ESHITISHDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARNI MEHNATGA O’RGATISH

Аннотация

Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar mehnat ta’limini  tadqiqot ishlarida mehnat tarbiyasida rivojlanishi mumkin bо‘lgan sifatlar bir qator fazilatlarni namoyon qilishda ijobiy fikrlarni ifodalab berilgan. Nazariyalarning barchasini g‘oyaviy jihatdan  birlashtirgan  asos  shuki,  ular  shaxs  mehnat  tarbiyasi  va  kamolotida  oilaning, oilaviy tarbiyaning rolini yuqori qо‘yilganligini,  ayniqsa, shaxsning  aqliy  va  axloqiy kamolotida yetakchi hisoblanishi to’g’risida yoritilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
7-9
24

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Jo’raxo’jaev , M., & Tursunova, X. (2024). ESHITISHDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARNI MEHNATGA O’RGATISH. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(12), 7–9. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/49409
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar mehnat ta’limini  tadqiqot ishlarida mehnat tarbiyasida rivojlanishi mumkin bо‘lgan sifatlar bir qator fazilatlarni namoyon qilishda ijobiy fikrlarni ifodalab berilgan. Nazariyalarning barchasini g‘oyaviy jihatdan  birlashtirgan  asos  shuki,  ular  shaxs  mehnat  tarbiyasi  va  kamolotida  oilaning, oilaviy tarbiyaning rolini yuqori qо‘yilganligini,  ayniqsa, shaxsning  aqliy  va  axloqiy kamolotida yetakchi hisoblanishi to’g’risida yoritilgan.


background image

7

ESHITISHDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARNI MEHNATGA O’RGATISH

Jo’raxo’jaev M.X.

Andijon davlat pedagogika instituti katta o’qituvchisi

Tursunova Xilola

Andijon davlat pedagogika instituti

Oligofrenopedagogika yo’nalishi 101-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14258233

Аnnotаtsiyа.

Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar mehnat ta’limini tadqiqot ishlarida

mehnat tarbiyasida rivojlanishi mumkin bо‘lgan sifatlar bir qator fazilatlarni namoyon qilishda
ijobiy fikrlarni ifodalab berilgan. Nazariyalarning barchasini g‘oyaviy jihatdan birlashtirgan
asos shuki, ular shaxs mehnat tarbiyasi va kamolotida oilaning, oilaviy tarbiyaning rolini
yuqori qо‘yilganligini, ayniqsa, shaxsning aqliy va axloqiy kamolotida yetakchi hisoblanishi
to’g’risida yoritilgan.

Аннотация

: В исследовательской работе по трудовому воспитанию детей с

нарушением слуха качества, которые можно развивать в трудовом воспитании,
выражаются в виде положительных мнений о проявлении ряда качеств. Идейной основой
всех теорий является то, что они подчеркивают роль семьи и семейного воспитания в
трудовом обучении и развитии личности, особенно то, что она считается ведущей в
умственном и нравственном развитии личности.

Abstract:

In the research work on the labor education of children with hearing

impairment, the qualities that can be developed in the labor education are expressed as
positive opinions on the manifestation of a number of qualities. The ideological basis of all
the theories is that they highlight the role of the family and family education in the labor
training and development of the individual, especially that it is considered the leader in the
mental and moral development of the individua

Kalit so’zlar

: Eshitishda nuqsoni bo’lgan shaxs, eshitish qobilyati, mehnat ta’limi, mantiqiy

tafakkur, og’zaki nutqni rivojlantirish usullari, mehnat tarbiyasi.

Ключевые слова

: Слабослышащий человек, слух, трудовое воспитание,

логическое мышление, методы развития устной речи, трудовое воспитание.

Key words

: Hearing-impaired person, hearing ability, labor education, logical thinking,

methods of oral speech development, labor education.


Jahonning yetakchi ta’lim muassasalarida imkoniyatlari cheklangan bolalarga ta’lim-

tarbiya berish va imkoniyatlariga mos keladigan kasblarga yo‘naltirishning o‘quvchilar
uchun zarur bo‘lgan bilimlarni bevosita o‘yin texnologiyalari asosida amaliy egallash
texnologiyalari

amaliyotga

ta’lim

tizimiga

tatbiq

etilmoqda.

