88
PEDAGOGIK DIAGNOSTIKANING UMUMIY METODLARI
Iminjonova Durdona Kamoliddinovna
TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI “Pedagogika” fakulteti 3-bosqich talabasi
Elektron manzil: iminjonovadurdona4@gmail.com
Telefon raqam: +998-94-310-08-17
Akbaraliyeva Asila
Ilmiy rahbar: Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti
Psixologiya kafedrasi o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14666164
Annotatsiya.
Abdulla Avloniy «Pedagogika insonni har tomonlama tarbiyalashni o’z oldiga
maqsad qilib qo’ygan ekan, avalambor uni har tomonlama o'rganishi kerak»,-degan fikri ta’lim-
tarbiya jarayonida pedagogik diagnostikaning qanchalik muhimligini ko'rsatib turibdi. Shu
jihatdan olganda, jamiyatimizdagi yoshlarni o’qitish va tarbiyalashda optimal uslub va
vositalardan foydalanish lozim. Maqolada pedagogik diagnostikaning metod va metodologiyalari
haqida umumiy ma’lumotlar beriladi.
Kalit so’zlar:
diagnostika, pedagogika, omil, samaradorlik, sotsiologiya, metod, solishtirish,
tahlil, interpretatsiya, kuzatish, suhbat, test.
Kirish qism
0‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy siyosatida milliy o‘zlikm anglash, milliy va
umumbashariy qadriyatlami o‘zlashtirish orqali shaxs bilan jamiyat o‘rtasida uyg‘unlikni vujudga
keltirish, ehtiyojlaming xususiylikdan umumiylikka o‘sib o‘tishining qondirilishi har jihatdan
o‘quvchi va talabalar qobiliyatlari, iste'dodlarini, ichki imkoniyatlarini, o‘ziga xos individual-
psixologik xususiyatlarini tadqiq etishni, shuningdek rivojlantirishni talab etadi.
Asosiy qism
Pedagogik diagnostika yordamida jamiyatdagi ma'naviy-ma'rifiy jarayon tahlil qilinadi va
ta'lim-tarbiyaning kafolatlangan natijalari aniqlanadi. Tashxislashda nafaqat ta'linv-tarbiya
natijalarini sarhisob qilish, balki ulaming ozgarish dinamikasi xam kuzatiladi, mavjud kamchiliklar
bartaraf etiladi.
Diagnostika - {yunon tilida: «dia» — «shaffof», «gnozifi»-«bilim» degan ma'noni bildiradi)
o’rganilayotgan ob'ekt yoki jarayon togrisida aniq ma'lumot olishning umumiy vositasi bo’lib
xizmat qiladi.
Pedagogik diagnostika - bu pedagogik omillaming samaradorligini oshirish maqsadida
sotsiologik, ekologik va ijtimoiy -psixologik sotsiumga hamda har bir shaxsga ta'sir korsatishi
haqidagi axborotlar majmuyi kabi bilish jarayonining tashkiliy qismidir.
Pedagogik diagnostika samaradorligi ko’p hollarda tashxis o’tkazuvchming metodologik
madaniyatiga to’g’ri proporsionaldir. SHu boisdan bu tushuncha integral sifat ko’rsatkich
hisoblanib, tashxis qiluvchidan o’zida xususiy ilmiy faoliyatni tahlil qilish ko’nikmasini, ma’lum
konsepsiya (nazariya)ni llmiy asoslash va ijodiy qo’llash qobiliyatini egallashni talab
etadi.Pedagogik diagnostikada o’rganilayotgan jarayon aniqlovchi metodlar joriy etilgunga qadar
ilmiy asoslanishi shart: dastlabki holat; tadqiqot mantiqi; kutilayotgan natijalar, ularga erishish
metodlarini belgilash; iste’molchilar bilan hamkorlik o’matish; uni joriy etish shartlarini ishlab
chiqishga xizmat qiladi. Pedagogik diagnostika ilmiy faoliyatning murakkab turi hisoblanib, u
ishonchli qo’llarda - metodologiyani chuqur o’rgangan, ilmiy tadqiqot metodlari bilan qurollangan
shaxs tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin.
89
Pedagogik diagnostika o'quv-tarbiyaviy ishlaming yakuniy natijalar ко'rsatkichlarini hamda
mazkur jarayonning kechish holatini yaqqol aks ettirish xususiyatiga ega. Pedagogik diagnostikani
amalda qo’llashda turli metodlardan foydalaniladi.
Metod - (lotincha «metodos»-«yo’l», “uslub”) tadqiqot yo’li, nazariya, ta’limot, deb taijima
qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida "metod" so’zi keng ma’noda: muayyan muammo yechimini
topishga yo’naJtirilgan uslubni, malum maqsadga erishish yo’lini, tor ma’noda: tabiat va ijtimoiy
hayot hodisalarini hamda qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish uslubini
bildiradi.
