5
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
FARMATSEVTIKA TA’LIM MUASSASALARIDA MATEMATIKA FANINI
INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA O’QITISH
Abduraxmonov B.A.
Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shaxri, O’zbekiston Respublikasi
e-mail: b.abduraxmonov75@gmail.com, tel: +998(93) 596 15 11
https://doi.org/10.5281/zenodo.14288157
Annotatsiya:
Ushbu maqolada farmatsevtika ta’lim muassalarida matematika fanini
integrativ yondashuv o’qitishning yutuq va kamchiliklar ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
matematika o’qitish, integratsiya, integrativ yondashuv, funksiya, hosila.
Аннотация:
В данной статье представлена информация о достижениях и
недостатках интегративного подхода к обучению математике в фармацевтических
образовательных учреждениях.
Ключевые слова:
обучение математике, интеграция, интегративный подход,
функция, производная.
Abstract:
This article presents the advantages and disadvantages of an integrative
approach to teaching mathematics in pharmaceutical educational institutions.
Keywords:
mathematics teaching, integration, integrative approach, function,
derivative.
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini
belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan
yuqori malakali mutahassislar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish,
oliy ta’limni zamon talabi asosida shakllantirish, ilg’or ta’lim texnologiyalariga asoslangan
holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida “O‘zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g’risida”gi 08.10.2019 yildagi PF-5847-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmonida Halqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg’or standartlarini joriy etish,
jumladan, o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan
amaliy
ko‘nikmalarni shakllantirishga
yo‘naltirlgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish va
oliy ta’lim mazmunini
sifat jihatidan yangi bosqichga
ko‘tarish, davlatimizning barqaror
rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan
yuqori malakali mutahassislar tayyorlash
tizimini
yo‘lga qo‘yish ham nazarda tutilgan.
Bizga ma’lumki, i
ntegratsiya
- bu har xil ta’lim muassasalarining umumiy ta’lim
doirasida o‘zaro aloqalarning mustahkamligi, tartiblanganligi bilan harakterlanuvchi, hamda
bunday holatga erishishni ta’minlovchi jarayon. Ikkinchidan, u sub’ektlar (talabalar, ularning
ota-onasi va o‘qituvchilari) faoliyati darajasida namoyon bo‘ladi. O‘quv rejalari va ta’lim
dasturlari darajasida integratsiyani o‘rnatish muhim ahamiyat kasb etadi, ya’ni,
o‘qituvchilarga talaba ongida olamning yahlit manzarasini shakllantirishga, yangi
konsepsiyalarni ishlab chiqishga, ta’limning yangi maqsadlari, mazmuni, shakllari va
metodlarini aniqlashga imkon beradi. Uchinchidan, integratsiya ichki (muassasalar ichida) va
tashqi (bitta muassasadan tashqarida) bo‘lishi mumkin. To‘rtinchidan, integratsiya - tizimini
yaxlitlikka olib boruvchi muhim ko‘rsatkichidir. Faqat yahlit bo‘lgan ta’limiy muhitdagina
mukammal shaxs shakllanadi.
Demak, integrativ tematik yondoshuvda ta’lim jarayonining tarkibiy, uslubiy va tashkiliy
birligi deb dars emas, balki o‘quv fanning o‘zi yoki uning bo‘limi olinadi. Integrativ-tematik
6
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
yondoshuv, o‘rganilayotgan mavzu, o‘quv fanining boshqa mavzulari bilan bog‘langan bo‘lishi
yoki boshqa fan mavzulari bilan bog‘lanishni o‘rnatish, boshqacha aytganda, o‘rganilayotgan
mavzu bo‘yicha bir vaqtning o‘zida fanlararo va fan ichidagi aloqalarni aniqlashga imkon
beradi. Integratsiya darajasi faqatgina integrativ masalalar yordamida aniqlanadi. Bu birinchi
navbatda, integrativ kursdagi u yoki bu masala bo‘yicha hosil qilinadigan ko‘nikma va
malakalarni shakllantirish jarayoni bilan bilishga bo‘lgan qiziqishni intensifikatsiyasidir.
O‘quv fanlariaro aloqadorlik (integtatsiya) ta’minlangan sharoitda talabalarning
egallagan bilimlari samarali rivojlanishi bilan bir qatorda ularning idrok etish qobiliyati,
faolliklari, qiziqishlari, aqliy intellektual imkoniyatlari ortishiga erishiladi. O‘quv fanlararo
aloqadorlikni turli o‘quv predmetlari bo‘yicha o‘quv dasturlari, darsliklar mutanosibligini
ta’minlovchi didaktik imkoniyat sifatida tushunish lozim.
