SHAXS MA’NAVIY-AHLOQIY RIVOJLANISHIDA INTELLEKTUAL TARAQQIYOTNING O‘RNI

Abstract

Ma’lumki, kognitiv yo‘nalishda axloqiy ongni taraqqiyoti muammosi, intellektni rivojlantirish va axloqiy e’tiqodni shakllantirishning o‘zaro bog‘liqligi nuqtai nazaridan tahlil qilingan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
  • Yoshlar muammolarini o'rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti Boshqaruv mahorati va yetakchilik ko'nikmalarini rivojlantirish kafedrasi mudiri Phd
40-43

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Mirxoliqova , C. . (2025). SHAXS MA’NAVIY-AHLOQIY RIVOJLANISHIDA INTELLEKTUAL TARAQQIYOTNING O‘RNI. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(15), 40–43. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135123
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ma’lumki, kognitiv yo‘nalishda axloqiy ongni taraqqiyoti muammosi, intellektni rivojlantirish va axloqiy e’tiqodni shakllantirishning o‘zaro bog‘liqligi nuqtai nazaridan tahlil qilingan.


background image

40

SHAXS MA’NAVIY-AHLOQIY RIVOJLANISHIDA INTELLEKTUAL

TARAQQIYOTNING O‘RNI

Mirxoliqova Charos Xabibullaevna

Yoshlar muammolarini o'rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti Boshqaruv

mahorati va yetakchilik ko'nikmalarini rivojlantirish kafedrasi mudiri Phd

https://doi.org/10.5281/zenodo.16899605

Ma’lumki, kognitiv yo‘nalishda axloqiy ongni taraqqiyoti muammosi, intellektni

rivojlantirish va axloqiy e’tiqodni shakllantirishning o‘zaro bog‘liqligi nuqtai nazaridan tahlil
qilingan.

J. Piaje axloqiy ong rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishining o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib

ko‘rsatdi va ularni bolaning bilish qobiliyatlarining bosqichma-bosqich shakllanishi bilan bog‘ladi.
Intellekt J. Piaje tomonidan sub’yekt va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabatlarni shakllantiruvchi
xulq-atvorning kognitiv jihati sifatida ko‘rib chiqilgan. Intellektual taraqqiyoti, J.Piajening fikricha,
ikki tamoyilga muvofiq amalga oshadi: moslashish va tashkil etish. Atrof-muhit talablariga
moslashish, o‘z navbatida, muvozanatda bo‘lishi kerak bo‘lgan ikki jarayondan iborat:
assimilyasiya (tashqi hodisalarni o‘zlashtirish va aqliy hodisalarga yoki fikrlarga aylantirish) va
akkomodatsiya (aqliy tuzilmalarni aqliy muhitning yangi jihatlariga moslashtirish). Intellektual
rivojlanishning ikkinchi tamoyili - tashkil etish - bu aqlning tuzilishi, murakkablashuvi va
integrasiyasidir. J.Piajening fikricha, “bilim harakatdir” (xulq-atvor sxemasi) va rivojlanish
natijasida bu sxemalar bosqichma-bosqich interiorizatsiyalanadi. Shunday qilib, nafaqat
ob’yektning qayta tiklanishi sodir bo‘ladi, balki sub’yektning o‘zi ham bilish faoliyati orqali
o‘zgaradi. Ammo atrof-muhitdan olingan har qanday bilim o‘zlashtirilishi mumkin emas, balki
faqat sub’yektning ichki aqliy tuzilmalariga mos keladigan bilimlar o‘zlashtirilishi mumkin. J.Piaje
tomonidan ajratilgan predmetli olamga nisbatan bolaning harakat sxemalari u tomonidan
insonlarga nisbatan sxemalar bilan to‘ldirildi. Ular bolaning axloqiy ongini tashkil etuvchi kognitiv
tuzilmalar hisoblanadi [2].

