81
MEDIAKOMPITENTLIK TUSHUNCHASI VA UNING INGLIZ TILINI
O‘RGANISHDAGI AHAMIYATI
Raxmonaliyeva Mazluma Farrux qizi
NamDU 2-kurs tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14645508
Annotatsiya.
Ushbu maqolada mediata’lim, mediakompitentlik tushunchasi, uning
mohiyati, ta’lim jarayonida media
,
ya’ni, internet, televideniye, radio, kino, video, telefon va
boshqa aloqa vositalari o‘z samarasiga ega ekanligi hamda ushbu vositalarning ingliz tilini
o‘rganishdagi ahamiyati haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar.
Media, mediata’lim, mediasavodxonlik, kompitensiya, kompitentlik,
mediakompitentlik.
Абстрактный.
В данной статье рассмотрены понятие медиаобразования,
медиакомпетентность, ее сущность, эффективность средств массовой информации в
образовательном процессе, т.е. Интернета, телевидения, радио, кино, видео, телефона и
других средств коммуникации, а также использование этих средств. означает выучить
английский язык, обсуждается важность обучения.
Ключевые слова.
Медиа, медиаобразование, медиаграмотность, компетентность,
компетентность, медиакомпетентность
Abstract.
In this article, the concept of media education, media competence, its essence, the
effectiveness of the media in the educational process, i.e. the Internet, television, radio, film, video,
telephone and other means of communication, and the use of these means to learn English the
importance of learning is discussed.
Key words.
Media, media education, media literacy, competence, competence, media
competence.
Axborot texnologiyalarisiz hech qaysi sohani tasavvur etish qiyin. Shu jumladan, yosh
avlodga ta’lim-tarbiya berishda ham u muhim omillardan biriga aylanmoqda. Shu sababli har bir
ta’lim oluvchining ham mediakompitentligini rivojlantirish hozirgi davrning eng muhim
masalalaridan biridir. Elektron aloqa vositalari, internet, sun’iy yo‘ldoshlar aynan ommaviy
axborot vositalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi pedagog hodimlarning tinmay o‘z ustida
ishlashini talab qilmoqda. Globallashuv jarayonida gazetalar, jurnallar, radio, televideniye,
fotografiya, hujjatli va badiiy kino, axborot agentliklari, internet, global tarmoqdagi axborot
resurslarining son jihatdan beqiyos o‘sishi, sifat jihatdan sezilarli o‘zgarishlar yuz bermoqda.
Kompyuter, faks, “uyali” telefon, parabolik antenna, elektron pochta kabi texnik mo‘jizalar
ommaviy axborot vositalari rivojiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda zamon talabiga
mos yuksak intellektual salohiyatli, zamonaviy bilim va malakaga ega, yangicha dunyoqarash va
mustaqil fikrli mutaxassislar tayyorlash uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu borada
axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalari hisoblanmish – mediadan
ta’lim jarayonida
foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlaridan keng foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda. Ta’lim
jarayonida
media
,
ya’ni, internet, televideniye, radio, kino, video, telefon va boshqa aloqa
vositalari o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.
“Media” atamasi (lotincha – medium, ya’ni vosita, vositachi, usul) turli ko‘rinishdagi
kommunikatsiya va axborot vositasini anglatadi. Media tushunchasi mazmuniga axborotni
82
yaratish, nusxalashtirish, tarqatish vositasi hamda mualliflar va ommaviy auditoriya o‘rtasida
axborot almashinuvining texnik vositalari kiradi.
Mediata’lim mutaxassislar fikriga ko‘ra, o‘quvchini mustaqil fikr yuritishga, ijodkorlik
faoliyatlarini yanada rivojlantirishga, axborot olish, uni qayta ishlash, umumlashtirish, xulosa
chiqarishga o‘rgatadi. Ta’lim jarayonida o`qituvchilar mediata’limga qanchalik e’tibor qaratilib
yosh avlodga bilim berishda samarali foydalanilsa, u yosh avlodning dunyoqarashi, intellektual
salohiyati shunchalik rivojlanishiga xizmat qiladi.