Matematika shunisi bilan qiziqarliki, uning tarkibidagi tushunchalar, algoritmlardan har
qanday o‘quv fani mazmunida foydalanish mumkin. Ta’limda fanlariaro aloqadorlikni
ta’minlashning asosiy maqsadi, talabalarning ortiqcha yuklanishlarini kamaytirishni, dars
samaradorligini oshirishni, vaqtdan unumli foydalanishni va natijada fanni chuqur
o’zlashtirishni ko‘zda tutadi. Birgina tushunchaning turli o‘quv fanlari tarkibidagi mazmunini
talabalarlarga o‘quv fanlari orqali ochib berish zarur. Natijada talabalar o‘rganilayotgan
mavzuni chuqurroq tushunib, matematik hodisalarni samarali o‘zlashtiradilar.
Farmatsevt ta’lim muassasalarida matematika fanini o’qitishda fan mavzulariga doir
misol va masalalarni kimyo, biologiya, farmatsevtika, fizika fanlariga oid misol va
masalalardan foydalanish maqsadga mivofiq bo’ladi:
Funksiya mavzusiga oid masalalar:
1) Glyukoza quyilganidan
t
soat vaqt o‘tgach uning qondagi miqdori
t
e
t
c
8
10
)
(
bo‘ladi. Glyukozaning qondagi turg‘un holatini
ni
t
c
t
)
(
lim
aniqlang.
2) Bakteriya boshlang‘ich holatdan
t
soat vaqtgacha
)
1
(
1
,
0
1
1000
)
(
t
t
e
e
t
p
qonun bilan
ko‘payadi. Bakteriyaning turg‘un ko‘payish miqdorini aniqlang.
Funksiya hosilasini hisoblashga oid masalalar:
1)
Tabletkadagi dori moddasining erish qonuni
kt
e
c
t
c
0
)
(
funksiya bilan ifodalanadi,
bu yerda
)
(
t
c
t
vaqt oralig‘ida erimay qolgan modda miqdori;
0
c
moddanng
boshlang‘ich miqdori;
k
eruvchanlik doimiyligi. Dorining erish tezligini toping va uni
)
(
t
c
ning funksiyasi ko‘rinishida ifodalang.
2)
Kimyoviy reaksiyada modda miqdori
)
1
(
)
(
kt
ae
m
t
Q
qonun bilan o‘zgaradi.
Kimyoviy reaksiya tezligi
'( )
Q t
ni aniqlang.
3)
Bakteriya kun davomida
2
3
4
6
10
10
10
)
(
t
t
t
p
qonun bilan ko‘payadi.
Bakteriyaning ko‘payish tezligi qonuniyatini aniqlang.
Funksiya hosilasini amaliy masalalarga tadbiqiga oid masalalar:
7
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
1) Bakteriyalarni ko‘paytirish muhitiga 1000 dona zamburug‘ kiritilgan. Zamburug‘lar
soni
2
100
1
1000
t
t
y
qonun bo‘yicha ko‘payadi. Zamburug‘larning maksimal sonini
toping.
2) Organik birikmani xlorlashni matematik modellashtirishda xlorlangan maxsulot
konsentratsiyasi
y
va xlorlanmagan xomashyo konsentratsiyasi
x
o‘rtasida
1
1
1
k
a
x
k
x
y
funksional bog‘lanish o‘rnatilgan. Funksional bog‘lanishning
maksimumini toping.
3)
Organizmning ikkita dori preparatiga reaksiyasi mos ravishda
t
te
t
f
)
(
1
va
t
e
t
t
f
2
2
)
(
funksiyalar bilan aniqlanadi. Organizmning har ikkala preparatning maksimal
reaksiyasini toping va ularni solishtiring.
Integratsion yondashuv pedagogik jarayonning istalgan tarkibiy qismida integratsiya
tamoyilining amalga oshirilishini anglatadi, pedagogik jarayonning yaxlitligi va izchilligini
ta'minlaydi.
Integrativ ta'limning asosiy g'oyalari:
treningning shaxsiy yo'nalishi (Inson - ta'lim jarayonining asosiy qiymati);
faoliyatning umumlashtirilgan predmetli tuzilmalari va usullarini shakllantirish
(namunalarni anglash asosida bilimlarni o'zlashtirish);
o'qitishda semantik motivlarning ustuvorligi (motivatsion, ichki, tashqi va tashkiliy);
o'qitishdagi izchillik (ilmiy nazariya doirasidagi aloqalarni anglash);
muammoli ta'lim;
faoliyatni aks ettirish;
dialog (Haqiqat dialogik muloqot jarayonida tug'iladi).
