O‘QUV VAZIYATLARINI VITAGEN TA’LIMGA INTEGRATSIYA QILISHNING AHAMIYATI

Abstract

Mazkur maqolada o‘quv vaziyatlarini vitagen (hayotiy tajribaga asoslangan) ta‘limga integratsiyalashning nazariy-metodik asoslari va amaliy imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot Pedogogik oliy ta’lim muassasalari tarix yo’nalishi 2-bosqich O’zbekiston tarixi fani mavzulari asosida olib borildi. Unda vitagen ta‘limning shaxsiy hayotiy tajriba, hissiy xotira va real ijtimoiy vaziyatlarga tayangan holda bilimni shakllantirish tamoyillari asosida o‘quv vaziyatlari modellashtirildi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
61-65
0

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Vohidov , S. . (2025). O‘QUV VAZIYATLARINI VITAGEN TA’LIMGA INTEGRATSIYA QILISHNING AHAMIYATI. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(13), 61–65. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/117897
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada o‘quv vaziyatlarini vitagen (hayotiy tajribaga asoslangan) ta‘limga integratsiyalashning nazariy-metodik asoslari va amaliy imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot Pedogogik oliy ta’lim muassasalari tarix yo’nalishi 2-bosqich O’zbekiston tarixi fani mavzulari asosida olib borildi. Unda vitagen ta‘limning shaxsiy hayotiy tajriba, hissiy xotira va real ijtimoiy vaziyatlarga tayangan holda bilimni shakllantirish tamoyillari asosida o‘quv vaziyatlari modellashtirildi.


background image

61

O‘QUV VAZIYATLARINI VITAGEN TA’LIMGA INTEGRATSIYA QILISHNING

AHAMIYATI

Vohidov Sardorbek Bahodir o’g’li

Andijon davlat pedagogika instituti stajyor – tadqiqotchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15755325

Annotatsiya:

Mazkur maqolada o‘quv vaziyatlarini vitagen (hayotiy tajribaga asoslangan)

ta‘limga integratsiyalashning nazariy-metodik asoslari va amaliy imkoniyatlari tahlil qilingan.
Tadqiqot Pedogogik oliy ta’lim muassasalari tarix yo’nalishi 2-bosqich O’zbekiston tarixi fani
mavzulari asosida olib borildi. Unda vitagen ta‘limning shaxsiy hayotiy tajriba, hissiy xotira va
real ijtimoiy vaziyatlarga tayangan holda bilimni shakllantirish tamoyillari asosida o‘quv
vaziyatlari modellashtirildi.

Kalit so‘zlar:

o‘quv vaziyati, vitagen ta‘lim, hayotiy tajriba, eksperiment, ta‘lim

samaradorligi.

Аннотация:

В данной статье проанализированы теоретико-методические основы и

практические возможности интеграции учебных ситуаций в витагенное (основанное на
жизненном опыте) обучение. Исследование проводилось на основе тем по предмету
«История Узбекистана» во втором курсе педагогических высших учебных заведений по
направлению «История». В рамках работы были смоделированы учебные ситуации на
основе принципов витагенного обучения, таких как опора на личный жизненный опыт,
эмоциональную память и реальные социальные контексты.

Ключевые слова:

учебная ситуация, витагенное обучение, жизненный опыт,

эксперимент, эффективность обучения.

Annotation:

This article analyzes the theoretical-methodological foundations and practical

opportunities for integrating learning situations into vitagen-based (life experience-oriented)
education. The research was conducted based on the topics of the subject “History of
Uzbekistan” taught in the second year of the history program at pedagogical higher education
institutions. Within the study, learning situations were modeled on the principles of vitagen
education, relying on personal life experience, emotional memory, and real social contexts as the
basis for knowledge formation.

Keywords:

learning situation, vitagen education, life experience, experiment, educational

effectiveness.

KIRISH

Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida ta’lim mazmunini hayotiy

ehtiyojlar bilan uyg‘unlashtirish dolzarb pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. An’anaviy bilim
berishga asoslangan yondashuvlar zamonaviy jamiyat talablariga to‘laqonli javob bera
olmayapti. Shu sababli konstruktivizm, konnektivizm, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar qatori
vitagen ta’lim ham jahon tajribasida e’tirof etilmoqda. Vitagen ta’lim – bu talabaning individual
hayotiy tajribasiga, hissiy xotiralariga, real holatlardagi kuzatishlariga tayanib, yangi bilimlarni
chuqurroq anglashiga yordam beruvchi ta’limiy modeldir. O‘quv vaziyatlari esa ta’lim oluvchini
faollikka undaydigan, tanqidiy va ijodiy fikrlashga yo‘naltiradigan metodik vosita sifatida


background image

62

pedagogik amaliyotda muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, bu vositalarni vitagen yondashuv bilan
uyg‘unlashtirish orqali o‘zlashtirilgan bilimlar barqaror, amaliy va hayotiy bo‘lishiga erishiladi.

