149
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
Kirish. Bugungi rivojlangan raqobat sharoitida korxonalar faoliyatini
takomillashtirish, iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida keng ko`lamli ishlarni
amalga oshirish, sanoat tarmoqlarining rivojlanish xususiyatlarini o`rganish va
takomillashtirish bo`yicha ilmiy amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Sanoatning barcha tarmoqlari rivoj topishida iqtisodiyotning ham o`rni beqiyos.
Zero, iqtisodiyotning tarixdan shu vaqtgacha rivoj topishi juda muhim voqealarni o`zida
mujassam qilmoqda.
Adabiyotlar sharhi. Sanoat ishlab chiqarishining tarixiy rivojlanishi va uning asosiy
yakunlari to`g’risida so`z yuritilganda shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi O`zbekiston
hududida “uy sanoati” ning rivoji bundan 12-15 ming yil muqaddam meozolit davrida
boshlangan. Bu davrda juda oddiy mehnat qurollari va buyumlari tayyorlangan [8].
Yangi tosh asri (neolit, miloddan avvalgi 5-ming yillikning boshi) davrida
kemachilik, to`kimachilik vujudga kelgan [9]. Neolit davrining oxirida metalldan kurol
yasash boshlangan.
Arxeologik topilmalardan ma’lum Bo`lishicha, miloddan avvalgi 3- ming
yillikning oxiridayoq hozirgi O`zbekiston hududida yashagan aholi misdan kurol
yasashni bilgan. Quldorlik tizimi (miloddan avvalgi 1-ming yillik o`rtalari, V asr) davrida
mehnat qurollari yasash jarayonining taraqqiy etishi, metallga ishlov berishning
takomillashuvi,
hunarmandchilikni
yuksalishiga,
ayirboshlash
va
savdo-sotiq
kuchayishiga olib keladi.
Feodalizm tuzumining boshlarida (VII-VIII asrlarda) Farg’ona bilan Sug’da oltin,
mis, temir, Iloqda ko`rg’oshin, kumush, oltin, Shaxrisabzda toshtuz qazib chiqarilgan.
QURILISH SANOATI KORXONALARI BOZORINING
RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Umarov Tursunboy
Sayfidin o`g`li
AIQI “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi asistenti
ekonometrika95@gmail.com
A
nno
ta
ts
iy
a
Mazkur maqolada bugungi kunda qurilish sanoati korxonalarida boshqaruvning
tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish, qurilish sanoati bozorining
rivojlanish xususiyatlarining ilmiy - nazariy asoslanishi bo`yicha taklif va
tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
qurilish sanoati, korxonalar, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, riovjlanish
xususiyatlari.
150
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
XIV asirning 2-yarmida Amir Temur Samarqandda hokimiyatni qo`lga kiritib,
markazlashgan davlatga asos soldi. Natijada davlatning iqtisodiy va ijtimoiy ravnaqiga
yo`l ochildi. XV asrning oxiriga kelib Movaraunnaxrda yuzaga kelgan ziddiyatlar tufayli
Temuriylar davlatining iqtisodiy negiziga putr yetadi va rivojlanish tuxtab qoldi.
XVI-XVIII asrlarda Buxoro, Xiva, Qo`qon xonliklarning vujudga kelishi
iqtisodiyotning, shu jumladan, sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga ijobiy ta’sir
ko`rsatdi.
XIX-asrga kelib Turkistonda xunarmandchilikda yog’och va metall o`ymakorligi,
idishga naqsh solish, matolarga gul bosish, qurollarni badiiiy bezash rivojlandi. Bu
asrning ikkinchi yarmida O`zbekiston hududiga taraqqiyot tezlashdi sanoat, ayniqsa ip
gazlama sanoati rivoj topdi.
XX asr boshlarida ko`plab paxta tozalash, yog’-moy zavodlar qurilib ishga
tushirildi. 1925-1926- yillarda elektrostansiyalar qurila boshladi. Birinchi bo`lib,
Toshkent yaqinida qurilgan Bo`zsuv gidroelektrstansiyasi, 1926 yil 1-mayda ishga
tushirildi. Samarqand, Buxoro, Qo`qon, Termiz va Asaka shaharlarida issiqlik
stansiyalari ham qurila boshlandi. Bunday elektrastansiyalar soni 1930 yilda 30 ga yetdi.
O`sib borayotgan energetika bazasi bir qancha yangi sanoat korxonalari qurishga
imkoniyat yaratadi.
Ikkinchi jahon urushigacha bu yerda: 500 dan ortiq sanoat korxonalari, jumladan,
«Tashselmash», Toshkent to`qimachilik kombenati, Chirchiq elektrokimyo kombinati,
Kattaqo`rg’on yog’ zavodi, Bekobod va Quvasoy sement korxonalari qurildi. Neft va
rangli nodir metallar qazib chiqarish, qurilish sanoat mahsulotlarini tayorlash rivoj topdi.
Urush boshlanishi bilan Respublika xalq xo`jaligi, jumladan, sanoat ishlab
chiqarishi harbiy maqsadlarga qaratildi. Bu yerda nemis fashistlari egallab olgan
hududlardan 100 ga yaqin sanoat korxonalari ko`chirib keltirildi va ular qisqa vaqt ichida
to`la quvvat bilan ishlay boshladi. 1941- 1945 yillar davomida Respublikang industrial
taraqqiyoti GES lar qurish bilan energetika bazasini kuchaytirish, qishloq xo`jaligi, aholi
va front ehtiyojlarini qondiradigan zavod va fabrikalarni qurish yo`lida jaddal ishlar olib
borildi. Bu davrda 280 ta yirik, o`rta va kichik korxonalar qurilib, ishga tushirildi.
