17
O‘ZBEK IJTIMOIY PSIXOLOGIYASIDA YOSHLARNI NIKOH OLDI YETUKLIKKA
TAYYORLASH MUAMMOSINING O‘RGANILGANLIK HOLATI
Botirova Yorqinoy
Guliston davlat pedagogika instituti stajor-o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14266700
Mamlakatimizda oilaviy munosabatlar, eng avvalo, ixtiyoriylik tamoyilini amalga oshiradi –
nikohga kirganlarning erkin roziligi, nikohni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi erkin irodasi oilaviy
kodeks va ko‘plab xalqaro huquqiy bitimlarga asosan nikohni qayd etishning asosiy shartlaridan
biridir. Ularda ayollar va erkaklar uyushmasi o‘zaro sevgi va hurmat – moddiy hisob-kitoblardan
bexabar bo‘lgan his-tuyg‘ularga asoslangan. Fuqarolik holatini ro‘yxatga olish bo‘yicha davlat
organlarida ro‘yxatdan o‘tgan faqat nikoh haqiqiy hisoblanadi. Unda, turmush o‘rtoqlar nikoh
munosabatlarining barcha jihatlari bilan bir qatorda barcha moddiy tomonlari teng huquq va
majburiyatlarga ega.
Mamlakatimizda nikohlarning aksariyat qismi sevgi uchundir. Biroq, hatto hozirgi o‘zaro
sevgi tuyg‘usi ham yoshlar nikohga tayyor bo‘lishini anglatmaydi, ya’ni bir-biriga nisbatan yangi
huquqlar va majburiyatlarni amalga oshirish uchun va oilaning paydo bo‘lishi bilan yuzaga
keladigan farzandlar uchun oilaviy hyotga moslashish jarayonini ta’minlamaydi. Quyida
yoshlarning nikoh oldi yetuklikka tayyorlashga oid ayrim ijtimoiy psixologik tadqiqotlar ko‘rib
chiqiladi.
O.Bo‘riev ta’rifida oila a’zolarining muayyan rollar doirasida u yoki bu holatlarda o‘zligini
namoyon etishi yoki ijrosi emas, balki, bu har bir oilaga xos bo‘lgan o‘zaro munosabatlar
“xaritasi”dir. Masalan, biror oilaga yordam bermoqchi bo‘lgan terapevtga ayni shu xarita kerak,
chunki u real a’zolarning real o‘zaro munosabatlarini boshqachasiga tasavvur etishi mushkul. Bu
xaritaga ayni shu oila a’zolaridan tashqari, ularning yaqinlarining ta’siri ham kiradi. Masalan, agar
erkak kishi oilada qandaydir ajrab qolgan bo‘lib, xotini va farzandlari bilan yashagan taqdirda ham
uning xotiniga bo‘lgan real munosabatlariga boshqa uyda yashaydigan onasining ta’siri bo‘lsa,
demak, oilaviy munosabatlar xaritasida qaynonaning ta’siri ham albatta nazarda tutilishi shart.
Yoki birinchi nikohidan ajralgan ayol sobiq erining farzandi bilan birga yashayotganligi bois,
hamisha uni eslab turishi, bolasining istagiga ko‘ra, sobiq eri bilan ko‘rishib turishi, hattoki,
moliyaviy jihatdan unga tobe ham bo‘lishi mumkin. Bu, tabiiy, ayni paytda real oilaviy
munosabatlarga ta’sir etmay qolmaydi.
M.Inoyatovning yozishicha, bunugi kunda gender psixologiyasi sohasida asosan
androtsentrik qarashlar ustivorligi kuzatilmoqda. Ya’ni, ikkala jins vakilida ham bir-biridan
tomoman farq qilmaydigan, ikkalasida ham kuzatish mumkin bo‘lgan psixologik xususiyatlar
kuzatilmoqdaki, bu ularning eng avvalo oila va nikoh masalalaridagi qarashlar uyg‘unligidan kelib
chiqadi. Lekin metodologik jihatdan olimning ta’kidlashicha, baribir, aynan ayolga xos sifatlar
normasi haqida gap ketganda, baribir ular erkak sifatlarining standarti asosida tahlil etiladi.
