24
KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHGA YO‘NALTIRILGAN MUSTAQIL
TA’LIMNING TARKIBIY TUZILISHI VA USULLARI
Turdiyeva Xayriniso Aliyevna
Fayziyeva Hurriyat Baxtiyor qizi
Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi
texnikumi o‘qituvchilari
https://doi.org/10.5281/zenodo.14412173
ANNOTATSIYA:
Mustaqil ta’lim
jarayonida fanga oid bilimlarni qidirish, o‘rganish, ularni
anglab yetish, mustahkamlash, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda rivojlantirish,
bilimlarni umumlashtirish, tizimlashtirish jarayoni yuzaga kelib, uni tashkil etishni samarali
yo‘lga qo‘yish muayyan metodlardan foydalanishni talab etadi. Ushbu maqolada kasbiy
faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan mustaqil ta’limning tarkibiy tuzilishi va usullari haqida fikr
yuritilgan.
KALIT SO‘Z:
mustaqil ta’lim, mustaqil ish, o‘qitish turi.
R.X.Djurayev rahbarligida yozilgan “pedagogik atamalar lug‘ati”da “Mustaqil ta’lim”
tushunchasi “insonning o‘zi tanlagan vositalar va adabiyotlar yordamida avlodlar tajribasini, fan
va texnika yutuqlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan shaxsiy harakatlari jarayoni”
1
deb ta’riflangan
bo‘lsa, J.Xasanboevning “Pedagogika fanidan izohli lug‘at”ida esa “mustaqil ta’lim”ga olingan
bilim, ko‘nikma va malakani mustahkamlash, qo‘shimcha materialni o‘rganish maqsadidagi o‘quv
shakli” sifatida qaralgan
2
. P.Q.Husanboyeva ta’rifiga ko‘ra, mustaqil ta’lim - o‘quv materiallarini
mustaqil o‘zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni
auditoriyada hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim,
amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyatdir
3
.
Mustaqil ta’limning yana bir tavsifini V.Okonning ishlarida uchratish mumkin: “mustaqil
ta’lim – o‘qitishning shunday turiki, maqsad, mazmun, sharoit va vositalar subyektning o‘ziga
bog‘liq”
4
. Bu yondashuvda subyekt faoliyati bilan bog‘liq uch asosiy holatni: o‘qitish maqsadi,
mazmuni va vositalarini ajratib ko‘rsatish mumkin. A.P.Pshebelskiy va M.I.Zabortshikovalarning
fikricha, mustaqil ta’lim - pedagogning maktabda amaliy faoliyat yuritish, o‘z kasbiy ishlab
chiqarishini ko‘tarish uchun maqsadga yo‘naltirilgan, rejalashtirilgan va uzluksiz mustaqil
ishlash jarayoni
5
.
T.A.Ilyushovaning tadqiqot ishlarida “mustaqil ta’lim - pedagogning kasbiy ishlab
chiqarishini orttirish shakllaridan biri. Bu pedagogning o‘z nazariy bilimlarini kengaytirish va
chuqurlashtirish uchun maqsadga yo‘naltirilgan ishi bo‘lib, pedagogika va psixologiya fanlarining
zamonaviy talablari asosida yangi kasbiy ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish va
qo‘llashni taqozo etadi” deb ta’rif berilgan
6
.
1
Djurayev R.X., O‘.Q.Tolipov va boshqalar. Pedagogik atamalar lug‘ati. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika
fanlari ilmiy tadqiqot instituti.Toshkent– 2008, 135 b., 49-b
2
Hasanboyev J., Х. To‘raqulov va boshqalar. “Pedagogika fanidan izohli lug‘at” Toshkent-“Fan”- 2008 y., 229 b., 117-b
3
Husanboyeva Q.P. Adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishning ilmiy-metodik asoslari: Diss.
… ped.fan.dok. – Toshkent: O‘zPFITI, 2004. – 261 b.
4
Оконь В. Введение в общую дидактику. - М.: Высшая школа, 1990.-32 с
5
Заборщикова Н.М. Самообразование молодого учителя как условие совершенствования его профессиональной
деятельности: Автореф. дис. ... канд. пед. наук. - Л.: , 1989. - 29 с.
6
Илюшова Т.А. Самообразование молодого педагога как условие профессионального роста // https://multiurok.ru
25
G.A.Jeleznyakova tilga ixtisoslashmagan oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tilni o‘qitishda
mustaqil ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z yuritadi
7
.
