25
https://eyib.uz
3-sho‘ba.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va biznes-tahlilni rivojlantirish
istiqbollari
Bugungi jamiyat va davlat hayotida raqamli texnologiyalar yanada mukammal
jamiyatni shakllantirish va iqtisodiyot tarmoqlarida sifatli islohotlarni amalga oshirishda
PORTFEL INVESTITSIYALAR SAMARADORLIGINI
OSHIRISHDA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALARNI
QO‘LLASH IMKONIYATLARI
Vosiqov Abduvahob
Ravshan o‘g‘li
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
tayanch doktoranti
vosikov.ar@gmail.com
A
nno
ta
ts
iy
a
Mazkur ilmiy tezisda porftel investitsiyalarni samarali boshqarishda
moliyaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari bayon etilgan.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish
borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning qisqacha mazmuni yoritilgan.
Portfel investitsiyalarni samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va
amaliy tavsiyalar shakllantirilgan.
В данной научной статье описано возможности использования
финансовых технологий в эффективном управление портфельными
инвестициями. Раскрыто краткий обзор реформ, реализованных в сфере
развития финансовых технологий в Узбекистане за последние годы.
Сформированы научное предложение и практические рекомендации,
направленные на повышение эффективности портфельных инвестиций.
This scientific article describes the possibilities of using financial
technologies in effective management of portfolio investments. A brief
overview of the reforms implemented in the field of financial technology
development in Uzbekistan in recent years is disclosed. A scientific proposal
and practical recommendations aimed at increasing the efficiency of portfolio
investments are formed.
Kalit so‘zlar:
investitsiya, portfel, milliy iqtisodiyot, aksiya, obligatsiya, kapital
bozori, moliyaviy instrumentlar, korporativ boshqaruv, innovatsiya.
инвестиции, портфель, национальная экономика, акция,
облигации, рынок капитала, финансовые инструменты,
корпоративное управление, инновации.
investments, portfolio, national economy, stock, bonds, capital
market, financial instruments, corporate governance, innovation.
26
https://eyib.uz
3-sho‘ba.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va biznes-tahlilni rivojlantirish
istiqbollari
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois, mamlakat rahbariyati ushbu sohani
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Raqamli iqtisodiyotni keng joriy etish va
uni qo‘llab-quvvatlash mamlakatimizning istiqboldagi taraqqiyot rejasidan muhim o‘rin
egallaganligi tufayli iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida keng
ko‘lamli chora-tadbirlar belgilandi va mazkur vazifalar ijrosi o‘laroq, mamlakatimizda
yangi elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda, elektron to‘lovlar
rivojlantirilmoqda
va
elektron
tijorat
sohasidagi
normativ-huquqiy
baza
takomillashtirilmoqda,
elektron
infratuzilma
va
tijorat
shakllantirilmoqda,
iqtisodiyotning barcha jabhalarida raqamli transformatsiyaga o‘tilishi qadamma-qadam
amalga oshirilmoqda.
Innovate Finance ma'lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Fintech investitsiyalari 51,2
milliard dollarga yetgan. Global fintech bozori jadal rivojlanib borishi natijasida 2028
yilga borib bu ko‘rsatkich 16652,68 milliard dollarga yetishi prognoz qilinmoqda, bu
esa hozirgi ko‘rsatkichdan 2,5 barobar ko‘p demakdir [1]. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha,
fintech bozori 2021 yilda 6,588,78 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, yillik o‘sish
sur'ati 13,9 foizdan iborat bo‘lgan. Amerika Bankirlar Assotsiatsiyasi ma'lumotlariga
ko‘ra, 2023 yilda AQSh fuqarolarining 71 foizi onlayn-banking xizmatidan foydalangan
va bu foiz kelgusi yillarda ham o‘sishi prognoz qilinmoqda [2].
1-rasm. Kompaniyalarda moliyaviy texnologiyaning asosiy yo‘nalishlari
Moliyaviy texnologiyalar (Fintech) sohasi an’anaviy moliya institutlari bilan
raqobat qilish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish borasida yuqori
tendensiyalar bilan rivojlanib bormoqda. Mazkur sohasi moliyaviy to‘lovlar to‘lovlar va
pul o‘tkazmalari, moliyalashtirish, investitsiyalarni boshqarish va nazorat qilish,
moliyaviy rejalashtirishga doir ilovalar, sug‘urta va boshqa muhim moliyaviy-
investitsion yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Ta’kidlash lozimki, keyingi yillarda
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan moliya institutlari va boshqa
27
https://eyib.uz
3-sho‘ba.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va biznes-tahlilni rivojlantirish
istiqbollari
kompaniyalar tomonidan Fintechdan foydalanish hamda amaliyotda qo‘llashga doir
qator ijobiy rivojlanishlarni kuzatish mumkin. Moliyaviy texnologiyalar axborot,
ma'lumotlarni qayta ishlashni yaxshilash bilan birga firibgarlikdan himoya qilish
algoritmlari bilan mijozlar xavfsizligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro amaliyot tendensiyalari ko‘rsatishicha, Fintech so‘nggi yillarda asosiy
investitsiya yo‘nalishlaridan biriga aylanib ulgurdi. Xususan, KPMG maʼlumotlariga
koʻra, 2022-yilning birinchi oylarida fintech startaplari 210 milliard dollardan koʻproq
mablagʻ yigʻishga muvaffaq boʻlgan. CB Insights ma’lumotlariga ko‘ra esa, 2022 yilda
jahonda jalb qilingan jami investitsiyalarning 20% dan ortig‘i fintech loyihalariga
sarmoya qilingan va e’tibor qaratish zarurki, bu ko‘rsatkich kriptovalyutalarni o‘z ichiga
olmaydi [3]. 2022 yilga nisbatan davlat va xususiy sektor kompaniyalariga
investitsiyalar o‘sishi 70 foizdan ortiqni tashkil etdi. Albatta iqtisodiyotda raqamli
texnologiyalarni rivojlanishi moliyaviy texnologiyalarni kundalik hayotga kirib
kelishida mustahkam asos bo‘lgan bo‘lsa, bundan tashqari quyidagi omillarni ham
alohida qayd etish mumkin.
