“PEDAGOGIKADA PSIXOLOGIYA ASOSIY ME’ZONDIR”

Abstract

Ushbu maqola pedagogika sohasida psixologiyaning o’rni “Pedagogikada psixologiya asosiy me’zondir” va ahamiyati psixologiya fanining ahamiyati, psixologiya sohasida erishilgan yutuqlar, pedagogning psixologik tajribalari va motivatsiyalar va psixologiya sohasida olimlarning qilgan ishlari va tajribalari haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
130-133
39

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Kadirova , R. . (2024). “PEDAGOGIKADA PSIXOLOGIYA ASOSIY ME’ZONDIR”. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 3(13), 130–133. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/62369
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqola pedagogika sohasida psixologiyaning o’rni “Pedagogikada psixologiya asosiy me’zondir” va ahamiyati psixologiya fanining ahamiyati, psixologiya sohasida erishilgan yutuqlar, pedagogning psixologik tajribalari va motivatsiyalar va psixologiya sohasida olimlarning qilgan ishlari va tajribalari haqida batafsil ma’lumot berilgan.


background image

130

“PEDAGOGIKADA PSIXOLOGIYA ASOSIY ME’ZONDIR”

Kadirova Ravshanoy Ismailjanovna

Andijon viloyati pedagogik mahorat markazi

metodik xizmat ko'rsatish bo'limi ingliz tili fani metodisti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14553862

Annotatsiya:

Ushbu maqola pedagogika sohasida psixologiyaning o’rni “Pedagogikada

psixologiya asosiy me’zondir” va ahamiyati psixologiya fanining ahamiyati, psixologiya sohasida
erishilgan yutuqlar, pedagogning psixologik tajribalari va motivatsiyalar va psixologiya sohasida
olimlarning qilgan ishlari va tajribalari haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Kalitso’zlar:

pedagogika, psixologiya, motivatsiya, shaxs, rivojlanish, introspeksiya,

psixologik motiv, psixik taraqqiyot.


Psixologiya fani inson shaxsi, uning ichki dunyosi haqidagi bilimlarning murakkab

sohasidir.Psixologiya har kimga o‘z tajribasidan ma’lum bo‘lgan sezgi, idrok, xotira, tafakkur,
hayol, his-tuyg‘u va insonning qobiliyati, iste’dodi, temperamenti, xarakteriga xos ruhiy hodisalar
haqidagi bilimlarni o‘z ichiga olgan sohadir. Psixologiya - inson faoliyati va hayvonlar xatti-
harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar
toʻgʻrisidagi fan. Psixologiyaning tadqiqot predmetiga sezgilar va idrok obrazlari, tafakkur va
hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kategoriyalar kiradi. Psixologiyaning
asosiy vazifalari - psixika qonuniyatlarini, inson ruhiy holatlari shakllanishini filogenetik va
ontogenetik taraqqiyot birligida ochishdan iboratdir. Mazkur vazifalar yechimini topishda
Psixologiya bir tomondan, biologiya fani sohalari bilan, jumladan, fiziologiya bilan, boshqa
tomondan esa, sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantiq hamda ijtimoiy fanlar bilan jips
aloqaga kirishadi. Psixologiya eng avvalo, psixikaning insonga xos shakli boʻlmish ong va oʻzini
oʻzi anglashni tadqiq etadi.Antik davrdan boshlab psixologik bilimlar falsafa va tibbiyot fanlari
negizida rivojlanib kelgan. Yunon shifokorlari Gippokrat, Erasistrat psixikaning organi miya
ekanligini bilganlar va inson jonini koinotning ashyoviy boʻlagi sifatida (Demok-/shyaning
moddiyunchiligi asosida) talqin qilganlar. Ularning gʻoyalari Platonning jon abadiyligi
toʻgʻrisidagi taʼlimotiga qaramaqarshi qoʻyilgan. Aristotel „Jon toʻgʻrisida“gi asarida psixologik
tushunchalar tizimini ishlab chiqdi.

