KLINIK FIKRLASH KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy tibbiyot ta’limi jarayonida klinik fikrlash kompetentsiyalarini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik hamda psixologik jihatlari tahlil qilinadi. Klinik fikrlash shifokorning kasbiy kompetensiyasining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, nafaqat chuqur nazariy bilimlarga, balki dalillarga asoslangan yondashuv, analitik fikrlash, hissiy barqarorlik, empatik muloqot va reflektiv tafakkurga tayangan holatda qaror qabul qilishga asoslanadi. Maqolada kognitiv, affektiv va metakognitiv salohiyatlarni integrativ tarzda rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari, o‘qitish metodikasi, baholash yondashuvlari va simulyatsion muhitda o‘quv faoliyatini tashkil etish usullari yoritiladi. Shuningdek, interaktiv metodlar, muammoli ta’lim, refleksiya va murabbiylik asosida shaxsiy va kasbiy o‘sish mexanizmlari tahlil etiladi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
54-56

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Isroilov , F. . (2025). KLINIK FIKRLASH KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(15), 54–56. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135678
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy tibbiyot ta’limi jarayonida klinik fikrlash kompetentsiyalarini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik hamda psixologik jihatlari tahlil qilinadi. Klinik fikrlash shifokorning kasbiy kompetensiyasining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, nafaqat chuqur nazariy bilimlarga, balki dalillarga asoslangan yondashuv, analitik fikrlash, hissiy barqarorlik, empatik muloqot va reflektiv tafakkurga tayangan holatda qaror qabul qilishga asoslanadi. Maqolada kognitiv, affektiv va metakognitiv salohiyatlarni integrativ tarzda rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari, o‘qitish metodikasi, baholash yondashuvlari va simulyatsion muhitda o‘quv faoliyatini tashkil etish usullari yoritiladi. Shuningdek, interaktiv metodlar, muammoli ta’lim, refleksiya va murabbiylik asosida shaxsiy va kasbiy o‘sish mexanizmlari tahlil etiladi.


background image

54

KLINIK FIKRLASH KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING

PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI

Isroilov Farxodjon Ilxomjon og‘li

CAMU Xalqaro tibbiyot universiteti

“Gigiyenik va tibbiy jarayonlarni modellashtirish”

kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16941804

Annotatsiya:

Ushbu maqolada zamonaviy tibbiyot ta’limi jarayonida klinik fikrlash kompetentsiyalarini

shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik hamda psixologik jihatlari tahlil qilinadi. Klinik
fikrlash shifokorning kasbiy kompetensiyasining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, nafaqat chuqur
nazariy bilimlarga, balki dalillarga asoslangan yondashuv, analitik fikrlash, hissiy barqarorlik,
empatik muloqot va reflektiv tafakkurga tayangan holatda qaror qabul qilishga asoslanadi.
Maqolada kognitiv, affektiv va metakognitiv salohiyatlarni integrativ tarzda rivojlantirishning
didaktik shart-sharoitlari, o‘qitish metodikasi, baholash yondashuvlari va simulyatsion muhitda
o‘quv faoliyatini tashkil etish usullari yoritiladi. Shuningdek, interaktiv metodlar, muammoli
ta’lim, refleksiya va murabbiylik asosida shaxsiy va kasbiy o‘sish mexanizmlari tahlil etiladi.

Kalit so‘zlar:

klinika fikrlash, pedagogik-psixologik yondashuv, tibbiy ta’lim, affektiv salohiyat,

metakognitiv salohiyat, klinik qaror qabul qilish, simulyatsiya, refleksiya, interaktiv metodlar.


