16
https://eyib.uz
3-sho‘ba.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va biznes-tahlilni rivojlantirish
istiqbollari
XX asr 90-yillarning boshlarida tijorat banklari bir qancha sabablarga ko‘ra
(bozorlarning globallashuvi, raqobatning kuchayishi va boshqalar) mijozlarga xizmat
ko‘rsatishning turli shakllarini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berib, operatsiyalar
doirasini sezilarli darajada kengaytirdilar. Xalqaro tajribadan ma’lumki bank xizmatlari
tarkibiga quyidagilar kiradi. Bular - bank depozitlari, pul o‘tkazmalari, kreditlar,
jumladan, avtokreditlar, ipoteka, iste’mol kreditlari, Internet-banking, bank kartalari va
boshqalar kabi asosiy shartlar va tushunchalarni o‘z ichiga oladi [2].
Yangilangan bank xizmatlari bozori shakllanishi boshlandi, unda an’anaviy
operatsiyalar turlari bilan bir qatorda yangi xizmatlar ham rivojlandi. Raqobat kuchayib
borayotgan sharoitda yangi mijozlarni jalb qilish uchun banklar noan’anaviy
xizmatlarni, jumladan, overdraft kreditlash, kredit liniyalari va mijozlarga ma’lumot
materiallarining butun to‘plamini taqdim etish kabi xizmatlarni ko‘rsatishni
boshlaydilar. Raqobat sharoitida mijozlar uchun kurashda ko‘plab banklar
muvoffaqiyatli bozor strategiyasini ishlab chiqish va xizmatlarning yangi shakllarini
ishlab chiqishga e’tibor qaratadi. Rivojlangan mamlakatlarda bank operatsiyalari
sohasidagi eng barqaror tendentsiyalar qatorida barcha turdagi mijozlarga har
tomonlama xizmat ko‘rsatuvchi banklar sonining kengayishi qayd etilmoqda. Demakki
banklar ko‘proq mijozlar bilan bank xodimlari va mijozlar o‘rtasidagi shaxsiy muloqot
yoki turli xil aloqa vositalari: pochta yozishmalari, telefon va internet aloqalari va
boshqalar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishga intilmoqda.
«
MIKROKREDITBANK
»
QORAQALPOG
ʻ
ISTON
RESPUBLIKASI FILIALI TOMONIDAN
KO
ʻ
RSATILAYOTGAN BANK XIZMATLARINING
UMUMIY IQTISODIY TAHLILI
Serjanov Aymurat
Medetbaevich
Qoraqalpoq davlat universiteti
mustaqil izlanuvchisi
A
nno
ta
ts
iy
a
Mazkur maqolada O‘zbekistonda bank tizimini isloh qilish va rivojlantirish,
bank sektoridagi sifat o‘zgarishlari, xususan banklar tomonidan chakana bank
biznesini rivojlantirishdagi ustuvor vazifalar hamda bank xizmatlarini
ko‘rsatish darajasida mamlakat hududlarining iqtisodiy holati va shuningdek
hududlarni iqtisodiy rivojlantirishda bank tizimining rolini oshirish masalalari
tadqiq etilgan.
Kalit so‘zlar:
bank sektori, chakana bank biznesi, hudud iqtisodiyoti, bank
bozorlari, yuqori daromadlilik, hududlar imkoniyatlari.
17
https://eyib.uz
3-sho‘ba.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va biznes-tahlilni rivojlantirish
istiqbollari
Tadqiqotlarda qayd etilishicha 2021-yilda raqamli bankingning eng rivojlangan
geografik markazi Buyuk Britaniya boʻlgan – mamlakatdagi barcha moliyaviy
operatsiyalarning 71,0 foizi raqamli bank mexanizmlari orqali amalga oshirilgan.
Ikkinchi o‘rinda Osiyo mintaqasida (Singapur va Gonkong) – har biri 67,0%, Avstraliya
esa uchinchi o‘rinda – 58,0%. Shunisi e’tiborga loyiqki, AQShda raqamli texnologiyalar
sohasidagi eng yuqori taraqqiyot darajasiga qaramay, raqamli banking ulushi atigi
46,0% ni tashkil etgan [3].
So‘nggi yillar O‘zbekiston bank sektori uchun sifat o‘zgarishlar davri bo‘lmoqda.
Xususan banklar chakana bank biznesini rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida belgilab
olib, o‘z strategiyalarini sezilarli darajada o‘zgartirmoqda. Yaqin kelajakda bu muqarrar
ravishda ba’zi jarayon ishtirokchi o‘yinchilarining raqobatbardosh pozitsiyalarining
kuchayishiga va boshqalarning zaiflashishiga olib keladi. Jahon tajribasi shuni
ko‘rsatadiki, faqat rivojlangan filial tarmog‘iga ega bo‘lgan yirik bank chakana biznesda
yuqori daromadga erishishi mumkin.
Amaliyotda bu ko‘p jihatdan mintaqaviy chakana bozorlarga kirish vazifasi bilan
bog‘liq bo‘lgan jadal konsolidatsiya jarayonlari bilan tasdiqlanadi. O‘tgan yillar
davomida biz mamlakatlar hududlarida o‘z ishtirokini jadal kengaytirayotgan
diversifikatsiyalangan moliyaviy konglomeratlarning shakllanishiga guvoh bo‘lishimiz
mumkin.