YUNESKO

xalqaro

tashkilotitomonidan qabul qilingan Inchxon deklaratsiyasi, “Ta’lim hamma uchun” dasturi
asosida zaif eshituvchi bolalarning mehnatga oid kо‘nikma va malakalarini shakllantirish
metodlarini takomillashtirish, zaif eshituvchi bolalar ta’limi oshirilmoqda. Jahon ta’lim va ilmiy
tadqiqot muassasalarida maxsus maktab internatlarida mehnatga о‘rgatishni rivojlantirish,
ta’lim ishtirokchilari faoliyatini diversifikatsiyalash, bо‘lajak surdopedagoglarning mehnatga
oid kо‘nikma va malakalarini shakllantirish, zaif eshituvchi bolalarga mehnatning inson,
jamiyat hayotidagi ijodiy va axloqiy ahamiyati haqida, dastlabki g‘oyalarni singdirish bо‘yicha
ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu bilan birga mehnat orqali bilim va kо‘nikma


background image

8

shakllantirish asosida о‘quvchilarning mustaqil, о‘zaro muloqot kо‘nikmalarini, oddiy mehnat
malakalari olami hamda о‘quvchilarning mustaqil, о‘zaro muloqot kо‘nikmalarini va oddiy
mehnat malakalarini tо‘g‘ri tanlashning didaktik ta’minotini yaratish, pedagogik
mexanizmlarini takomillashtirish, alohida ehtiyojli bolalarni mehnat jarayonida samarali
muloqotga tayyorlash texnologiyalarini tizimlashtirish bо‘yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida
e’tibor berilmoqda. Respublikamizda sо‘nggi yillarda alohida ta’limga ehtiyoji bо‘lgan
bolalarni mehnatga о‘rgatish jarayonida mehnat faoliyati masalalarining me’yoriy ishlari
yaratilmoqda, bu borada qonun hujjatlarida “... har bir bola bilim olish huquqiga ega”, “... ijtimoiy
himoyaga muhtoj bolalar jamiyat hayotida ishtirok etishda boshqa bolalar bilan teng
huquqlarga egadir», deb kо‘rsatilgan. “... Nogironlikni barvaqt aniqlash va oldini olish, nogironligi
bо‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam kо‘rsatish, ularni о‘quvchilarning mustaqil, о‘zaro
muloqot kо‘nikmalarini va oddiy mehnat malakalariga о‘qitish va ishga joylashtirish
sohasidagi ishlarni amalga oshirish” ustuvor vazifalar etib belgilangan. Bu zaif eshituvchi
bolalarda dastlabki mehnat kо‘nikmalarini yaratish imkoniyatlarini oshiradi.О‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “О‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi tо‘g‘risida”, 2017-yil 1-dekabrdagi PF-
5270-son “Nogironligi bо‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash tizimini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” va 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son
“О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash tо‘g‘risida” farmonlari, 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son “Alohida ta’lim
ehtiyojlari bо‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari tо‘g‘risida” qarori hamda 2023-yilning 15-oktabr kunidan “Inson” ijtimoiy jamiyati
o’z ish faoliyatini boshladi mazkur faoliyatga tegishli boshqa meyoriy-huquqiy
hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti
muayyan darajada xizmat qiladi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar
rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy,
madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda, innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va
ularni amalga oshirish yо‘llari” ustuvor yо‘nalishi doirasida bajarilgan.O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining nogironligi bо‘lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat
tomonidan qо‘llab-quvvatlash hamda bо‘lgan shaxslarning bandligiga kо‘maklashishga oid
qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida PQ-390-sonli qarorida mazkur nogironligi bо‘lgan va
imkoniyati cheklangan shaxslarga avvaldan yurtimizda jamiyatning ajralmas bir qismi
sifatida e’tibor qaratib kelinadi. Ayniqsa, sо‘nggi yillarda respublikamizda ijtimoiy himoyaga
muhtoj aholi qatlamini har tomonlama qо‘llab-quvvatlash, jumladan, mehnatga о‘rgatish
faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun kо‘mak berish kabi vazifalar belgilandi va shunga
o’rgatilmoqdalar. Maxsus maktab internati faoliyatining bugungi ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitida insonning hayoti va о‘quvchilarning mustaqil, о‘zaro muloqot kо‘nikmalarini va oddiy
mehnat malakalari о‘zini-о‘zi belgilash jarayoni sifat jihatidan turli xil xususiyatlarga ega bо‘lib,
ta’lim maktabiga о‘z taqdirini о‘zi belgilash talablarini sezilarli darajada qо‘yadi. Mehnat
insonning muayyan ehtiyojlarini qondira oladigan va о‘ziga kerak bо‘ladigan moddiy yoki
ma’naviy ne’matlarini ishlab chiqarish (yaratish) bо‘yicha ongli, maqsadli va taqiqlanmagan
faoliyatidir. Hayot davomida inson kо‘p vaqt, aniqrog‘i har kuni ishlaydi. Mehnat tarbiyasi zaif
eshituvchi bolalarda oiladan boshlanadi, ota-onalar farzandlariga kiyinishni, ovqatlanishni,
idishlarni yuvishni, narsalarni tozalashni о‘rgatadi, ota-onalar farzandlariga tashqi dunyo