Sh. S. Abduqodirov o‘zining "Ijtimoiy Psixologiya" asarida yoshlarning nikohga tayyorligini
o‘rganishga katta e’tibor qaratgan. U, yoshlarni nikohga tayyorlashda, ijtimoiy va psixologik
omillarning ahamiyatini ta’kidlagan. Asarda yoshlarning nikohga tayyorligi faqatgina ularning
psixologik holati bilan chambarchas bog‘liq emas, balki jamiyatdagi o‘zgartirilgan qadriyatlar, oila
tuzilishi va ijtimoiy rollarni anglash bilan ham bog‘liq ekanligi ko‘rsatilgan. Shuningdek,
Abduqodirov yoshlarning nikohga nisbatan ijtimoiy qarashlarini, ularning shaxsiy tajribalarini
o‘rgangan.
18
X. X. Shamsiev o‘zining ilmiy tadqiqotlarida yoshlarning nikohga tayyorlik muammosini
o‘rganishda zamonaviy ijtimoiy-psixologik omillarga e’tibor qaratadi. U yoshlarni nikohga
tayyorlashda oila a’zolari va o‘qituvchilarning roli, shuningdek, jamiyatning oila haqidagi
qarashlari o‘rganilgan. Shamsievning tadqiqotlarida, yoshlarning nikohga tayyorligi, ularning oila
va jamiyatdagi o‘rni bilan aloqadorligini tushuntiruvchi psixologik va sotsiologik yondashuvlar
mavjud.
M. M. To‘raqulovning "Yoshlar va Psixologik Tayyorlik" asarida, yoshlarning oila qurishdan
oldingi psixologik tayyorlik darajasi o‘rganiladi. To‘raqulov o‘zi olib borgan eksperimentlar va
tahlillar yordamida, yoshlarning oila qurishga nisbatan his-tuyg‘ulari va psixologik holatlarini
aniqlashga harakat qilgan. U yoshlarning nikohga tayyorlik darajasini belgilashda, shaxsiy ruhiy
holatni va oila a’zolariga nisbatan munosabatlarni tahlil qilishni muhim deb bilgan. U, o‘zi olib
borgan tadqiqotlar asosida, yoshlarning nikohga tayyorligi, nafaqat psixologik holatga, balki
shaxsiy va ijtimoiy mas’uliyatni qabul qilishga ham bog‘liqligini ta’kidladi.
R. R. Mirmuxammedov o‘zining tadqiqotlarida oila qurishga tayyorlikning psixologik va
ijtimoiy omillarini tahlil qiladi. Uning fikriga ko‘ra, nikohga tayyorlik yoshning o‘z-o‘zini
anglashiga, oila tuzish bo‘yicha psixologik tushunchalariga va oilaviy mas’uliyatni his qilishiga
bog‘liq. Mirmuxammedov yoshlarning o‘zgargan ijtimoiy va madaniy sharoitda, oilaviy hayotga
tayyorligini oshirish uchun jamoatchilik tomonidan olib borilishi kerak bo‘lgan ishlarni tavsiya
qiladi. Mirmuxammedov yoshlar o‘rtasida oilaviy mas’uliyat va oila tuzish bo‘yicha psixologik
tayyorgarlikni shakllantirishda ijtimoiy muhitning ta’siri haqida fikr yuritadi. yoshlarning o‘zaro
munosabatlari va oilaviy vazifalariga nisbatan tasavvurlarini o‘rgangan va nikohga tayyorlikni
ijtimoiy madaniyat bilan bog‘lagan.
S. S. Komilov, yoshlarning nikohga tayyorlik masalasini o‘rganishda, ularning ijtimoiy va
psixologik holatini birgalikda tahlil qilishga e’tibor qaratgan. Uning ilmiy ishlarida yoshlarning
nikohga tayyorligini baholashda, ularning ijtimoiy tajribasi, oila va jamiyatdagi mavqei, shaxsiy
hayotidagi o‘zgarishlar ham ko‘rib chiqiladi. Komilov yoshlarni nikohga tayyorlashda, ijtimoiy
psixologik yondashuvni qo‘llashni muhim deb hisoblaydi. Uning fikriga ko‘ra, yoshlarni nikohga
tayyorlash jarayonida, ularning oilaviy tajribasi va ijtimoiy qadriyatlar asosida amalga oshirilgan
yondashuvlar katta ahamiyatga ega.