Pedagogik diagnostikani tashkil qilishda beriladigan nazariy bilimlami yoshlar qalbiga
yetkazish, ulami kundalik ehtiyojiga yo'naltirish uchun quyidagi ish usullariga e’tibor berish
lozim:
-o'quv muassasa, mas'ul shaxslar sinf, guruh jamoasining ruhiy holati, ya'ni har bir shaxsning
faoliyati, qiziqish darajasiga;
-o'quvchi-yoshlaming tartib-intizomiga, davlat mulkiga bo'lgan munosabatiga; o'quvchi-
yoshlaming ijtimoiy hayotdagi faolligiga;
-yoshlar bilan o'tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarga bo'lgan munosabatiga (ijobiy, salbiy,
befarqligiga);
-yoshlaming kattalar, o'z tengdoshlari bilan axloqiy muomala va munosabatlariga;
-o'quv maskanlarida tashkil etilgan qonun-qoidalarga munosabat va ularga amal qilishga;
-o'quv muassasadagi ijtimoiy fikrga bo'ysunuvchanligiga.
Yuqoridagilarga amal qilinganda pedagogik diagnostikani o'tkazish yo'nalishlarini to'g'ri
tashkillashtirishga imkoniyat yaratiladi.
Pedagogik tashxisning noeksperimental metodlari: kuzatish, anketa, so‘rovnoma, suhbat,
intervyu. O'quvchiyoshlaming turli sifatlarini o'rganish uchun mashhur kuzatuv metodidan
foydalanishi mumkin. Ma’lumki, kuzatish metodi anch murakkab bo'lib, nazarda tutilgan maqsad:
katttlar va yoshlar o'rtasidagi muloqotning ta’sir kuchini, individual farqlarini qiyoslash uchun
ham qo'llaniladi. Kuzatish metodlari orqali o'quvchilaming o'zaio aloqalari, tengdoshlari bilan
muloqoti, individual-psixologik farqlarini qiyoslash, nlamingfanlami o’zlashtirishi, xulq-atvori va
mavjud muammolandagi o'zgarishlami hisobga olish va tegishli ma’naviy-ma’rifiy ta’sir ko rsatish
yo'llarini belgilash uchun qo'llaniladi. Kuzatish metodi o'quvchi-yoshlaming ilmiy dunyoqarashi,
intellektual rivojlanishi, fikrlash jarayonining dinamikasi, xulosalar chiqarishdagi mustaqilligi,
faolligi va ulami tahlil qilishga yordam beradi.
Suhbat metodi - an’naviy pedagogik metodlar turkumiga kirib, dialog, diskussiya tarzida
o’tkaziladi. Ushbu metod orqali insoniy munosabatlar, ulaming istiqboldagi rejalari, qarashlari va
xususiy fikrlarini o’rganish mumkin. Pedagogik suhbat oddiy suhbatdan farq qiladi. Ushbu metod
orqali suhbatdoshning ichki olamini o’rganish, uning dunyoqarashi, kelajakdagi rejalari bilan
tanishish imkoniyati tug’iladi. Ta’lim-tarbiya tizimi sifatini oshirishda, takomillashtirishda yoki
yaratilgan ilmiy farazlaming qanchalik to’g’ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat uslubidan
foydalaniladi.
So’rovnoma - anketa metodi qo’llanilganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish,
aniqlash, tadqiq qilinuvchilaming yakka yoki gunJili fikrlari, qarashlarini o’rganishga imkon
yaratiladi; qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar
chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o’tkaziladi.
90
Diagnostikada so'rov metodlari. Pedagogik diagnostikada turli og'zaki so'rov metodlari
mavjuddir. Nostandart intervyu ko'proq birinchi sinov qadamini eslatadi. Bunda muammoni
aniqlash, axborot to'rlash rejasining asosiy holatlarini yana bir bor tekshirib ko'rish va tadqiqot
ob’ektini aniqlash zarur. Intervyu o'tkaziladigan mavzu tanlangach, uni olib boruvchi faqat oraliq
savollar yordamida mavzuni kerakli yo'nalishga buradi. Javob beruvchi o'zining qarashlarini
o'ziga qulay shaklda bayon qilish uchun keng imkomyatga ega bo'ladi. Bu erkin shakl intervyu
oluvchiga katta talab yuklaydi. Standart intervyuda intervyu oluvchi beriladigan savolaming
tuzilishi va ketma- ketligini o'matuvchi maxsus ishlangan sxema asosida ish olib boradi. Pedagogik
diagnostika o’tkazishda har bir mutaxassislar shu kabi metod va metodologiyalardan foydalanadi.
Bunday metodlar diagnoz qo’yishda samarali yordam beradi.
Xulosa
Bugungi kunda pedagogik diagnostikaning shunday tamoyillarini, metodlarini,
metodologiyalarini amaliyotda qo’llash lozimki, bu tamoyillar tarbiyalanuvchi, o'quvchi-
yoshlaming shaxsiyatiga zarar keltirmasligi, ulaming pedagogik dahlsizligini ta’minlashi, milliy
qadriyatlar, urf-odatlar, an'analar orqali ularga ijobiy ta'sir ko’rsatishi va korreksiyalash
metodikalarini oqilona tatbiq etishi zarur. Pedagogik diagnostoka hozirgi kunda yosh avlodni
sog’lom, bilimli, odobli, yahshi xulq egasi bo’lib yetishishida katta ahamiyatga ega.
References:
1.
Abdullayeva Sh. A. Pedagogik diagnostika. -Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010 - 256 b.
2.
Abdullayeva Sh. A. O' quvchilami pedagogik tashxislashda qo'llaniladigan metodlar//2016
3.
Vershlovskiy S. G. Obsheye obrazovaniye vzroslbix: stimulbi motivbi -Moskva: Pedagogika,
2017- 271s. Abdullayev SH.A , Ro’ziyeva D.I.