Bola axloqiy ongining bosqichma-bosqich rivojlanishi tahlili J. Piaje tomonidan “Bolaning

axloqiy mulohazalari” (1932) asarida taklif qilingan. J. Piaje bolalarning o‘yin qoidalariga
munosabatini o‘rganib, shuningdek, u ishlab chiqqan klinik suhbat usuli yordamida bola axloqiy
ongining rivojlanish bosqichlarini ajratib ko‘rsatdi: geteronom axloq bosqichi (majburlash
axloqiga rioya qilish) va avtonom axloq bosqichi (hamkorlik axloqi). Axloqiy ongning bunday
shakli J. Piaje tomonidan bolaning o‘z nuqtai nazari va boshqalarning fikrlari aralash
bo‘lgandagina tafakkurning egosentrizmi bilan izohlangan [2]. Shunday qilib, ushbu bosqichda
axloqni tushunish mutlaq, qat’iy xarakterga ega, qoidalar o‘zgarmas, jazo muqarrar bo‘lib, xatti-
harakatning axloqiyligini baholash ta’qiqlangan narsaga muvofiq amalga oshiriladi.

Axloqiy ong rivojlanishining keyingi bosqichida bolalar qoidalar mutlaq emasligini va ularni

umumiy kelishuv asosida o‘zgartirish mumkinligini bilib oladilar. Qoidalar endi o‘zaro hurmat va
kelishuv (hamkorlik etikasi) asosidagi ijtimoiy ijodning alohida turi sifatida qabul qilinadi. Axloqiy
qoidalar ixtiyoriy ravishda qabul qilinadi, tafakkurni markazlashtirmaslik qobiliyati paydo bo‘ladi
va xatti-harakatlarning axloqiyligini baholash boshqa kishining motivlari va istaklarini tushunish
asosida amalga oshiriladi, chunki boshqa kishining nuqtai nazariga qo‘shilish mumkin bo‘ladi.

J. Piaje u yoki bu axloqiy mulohazalarning motivlari va sabablarini ham o‘rgangan. Uning

fikricha, ba’zi hukmlar xatti-harakatning mumkin bo‘lgan oqibatlariga asoslanadi (ob’yektiv
hukmlar), boshqalari esa niyat yoki motivlarni hisobga oladi (sub’yektiv hukmlar). Axloqiy ong


background image

41

rivojlanib borgan sari, J.Piajening fikricha, bolalarda operatsional tafakkurning roli ortib boradi.
Bu esa ularni ob’yektiv mas’uliyatdan sub’yektiv mas’uliyatga olib keladi va bola motivlar yoki
niyatlarni xatti-harakatning oqibatlaridan ko‘ra, muhimroq deb hisoblay boshlaydi.

J.Piajening fikricha, ijtimoiy munosabatlarning axloqiy tomonini aniqlash, istalgan va kerakli

narsalarni qarama-qarshi qo‘yish - bularning barchasi jamiyatdagi munosabatlarning
yaxshilanishiga, haqiqiy tenglik va hamkorlikning shakllanishiga olib keladi. J.Piajening fikricha,
axloq muayyan ijtimoiy formatsiyada amal qiladigan qoidalar tizimidan iborat bo‘lib, axloqning
yagona manbai jamiyat tomonidan ma’qullanishi bo‘lishi mumkin.

J.Piajening kognitiv nazariyasining asosiy qoidalari boshqa tadqiqotchilarning ishlarida

tasdiqlangan, ammo ba’zilari munozaralarga sabab bo‘lgan. Shunday qilib, axloqiy ong rivojlanish
bosqichlarining yosh chegaralari bo‘yicha D.Darkin tadqiqotining natijalari J.Piajening
xulosalariga mos kelmadi, chunki o‘smirlar oldingi bosqichga mos keladigan javoblarni berishlari
mumkin edi (J.Piaje bo‘yicha majburlash etikasi) [2]. Mak-Rey axloqiy ong rivojlanishining
jamiyatning u yoki bu qatlamiga mansublikka bog‘liqligini aniqladi. Shuningdek, u axloqiy
me’yorlarni o‘zlashtirishda hissiy jihatning rolini ko‘rsatgan. R.S.Jonson (1968) axloqiy
hukmlarning shakllanishi ota-onalarning axloqqa nisbatan munosabatlarining yetuklik darajasiga
bog‘liqligini ko‘rdi [3].

