitish

nazariyasi keng qo'llanishga ega bo'ladi: maktab o'quvchilarini intellektual salohiyatini
shakllantirish va rivojlantirish nazariyasini ishlab chiqadi. Bu nazariyaning bosh g'oyasi bilimlarni
o'zlashtirish o'quvchilar tomonidan faqat ma'lum sa'y-harakatlar tizimi bajarilishi natijasida
yuzaga keladi. Ikkinchisi esa, sa'y-harakat o'z ustida bajarilayotgan predmet bilan funktsional
bog'langan, o'z ichiga mazkur predmetni o'zgartirish maqsadini va bunday o'zgartirish vositasini
oladi. Bularning barchasi birgalikda shakllantirilayotgan sa'y-harakatning ijro qismini tashkil
etadi. Demak, o'quvchilarda oddiy xulosalar bilan birga, matndagi g'oyalar va axborotlarni talqin
qilish, uyg'unlashtirish, bog'lay olish ko'nikmalari rivojlanib boradi degan xulosaga kelish
mumkin.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi

xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-


background image

57

son Farmoni. [71,72] 1
2.

Ismailov A.A., O‘quvchilarning ta’limdagi yutuqlarini baholash tizimini xalqaro talablar

asosida takomillashtirishning nazariy va institusional asoslari, Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar
[2022 yil № 2], DOI:

https://doi.org/10.53885/edinres.2022.28.34.014

3.

TALIS – The OECD Teaching and Learning International Survey [Elektron manba] // OECD.

– Kirish rejimi: www. oecd.org/education/talis
4.

OECD [Elektron resurs, manba]. – Kirish rejimi: https:// www.oecd.org. Iqtisodiy hamkorlik

va taraqqiyot tashkiloti [ingliz tilida: The Organisation for Economic Co-operation and
Development [OECD].
5.

Radjiyev A., Karimov F., Ibragimov A., Axmedov M. TALIS-2018 Xalqaro tadqiqotlar talablari

asosida o‘tkazilgan so‘rovnoma va tadqiqotning hisoboti. Toshkent-2021
6.

Anders Y., Rossbach H.G., Weinert S., Ebert S., Kuger S., Lehrl S., va J. Von Maurice. Home and

preschool learning environments and their relations to the development of early numeracy skills.

Early Childhood Researchquarterly

,

27

[2], 2012.378B

7.

Sh.U.Sariyev. Boshlang ‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda

folklor

namunalarining

ahamiyati

//

PEDAGOGS,

2023/6/22.

https://scholar.google.ru/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=LrrORX0AAAAJ&cstart
=20&pagesize=80&citation_for_view=LrrORX0AAAAJ:bz8QjSJIRt4C

8.

Avazova, D., & Tojimatova, S. (2024). IDENTIFYING HIDDEN TALENTS AND ABILITIES OF

PRIMARY SCHOOL STUDENTS.

Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences

,

3

(5),

26-29.
9.

Bakiyeva Xilola.ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 |

2020

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni. [71,72] 1

Ismailov A.A., O‘quvchilarning ta’limdagi yutuqlarini baholash tizimini xalqaro talablar asosida takomillashtirishning nazariy va institusional asoslari, Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar [2022 yil № 2], DOI: https://doi.org/10.53885/edinres.2022.28.34.014

TALIS – The OECD Teaching and Learning International Survey [Elektron manba] // OECD. – Kirish rejimi: www. oecd.org/education/talis

OECD [Elektron resurs, manba]. – Kirish rejimi: https:// www.oecd.org. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti [ingliz tilida: The Organisation for Economic Co-operation and Development [OECD].

Radjiyev A., Karimov F., Ibragimov A., Axmedov M. TALIS-2018 Xalqaro tadqiqotlar talablari asosida o‘tkazilgan so‘rovnoma va tadqiqotning hisoboti. Toshkent-2021

Anders Y., Rossbach H.G., Weinert S., Ebert S., Kuger S., Lehrl S., va J. Von Maurice. Home and preschool learning environments and their relations to the development of early numeracy skills. Early Childhood Researchquarterly, 27[2], 2012.378B

Sh.U.Sariyev. Boshlang ‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda folklor namunalarining ahamiyati // PEDAGOGS, 2023/6/22. https://scholar.google.ru/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=LrrORX0AAAAJ&cstart=20&pagesize=80&citation_for_view=LrrORX0AAAAJ:bz8QjSJIRt4C

Avazova, D., & Tojimatova, S. (2024). IDENTIFYING HIDDEN TALENTS AND ABILITIES OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 3(5), 26-29.

Bakiyeva Xilola.ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020