Mustaqil ish bu shunday ishki, bevosita o‘qituvchi ishtirokisiz bajariladigan, lekin uni
bajarishda, shu vaqt uchun maxsus taqdim etilgan, bunda talabalar ongli ravishda o‘z
maqsadlariga erishish, o‘z kuchlaridan foydalangan holda va u yoki bu shaklda aqliy yoki
jismoniy (yoki ikkalasi birgalikda) harakatlar natijasini ifodalaydi.
Ayni vaqtda ilmiy va o‘quv adabiyotlarda “mustaqil ta’lim olish”, “Mustaqil o‘qish”,
“mustaqil ish” tushunchalaridan sinonimlar sifatida foydalanilmoqda.
“Mustaqil ta’lim – auditoriyada olingan bilim, ko‘nikma, malakalarni mustahkamlash
hamda fanga oid (xususiy) kompetentsiyalarini rivojlantirish, qo‘shimcha ma’lumot yoki
materialni mustaqil o‘rganish maqsadida tashkil etiladigan o‘qitish shakli”, mustaqil ish esa –
“o‘qituvchining topshirig‘i va uning rahbarligida o‘quv vazifasini hal etadigan ta’limning faol
metodi” sifatida talqin qilingan. Mustaqil ish bu qo‘yilgan maqsad bilan bog‘liqlikda talabalarning
aniq faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishdir
8
.
O‘tkazgan ilmiy-tadqiqot ishlarimiz va adabiyotlar tahlili asosida biz mustaqil ta’lim va
mustaqil ishga quyidagicha ta’rif berdik: Mustaqil ta’lim – bu o‘qituvchi yordamida yoki
yordamisiz muayyan vazifa(masala, muammo)ni mustaqil o‘rganish asosida tashkil etiladigan,
tizimlashtirilgan, rejalashtirilgan,
loyihalashtirilgan turli ta’limiy vositalardan foydalangan holda turli metodlar va
texnologiyalar qo‘llaniladigan faoliyat turi, ya’ni, o‘ziga xos ta’lim shaklidir (mavzu yuzasidan
turli topshiriqlarni bajarish, konspekt, refaratlar, esse, maqola, tezislar, slaydlar, savolnomalar,
didaktik tarqatmalar tayyorlash, tajriba qo‘yish, kuzatish ishlarini olib borish, Internet
ma’lumotlarini to‘plash va tahlil qilish, kurs va bitiruv malakaviy ishlari ustida ishlash
jarayonida, malakaviy va dala amaliyotlari davomida olib boriladigan mustaqil faoliyatlar
natijasida mustaqil ta’lim tarkib topadi).
Mustaqil ish esa – o‘qituvchi rahbarligida ta’lim oluvchining fanning mazmunini
o‘rganishga, unga mos ravishda ishlab chiqilgan topshiriqlarni bajarishga, fandan olgan bilim,
ko'nikma va malakalarini yanada kengaytirishga va takomillashtirishga qaratilgan faoliyat bo'lib,
bevosita talabalar tomonidan ma’ruza, amaliy, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar,
auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar davomida turli usullar yordamida bajariladi (masalan,
vaqtinchalik mikropreparat tayyorlash, konspekt qilish, rasm chizish, esse yozish, loyiha
tayyorlash va boshqalar).
Aytish mumkinki, mustaqil ta’limni ijobiy natijalarga erishishi tanlangan mavzu ma o‘quv
materiallarining mazmuni, ilmiyligi, tizimliligi, qiziqarliligi, amaliyot bilan uzviyligi, fanlararo
aloqadorligi, shuningdek, beriladigan mustaqil ishlar va topshiriqlarning ko‘p qirraliligiga, ijodiy
xarakteriga hamda uni tashkil etishda qo‘llaniladigan vosita, metod va shakllarga bog‘liq bo‘lib,
bunda talabalarning intilishi, qiziqishlari va mas’uliyatiga asosiy e’tiborni qaratish zarur.
References:
1.
Talabalarni mustaqil ta’limini kredit-modul tizimida tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha
7
Железнякова Г.А. Особенности самостоятельной работы студентов при обучении иностранным языкам в
неязыковом вузе // Балтийский гуманитарный журнал. 2015. № 3 (12). С. 41-44.
8
Talabalarni mustaqil ta’limini kredit-modul tizimida tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha metodik Yo‘riqnoma.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. Tabiiy fanlar fakulteti. 2020-2022-йй. https://tspu.uz
26
metodik Yo‘riqnoma. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. Tabiiy fanlar
fakulteti. 2020-2022-йй. https://tspu.uz.
2.