Bugungi kun tibbiyot mutaxassislarini klinik kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha

dolzarb muammo, o‘sib kelayotgan yoshlarni mehnat faoliyatlarida o‘z o‘rnini topishlariga, sifatli
ta’lim olishlariga, shaxslararo ijtimoiy-madaniy munosabatlarini shakllantirishga yordam berishi
kerak, biroq bunda eng muhimi -shaxsni talabga to‘la javob beradigan darajada rivojlanish
sharoitlari va o‘z imkoniyatlarini amalga oshira oladigan shaxsni shakllantirishdir. Aynan shuning
uchun ham tibbiy ta’limning asosiy vazifasi, bo‘lajak shifokorlarni kasbiy tayyorgarligining
ajralmas qismi bo‘lgan klinik fikrlash kompetentsiyalarini shakllantirish va rivojlantirish bo‘lishi
kerak.

Klinik fikrlash kompetentsiyalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlari tibbiyot

oliy ta’limi jarayonida talabalarning kasbiy yetukligini ta’minlovchi asosiy tarkibiy
komponentlardan biri sifatida alohida ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Jahon tibbiyot ta’limi
tajribasi shuni ko‘rsatadiki, samarali klinik fikrlash nafaqat chuqur nazariy bilimlar, balki
dalillarga asoslangan tahliliy yondashuv, diagnostik farazlarni shakllantirish va klinik qaror qabul
qilishda reflektiv hamda metakognitiv ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Bu jarayon pedagogik
jihatdan talabaning muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, integrativ bilimlarni qo‘llash va mustaqil
fikr yuritishga undovchi o‘quv muhitini yaratishni talab etsa, psixologik jihatdan stressga
bardoshlilik, hissiy barqarorlik, empatik muloqot va kognitiv moslashuvchanlik kabi shaxsiy
sifatlarni rivojlantirishni nazarda tutadi. Shu bois, klinik fikrlash kompetentsiyalarini
rivojlantirish masalasi zamonaviy tibbiyot ta’limida interaktiv o‘qitish metodlari, real klinik
holatlarni modellashtirish, yuqori realizmli simulyatsiya va muammoli ta’lim strategiyalarini
uyg‘unlashtirish orqali, shuningdek, talabada o‘z fikrlash jarayonini ongli tahlil qilish va
xatolardan samarali o‘rganish imkonini beruvchi refleksiya mexanizmlarini shakllantirish orqali
kompleks yondashuv asosida amalga oshiriladi.


background image

55

Klinik fikrlash kompetentsiyalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlari tibbiyot

ta’limida talabaning kognitiv, affektiv va metakognitiv salohiyatini integrativ yondashuv asosida
shakllantirish jarayoni bo‘lib, bu jarayon bilimlarni tizimlashtirish, muammoli vaziyatlarda
sabab–oqibat bog‘liqliklarini aniqlash va analitik tahlilni uyg‘unlashtirishga qaratiladi.

Kognitiv salohiyat deb asosan bilimni anglash, strukturalash va uni amaliy vaziyatlarga

qo‘llash qobiliyati tushuniladi. Klinik fikrlash nuqtai nazaridan bu - anamnez, simptom va test
natijalarini tahlil qilish orqali diagnostik gipotazalarni yaratish, sintetik tahlil o'tkazish, sabab–
oqibat bog‘liqliklarini aniqlash hamda qaror qabul qilish jarayonini o‘z ichiga oladi. Tadqiqotlar
shuni ko‘rsatadiki, kognitiv malaka - tibbiy bilimni strukturalashtirish va shoshilinch mantiqiy
hamda ongli algoritmik fikrlash usullarini uyg‘unlash orqali egiluvchanlik bilan ishlashi muhimdir.

Klinik qaror qabul qilish bosqichida talaba dalillarga asoslangan gipoteza yaratish, uni

tekshirish, alternativ variantlarni baholash va xulosa chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lishi zarur. Shu
bilan birga, klinik fikrlashning affektiv-ijtimoiy komponentlari ham muhim ahamiyat kasb etadi,
chunki real klinik muhitda aniqlik darajasi past bo‘lgan vaziyatlarda hissiy barqarorlik, stressga
chidamlilik, bemor va tibbiyot jamoasi bilan empatik muloqot olib borish, qarorlarni hamkorlikda
qabul qilish, ichki motivatsiyani yuqori darajada saqlash klinik kompetensiyaning ajralmas
qismidir.

