STUDYING THE VERB WORD GROUP IN PRIMARY GRADES

Abstract

Basic concepts about verbs for primary school students. The effect of learning verbs on students, their role in the development of language skills, as well as methods of increasing interest through games and interactive exercises.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
4-6
31

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Omonturdiyeva, S. . (2024). STUDYING THE VERB WORD GROUP IN PRIMARY GRADES. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 3(13), 4–6. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/52506
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Basic concepts about verbs for primary school students. The effect of learning verbs on students, their role in the development of language skills, as well as methods of increasing interest through games and interactive exercises.


background image

4

BOSHLANG`ICH SINFLARDA FE’L SO`Z TURKUMINI O`RGANILISHI

Omonturdiyeva Shodiya Farxod qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

Boshlang`ich ta’lim yo`nalishi

2-kurs talabasi

E-mail: omonturdiyevashodiya@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14287944

Annotatsiya:

Boshlang`ich sinf o`quvchilariga fe’l so`z turkumi haqida asosiy tushunchalar.

Fe’l so`z turkumini o`rganishning o`quvchilarga ta`siri, ularning til ko’nikmalarini
rivojlantirishdagi roli shuningdek o`yinlar va interaktiv mashqlar orqali qiziqishni oshirish
usullari.

Kalit so`zlar:

Boshlang`ich sinf,

fe`l, ko`nikma, zamon, metodlar.

ИЗУЧЕНИЕ ГРУППЫ ГЛАГОЛ СЛОВО В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ

Омонтурдиева Шодия Фархадовна

Ташкентский государственный педагогический университет имени Низами

Факультет начального образования

студент 2 курс

Аннотация:

Основные понятия о глаголах для учащихся начальных классов.

Влияние изучения глаголов на учащихся, их роль в развитии языковых навыков, а также
методы повышения интереса посредством игр и интерактивных упражнений.

Ключевые слова:

Основной класс, глагол, навык, время, методы.

STUDYING THE VERB WORD GROUP IN PRIMARY GRADES

Omonturdiyeva Shodiya Farkhadovna

Tashkent State Pedagogical University named after Nizami

Faculty of primary education

2nd year student

Annotation:

Basic concepts about verbs for primary school students. The effect of learning

verbs on students, their role in the development of language skills, as well as methods of
increasing interest through games and interactive exercises.

Keywords:

Primary class, verb, skill, tense, methods.


Tilning qudratli quroli bo`lgan fe’l so`z turkumi insoniyat fikrining harakatini, holatini va

mavjudligini ifodalaydi. U gapning qalbini ochib, voqealarni jonlantiradi, xayollarni tarjima qiladi
va hissiyotlarni aks ettiradi. Fe’l so`z turkumini chuqur o`rganish tilni tushunish, to`g`ri qo`llash
va dunyoni yangicha ko`rishga imkon beradi. Fe’l so`z turkumini o`rganishning maqsadi tilning
tuzilishi va qoidalari haqida chuqurroq tushunchaga ega bo`lishdir. Bu bizga grammatik
qoidalarni to`g`ri qo`llashga, o`z fikrlarini aniq va ravshan ifodalashga yordam beradi.
Shuningdek, fe’l so`z turkumini bilish boshqa so`z turkumlari va grammatik qoidalarni
o`rganishni osonlashtiradi. Fe’l so`z turkumining vazifalari juda ko`p va muhimdir. U harakat,
holar va mavjudlikni ifodalaydi, gapning grammatik tuzilishini belgilaydi, vaqtni ifodalaydi va
shaxsni aks ettiradi. Masalan, “yurmoq”, “o`tirmoq”, “bo`lmoq” fe’llari harakat, holat va
mavjudlikni ifodalaydi. Masalan, “yozdi”, “yozyapti”, “yozmoqchi” fe’llari o`tmish, hozirgi va


background image

5

kelajak vaqtlarni ifodalaydi. “men yozaman”, “sen yozasan”, “u yozadi” fe’llari birinchi, ikkinchi
va uchinchi shaxslarni ifodalaydi.