Psixik jarayonlar ham boshqa hodisalar kabi o‘z qonunlariga ega. Idrok qilish, his qilish va

tafakkur jarayonlari qanday namoyon bo‘ladi? Odamning qobiliyati qanday o‘sib boradi va
xarakteri qanday tarkib topadi? Psixologiya ilmi ana shunday nozik masalalar bilan
shug‘ullanadi. Pedagogika sohasida Psixologiyaning o’rni juda muhim hisoblanib, u qadimgi
fanlardan bo‘lib, bundan taxminan ikki yarim ming yillar muqaddam maydonga kelgan.
«Psixologiya» yunoncha «psyuxe» - «jon» umumiy holatda ruh va«logos» – ilm, ta’limot degan
ikki so‘zdan iborat bo‘lib, «jon yoki ruh haqidagi ta’limot» degan ma’noni anglatadi. Qadim
zamonlarda tashqi olamdan ta’sir qilayotgan narsalarning nerv sistemasi yordamida miyada
aks ettirilishini odamlarning tushunishi qiyin bo‘lgan. Shuning uchun ular murakkab aks ettirish
hodisalarini jon bilan bog‘lab tushuntirganlar. Shu tufayli psixologiya fani qadim zamonlarda jon
haqidagi ta’limot sifatida maydonga kelgan. Hozirgi kunda psixologiya fani o‘zining qadimgi
nomini saqlab qolgan bo‘lsa ham mazmunan batamom o‘zgarib ketgan. Hozirgi zamon
Psixologiyasi koʻp tarmoqli psixologik bilimlar tizimidan iborat fan hisoblanib, oʻzining tadqiqot
predmetiga ega boʻlgan koʻplab sohalardan tashkil topgan: umumiy Psixologiya, aviatsiya


background image

131

Psixologiyasi, harbiy Psixologiya, differensial psixologiya, psixofiziologiya, muhandislik
psixologiyasi, kosmik psixologiya, huquq Psixologiyasi, tibbiyot Psixologiyasi, neyropsixologiya,
patopsixologiya, pedagogik psixologiya, mehnat Psixologiyasi, sport Psixologiyasi, maxsus
Psixologiya, ijodiyot Psixologiyasi, menejment Psixologiyasi, marketing Psixologiyasi, ijtimoiy
psixologiya, yosh psixologiyasi, tashkiliy Psixologiya, din Psixologiyasi, oila Psixologiyasi,
Psixologiya tarixi, genetik Psixologiya, amaliy Psixologiya, eksperimental Psixologiya, kasb
Psixologiyasi, psixolingvistika, siyosiy Psixologiya va boshqa Psixologiyaning tarmoqlarga
ajralishining asosiy sababi uning tarkibida tatbiqiy sohalar vujudga kelishidir. Psixologiya
sanoatda, jamiyat boshqaruvida, taʼlim tizimida, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport, transport,
radio, televideniye va boshqa tuzilmalarda muhim masalalarni hal qilishda faol ishtirok
qilmoqda. Psixologiya erishgan yutuqlari shaxs imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish va ularni
harakatga keltirishda alohida ahamiyat kasb qilmoqda hamda shu asnoda mehnat
samaradorligini oshirishga taʼsir oʻtkazmoqda. Zamonaviy Psixologiyada elektron-hisoblash
texnikasi, elektr va kimyoviy vositalar yordami bilan psixikani chuqur oʻrganish kabilar
qoʻllanilmoqda. Psixologiyada oʻzini oʻzi kuzatish (introspeksiya) metodi atrofida keskin bahslar
davom etmoqda. Baʼzi yoʻnalishdagi psixologlar uni tadqiqot oʻtkazishning asosiy metodi deb
taʼkidlasalar, boshqalari esa uning cheklanganligini eʼtirof qiladilar, buning oʻrniga obʼyektiv
metodlardan foydalanishni tavsiya etadilar. Obyektiv metodlar tufayli psixikaning moddiy negizi
aniqlangan, inson ichki munosabatlari bilan subʼyektiv holatlar sababiy bogʻliqligi yakka shaxsda,
jamoada namoyon boʻlishi dalillangan.

Oʻzbekistonda Psixologiya 1928-yildan eʼtiboran hozirgi Milliy universitetda fan sifatida

oʻqitila boshlandi. 1929-yil Xalq maorifi komissarligi qoshida Psixologiya labo-ratoriyasi ochildi.
Keyinchalik pedagogika institutlarida Psixologiyaning bir necha sohalari boʻyicha talabalarga
bilim berila boshlandi. 20-asrning 2yarmida M. Vohidov, M. Davletshin singari mahalliy kadrlar
yetishib chikdi. Hozirgi davrda

Psixologiya fanlari doktorlari V. Tokareva, E. Gʻoziyev, B. Qodirov, Gʻ. Shoumarov, R.