Mavzuning dolzarbligi:

Zamonaviy ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri - bilimlarning hayot

bilan uzviy bog‘langan, amaliy ahamiyatga ega, shaxsiy tajriba asosida shakllanadigan modelini
yaratishdan iborat. An’anaviy ma’ruzalar va informatsion taqdimotlarga asoslangan ta’lim
shakllari yosh avlodda tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va ijodiy yondashuv kabi
zamonaviy kompetensiyalarni yetarli darajada shakllantira olmayapti. Shu bois, ta’lim
jarayonida shaxsiy tajriba, hissiy ong, real hayotiy holatlarni integratsiyalashga asoslangan yangi
yondashuvlar zarur bo‘lmoqda. Ana shunday yondashuvlardan biri - vitagen ta’lim konsepsiyasi
hisoblanadi. Bu model talabalarning shaxsiy tajribasi, hissiy xotirasi, faol ishtiroki va ijtimoiy
muhit bilan o‘zaro aloqasi orqali chuqur va barqaror bilim shakllanishini ta’minlaydi. Vitagen
yondashuv orqali ta’lim shunchaki nazariy tushuncha emas, balki hayotiy voqelikda
qo‘llaniladigan amaliy tajribaga aylanadi. Bunda o‘quv vaziyatlarining ahamiyati beqiyosdir. Ular
talabalarni noan’anaviy fikrlashga, mustaqil qaror qabul qilishga va faol ishtirokga undaydi.
Shuning uchun vitagen ta’lim va o‘quv vaziyatlarini uyg‘unlashtirish hozirgi davrda ta’lim
samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Bu
yondashuvning tizimli o‘rganilishi, ilmiy asoslanishi va amaliyotga tatbiq etilishi ta’lim
islohotlari jarayonida nihoyatda dolzarbdir.

Mavzu bo’yicha ilmiy izlanishlarning qisqacha taxlili:

Ushbu mavzu bo’yicha bir qator olimlar xususan : Davletnazarova.D

1

, Белкин А.С

2

, Ruzieva

D.I., Rustamova N.R

3

. kabi olimlar O‘quv vaziyatlarining vitagen ta’limga integratsiyasi

zamonaviy pedagogik paradigmalarda konstruktiv va refleksiv yondashuvlar bilan uzviy bog‘liq
deb takidlashadi. Maxmudova Z.R. Psixologik-pedagogik adabiyotlarda bunday yondashuv

m

uammoli o‘qitish

,

interfaol metodlar

va

tanqidiy fikrlashni shakllantirish

bilan chambarchas

bog‘liqdir deb aytadi.

4

Metodologiya

Maqolada vitagen ta’limning ta’lim tizimiga integratsiyasi masalasi birinchi bor o‘quv

vaziyatlari asosida chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, O’zbekiston tarix fani misolida vitagen
yondashuvning amaliyotga joriy etilishining samaradorligi empirik tarzda asoslab beriladi.

Tahlil

va sintez, taqdim etilgan natijalarni tahlil qilish, orqali ochib berildi.

Natija va Mulohazalar:

Ta’lim jarayonining zamonaviy taraqqiyot bosqichida shaxsni har tomonlama rivojlantirish,

ayniqsa, talabalarning ilmiy tafakkuri, tarixiy dunyoqarashi va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini
rivojlantirish dolzarb vazifa sifatida e’tirof etilmoqda. Vitagen taʼlim yondashuvi esa
talabalarning o‘z hayotiy tajribasi va shaxsiy bilimlariga asoslanib yangi ma’lumotlarni idrok
etishiga imkon beruvchi innovatsion pedagogik yo‘nalish sifatida ajralib turadi. “Vitagen”

1

Davletnazarova D. Vitagen ta’lim asosida talabalarning axborot-analitik kompetensiyalarini rivojlantirish // ResearchBib

Journal. – 2024. – Vol. 2, No. 3. – B. 860.b

2

Белкин А.С., Вербицкая Н.О. Витагенное образование в системе педагогического знания (витагенная концепция

личности) // Педагогическое образование в России. – 2007. – №1.

3

Ruzieva D.I., Rustamova N.R. Vitagen hamda vitagen taʼlim tushunchasiga oid nazariy tadqiqotlar tahlili // Talim va

innovatsion tadqiqotlar. – 2021. – №4. – B. 442-446.

4

Махмудова З.Р.

Интерактивные методы обучения в условиях реализации компетентностного подхода

. —

Ташкент, 2021.


background image

63

atamasi lotincha “vita” – hayot va “genesis” – kelib chiqish, rivojlanish so‘zlaridan tarkib topib,
insonning individual hayot tajribasini ta’lim jarayoniga integratsiya qilishga urg‘u beradi

5

.