Shuni ta’kidlash joizki, oilaning muqaddas tushunchasi ko‘plab muammolari bilan hamisha
tadqiqotchilar aqlu zakovatini to‘lqinlantirib kelgan. Chunonchi, sosiologlar oilani yaratish uchun
er va xotinning bo‘lishi kifoya qiladimi yoki erkak va ayol ittifoqi oila deb nomlanishi uchun
farzandlarning ham bo‘lishi shartmi, degan muammo ustida bahslashib keladilar. Yuridik jihatdan
buning uncha ahamiyati yo‘q. Yuristlar esa, boshqa masala xususida – ya’ni, er va xotinning
qonunda ko‘zda tutilgan tartib va shartlarga rioya etmay tuzgan ittifoqlarini oila deb hisoblash
mumkinmi? degan ma’noda bahs yuritadilar. Bunda gap hatto ular birgalikda ro‘zg‘or yuritib, o‘z
farzandlarini tarbiyalayotgan bo‘lsalar ham qonuniy asosdagi nikohda ro‘yxatdan o‘tmasdan uzoq
vaqt davomida oshkora ravishda erkak va ayolning birgalikda yashab kelishlari haqida ketayapti.
Jiddiy gapiradigan bo‘lsak, bunday ittifoq nikoh bo‘lolmaydi hamda ota-onalarning bolalarga
nisbatan huquq va majburiyatlarini istisno etganda, hech qanday yuridik oqibatlarni keltirib
chiqarmaydi. Shuning uchun ham fuqarolik nikohi yoki cherkov (masjid) nikoha deb atalgan nikoh
yuridik ma’noda oilani dunyoga keltirolmaydi. U faqat onalik va otalik munosabatlarini, ya’ni
huquqlarning muayyan hajmi (masalan, ota-onaning istalgan har biri mulkining meros bo‘lib
qolishi bo‘yicha bolalar huquqi)ni vujudga keltiradigan qon-qarindoshlik aloqalarinigina
19
yuzaga keltiradi. Birga yashovchi hamxonalar (yuridik nuqtai-nazardan ularni er-xotinlar deb atab
bo‘lmaydi) bir-birlarining mulkini meros qilib ololmaydilar.
Oila uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyot natijasidir, jamiyat tuzilishining obektiv zarur,
ajralmas qismidir.
Ijtimoiy ma’noda oila odamlarning ijtimoiy jihatdan alohida uyushgan guruhlar, ma’naviy,
xo‘jalik, maishiy va boshqa turmush shartlari hamda manfaatlari bir xil bo‘lgan shaxslar ittifoqidir.
Oila eng muhim ijtimoiy vazifalarini: insonni yaratish, bolalarni tarbiyalash, odamlarni
jismoniy va ma’naviy jihatdan kamol toptirish, ularni ma’naviy birlashtirish, birgalikda xo‘jalik
yuritishni ta’minlash, o‘zaro yordam ko‘rsatish, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini
ta’minlash demografiya jarayonlarini yaxshilash vazifalarini bajaradi. Ayni oilada inson
xarakterining asoslari, mehnatga, ma’naviy va madaniy boyoliklarga munosabat shakllanadi.
Yangi qurilayotgan oilaning kelajagi ota-onalarning, shuningdek yoshlarning o‘zini ham
qiziqtiradi. Bunday ma’suliyatli damda yuzaga kelayotgan oila kelajagi qanday bo‘lishini bilish
uchun ota-onalar, bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar quyidagi nikoh oldi omillariga e’tibor berishi lozim.
Nikoh oldi omillari: oilaviy hayotga yetukligi, ularning oila qurish sabablari, ularning oila
qurishgunga qadar bir-birini tanishlik muddati shart-sharoitlari, ularning bo‘lg‘usi hayot haqida
tasavvurlarini kiritish mumkin.
Masalan: nikohda yetuklik deganda oila quruvchi yoshlarning jismoniy, jinsiy, huquqiy,
iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, psixologik kabi yetuklik jihatlarini aniqlash mumkin. Psixologlar
tavsiyasiga binoan nihoyatda erta (16-17 yoshda) va kech (28-30 keyin) oila qurish maqsadga
muvofiq emas. Nihoyatda erta yoshda oila qurish va ikkisini ham yoshi 17-18 bo‘lishi, yigitning
oila boshlig‘i sifatida shakllaniishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Qiz bola 17, ba’zan 16 yoshda ham onalik, uy bekalik vazifalarini bajarishga tayyor bo‘lishi
mumkin, ammo 17 yoshdagi yigit hali to‘laqonli oila boshlig‘i vazifasini bajarishga tayyor
bo‘lmaydi. Ba’zida bu kelinni kuyovga yetarli darajada hurmat qilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin.
