ONA TILINI O’QITISHDA INTEGRATSIYALASHGAN YONDASHUVLAR

Annotasiya

Ona tili fanini boshlang’ich sinflar uchun integratsion yondashuv asosida oson va qiziqarli holatda o’tishni o’rganish va tahlil qilish.

22-23
27

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Vakilova, M. (2024). ONA TILINI O’QITISHDA INTEGRATSIYALASHGAN YONDASHUVLAR. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(12), 22–23. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/49405
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ona tili fanini boshlang’ich sinflar uchun integratsion yondashuv asosida oson va qiziqarli holatda o’tishni o’rganish va tahlil qilish.


background image

22

ONA TILINI O’QITISHDA INTEGRATSIYALASHGAN YONDASHUVLAR

Vakilova Muslimabonu

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti,

Boshlang’ich ta’lim fakulteti 201-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14272470

Anotatsiya:

Ona tili fanini boshlang’ich sinflar uchun integratsion yondashuv asosida oson

va qiziqarli holatda o’tishni o’rganish va tahlil qilish.

Kalit so’zlar

: Integratsiya, dars, bilim, o’qituvchi, o’quvchilar, ona tili, metodlar.

Аннотация:

Изучение и анализ прохождения предмета по родному языку для

начальных классов простым и интересным способом на основе комплексного подхода.

Ключевые слова:

Интеграция, урок, знания, учитель, учащиеся, родной язык,

методы.

“Integratsiya” so’zi lotincha “integration” so’zidan olingan bo’lib, “bo’laklarni bir qismga

bog’lash” ma’nosini anglatadi. Bunday dars metodi fanlararo aloqani bog’lash, qo’llash
maqsadida qo’llanilib, talabalarning umumiy bilimdonlik darajasi aniqlanadi, rivojlantiriladi,
hayot bilan bog’lanadi[1].

Avvalo, integratsiyalashgan yondashuv asosida barcha fan miqyosida qanchalar ahamiyatli

ekanligiga bir nazar solsak. Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarga ona tili fanini integratsion
yondashuv asosida dars jarayonini olib borish o’quvchilarning bitta fandan zerikmagan holda
berilgan mavzuni mustahkam o’rganishga sabab bo’ladi.

Hozirda bu yangi ta’lim uslubi yosh avlodning maktab darslarida faol bo’lish va mavzularni

to’liq o’zlashtirishi uchun zamin yaratadi. Masalan, integratsion yondashuv asosida dars
jarayonini olib borishda boshlang’ich sinflarda ona tili fanini o’qitishni misol qilib olinsa, bu fanni
o’rgatishda barcha fanlardan o’rinli foydalanish mumkin.Sinfda ona tili fanidan “Ot-so’z
turkumi”mavzusi o’tildi. O’quvchilarga dars jarayoni boshlangandan so’ng,matematika fanidan
masala va misollar sharti va ularda berilgan asosiy predmetlardan foydalanish mumkin.

Namuna: Quyida mavzu o’tilgandan so’ng, matematika fanidan shu mavzuni mustahkamlab

olishda integratsion yondashuvdan foydalanadigan bo’lsak: ”Anvarning olmalarining jami 10ta
edi. Do’stlariga barcha olmalarni 2tadan taqsimlab berdi. Anvar nechta do’stiga olmalarini bo’lib
bergan?” masalasining yechimi topib olingandan so’ng, o’quvchilarga ona tili fanini
integratsiyalagan holda “Masalada ot so’z turkumiga oid so’zlarning grammatik xususiyatga ko’ra
necha turi qatnashgan?” deb o’rtada suhbat uyushtirish mumkin. Yana bir qancha fanlarni ham
misol qilib keltirsak ham bo’ladi:

Tabiiy fan bilan:O’quvchilarga darslikda yoki fanga oid matnlarni o’qitish va gapirtirish

orqali ona tili fani bo’yicha bilimlarini takomillashtirish mumkin.