background image

9

bilan tanishishimiz uchun foydali bо‘lgan hamma narsani о‘rgatadilar. Har bir ota-ona farzandini
mehnatkash qilib tarbiyalashga intiladi. Aynan mehnat faoliyati va uning avloddan-avlodga
о‘tishi mehnat faoliyati tajribasini saqlab qolgan va shu bilan birga ularni kelajakdagi
mustaqil faoliyatga tayyorlashni ta’minlagan. Maxsus maktab internati boshlang‘ich sinf
yoshidagi yetakchi faoliyat bu о‘quv faoliyatidadir. О‘quv faoliyati jarayonida kichik о‘quvchi,
ehtimol, qisqa vaqt ichida asosiy ilmiy tushunchalarni о‘zlashtirishi kerak. Shu bilan birga,
zaif eshituvchi о‘quvchi о‘zi uchun yangi ilmiy tushunchalar mazmunini о‘zlashtirish bilan birga,
u uchun yangi faoliyat turi о‘rganish usullarini asta-sekin о‘zlashtiradi. “Mehnat” va “mehnat
ta’limi” tushunchalari о‘qituvchilar uchun eng muhimlaridan biri bо‘lib, uzoq tarixga ega. Buni
arxeologik qazishmalar natijasida isbotlangan tarixiy faktlar tasdiqlaydi.

Xulosa:

shundaki tarbiya, eng avvalo, insonning haqiqiy baxt-saodati, ya’ni g‘oya

nomidagi hayot haqida qayg‘urishdir. U hayotning har bir daqiqasini va dunyoning har bir
burchagida, paydo bо‘lgan shaxs bilan aloqada bо‘lgan har bir odamni ba’zan tasodifan о‘rgatadi.
Texnologiya darslarida boshlang‘ich maxsus maktab internati zaif eshituvchi о‘quvchilarda
mehnat tо‘g‘risidagi g‘oyalarni shakllantirish bо‘yicha darslar tо‘plamini nazariy jihatdan
asoslash va sinab kо‘rish. “Mehnatga о‘rgatishda bilim, kо‘nikma va malaka haqidagi”
tushunchasi ostida biz shaxs tarkibidagi muhim semantik shakllanishlarni tushunamiz, ular
kо‘nikma-malaka haqidagi bilimlarni о‘zgartirish mahsuli bо‘lib, asosida shaxsda mehnat
faoliyatiga qiziqish, faollik va mehnatsevarlikni rivojlantiradi va ishda namoyon bо‘ladi.

References:

1.

Ўзбекистон Республикасининг Таълим тўғрисида Қонуни.2020 йил 23 сентябрь.

ЎРҚ-637-сон
2.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада

ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги ПФ-4947-сонли Фармони
// Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. No 6(766). 70-модда. -Т.:
Адолат, 2017. 7 феврал.
3.

Олий таълим тизимини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПҚ-2909-сон қарори. 2017 йил 20 апрель.
4.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 1 декабрдаги “Ногиронлиги

бўлган шахсларни давлат томонидан қўллаб-қувватлаш тизимини тубдан
такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-5270-сонли Фармони //
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 йил 11 декабрь, 49-сон, 1195-
модда.
5.

“Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон декларaцияси”. БМТ Бош Ассамблеяси 217 А (III)

Резолюсияси, 1948, 10.12./ www.constitution.uz.6.Шарипов Ш.С. Ўқувчилар касбий
ижодкорлиги узвийлигини таъминлашнинг назарияси ва амалиёти. Пед. фан. докт дисс.–
Т.

Библиографические ссылки

Ўзбекистон Республикасининг Таълим тўғрисида Қонуни.2020 йил 23 сентябрь. ЎРҚ-637-сон

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги ПФ-4947-сонли Фармони // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. No 6(766). 70-модда. -Т.: Адолат, 2017. 7 феврал.

Олий таълим тизимини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПҚ-2909-сон қарори. 2017 йил 20 апрель.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 1 декабрдаги “Ногиронлиги бўлган шахсларни давлат томонидан қўллаб-қувватлаш тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-5270-сонли Фармони // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 йил 11 декабрь, 49-сон, 1195-модда.

“Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон декларaцияси”. БМТ Бош Ассамблеяси 217 А (III) Резолюсияси, 1948, 10.12./ www.constitution.uz.6.Шарипов Ш.С. Ўқувчилар касбий ижодкорлиги узвийлигини таъминлашнинг назарияси ва амалиёти. Пед. фан. докт дисс.–Т.