25
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
OILAVIY KORXONALARNI BOSHQARISH
TIZIMIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
VA ULARNING MAZMUNI
Mo‘ydinov X.A.
AIQI “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi dotsenti v.b.
A
nno
ta
ts
iy
a
Ushbu maqolaning maqsadi raqamli va innovatsion iqtisodiyot sharoitida
oilaviy korxonalarni samarali boshqaruvini tashkil etishda boshqaruv tizimini
ularga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda takomillashtirish
samarali
yondashuvlarni taklif etishdan iborat.
Kalit so‘zlar:
Oilaviy korxonalar, boshqarish tizimiga ta’sir etuvchi omillar,
boshqarish mexanizmlari.
Raqamli va innovatsion iqtisodiyot sharoitida ishlab chiqarish jarayoni, iqtisodiy
munosabatlar doimiy ravishda bozor talablaridan kelib chiqqan holda boshqaruvni talab
etib, iqtisodiy tanglikni oldini olishga va barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat
qiladi. Shu sababli tadbirkorlik subyektlari, sanoat korxonalari shu jumladan, oilaviy
korxonalarning samarali boshqaruvini tashkil etish orqali korxonalarda barqaror
boshqaruv muhitini shakllantirish mumkin. Har qanday korxonani samarali
boshqaruvini tashkil etishda boshqaruv tizimini ularga ta’sir etuvchi omillarni hisobga
olgan holda takomillashtirish lozim.
Oilaviy korxonalarni boshqarish tizimiga ta’sir etuvchi omillar boshqaruv
jarayonida maqsad va rejalar orqali amalga oshiriladigan asosiy vazifalarni tizimli
bajarilishida o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Oilaviy korxonalar boshqaruvi, boshqaruvini tashkil etish, rivojlanishi, unga
ta’sir etuvchi omillar hamda boshqaruv elementlari xususida bir qator iqtisodchi
olimlarni nazariy, amaliy fikr mulohazalari o‘rganilgan.
Oilaviy korxonalar asosini uy xo‘jaligi tashkil etadi. Ushbu nazariy-ilmiy
xulosaga qo‘shilgan holda oilaviy korxonalarni tashkil topishini iqtisodiy negizini “uy
xo‘jaligi” va shaxsiy yordamchi xo‘jaligidan olingan daromad hamda unda band
bo‘lgan xodimlar hisobiga tashkil topgan deyish mumkin.
Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotini
asosiy yo‘nalishlaridan biri oilaviy korxonalar bo‘lib, ularni rivojlantirish katta
ahamiyatga ega. Bunda oilaviy korxonalar faoliyatida oila a’zolarini tadbirkorlik
faoliyati orqali o‘z mehnatlari bilan faol qatnashuvidir. Oilaviy korxonalarni asosiy
maqsadlari esa moddiy ne’matlar ishlab chiqarish yoki ijtimoiy xizmat ko‘rsatish
hisobiga qo‘shimcha foyda olishdan iborat bo‘ladi.
26
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
Iqtisodchi olim M.Veber “foyda” va “iste’mol talablari”ni qondirish muhim
ahamiyatga ega, yangi oilaviy korxonalarni tashqi iste’mol bozorlariga chiqishi ularni
kuchayib borishi bilan ajralib turadi [1]- degan fikrni bildirgan. Oilaviy korxonalar
sinfiy kapitalizm davrida ham rivojlangan. Shu bilan birga oilaviy korxonalar
rivojlanishini yana bir yo‘nalishi oila a’zolari tomonidan ishlab chiqarish jarayonlarini
tashkil etish va uni rivojlantirishni boshqarish hisoblanadi. Oilaviy korxonalar
boshqaruvida ishlab chiqarishini olib borishda korxona boshqaruvi oila a’zolarini biri
yoki yaqin qarindoshlar tomonidan boshqarilishiga asoslanadi. Oilaviy korxonalar
boshqaruvini asosiy maqsadi shuki, oila a’zolarini iste’mol talablarini qondirish hamda
uning samarali boshqaruviga qaratilgan bo‘ladi.
Oilaviy korxonalarni tashkil etish va boshqarish asosan ikki usul orqali ya’ni:
-birinchidan, mavjud uy xo‘jaligi ishlab chiqaruvini oila biznesiga, oilaviy
korxona tadbirkorligiga aylantirish holatlari,
-ikkinchidan, asosiy iqtisodiy xo‘jalik sifatida oilaviy munosabatlarni
mustaxkamlash asosida ishlab chiqarish jarayonini tashkil etib, uni kengaytirgan holda
o‘z faoliyatini olib borishni ta’minlaydi.
Oilaviy korxona qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyat turi bilan
shug‘ullanishi mumkin.
Oilaviy korxona ishtirokchilarini umumiy yig‘ilishi bu oilaviy korxonaning
yuqori boshqaruv organidir [2].
Oilaviy korxona ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlariga quyidagilar
kiradi:
oilaviy korxonaning ta’sis shartnomasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;
oilaviy korxona boshlig‘ini saylash (tayinlash) va ozod qilish [3];
oilaviy korxonaning ustav fondini belgilash va uning miqdoriga o‘zgartishlar
kiritish;
oilaviy korxona ishtirokchilari tarkibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib
chiqish va hal qilish;
oilaviy korxona boshlig‘ining oilaviy korxona moliya-xo‘jalik faoliyati
to‘g‘risidagi yillik hisobotini ko‘rib chiqish;
ta’sis shartnomasiga muvofiq oilaviy korxonaning foydasini taqsimlash
to‘g‘risida qaror qabul qilish;
oilaviy korxonaning mol-mulkiga doir yirik bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror
qabul qilish [4].
Oilaviy korxona ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlariga ta’sis
shartnomasida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etish ham kiritilishi mumkin.
Oilaviy korxonalarni boshqarish tizimiga ta’sir etuvchi omillarni tadqiq etishdan
avval oilaviy korxonalar boshqaruvini tashkil etuvchi omillarni o‘rganish maqsadga
muvofiq. O‘rganishlar natijasida oilaviy korxonalar boshqaruvini tashkil topishi
asoslarini quyidagicha izohlash mumkin (1-rasmga qarang).
Yuqorida ishlanmadan ko‘rish mumkinki, oilaviy korxonalar boshqaruvini
tashkil etishda keltirilgan barcha omillarni boshqaruvda o‘z xususiyatiga ega bo‘lib,
korxonalar boshqaruvini samarali tashkil etish va boshqaruvdagi kutilayotgan
natijalarga erishishda muhim sanaladi. Oilaviy korxonalarni tashkil etishda uni oila
27
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
boshliqlari tomonidan boshqaruvini tashkil etish korxona boshqaruvida eng muhim
omil bo‘lib xizmat qiladi.
Oilaviy korxona boshlig‘i quyidagi huquqlarga ega:
oilaviy korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko‘rish;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan oilaviy korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan
shartnomalar tuzish;
mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzish va shtatlarni tasdiqlash va
ishonchnomalar berish.