Kech oila qurishni maqsadga muvofiq emasligi yosh ulg‘aygan sari (ayniqsa qizlarda) oila
qurish imkoniyatlari pasayadi, ammo turmush o‘rtog‘i tanlashdagi mezonlar soni keskin ortadi.
Har bir "nomzoddan" turli kamchiliklar topilaveradi. Bu masalada shoshilish ham, kech qolish ham
xatoliklarga olib kelishi mumkin. Insonning psixologik yetukligi bu o‘z oldiga erishishi muqarrar
bo‘lgan, bunga imkoniyatlari yetarli bo‘lgan maqsadlarni qo‘yishi, turli yashash sharoitlariga
moslashishidir.
Endi nikoh oldi omillarini psixologik tadqiq etamiz.
Juda ko‘p bir necha o‘nlab, lekin umumlashtirgan holda uch klassifikasiyaga bo‘linadi:
1.
Sevgi tufayli oila qurish, ya’ni yoshlar bir muddat sevib-sevilib yurganlaridan so‘ng, to‘y bilan
turmush qilib, bir-birlariga yetishadilar.
2.
Moddiy manfaatdorlik tufayli oila qurish. Yoshlar turmush qurar ekan ma’lum bir maqsadni
ko‘zlashlari mumkin, masalan, boylikni, mansabni, moddiy yoki ijtimoiy manfaatdorlikni
ko‘zlagan holda "Agar shu yigitga turmushga chiqsam, boy-badavlat yashayman" yoki "shu qizga
uylansam, uning ota-onasi yordamida ma’lum bir mansab, mavqega erishaman" yoki
"Yolg‘izlikdan qutilish" kabilar.
3.
Stereopik bo‘yicha oila qurish — ya’ni bunday oila qurgan yoshlardan so‘ralsa, "Hamma
tengdoshlarim o‘ylanayotgandi, men ham uyladim" yoki "hamma dugonalarim turmushga
20
chiqishayotgandi, men ham turmushga chiqdim" kabilar. Xo‘sh bu oilalarning qay biri
mustahkamroq bo‘ladi?
Ko‘pchilik sevgi deb javob berishi tabiiy, chunki sevgining oila mustahkamligidagi o‘rni
beqiyosdir. Albatta sevishib turmush qurgan juftlarning aksariyati baxtli hayot kechirishadi. Lekin
statistik ma’lumotlarga qaraganda ajralishning aksariyat qismi ham xuddi shunday sevishib oila
qurgan juftlarga to‘g‘ri kelar ekan. Agar o‘zaro ahdupaymon qilganlar oila qurganlaridan keyin
"Murod — maqsadimga erishdim" deb sevgisini himoya qilishni, uning uchun kurashmasa sevgi
nobud bo‘ladi, sevgi nomi bilan qilingan orzu-niyatlar sarobga aylanadi.
Ikinchi ya’ni moddiy sababchi? — uning ta’siri bu sabablarni qay darajada amalga oshishiga
bog‘liq. Ya’ni ko‘zda tutilgan narsalarning barchasi ro‘yobga chiqaversa, u nikoh mustahkamligini
ta’minlashi mumkin. Afsuski oilaviy hayotda hamma narsa ham yigit qizlar kutganidek
bo‘lavermaydi, natijada ularning turmushi g‘urbat-azobga, nizo-janjalga aylanadi, statistik
ma’lumotlarga ko‘ra eng mustahkam oilalar stereotip bo‘yicha oila qurganlarga to‘g‘ri kelar ekan.
Ularda ajralish juda kam, chunki ular "hamma qatori" oila qurishgan qarashsaki hamma ham
binoyidek yashayapti. Bular ham yashayverishadi. Birgalikdagi hayot tufayli er-xotin o‘rtasidagi
bir-birlariga moslashish tushunish bir-biriga mehr yuzaga kelib sevgi darajasiga yetishi mumkin.
Tanishish muddati nihoyatda qisqa (uch oygacha) va juda uzoq (8-10 yildan ortiq) bo‘lishi
maqsadga muvofiq emas. Shu o‘rinda qizlik sha’ni haqida aytib o‘tish kerakki u inson ruhiyatidan
millat ruhiyatidan kelib chiqadi.
Nikoh oldi omillarida muxabbat ma’lum bir katta o‘ringa ega. Muhabbat hislari uch bosqichni
bosib o‘tadi: a) boshlang‘ich, v) anglangan, s) o‘zaro hurmat bosqichlari.