Fe’l so`z turkumini boshlang`ich sinflar o`rganishini bosqichma-bosqich amalga oshirish

ishlarini ko`rib chiqsak. Birinchi bosqich: 1-sinfda harakat bildirgan so’zlar ustida ishlash. Bunda
harakat bildirgan so`zlar ustida ishlashga tayyorgarlik savodga o`rgatish davrida boshlanadi. Bu
davrda o`quvchilarning diqqati harakat bildirgan so`zlarning leksik ma`nosiga qaratiladi. Shaxs
va narsaning harakatini bildirishini umumlashtirish imkonini beradigan aniq material yig`iladi.
Harakat bildirgan so`zlar ustida ishlash mashqlarini “Alifbe”dagi so`z va matnlarni o`qish,
rasmga qarab gap tuzish bilan bog`lab o`tkaziladi. Bunda o`qituvchi o`quvchilar gap tuzishda
mazmunga mos harakat bildirgan so`zlarni topishga so`z nimani bildirishini va qanday so`roqqa
javob bo`lishini aniqlashga yordam beradigan sharoit yaratadi. Masalan, bolalar kuzda meva va
sabzavotlarni, daraxtlarni kuzatib yoki rasmlarni ko`rib gapni mazmunga mos so’zlar bilan
to`ldiradilar:

Kuzda mevalar

nima qiladi?

... (pishadi), sabzavotlar

nima qiladi?

... (yetiladi),

daraxtlar barglari

nima qiladi?

... (sarg`ayadi). Bolalar

nima qilyaptilar?... (dam olyaptilar),

…(o`ynayaptilar), …(ishlayaptilar).

Ikkinchi bosqich: 2-sinfda harakatni bildirgan so`zlarning leksik ma’nosi bilan grammatik

ma’nosi (harakat bildirishi) mos keladigan (nima qildi?)

yuguryapti, arralayapti, sakrayapti,

(nima qildi?)

yugurdi, arraladi, sakradi,

(nima qiladi?)

yuguradi, arralaydi, sakraydi

kabi

misollardan foydalaniladi. O`quvchilar o`zlari bajargan harakatlarni aytishni so`rab, ular bergan
javobini (harakat bildirgan so`zlarni) so`roqlari bilan xattaxtaga yozib, suhbat o`tkazish bilan
tushuntiriladi. O`quvchilar so`roq berish bilan holat bildiradigan

uxlayapti, o`ynayapti, faxrlanadi

kabi so`zlarni ham tanlashga o`rgatib borish muhim ahamiyatga ega. Bunday mashqlar
o`quvchilarda shaxs va narsaning harakatini keng ma’noda tushunish ko’nikmasining shakllana
borishiga yordam beradi. Bu ikkala bosqich ya’ni 1-2-sinfda morfologik so`roq so`z nimani
bildirishini aniqlash maqsadida beriladi. O`quvchilarni so`zga so`roq berishga, o`qituvchi bergan
so`rog`iga javob bo`ladigan so`zlarni tanlashga, so`zni so`roqqa mos ravishda o`zgartirishga doir
mashqlar bajariladi.

Keyingi bosqich ya’ni 3-sinfda fe’lni o`rganish . Bu bosqichning asosiy vazifasi “fe’l - so`z

turkumi” degan tushunchani shakllantirish , bo`lishli va bo`lishsiz fe’llarning ma’nosi va shakliga
qarab farqlash ko’nikmasini hosil qilish, bo’lishsizlik qo`shimchasi (-ma)ning talaffuzi va imlosini
o`rgatish hisoblanadi. Fe’lning harakat bildirishi yuzasidan o`quvchilarda aniq tasavvur hosil
qilish uchun o`qituvchi ularga shu darsdagi mehnat jarayonini tasvirlashni, ya’ni o`quvchilarning
o`zlari bajarayotgan ish-harakatni aytishni so`raydi, suhbat o`tkazadi. Suhbatning yoki
o`quvchilarning aytgan gaplardan birini gap bo’lagi jihatdan tahlil qilish asosida xulosa
chiqariladi: nima qildi?, nima qilayapti?, nima qiladi? kabi so`roqlarga javob bo`lib, shaxs va
narsaning harakatini bildirgab so’zlar

fe’l

deb nomlanadi. Fe’l gapda kesim vazifasida keladi.