Gaynutdinov, V. Karimova, Sh. Barotov, A. Jabborov, R. Sunnatovalar Psixologiyaning umumiy
Psixologiya, pedagogik va yosh Psixologiyasi, ijtimoiy Psixologiya sohalari boʻyicha tadqiqot
ishlarini amalga oshirmoqdalar. Psixolog mutaxassislar tayyorlash va tadqiqot ishlari
Oʻzbekiston milliy universiteti, SamDU, Fargʻona universiteti, Qarshi universiteti, Termiz
universiteti bazalarida yoʻlga qoʻyilgan. Jahon hamjamiyatida AQSH, Angliya, Fransiya,
Germaniya, Rossiya, Shveysariya mamlakatlarida institutlari va markazlarida, universitetlarda
psixologik izlanishlar keng koʻlamda olib borilmoqda.

Agar biz psixologiyaning mazmunini hozirgi davr talabidan kelib, tushuntiradigan bo‘lsak,

shunday ta’rif berishimiz mumkin: «Psixologiya fani psixik jarayonlar va inson shaxsining
psixologik xususiyatlari haqidagi fandir».Shuni aytib o’tish lozimki, pedagogika sohasining har
bir jabhasida psixologiya o’rni salmoqli o’rinlarni egallaydi. Davrimizning yetuk psixologi,
professor V.Karimova hozirgi zamon psixologiyasining taraqqiy etib borishiga shunday ta’rif
keltiradi: «Psixologiya sohasida mukammal darsliklar yozila boshlangan davrga salkam 160 yil
bo‘ldi. Shu davr ichida juda ko‘plab ilmiy tadqiqot natijalarini o‘z ichiga olgan monografiyalar,
darsliklar qo‘llanmalar yozildi. Lekin bu bilan fan o‘zining jamiyat oldidagi vazifalarini to‘laqonli
bajara oldi, degan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Sababi, psixologiya sohasida faoliyat ko‘rsatgan
barcha olimlar ko‘proq diqqatlarini mavhum shaxs va individual psixologiyaga qaratdilar.
Vaholanki, inson, uning barkamolligi, jamiyat taraqqiyotiga bevosita ta’siri masalasi o‘tgan asr


background image

132

oxiriga kelib o‘ta dolzarb va muhim muammolar qatoridan joy oldi.Oʻrta asrlarda psixikaga
nisbatan har xil koʻrinishdagi gʻayritabiiy qarashlar hukmronlik qildi. Shu tufayli psixologik
bilimlar rivojlanmay qoldi. Ammo baʼzi faylasuflar va shifokorlar (Ibn Sino va boshqalar)
asarlarida bu sohada olgʻa qadam qoʻyildi. Inson xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qad.
qoʻlyozmalar, yodgorliklarda oʻz aksini topa boshladi. Turli mamlakatlarda va shaharlarda
tuzilgan akademiyalarda (Xorazm, Samarqand, Kiyev, Moskva va boshqa shaharlarda)
Psixologiya yuzasidan tinglovchilarga saboq berilgan.Yevropa Uygʻonish davrida Leonardo da
Vinchi, X.

Vives kabilar Psixologiya rivojiga oʻz hissalarini qoʻshdilar. 18-asrga kelib M. V. Lomonosov,

A.N. Radishchev, G. S. Skovoroda, T. Gobbs, B. Spinoza, G. Leybnits. J. Lokk, K. A. Gelvetsii,
Psixologiya A. Golbax, D. Didro Psixologiyada bir talay kashfiyot qildilar, uni amaliy maʼlumotlar
bilan boyitdilar. Psixologiya 19-asrning 2yarmiga kelib mustaqil fan sifatida ajralib chikdi. Nemis
olimi V. Vundt Leypsigda 1879-yil dastlabki eksperimental laboratoriyani jihozlashga erishdi.

Psixologiya taraqqiyotida umuman 19-asrdagi eksperimentlar alohida ahamiyat kasb etdi.