Insoniyat bor ekan muhabbat odamni sirli tuyg‘ular olamiga yetaklagan, uni yengib bo‘lmas
to‘siqlardan o‘tishga, yuksak cho‘qqilarni zabt etishga undagan, uni rag‘batlantirgan, unga
baxtiyor onlarni tuhfa etgan. Hozirgi kunga qadar muhabbat tushunchasiga yagona ilmiy ta’rif-
tavsif berilmagan. Hissiyotdagi ayrim bosqichlarga ko‘ra muhabbat turini, bosqichini umuman
sevgi hislarini bor-yo‘qligini aniqlash mumkin.
Oilashunos, ruhshunoslarning ta’kidlashicha, oila ajralishlarining aksariyati mijozlarning
mos kelmasligi, juftlarning bir-birini tushunmasligi oqibatidir. Bir-biriga yaqin yoki bir xil mijozli
er-xotinlarda aytilgan fojia bo‘lmasligi mumkin. Bundan xolerik mijozli er- xotin mustasno.
Bunday er-xotinlar orasida janjalli hollar ko‘p bo‘ladi. Har bir jinsdagi inson bolasi asta-slekin
ulg‘ayadi va balog‘atga yetadi. Balog‘at yoshida inson tabiiy holda o‘z juftini topishga va birga
hayot kechirishga intiladi yoki boshqacha qilib aytganda inson o‘zidan zurriyod qoldirishning
asosiy sharti bo‘lgan jinsiy hayotga kirib boradi.[4] Tibbiyot ilmi qiz bolalarda jinsiy hissiyot
avvalroq (9 yoshda), o‘g‘il bolalarda esa keyinroq (11-12 yoshda) boshlanadi deb o‘rgatadi. Bu
yoshdan boshlab insonning jinsiy moyilligi qo‘zg‘ala boradi. Ayniqsa, 15-18 yoshda bu hissiyot
rivojlangan davr bo‘ladi. Shu sababli bu yoshda yigit ham, qiz bola ham o‘z jinsiy a’zolarini pokiza
tutishi, shahvoniy hirsni qo‘zg‘atuvchi omillardan doim o‘zini muhofaza qilishi kerak.
Shu bilan birga oilaviy huquqiy munosabatlarning ular ishtirokchilarining irodasi bo‘yicha
kelib chiqadi. Bu turdagi huquqiy munosabatlarda ularning subektlari nafaqat o‘zlariga tegishli
huquq va majburiyatlarni ko‘ngilli ravishda qabul qiladilar, balki, qoida tariqasida, istalgan paytda
o‘z hohishiga ko‘ra ular mazmunini o‘zgartirishlari mumkin. Shu jihatdan olib qaralganda er-
xotinlarning qonunda o‘rnatilgan doiralarda o‘z huquq va majburiyatlarini, xususan o‘z mulkining
u yoki bu haqiqiy tartibotini erkin va teng aniqlashlari asosida nikoh huquqiy munosabatlari oddiy
holat hisoblanadi.
21
References:
1.
Аynisa, M. (2018). Improvement of the pedagogical mechanisms of the family and
educational institutions in the development of the spiritual culture of adolescents of social and
legal risk groups. Проблемы педагогики, (1 (33)), 5-7.
2.
Musurmanova, A. (2018). Issues of strengthening the family institutions in Uzbekistan:
Theory and practice. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 8(10), 4-
11.
3.
Мусурманова, А. (2011). Формирование духовных основ социальной защиты
молодежи в процессе профессионального образования. Образование через всю жизнь:
непрерывное образование в интересах устойчивого развития, (9), 282-284.
4.
Артикова, Д. М., Мирхайдарова, Ф. С., Ахмедова, Ф. Ш., & Артиков, А. Ф. (2023). Изучение
инсулинового ответа на введение пиримидиновых нуклеотидов у пациенток с ожирением
и синдромом поликистозных яичников (Doctoral dissertation, Ўзбекистон, Тошкент).
5.
Shagazatova, B. X., Mirkhaydarova, F. S., Artikova, D. M., Axmedova, F. S., & Kudratov, N. A.
(2019). FEATURES OF DIABETES MELLITUS IN HIV-INFECTED PATIENTS. Toshkent tibbiyot
akademiyasi axborotnomasi, (1), 149-152.
6.
FAN, T., & JURNALI, P. O. I. Scientific-Theoretical Foundations of Developing the Logical
Thinking Of The Future Primary School Teacher.