Media ta’lim dunyoning har bir mamlakatida har bir fuqaroning erkinlikka bo‘lgan asosiy
huquqining bir qismidir. Shuning uchun zamonaviy dunyoda media-ta’limni rivojlanish jarayoni
deb ta’riflash mumkin. O‘zaro munosabat madaniyatini shakllantirishga qaratilgan ommaviy
axborot vositalarining yordamida shaxs, ommaviy axborot vositalari, ijodiy, kommunikativ
qobiliyatlarni rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, idrok etish, talqin qilish, media-matnlarni tahlil
qilish va baholash, media texnologiyasidan foydalangan holda o‘zini o‘zi ifoda etishning turli
shakllarini o‘rganadi.
O‘z fikrini aniq bayon eta olish, uni asoslab tahlil qila olish, voqea va hodisalarni turli nuqtai-
nazardan ko‘rib chiqish masalasi- mediasavodxonlikning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Demak, bugun umumta`lim maktablari o`qituvchilarini mediakompitentligini rivojlantirgan holda
mediata’lim sirlarini nazariy jihatdan puxta o‘rganib, ta`lim jarayonidagi amaliyotda yetarli
darajada qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Axborot kommunikasiyaning globallashuvi sharoitida
ta’lim jarayonida o‘ziga xos talablar paydo bo‘lmoqda. Bu talablar bevosita mediakompitentlik
bilan chambarchas bog‘liqdir.
M
ediakompitentlik
t
ushunchasi (media compitence) ta’lim sohasiga kirib kelayotgan yangi
atama hisoblanib u media ma’lumotlarni turli ko‘rinishda uzatish va baholash, o‘rganish, yetkaza
bilish kabi ma’nolarni o‘z ichiga oladi.
M
ediakompitentlik
–
bu insonning turli shakllarda media matnlarini tanlash, foydalanish,
tanqidiy tahlil qilish, baholash, yaratish va uzatishga tayyorligida namoyon bo‘ladigan integral
sifati, turlari, shakllari va janrlari, jamiyatdagi ommaviy axborot vositalari faoliyatining murakkab
jarayonlarini tahlil qilish. Mediakompitentlik tushunchasi koʻp qirrali. Chunki, u ham bilimni, ham
faoliyat usullarini, ham shaxsiy xususiyatlarni ifodalaydi, u bir emas, balki bir nechta doirada
faoliyat koʻrsatadi. Ilmiy sohalar va fanlararo xususiyatga ega. Mediakompitentlik koʻp funksiyali,
chunki uni oʻzlashtirish kasbiy, ijtimoiy va kundalik hayotdagi vazifalardir. Mediakompitentlik
media-taʼlim doirasida ishlab chiqilgan: mediasavodxonlik (media literacy), mediamadaniyat
(media culture) tushunchalariga asoslanadi. Bu shuni tushuntiradiki, ba’zida media
kompetentsiyasi media savodxonligining sinonimi sifatida tushuniladi, masalan: media
kompetensiyasi / media savodxonligi ((media competence/media literacy) “Xabarlardan
(messages) foydalanish, tahlil qilish, baholash va turli xil muloqot qilish qobiliyati shakllari”.
Ko‘pgina davlatlarda mediakompitentlikni o‘rganishda bu tushuncha ustunlik qiladi.