Bu davrda psixologik real voqelikni oʻrganish uchun metodlar majmuasi qoʻllana boshlandi:
kuzatish, lab. eksperimenti, tabiiy eksperiment, faoliyat natijasini tahlil qilish, ruhiy jarayonlarni
modellashtirish genetik metodi, test, ekspert baholash, intervyu, anketa, soʻrovnoma, tarjimai hol
va h.k. 19-asr oxiri —

20-asr boshlarida qator psixologik ilmiy maktablar, yoʻnalishlar vujudga keldi: bixeviorizm,

geshtaltpsixologiya, personalizm, freydizm va h.k. Psixologiyaningrivojiga I. M. Sechenov
(psixikaning reflektor tabiati), I.

Psixologiya Pavlov (oliy nerv faoliyati) taʼlimotlari muhim hissa boʻlib qoʻshildi. Rossiyada

V. M. Bexterev eksperimental laboratoriya (Qozon, 1885), Harkov universiteti va N. N. Langening
Odessadagi lab., G.Chelpanovning Kiyevdagi, S. Korsa-kovning Moskvadagi, keyinchalik V. M.
Bexterev, A. Lazurskiy, A. Nechayevlarning Peterburgdagi, V. Chijning Yuryev (Tartu,
Estoniya)dagi eksperimental laboratoriyalari Psixologiya taraqqiyotiga alohida taʼsir oʻtkazdi.
1912-yil Moskva universitetida Psixologiya instituti ochildi. Shu yilda I. A. Sikorskiy tomonidan
Kiyevda jahonda birinchi marta Bolalar psixologiyasi instituti tashkil qilindi. 20-asrning
1yarmida Rossiyada K. N. Kornilov, Psixologiya Psixologiya Blonskiy va boshqa dialektikaga
asoslangan ilmiy psixologiyani yaratishga kirishdilar.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, pedagogika sohasida psixologiyaning o’rni salmoqlidir

haqiqatan ham agar bir sohada psixologik salohiyat va psixologik motivatsiya va bilim bo’lmas
ekan biz natijaga erishaolmaymiz.

Psixologik nuqtai-nazardan o‘qituvchi doimiy ravishda o‘z bilimlarini oshirish bilan

shug‘ullanishi zarurdir. Chunki o‘qituvchilik mehnatining asosiy xususiyati ham shudir. Pedagog
har doim odamlar orasida bo‘larkan, u birinchidan, odamlarni ko‘pdan beri qiziqtirib kelayotgan
haqiqatni o‘z qarashlari bo‘yicha to‘g‘ri tushuntirib berishi lozim. Albatta, o‘qituvchidagi bu
tariqa qarashlar ko‘p yillar davomidagi mehnat va hayot faoliyati jarayonida shakllanadi;
ikkinchidan, o‘qituvchining o‘zi axborotlar olish uchun o‘quvchilarga nisbatan cheklangan vaqt
imkoniyatiga ega; uchinchidan, u o‘ta tor doiradagi tengqurlari bilangina muloqotda bo‘lish
imkoniyatiga ega bo‘lib, ko‘pincha o‘z kasbiga xos qiziqishlar bilangina cheklanib qoladi.

References:


background image

133

1.

Vohidov M., Maktabgacha tarbiya psixologiyasi, T., 1970;

2.

Davletshin M., Krbiliyat va uning diagnostikasi, T., 1979;

3.

Tokareva V., Talaba shaxsining axloqiy rivojlanish psixologiyasi, T., 1989;

4.

Gʻoziyev E., Psixologiya fani XXI ayerda, T., 2002;

5.

Gʻoziyev E., Psixologiya, T., 2003;

6.

Qodirov B., Layoqat psixologiyasi, T., 1989;

7.

Shoumarov Gʻ., Oila psixologiyasi, T., 2000;

References

Vohidov M., Maktabgacha tarbiya psixologiyasi, T., 1970;

Davletshin M., Krbiliyat va uning diagnostikasi, T., 1979;

Tokareva V., Talaba shaxsining axloqiy rivojlanish psixologiyasi, T., 1989;

Gʻoziyev E., Psixologiya fani XXI ayerda, T., 2002;

Gʻoziyev E., Psixologiya, T., 2003;

Qodirov B., Layoqat psixologiyasi, T., 1989;

Shoumarov Gʻ., Oila psixologiyasi, T., 2000;