Affektiv salohiyat- bu klinik muhit sharoitida stressga chidamlilik, empatik muloqot, shaxsiy

motivatsiyani saqlash va team-kommunikatsiya ko‘nikmalarini anglatadi. Klinika ma’lumotlari
asosida, murakkab vaziyatlarda hissiy barqarorlik va hamkasblar yoki bemor bilan samarador
muloqot klinik qaror qabul qilishda muhim rol o‘ynaydi, chunki shoshilinch bilan birga insonga
yo‘naltirilgan yondashuv ham zarurdir.

Metakognitiv salohiyat - bu o‘z fikrlash jarayonini kuzatish, o‘zi bilan bahs yuritish, xatolarni

aniqlash, strategiyalarni rejalashtirish, monitoring va refleksiya qilish kabilarni anglatadi. Klinika
kontekstida metakognitiv refleksiya - qaror qabul qilishdan keyin o‘ylab ko‘rish orqali xatolardan
saboq olish va keyingi holatlarda yaxshiroq yondashuvni shakllantirish imkonini beradi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, metakognitiv refleksiya diagnostik natijalarni sezilarli darajada
oshiradi. Metakognitiv darajada esa talabaning o‘z fikrlash jarayonini monitoring qilish, qaror
qabul qilishdagi xatolarni aniqlash va tuzatish, refleksiya orqali klinik tajribasini tahlil qilish,
kognitiv og‘ishlarni bartaraf etishga qaratilgan ongli strategiyalarni qo‘llashi talab etiladi.

Ushbu psixologik va pedagogik komponentlarni samarali rivojlantirish uchun ta’lim

jarayonida zamonaviy ta’lim metodlari qo‘llanilib, real klinik holatlar asosida tahlil va muloqot
olib borish imkoniyati yaratiladi; yuqori realizmli simulyatsiya va OSCE formatidagi amaliy
mashg‘ulotlar orqali qaror qabul qilish ko‘nikmalari mustahkamlanadi; murabbiylik va
muntazam, maqsadli fikr-mulohaza ta’lim oluvchining rivojlanish yo‘nalishini aniqlashga xizmat
qiladi; programmatic assessment yondashuvi esa klinik kompetensiyalarni bosqichma-bosqich,
ko‘p manbadan olingan ma’lumot asosida baholashga imkon beradi. Shu tarzda, klinik fikrlash
kompetentsiyalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlari kompleks tarzda, nazariy
bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va reflektiv faoliyatning uyg‘unlashuvi asosida amalga oshiriladi, bu
esa tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini mustaqil, mas’uliyatli va dalillarga asoslangan
klinik qaror qabul qiluvchi mutaxassis sifatida tayyorlashning asosiy sharti hisoblanadi.

References:


background image

56

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Epstein, R. M. (2007).

Assessment in medical education

. New England Journal of Medicine.

2.

Norman, G. (2005).

Research in clinical reasoning: past history and current trends

. Medical

Education.
3.

Kassirer, J. P. (2010).

Teaching clinical reasoning: case-based and coached

. Academic

Medicine.
4.

Eva, K. W. (2004).

What every teacher needs to know about clinical reasoning

. Medical

Education,
5.

Boud, D., Keogh, R., & Walker, D. (1985).

Reflection: Turning Experience into Learning

.

6.

Vygotsky, L. S. (1978).

Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes

.

Harvard University Press.

References

Epstein, R. M. (2007). Assessment in medical education. New England Journal of Medicine.

Norman, G. (2005). Research in clinical reasoning: past history and current trends. Medical Education.

Kassirer, J. P. (2010). Teaching clinical reasoning: case-based and coached. Academic Medicine.

Eva, K. W. (2004). What every teacher needs to know about clinical reasoning. Medical Education,

Boud, D., Keogh, R., & Walker, D. (1985). Reflection: Turning Experience into Learning.

Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Harvard University Press.