Integrativ ta'limning maqsadi: dunyoning yaxlit ko'rinishini shakllantirish. Integratsion
ta'lim jarayonida alohida texnologiyalarni ajratish mumkin:
integratsiya;
dizayn texnologiyalari;
global axborot hamjamiyatidagi ta'lim texnologiyalari;
internetga asoslangan katta tizimli o'quv kurslarini o'qitish.
Integratsiyalashgan darslarni rejalashtirishda quyidagilarga e'tibor berish lozim:
bilim bloklari birlashtirilgan, shuning uchun darsning asosiy maqsadini to'g'ri belgilash
muhimdir;
ob'ektlar tarkibidan maqsadni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar olinadi;
o'quv materiali tarkibida ko'plab aloqalar o'rnatiladi;
yaxlit tarkibning qismlari darsning zarur bo'g'iniga aylanishi va yakuniy yakunlanishi
uchun rejalashtirilgan;
o'qitish usullari va vositalarini sinchkovlik bilan tanlashni va talabalarning darsdagi
yukini aniqlashni talab qiladi.
Kadrlar tayyorlashda integratsiyaning afzalligi - bu tor ma'lumotli mutahassisni emas,
balki dunyoni yaxlit idrok etadigan va ijtimoiy hamda kasbiy sohada faol harakat qila oladigan
ijodiy shaxsni shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir. Integratsion ta'lim
8
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
jarayonida o'qituvchi darsning o'qitish sifatini, berilgan bilimlarning sifatini va
integratsiyalashgan ta'lim orqali boshqa fanlar bilan aloqani oshirishga intiladi.
Ta’lim va tarbiyada fanlararo integratsiya turli fanlarning bir-biriga bog’lanishi
jarayonida, bir-biridan farqlanuvchan sohalardagi bilimlarni va ma‘lumotlarni bir-biriga
bog’lash orqali yangi bilim va ta’limning yangi pedagogik texnologiyalarini yaratishga imkon
beradi.
Ta’limni bugungi kun talablari asosida qayta tashkil etish uchun o’quv dasturlarini va o’quv
materiallarini qayta ishlab chiqish talab etiladi. Bunda modul uchun belgilangan mavzularning
o’quv materiallarini talabalarda sohaga doir qiziqish uyg’otuvchi misollar bilan boyitish, aniq
maqsadga qaratilgan bo’lishini ta’minlash, amaliy mashg’ulotlar uchun aniq, hayotiy masalalar
tuzish, ularga hodisalar, faktlar va qonuniyatlarni o’rgatishda xamda ma’lumotlarni tahlil
qilishda atroflicha yondoshish, oddiy va sodda tushunchalardan foydalanish, o’zlashtirishga
va eslab qolishga oson misollar keltirish, fanning har bir bo’limi uchun alohida, mutahassislik
fanlari bilan hamkorlikda integrallashgan darslar o’tish talabalarning zamonaviy bilim va
yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan, ijtimoiy soha va iqtisodiyot
tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib xissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z
o‘rnini topa oladigan
yuqori malakali mutahassislar bo’lib yetishishlarida o’z xissamizni
qo’shgan bo’lamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5847-sonli “O‘zbekiston respublikasi oliy
ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni.
08.10.2019 yil.
2.Z.F.Sharopova, «Ta’lim texnologiyalari» darslik. - T.: «Navro‘z» nashiryoti, 2019.
3.Andreev A.L. Kompetentnostnaya paradigma v obrazovanii: opыt
filosofsko-metodologicheskogo analiza pedagogika // Pedagogika. - M. - 2005.
- № 4. -S.19-26.
4. D. Z. Narzullaev(B) , A. S. Baydullaev , B. A. Abdurakhmanov, A. T. Tursunov , and Kh.
Sh. Ilhamov. Development of Methods and Algorithms for Dimension Reduction of Space
Description for Pattern Recognition Problem. ITIDMS 2023, CCIS 2112, pp. 92–102, 2024.
https://doi.org/10.1007/978-3-031-60318-1_8.
5. Sh.R.Xurramov, U.A.Shodmonova, Abduraxmonov B.A. matematika fanini o‘qitishda
axborot texnologiyalari matematik paketlaridan foydalanish imkoniyatlari. “Iqtisodiyot va
innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali, №1, yanvar-fevral, 2018