Ingliz tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o‘rgatish va o‘rganish eng samador
usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan:
− kompyuterlardan foydalanganda o‘quvchi ingliz tilidagi video roliklarni, namoyishlarni,
dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko‘rishi ham eshitishi mumkin;
− chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish
mumkin;
− ancha an’anaviy usul hisoblanadigan magnitafon va kassetalardan foydalanish;
83
− CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o‘quvchilarning
ingliz tilini o‘rganishlari jarayonini qiziqarliroq va samaraliroq bo‘lishini ta’minlaydi. Biz
bilamizki, hozirgi ta’lim jarayonida o‘quvchi subyekt bo‘lishi lozim. Bunda ko‘proq interfaol
metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Ingliz tili darslariga qo‘yilgan eng
muhim talablardan biri talabalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishdir. Bugungi kunda ingliz tili
o‘qituvchilari Amerika Qo‘shma Statlari, Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan holda quyidagi
innovatsion metodlardan foydalanib kelishmoqda:
− “Muammoli vaziyat yechimi” (Creative Problem Solving) bu usulni qo‘llash uchun
hikoyaning boshlanishi o‘qib beriladi qanday yakun topishi o‘quvchilar, talabalar hukmiga havola
qilinadi;
− “Quvnoq topishmoqlar” (Merry Riddles) o‘quvchilarga topishmoqlar o‘rgatish Ingliz tilini
o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o‘zlariga notanish bo‘lgan so‘zlarni o‘rganadilar va o‘ylab
topishmoq javobini topadilar;
− “Tezkor javob” (Quick answers) o‘tilgan dars samaradorligini oshirishda yordam beradi;
− “Chigil yozdi” (“Warm-up exercises”) o‘quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda har xil
o‘yinlardan foydalanish [3];
− “Pantomima” (pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo‘lgan
darsda yoki yozma mashqlar bajarilib, talabalar charchagan paytda foydalanilsa bo‘ladi;
− “Hikoya zanjiri” (a chain story) usuli o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirishda yordam
beradi;
− “Rolli o‘yinlar” (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida qo‘llanilishi mumkin.
Hunarga o‘rgatish uchun “Interpretter”, “Translator”, “Writer”, “Poet” kabi kasbdagi kishilar
darsda ishtirok etishib o‘quvchilar bilan suhbatlashishlari mumkin;
− “Allomalar yig‘ini” (Thinkers meeting) U.Shekspir, A.Navoiy, R.Burns kabi shoirlar va
yozuvchilarni “taklif qilish” mumkin. Bunday paytda ular aytib ketgan hikmatli so‘zlardan darsda
foydalanish yoshlarni komil inson bo‘lib tarbiyalanishiga yordamberadi;
− “Rasmlar so‘zlaganda” (When pictures speak) usuli ancha qulay bo‘lib, ingliz tilini
o‘rgatishda, talaba, o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi, buning uchun
mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim;
− Kviz kartochkalari (quiz cards) o‘quvchilarning soniga qarab kartochkalar tarqatiladi va
hamma talabalar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi bu esa vaqtni tejaydi [4].
Ko‘rib chiqqnimizdek, har bir innovatsion texnologiya o‘ziga xos afzallik jihatlariga egadir.
Bunday usullarning barchasida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlik, o‘quvchining ta’lim
jarayonidagi faol harakati ko‘zda tutiladi. Agar o‘qituvchining mediasavodxonligi yuqori darajada
bo‘lsa, innovatsion texnologiyalarni o‘z o‘rnida qo‘llash orqali yuqori natijaga erisha oladi.
References:
1.
To‘lqin
Eshbek
.
Mediata’lim:
yangi
ta’lim
usuli sifatida
http://sharh.uz/munosabat/item/17008–mediatalim–axborot–tv–radio–internet
2.
Mamatova Ya., Sulaymanova S. O‘zbekiston mediata’lim taraqqiyoti yo‘lida. O‘quv qo‘llanma.
-T.: «Extremum-rress», 2015. -94 b.
3.
Пассов Э. И. Общительный метод обучения иностранного разговора. – Москва., 1985
4.
Bekmuratova U. B. “Ingliz tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish”
84
mavzusida referat. Toshkent — 2012 yil
5.
Martineau, M. (Ed.) (1988). L’enseignement du cinema et de l’audiovisuel. Paris:
CinemAction, 299 p.