L.Kolberg ham J.Piaje nazariyasi qoidalariga asoslanib, axloqiy rivojlanishda kognitiv

tuzilmalarning asosiy rolini ta’kidladi. U “axloqning kognitiv-evolyusion nazariyasi”ni ishlab
chiqdi va J.Piaje kabi axloqiy rivojlanishning ikki emas, balki uch darajasini ajratib ko‘rsatdi. U
atrof-muhit va shaxsning o‘zaro ta’sirida bu darajalar qanday nisbatda bo‘lishini; bir darajadan
ikkinchisiga o‘tish qanday sodir bo‘lishini; kognitiv tuzilmalar va axloqiy his-tuyg‘ular,
sub’yektning axloqiy xatti-harakatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik qanday amalga oshirilishini aniqlashga
harakat qildi. L.Kolberg intellektual rivojlanish darajasi, J.Piaje nazariyasiga ko‘ra, axloqiy ongning
tegishli darajasini rivojlantirish uchun zarur shartdir, ammo u yetarli bo‘lishi mumkin emas, deb
hisoblagan. J.Piaje singari L.Kolberg ham axloqning ijtimoiy determinatsiyasini ko‘rsatib o‘tgan.

Axloqiy hukmlar rivojlanishining asosiy bosqichlari, uning fikricha, madaniy farqlardan qat’i

nazar, universal xarakterga ega. J.Piajedan farqli ravishda, L.Kolberg tadqiqotlari o‘smirlik davrini
ham qamrab olgan. Uning fikricha, axloqiy ongning rivojlanishi insonning butun hayoti davomida
sodir bo‘ladi va diniy, milliy va maqom farqlariga bog‘liq emas. Shuningdek, axloqiy ong asosan
tashqaridan emas, balki atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sir orqali shakllanadi [3].

Longityud tadqiqot materiallaridan, shuningdek, klinik intervyu usulidan foydalanib, L.

Kolberg axloqiy rivojlanish qonuniyatlarini batafsilroq kuzatishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada u
axloqiy hukmlar rivojlanishining uch darajasini ajratib ko‘rsatdi, ular o‘z navbatida ikki bosqichga
bo‘linadi, bunda har bir darajaning ikkinchi bosqichi axloqiy rivojlanish yo‘lida ko‘proq tuzilgan
va murakkablashgan bo‘ladi. Birinchi daraja L.Kolberg tomonidan konvensiyagacha bo‘lgan
(domoral) daraja sifatida belgilanadi va ikki bosqichga bo‘linadi: “geteronom” axloq bosqichi va
individualizm, instrumental maqsad va almashinuv bosqichi. Ushbu daraja 9 yoshgacha bo‘lgan
bolalarga, shuningdek, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorga ega o‘smirlarga xosdir.

“Geteronom” axloq bosqichida jazoga yo‘nalganlik mavjud bo‘lib, buning natijasida asosiy

motiv jazoga olib keladigan qoidalarni buzishdan qochishdir. Individualizm, instrumental maqsad
va ayirboshlash bosqichida qoidalarga rioya qilish faqat shaxsning o‘z manfaatlariga mos
kelgandagina sodir bo‘ladi.