Mavzu yuzasidan o`quvchilarda ko`nikma hosil qilish uchun so`roq berib fe’lni aniqlash, gap
mazmuniga mos fe’ni tanlab qo`yish, aralash berilgan so`zlardan, shuningdek, rasmga qarrab gap
tuzish, mazmunan va Grammatik tugallanmagan gaplarning mazmuniga mos fe’llar qo`yib gapni
to`liq shakllantirish kabi mashqlardan foydalaniladi.

To’rtinchi bosqich: 4-sinfda fe’lni o’rganish. Bu sinfda fe’lni o`rganishning vazifalari

quyidagilar:


background image

6

1.

Fe’lning shaxs-son qo`shimchalari bilan tuslanishi, zamon qo`shimchasi bilan o`zgarishi

haqidagi tushunchani berish va dastlabki ko`nikma hosil qilish; fe’lning leksik ma’nolari, bo`lishli
va bo`lishsizligi, gapdagi vazifasi haqidagi bilimni chuqurlashtirish.
2.

Nutqda fe’ldan ongli foydalanish malakasini rivojlantirish. Shu maqsadda nutqda

ma’nodosh va zid ma’noli fe’llardan matn bilan bog`liq holda o`z va ko`chma ma’noda ishlatilgan
fe’llar bilan tanishtirib borishga mashqlardan foydalanish.
3.

Zamon qo’shimchalarining talaffuzi va yozilishi haqidagi ko`nikmani hosil qilish.

4.

Qo’shma fe’llar va ularning doim alohida yozilishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki

ko’nikmani hosil qilish hisoblanadi.

XULOSA

Boshlang`ich sinf o`quvchilari lug`atini fe’llar bilan boyitish va nutqini o`sitirhs uchun

fe’llarning ma’nosini o`z so`zlari bilan izohlash, undan nutqda foydalanishga ehtiyoj sezadigan
vaziyatni yuzaga keltirish, fe’lning to`g`ri talaffuzi va imlosini o`zlashtirishlari uchun turli shakl
va mazmundagi mashqlar bajartirish yaxshi natijalar beradi.

References:

1.

S.Matchonov, X.Bakiyeva, X.G`ulomova, Sh.Yo`ldosheva, G.Xolboyeva. “Boshlang`ich

sinflarda ona tili o`qitish metodikasi” darslik. T.: “Ishonchli hamkor”, 2021. 740 b.
2.

G’afforova T. va boshqalar. Ona tili. Umumiy o`rta ta’lim maktablarining 1-sinfi uchun

darslik. –T.2018.
3.

Qosimova K. va boshqalar. Ona tili. Umumiy o`rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun

darslik. –T.2018.
4.

Musayeva, S. I. (2024). ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF INTERACTIVE METHODS

INTRODUCING THE СLT (СOMMUNIСATIVE LANGUAGE TEACHING) APPROACH. World
Scientific Research Journal, 32(1), 217-219.
5.

Musayeva, S. I., & Mengliyeva, S. S. (2022). Kursantlarning madaniyatlararo rivojlantirish.

6.

S.Fuzailov va boshqalar. Ona tili. Umumiy o`rta ta’lim maktablarining 3-sinfi uchun darslik.-

T.2016.

References

S.Matchonov, X.Bakiyeva, X.G`ulomova, Sh.Yo`ldosheva, G.Xolboyeva. “Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi” darslik. T.: “Ishonchli hamkor”, 2021. 740 b.

G’afforova T. va boshqalar. Ona tili. Umumiy o`rta ta’lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik. –T.2018.

Qosimova K. va boshqalar. Ona tili. Umumiy o`rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik. –T.2018.

Musayeva, S. I. (2024). ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF INTERACTIVE METHODS INTRODUCING THE СLT (СOMMUNIСATIVE LANGUAGE TEACHING) APPROACH. World Scientific Research Journal, 32(1), 217-219.

Musayeva, S. I., & Mengliyeva, S. S. (2022). Kursantlarning madaniyatlararo rivojlantirish.

S.Fuzailov va boshqalar. Ona tili. Umumiy o`rta ta’lim maktablarining 3-sinfi uchun darslik.-T.2016.