Urushdan keyingi yillarda ham sanoat taraqqiyotiga e’tibor qaratilgani sababli
uning bir qancha yangi tarmoqlari va korxonalar vujudga keldi. Traktorsozlik, liftsozlik,
elektrotexnika sanoati, gaz ishlab chiqarish, uy-ro`zgor buyumlari tayyorlash, qurilish
sohalari, yig’ma temir-beton va keramika sanoati vujudga keldi. Yengil sanoatning
trikataj, chinni ishlab chiqarish soxalari shakllandi. Oziq-ovqat sanoatining tarkibiy
qisimlarida anchagina o`zgarishlar ro`y berdi. O`tgan asrning 90- yillariga kelib, bu
tarmoqdagi yirik va o`rta korxonalari 300 dan ortdi.
Tahlil va natijalar. Sanoatni joylashtirishda ro`y beradigan tub o`zgarishlarning
iqtisodiy samaradorligini ko`pgina ko`rsatgichlar yordamida hisobga olinadi. Lekin, bu
o`zgarishlarning bir qismini miqdor jihatdan o`lchash mumkin emas, chunki ular
siljishlarning sifat jihatidan natijasini ko`rsatadi. Bular qatorida yangi hududlarning juda
katta foydali qazilma resurslarini sanoatda foydalanish uchun ishga tushirish, ilgariga
nisbatan qoloq hududlarning industrial va agrar hududlarga bo`linishini yo`qotish va shu
kabilar kiradi. Sanoat joylashishiga siljishlarning iqtisodiy samaradorligini miqdor
jihatdan hisoblashda birinchi navbatda xalq xo`jaligiga sarflangan kapital mablag’lar
samaradorligini oshirish ko`zda tutiladi. Sanoatni joylashtirishdagi siljishning iqtisodiy
151
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
samaradorliginining aniqlashning muhim ko`rsatkichlaridan yana biri mehnat
unumdorligining oshishidir.
Respublikaning markaziy hududlarida joylashgan bir qator tarmoq korxonalari
boshqa hududlardagi korxonalarga nisbatan yuqoriroq mehnat unumdorligiga ega. Lekin
boshqa hududlarda qurilayotgan korxonalar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy
muommolarni ham hal etadilar. Sanoatni joylashtirishning iqtisodiy samaradorligini
aniqlaydigan yana bir ko`rsatkich-mahsulot tannarxidir . Boshqa hududlarda joylashgan
korxonalar mahsulotning tannarxi rivojlangan hududlaridagi korxonalarnikidan
birmuncha past bo`lishi mumkin. Lekin bunday yo`qotish mamlakat miqiyosida amalga
oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot tufayli barham topadi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish munosabati bilan amalga oshirilgan anchagina siljishlar
bilan birga, mustaqillikka erishilguncha mamlakat qurilish sanoatini joylashtirilishida
yo`l qo`yilgan qator kamchiliklar hali ham to`la barham topgani yo`q. Hududlar ichra va
hududlararo birlashuvlarda ham bir qator muammolar mavjud. Bularning barchasi
qurilish sanoat mahsulotlarining asosiy turlarini, xomashyo va yoqilg’ini nihoyatda uzoq
va qarama-qarshi taraflarga tashish zaruriyatini tug’dirishi, xom ashyolarning o`z vaqtida
va sifatli yetkazib berilmasligi, xom ashyolarni tashishdagi muammolar natijasida
ijtimoiy mehnat unumdorligi ko`tarilishi salbiy ta’sir ko`rsatmoqda. Shu bois bozor
iqtisodiyotining keying bosqichiga o`tish davrida sanoatni oqilona joylashtirish
masalasiga katta e`tibor berish kerak.
Xulosa va takliflar. Qurilish sanoatini joylashtirish borasidagi muammolarni hal
etish uchun quyidagi takliflarga alohida e`tiborni qaratish zarur:
• respublikada ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish bozor sharoitiga mos
ravishda olib borilishi, uning tabiiy boyliklaridan oqilona va samarali foydalanish hamda
kooperativlashtirish afzalliklaridan to`la-to`kis foydalanish;
• kichik va o`rta biznesga tegishli qurilish sanoat korxonalarini qishloq joylarda
faoliyatini takomillashtirish, bu orqali urbanizatsiya darajasini oshirish;
• sanoat obyektlarining qurilish muddatini qisqartirish va ulardan foydalanish
xarajatlarini keskin kamaytirish;
• tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish sharoitlarini yaratish va boshqalar.
Foydalanilgan adabiyotlar royhati.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7 -evraldagi PF-4947-sonli
“О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi
tо‘g‘risida” gi Farmoni\\ lex.uz
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 -yil 29 -noyabrdagi PF-5264-sonli
“О‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligini tashkil etish tо‘g‘risida”gi
Farmoni \\ lex.uz
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi «Faol
tadbirkorlik, innovasion g‘oyalar va texnologiyalarni qо‘llab-quvvatlash yili»da amalga
oshirishga oid davlat dasturi tо‘g‘risida» gi PF-5308-son Farmoni \\ lex.uz
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-sentabrdagi PF-5544-son
«2019–2021-yillarda
О‘zbekiston
Respublikasini
innovasion
rivojlantirish
strategiyasi»gi farmoni\\ lex.uz
152
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
Mirziyoyev SH. M. Erkin va farovon, demokratik О‘zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali
marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qо‘shma majlisidagi nutq /SH.M.
Mirziyoyev. - Toshkent: «Uzbekistan» NMIU, 2016. -56.
Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. / Sh. M.
Mirziyeyov.- Toshkent: “О‘zbekiston”, 2017. - 488 b.
O'zbekiston tarixi. 3-kitob. Mustaqil O'zbekiston tarixi.T.Sharq. 2011.