background image

42

Keyingi daraja - konvensional (an’anaviy, umumiy qabul qilingan me’yorlarga muvofiqlik

etikasi) mos ravishda uchinchi va to‘rtinchi bosqichlarga bo‘linadi: o‘zaro shaxslararo kutish va
shaxslararo bo‘ysunish bosqichi (yaxshi inson etikasi) va ijtimoiy tizim va vijdon bosqichi
(hokimiyatni qo‘llab-quvvatlash etikasi). Mazkur daraja, L.Kolberg fikricha, aksariyat o‘smirlar va
kattalar uchun xosdir. Shaxslararo o‘zaro kutish va shaxslararo bo‘ysunish bosqichida asosiy
motiv atrofdagilarning noroziligidan qochish, o‘zining va jamiyatning ko‘z o‘ngida yaxshi inson
bo‘lish ehtiyoji hisoblanadi. To‘rtinchi bosqich - ijtimoiy tizim va vijdon (hokimiyatni qo‘llab-
quvvatlash etikasi) - inson rozi bo‘lgan majburiyatlarni bajarish bilan tavsiflanadi. Asosiy motiv -
muassasa hayotini saqlab qolish va tizimni barbod qilmaslik, qonun va jamoat tartibini saqlash,
jamiyat manfaatlari haqida qayg‘urish.

Uchinchi daraja - postkonvensional (prinsipial, mustaqil ishlab chiqilgan axloqiy tamoyillar

etikasi) darajasiga, L.Kolbergning fikricha, faqat 20 yoshdan keyin va shunda ham kam sonli
kattalar tomonidan erishiladi. Ushbu daraja shaxsning mustaqil tanlovi, individual axloqiy
mas’uliyati va umumiy yetukligi mavjudligini nazarda tutadi. Postkonvensional daraja axloqiy
rivojlanishning beshinchi va oltinchi bosqichlariga bo‘linadi: ijtimoiy shartnoma yoki foydalilik va
individual huquqlar bosqichi (demokratik qabul qilingan qonunlar etikasi) va universal axloqiy
tamoyillar bosqichi (individual xulq-atvor tamoyillari etikasi).

Beshinchi bosqich - ijtimoiy shartnomada ko‘plab qadriyatlar va fikrlar mavjudligi hamda

aksariyat qadriyatlar va qoidalar umuminsoniy qoidalarga mos kelishi tushuniladi. Asosiy motiv -
boshqa sub’yekt yoki jamiyatning hurmatini qozonish. Oltinchi bosqichda - universal axloqiy
tamoyillarda mustaqil tanlangan tamoyillarga amal qilish amalga oshiriladi [1].

60 yillarning oxirida L.Kolberg o‘z nazariyasini pedagogik amaliyotda, xususan, axloqiy

tarbiya sohasida qo‘llash muammosiga murojaat qildi. Mazkur tadqiqot M.Blatt (M.Blatt, L.Kolberg
1975) bilan hamkorlikda amalga oshirildi. M.Blatt E.Turiel (1966) va D.Restning (1968) maktab
o‘quvchilariga axloqiy mavzularni o‘zidan bir pog‘ona yuqorida muhokama qilishni taklif qilish
axloqiy rivojlanishning keyingi bosqichiga o‘tishga olib keladi, ya’ni uni tezlashtiradi, degan
farazlariga asoslanib, axloqiy hukmlarning rivojlanishi pedagogik ta’sirlarga bo‘ysunishini,
axloqiy rivojlanishning keyingi bosqichiga tezkor o‘tishning sharti kognitiv ziddiyatning
mavjudligi, axloqiy bilimlar, axloqiy rollarni o‘z zimmasiga olish, shuningdek, axloqiy
rivojlanishning dolzarb darajasidan yuqori bo‘lgan axloqiy masalalarni muhokama qilish
ekanligini isbotladi. M.Blattdan keyin axloqiy mavzulardagi munozaralar tahlili Berkovis va Gibbs
tomonidan amalga oshirildi. Ular axloq sohasidagi fikrlar, mulohazalar bilan almashish,
boshqalarning fikrini qayta ifodalash orqali bu mulohazalarni o‘z xulq-atvorini boshqarishga
kiritish sodir bo‘lishini aniqladilar. Uolker (1983) turli kognitiv omillarning axloqiy rivojlanishga
ta’sirini, jumladan, munozaralarning axloqiy mavzularga ta’sirini o‘rgangan. U taklif qilgan
ijtimoiy rollardan foydalangan holda o‘zaro munosabatlarning turli variantlari axloqiy
rivojlanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, uning sur’atini tezlashtirdi [1].