Tasviriy san’at fani bilan: O’quvchilarga berilgan topshiriq asosida chizishgan rasmlarini

tasvirlab berishlari va shu rasmga oid hikoya tuzishlari yoki rasmga bog’liq bo’lgan biror bir
bilgan she’rlarini ifodali tarzda yod olib berishlarini so’ragan holda ona tili fanini tasviriy san’at
faniga integratsion yondashuv asosida bog’lash mumkin.

Jismoniy tarbiya fani bilan: O’quvchilarni jismoniy tarbiya fanida turli xil xalq o’yinlarini

o’rganayotgan va o’ynayotgan paytlarida o’yin davomida aytiladigan so’zlarni to’g’ri talaffuz
qilish, ularga bu so’zlarning ma’no-mazmunini ham uqtirib ketish mumkin.[3]


background image

23

Shunga o’xshash ta’lim sohasiga oid yangi usul va talablar kundan kunga ko’payib,

takomillashib bormoqda. Shu jumladan, Zamin.uz gazetasida ta’limda zamonaviy talablar haqida
qisqacha shular yozilgan:

Dars jarayonlarida eksperimental va innovatsion ta’lim jarayonlarini qo’llash;
Ta’lim sifatini oshirish maqsadida, pedagoglarning malakasini oshirish va xalqaro tajriba

almashinuvi uchun imkoniyatlar haqida so’z olib borilgan[4]

Yana dars davomida ona tili fanini integratsion yondashuv asosida o’rgatishga quyidagi

misolni keltirish mumkin:

Sinfdan bir necha o’quvchilarni doskaga chaqiriladi. Barchasiga turli fanlardan mavzular

berish mumkin. Birlariga matematikadan masala tahlili,birlariga rasm chizish va biriga she’r yod
olishni vazifa qilib berilsa,barchalariga topshiriqlariga mos qilgan holda vazifa yuklatiladi.
Buning natijasida, darslarni integratsion yondashuv asosida fanlarni umumiylashtirilgan holda
olib borish mumkin. Bu ta’limiy o’yinni “Qarmoqcha”deb atash mumkin. Negaki, qarmoqning
vazifasi ilgagi yordamida biror bir bo’lakni tutib olish bo’lsa, bu ta’limiy o’yin yordamida barcha
fandan bir qismlarini bir dars jarayonida olib borish mumkin. Bunday dars shaklidan mavzularni
mustahkamlash darslarida keng foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.

XULOSA

Ona tili fanini integratsion yondashuv asosida o’tishning ko’pgina afzal tomonlari mavjud.

Nafaqat, ona tili, balki, barcha fanda dars jarayonida unumli foydalanish mumkin. Integratsion
yondashuvdan foydalanish-o’quvchilarda darsga bo’lgan qiziqish, qabul qilayotgan fikrlarni
mantiqan tahlil qilish va aqliy salohiyatini rivojlantirishda katta o’rin egallaydi.

References:

1.

An’anaviy ta’lim va noan’anaviy ta’lim(Mualliflar:Gulobod Qudratilloh qizi,Ravshan

Ishmuhammedov,Malika Normuhammedova).
2.

Musayeva, S. I. (2024). ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF INTERACTIVE METHODS

INTRODUCING THE СLT (СOMMUNIСATIVE LANGUAGE TEACHING) APPROACH. World
Scientific Research Journal, 32(1), 217-219.
3.

Musayeva, S. I., & Mengliyeva, S. S. (2022). Kursantlarning madaniyatlararo rivojlantirish.

4.

Zamin.uz gazeta (Dilfuza Abdullayeva maqolasi)

Bibliografik manbalar

An’anaviy ta’lim va noan’anaviy ta’lim(Mualliflar:Gulobod Qudratilloh qizi,Ravshan Ishmuhammedov,Malika Normuhammedova).

Musayeva, S. I. (2024). ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF INTERACTIVE METHODS INTRODUCING THE СLT (СOMMUNIСATIVE LANGUAGE TEACHING) APPROACH. World Scientific Research Journal, 32(1), 217-219.

Musayeva, S. I., & Mengliyeva, S. S. (2022). Kursantlarning madaniyatlararo rivojlantirish.

Zamin.uz gazeta (Dilfuza Abdullayeva maqolasi)