Agar mamlakat hududlarida chakana biznesning rivojlanish holatini bugungi
kunda mahalliy bank bozorlarining hanuzgacha yetarli darajada to‘yinmagan deb
baholaydigan bo‘lsak, unda masala istiqbolli hisoblanadi. Sababi bank xizmatlarini
ko‘rsatish darajasida Toshkent va Toshkent viloyatidan sezilarli darajada orqada qolish
nafaqat muammoli tushkunlikka tushgan hududlar uchun, balki O‘zbekiston
Respublikasining kuchli ishlab chiqarish salohiyatiga ega subyektlari uchun ham
saqlanib qolmoqda. Mamalakatimiz hududlarining yalpi ichki mahsulot ishlab
chiqarishga asosiy hissa qo‘shayotganini hisobga olsak, shu munosabat bilan hududiy
bank xizmatlari bozorlarining jadal o‘sish tendensiyasi va, xususan, chakana
operatsiyalar segmentini tabiiy deb hisoblashimiz mumkin.
Shu asosda mamlakatimizda moliyaviy sektorni izchil isloh qilish davomida qator
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va natijada ilg‘or bank biznesini yuritish hamda
ushbu sektorda raqobat muhitini kuchaytirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar
yaratilmoqda. Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va moliyaviy sohaga
xorijiy investitsiyalar kiritish uchun jozibador huquqiy muhitni yaratadigan O‘zbekiston
Respublikasining “
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida
”gi,
Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida
Valyutani tartibga solish to‘g‘risida
”gi
hamda “
To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida
”gi yangilangan qonunlari qabul qilindi.
Shu bilan birga 2020-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining
bank tizimini osloh qilish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha, shu jumladan
quyidagi maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab olindi:
bank tizimi aktivlarining umumiy hajmida davlat ulushi bo‘lmagan banklar
aktivlari ulushini joriy 15 foizdan 2025-yilga kelib 60 foizgacha oshirish;
banklar majburiyatlarining umumiy hajmida banklarning xususiy sektor oldidagi
majburiyatlari ulushini joriy 28 foizdan 2025-yil yakuniga 70 foizgacha oshirish;
18
https://eyib.uz
3-sho‘ba.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va biznes-tahlilni rivojlantirish
istiqbollari
2025-yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitallariga zarur
tajriba, bilim va obro‘ga ega kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish;
umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari ulushini joriy 0,35 foizdan
2025-yilga kelib 4 foizgacha oshirish [1].
Shuni ham ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston mintaqalarida bank biznesi biroz
notekis rivojlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasining aksariyat subyektlari uchun
o‘sish potensiali pastligicha qolmoqda. Shu bilan birga, yaqin kelajakda O‘zbekiston
bank sektorida operatsiyalar hajmini oshirishga katta hissa qo‘shishga qodir bo‘lgan
yetakchi mintaqalarning cheklangan guruhi tariqasida shakllanmoqda. Avvalo, biz
O‘zbekiston Respublikasining yuqori aholi soni bilan ajralib turadigan hududlari
haqida gapiramiz. Bunda mintaqalarning bank biznesini yuritish uchun jozibadorligiga
uning urbanizatsiya darajasi, xususan, uning hududida millionlab aholiga ega
shaharlarning mavjudligi sezilarli darajada ta’sir qiladi. Fikrimizcha megapolislarga
aylanayotgan shaharlarda yuqori darajaga yetadigan turar-joy zichligi banklarga
chakana mijozlarni jalb qilish va ularga xizmat ko‘rsatishda eng yaxshi imkoniyatlarni
taqdim etadi deb hisoblaymiz.
Bundan tashqari, shaharlarda yashash va ishlashning o‘ziga xos xususiyati bank
xizmatlariga talabning yuqori darajasini bildiradi. Demak ko‘rinib turibdiki, eng
istiqbolli bank bozorlariga kuchli iqtisodiy salohiyatga ega hududlar kiradi. Shuningdek
hududida gaz va neft qazib olish, metallurgiya va kimyo sanoati faoliyat yurituvchi
hududlar bank xizmatlarini ko‘rsatish uchun eng qulay bozorlar deb baholash
mumkin[4-6]. Shu bilan birga, muayyan hududda bank biznesini yuritishning
jozibadorligini baholashda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish darajasini hisobga
olish kerak.
Xulosa qilib aytganimizda, bizning fikrimizcha iqtisodiyoti eksportga
yo‘naltirilgan yagona tarmoqli mamlakatlar sharoitida banklarning mavqei, ayniqsa,
tashqi tovar bozoridagi tebranishlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, buni esa salbiy
omil sifatida baholashimiz mumkin. Shuni ham hisobga olish kerakki, bugungi kunda
ularda ichki yo‘naltirilgan sanoat ishlab chiqarishi ustunlik qilganligi sababli
istiqbolsizlar toifasiga kiruvchi ko‘plab muammoli hududlar (masalan, ekologik inqiroz
bilan bog‘liq Orolbo‘yi mintaqasida joylashgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi kabi)
davlat tarkibiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishi natijasida o‘z
mavqeini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin deb hisoblaymiz. Shunday qilib, davlat
tomonidan rag‘batlantirilgan xorij kapitalining tegishli tarmoqlarga jalb etilishi iqtisodiy
rivojlanishni jadallashtirish uchun jiddiy turtki bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.05.2020 yildagi PF-5992-sonli
“2020 - 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh
qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi qarori.
2. Ho‘jayorov H.B. Tijorat banklarida kreditlash xizmatlari samaradorligini
oshirishning mohiyati va iqtisodiy ahamiyati // Iqtisod va moliya. 2022. №5 (153). 29-
38 b.
3. Burmeister C., Lüttgens D., Piller F. T. Business model innovation for
Industrie 4.0: Why the “Industrial Internet” mandates a new perspective on innovation.
Die Unternehmung
. 2016;72(2):124–152. DOI:10.5771/0042–059X-2016–2–124