Boshqa tadqiqotchilarning ishlari natijalari bo‘yicha ham axloqiy rivojlanishga kognitiv

omillar bilan bir qatorda sinaluvchining hissiy ishtiroki, eksperimental vaziyatning o‘ziga xos
xususiyatlari, o‘tmishdagi axloqiy tajriba, ota-onalarning axloqiy munosabatlari, shaxsning turli
xususiyatlari va ijtimoiy sharoitlarning ta’siri haqida xulosa chiqarish mumkin. Xulq-atvorni
axloqiy boshqarish nafaqat axloqiy ongning rivojlanish darajasiga, balki axloqiy yechimni talab
qiladigan u yoki bu ziddiyatli vaziyatda harakatlarni individual tanlashga ham bog‘liq bo‘ladi.


background image

43

Shunday qilib, xorijiy psixologiyada: - uchta asosiy psixologik yo‘nalish mavjud bo‘lib, ular

doirasida shaxs axloqiy ongini shakllantirishning genezisi, mexanizmlari, omillari va vositalarini
o‘rganish amalga oshiriladi, shuningdek, axloqiy xulq-atvor va axloqiy his-tuyg‘ular ko‘rib
chiqiladi; - psixoanalitik yo‘nalishda asosiy e’tibor ichki psixik axloqiy instansiyalarni
rivojlantirishga qaratilgan; axloqiy me’yorlarni o‘zlashtirish mayl va burch o‘rtasidagi ichki
shaxsiy ziddiyatni bartaraf etish va hal qilish orqali amalga oshiriladi; - bixevioristik yo‘nalish
doirasida axloqiy xulq-atvorning shakllanishi ijtimoiy o‘rganish natijasi sifatida modellar,
shuningdek, turli xil mustahkamlash orqali ko‘rib chiqilgan; - kognitiv yo‘nalishda axloqiy ongni
rivojlantirish nazariyasi ishlab chiqilgan; - kognitiv tuzilmalar va axloqiy rivojlanish o‘rtasidagi
bog‘liqlik aniqlangan; - xulq-atvorni axloqiy tartibga solishning axloqiy e’tiqodlarning
shakllanganligi, aniq ijtimoiy vaziyatlar, axloqiy mavzularga hissiy munosabat, ota-onalarning
axloqiy ko‘rsatmalarining yetuklik darajasi, shaxs xususiyatlari va mustaqil axloqiy tanlov
qobiliyatiga bog‘liqligi aniqlandi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Kohlberg L. Moral Stages and Moralization: The Cognitive-Developmental Approach //

Moral Development and Behavior: Theory, Research, and Social Issues / Ed. by T. Lickona. – New
York etc., 1976. – P. 31–53
2.

Пиаже Ж. Избранные психологические труды. М.: Международная педагогическая

академия, 1994. – 680 с.
3.

Райс Ф. Психология подросткового и юношеского возраста. СПб.: «Питер», 2000. С. 390-

421.

References

Kohlberg L. Moral Stages and Moralization: The Cognitive-Developmental Approach // Moral Development and Behavior: Theory, Research, and Social Issues / Ed. by T. Lickona. – New York etc., 1976. – P. 31–53

Пиаже Ж. Избранные психологические труды. М.: Международная педагогическая академия, 1994. – 680 с.

Райс Ф. Психология подросткового и юношеского возраста. СПб.: «Питер», 2000. С. 390-421.