Mazkur sektor xususiy va korporativ mijozlarning aksariyati tomonidan talab
qilinadigan xizmatlar va mahsulotlarni taklif etadi. Shu bilan birga, u an’anaviy
moliyaviy kompaniyalar bilan muvaffaqiyatli raqobatlashadi va ularni faoliyat
samaradorligi past bo‘lgan joylarini to‘ldiradi. Masalan, P2P kreditlash mexanizmi
aksariyat Evropa mamlakatlarida tijorat banklari tomonidan taqdim etilmaydigan qisqa
muddatli kreditlarga bo‘lgan ehtiyojni to‘ldirdi.
Onlayn moliyaviy xizmatlar pandemiya rivojlanishi, Coviddan keyingi dunyo va
yangi inqirozlar sharoitida talab yuqori ekanligini isbotlay oldi. Oflayn xizmatlar
tiklanishga harakat qilgan va har doim ham muvaffaqiyatli bo‘lmagan bo‘lsa-da,
fintechlarning mijozlar bazasi millionlab yangi foydalanuvchilar tufayli faol ravishda
o‘sib bormoqda.
Kompaniyalarning ko‘pgina mahsulot va xizmatlari an’anaviy banklar va boshqa
moliya institutlari tomonidan taklif qilinadigan mahsulotlardan shubhasiz ustunlikka
ega. Ular, qoida tariqasida, qulayroq, tezroq va xavfsizroqdir, buning uchun ular
iste'molchilar tomonidan yuqori baholanadi.
Yuqoridagi omillarning barchasi fintech rivojlanishining yuqori sur'atlariga va pul
aylanmasining oshishiga olib keladi. Albatta pul oqimlari yiklining yuqori ekanligi
investorlar e’tiborini tortmay qolmaydi, chunki bu kabi moliyaviy operatsiyalarda
ishtirok etish uchun o‘z kapitalini berishga tayyor bo‘lgan investorlar yetarlicha
topiladi. O‘sishning yana bir drayveri - kundalik hayotga texnologiyaning kiritilishi.
Mobil aloqa, yuqori tezlikda ma’lumotlarni uzatish uchun yangi imkoniyatlar va bulutli
xizmatlar fintech yechimlari uchun mustahkam baza yaratadi. Shuningdek, ko‘plab
investorlar fintechni juda istiqbolli soha deb bilishadi. Unga sarmoya kiritganlarning
ishonchi komilki, raqamlashtirish va virtuallashtirish jarayonlari davom etadi va bu
tarmoq mahsulotlari isteʼmoli koʻtarilishini qoʻllab-quvvatlaydi hamda istiqbola shunga
mos ravishda kiritilayotgan sarmoyadan yuqori daromad keltiradi.
Shuni unutmasligimiz kerakki, xalqaro amaliyotda fintech kompaniyalariga
investitsiya qilish riski fond bozorida eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir. Biroq
korporativ moliya nazariyasi risk va daromadlilik konsepsiyasidan ma’lumki, risk va
daromadlilik ko‘plab sohalarda to‘g‘ri proporsional bo‘lib daromad yuqori bo‘lgan
28
https://eyib.uz
3-sho‘ba.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va biznes-tahlilni rivojlantirish
istiqbollari
tarmoqlarda risk ham yuqori bo‘ladi. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik
jamiyatlarida moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirishda xorijiy davlatlarning ilg‘or
tajribalaridan samarali foydalanish muhim sanaladi. Shunga muvofiq, mazkur sohaga
yetakchi va amaliy tajribaga ega bo‘lgan kadrlarni keng jalb qilishinishi moliyaviy
texnologiyalar, raqamli iqtisodiyotni takomillashtirishdagi ustuvor yo‘nalishlardan
hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1. Innovate Finance - Buyuk Britaniyaning Fintech sohasidagi moliyaviy
eskpetlar kengashi. https://www.innovatefinance.com
2. Amerika bankirlar Assotsiatsiyasi. https://www.aba.com
3. CB Insights – investitsiyalar va xalqaro kompaniyalar haqidagi ma’lumotlar
bazasini tahlil qiluvchi moliyaviy ekspertlar. https://www.cbinsights.com
4. Hamdamov O., Otakhonova S., Baratova Z. Bond Market Analysis In The
Countries Of The Asian Region //International Finance and Accounting. – 2020. – Т.
2020. – №. 2. – С. 23.
5.