Djurayev R.X., O‘.Q.Tolipov va boshqalar. Pedagogik atamalar lug‘ati. Qori Niyoziy nomidagi
O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.Toshkent– 2008, 135 b., 49-b
3.
Hasanboyev J., Х. To‘raqulov va boshqalar. “Pedagogika fanidan izohli lug‘at” Toshkent-
“Fan”- 2008 y., 229 b., 117-b
4.
Husanboyeva Q.P. Adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishning
ilmiy-metodik asoslari: Diss. … ped.fan.dok. – Toshkent: O‘zPFITI, 2004. – 261 b.
5.
kizi Tohirova, M. A., & Tursunnazarova, E. T. (2022). BASIC LITERARY ELEMENTS OF THE
XX CENTURY ENGLISH AND UZBEK SHORT STORIES (BASED ON HERBERT BATES AND SAID
AHMAD’S SHORT STORIES).
THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN
WORLD
,
1
(2), 192-195.
6.
ugli Tojimurodov, H. Y., & Tursunnazarova, E. T. (2022). BEOWULF–THE EARLIEST EPIC
POEM IN ENGLISH FOLKLORE.
THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN
WORLD
,
1
(2), 189-191.
7.
kizi Aliyeva, G. A., & Tursunnazarova, E. T. (2022). ANALYSIS OF THE STORY ‘LUCKY
ARTISTAND’BY ENGLISH AUTHOR SOMERSET MAUGHAM.
THE ROLE OF SCIENCE AND
INNOVATION IN THE MODERN WORLD
,
1
(2), 172-175.
8.
kizi Abdullayeva, L. Z., & Tursunnazarova, E. T. (2022). CHRISTOPHER MARLOWE IS “THE
FATHER OF ENGLISH TRAGEDY”.
THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN
WORLD
,
1
(2), 168-171.
9.
kizi Abdukodirova, K. A., & Tursunnazarova, E. T. (2022). LITERARY VERSION OF ENGLISH
LANGUAGE AND CHOOSING ITS TEACHING BALANCE.
THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION
IN THE MODERN WORLD
,
1
(2), 164-167.
10.
kizi Daulbayeva, J. R., & Tursunnazarova, E. T. (2022). UNFORGETTABLE MEMORIES OF
CHILDHOOD THE ARTISTIC ANALYSIS OF THE NOVEL “KITE RUNNER” WRITTEN BY KHALID
HUSAINI.
THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN WORLD
,
1
(2), 181-183.
11.
kizi Gadayeva, G. F., & Tursunnazarova, E. T. (2022). USEFUL CREATIVE TECHNIQUES
PROPOSED FOR TEACHING CHILDREN.
THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE
MODERN WORLD
,
1
(2), 176-180.
12.
Ishankhodjayeva, G. T., & Qodirova, Z. M. (2024). SUBACUTE SCLEROSING
PANENSEPHALITIS IN CHILDREN: MANIFESTATION OF COGNITIVE DISORDERS.
Scientific
Journal Of Medical Science And Biology
,
3
, 108-113.
13.
Maxamatjanova, N. M., Mirxaydarova, F. S., & Mirxaydarova, S. M. (2023). THE
IMPORTANCE OF DIABETES IN THE DEVELOPMENT OF DEPRESSION.
Инновационные
исследования в современном мире: теория и практика
,
2
(8), 9-10.
14.
Batirov, D. B. (2024). AMIR TEMUR’S CAMPAIGNS AGAINST TOKHTAMISH
KHAN.
Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research
,
11
(12), 120-124.
15.
Ugulbekovich, I. J. (2024). AMIR TIMUR: THE BRIGHT GENIUS OF THE
MOVAROUNNAHR.
Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research
,
11
(12), 79-83.
16.
kizi Usmonova, Y. N., & Tursunnazarova, E. T. (2022). SHAKESPEARE’S INFLUENCE ON
OTHER AUTHORS.
THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN WORLD
,
1
(2), 201-
27
204.
17.
Оконь В. Введение в общую дидактику. - М.: Высшая школа, 1990.-32 с
18.
Заборщикова
Н.М.
Самообразование
молодого
учителя
как
условие
совершенствования его профессиональной деятельности: Автореф. дис. ... канд. пед. наук.
- Л.: , 1989. - 29 с.
19.
Илюшова Т.А. Самообразование молодого педагога как условие профессионального
роста //
20.
Железнякова Г.А. Особенности самостоятельной работы студентов при обучении
иностранным языкам в неязыковом вузе // Балтийский гуманитарный журнал. 2015. № 3
(12). С. 41-44.