Ta’lim tizmi ilmiy bilimlar shunchaki ma’lumotlar yig‘indisi emas. Shu o’rinda savol

tug‘iladi: Ilmiy bilim o‘zi nima? “Ilmiy bilim – tabiat, jamiyat va tafakkur qonuniyatlari haqidagi
bilimlar tizimidir”

6

. Vitagen ta’limni o’quv jarayonlariga qo’llashning asosiy maqsadi, talabalarni

tayyor bilimlarni yodlash emas, balki hayotiy holatlardan kelib chiqib tushunish, fikr yuritish va
mustaqil qaror qabul qilishga o‘rgatish hisoblanadi. Shu o’rinda vitagen ta’limni qo’llash nima
uchun muhim hisoblanadi degan savol tug’uladi. Birinchidan o’zlashtirilgan bilimlar bilim real
hayot bilan bog‘lanadi. Ikkinchidan talaba faol subyektga aylanadi, o‘z tajribasi asosida
tushunadi, solishtiradi, tahlil qiladi va O‘z-o‘zini anglash, fikr bildirish, refleksiya qilish
malakalari rivojlanadi.

1-rasim. Vitagen talimni qo’llshning ahamiyati.

Ta’lim jarayoniga qo’llash xususan “O’zbekiston tarixi” fanini o’qitilishida hayotiy

vaziyatlarga asoslangan topshiriqlar berish orqali talabalarning egalagan bilimlarini tushinish
ularni ilmiy asoslashga yordam beradi. Misol uchun tarix yo’nalishi 2- kurs “O’zbekiston tarixi”
fani bo’yicha “O‘rta Osiyo xonliklarining tashqi iqtisodiy va siyosiy diplomatik aloqalari”
mavzusini o’rganishda talabalarga “Sizning ajdodlaringiz orasida elchilar yoki savdogarlar bormi
?” degan savolni berish orqali talabalarni o’z ajdodlari haqida o’ylashga undash mumkin, keyin
siz ham o’z ajdodlaringiz kabi elchi yoki savdogar bo’lishni hohlaysizmi degan savol orqali ularni
mavzuni o’z hayotlari bilan bog’lash imkonini beradi. “Agar siz Amir Temurning o‘rnida

5

Davletnazarova D. Vitagen ta’lim asosida talabalarning axborot-analitik kompetensiyalarini rivojlantirish // ResearchBib

Journal. – 2024. – Vol. 2, No. 3. – B. 866-870.

6

https://ru.wikipedia.org/wiki.


background image

64

bo‘lsangiz, qanday qarorlar qabul qilgan bo‘lardingiz? Bugungi rahbarlarga qanday maslahat
bergan bo‘lardingiz?” kabi savollar ta’labani o’ylashga va bugungi kun bilan bog’lb fikr yuritishga
sabab bo’ladi.

Yuqoridagi misollardan ko’rinib turibdiki o’quv vaziyatlarni Vitagen ta’lim bilan

integratsiya qilishning bir qator afvzalliklari mavjud. Xususan

Talabalar faollashadi, darsda ishtirok etishga qiziqadi;

Tanqidiy va ijodiy fikrlash rivojlanadi;

O‘z fikrini asoslash va baholash ko‘nikmasi kuchayadi;

Olingan bilim ko‘proq esda qoladi, amalda qo‘llaniladi.

Xulosa:

Xulosa qilib aytganda Vitagen ta’lim yondashuvini o‘quv jarayonlariga tadbiq etish

zamonaviy pedagogikaning shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatga asoslangan va hayotiylik
tamoyillariga mos keluvchi samarali pedagogik strategiya sifatida e’tirof etiladi. Mazkur
yondashuv talabalarning hayotiy tajribasini bilim olishning asosiy omiliga aylantirish orqali
ta’lim mazmunini yanada boyitadi, o‘zlashtirish jarayonini tabiiy va shaxsiy ahamiyatga ega
holga keltiradi. O’rganishlarimiz natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, vitagen yondashuv asosida
tashkil etilgan o‘quv faoliyati talabalarda mustaqil fikrlash, tanqidiy yondashuv, refleksiya qilish,
ijtimoiy mas’uliyat va qaror qabul qilish kabi zarur kompetensiyalarni rivojlantiradi. Shu bilan
birga, vitagen ta’lim ta’limiy materiallar va real hayotiy vaziyatlar o‘rtasidagi integratsiyani
kuchaytiradi hamda o‘quvchini passiv bilim oluvchidan faol bilim yaratuvchi subyektga
aylantiradi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, vitagen ta’limni o‘quv jarayoniga samarali integratsiyalash

o‘qituvchi metodikasining yangilanishini, talabalarning faollashuvini, ta’lim motivatsiyasining
ortishini va natijadorlikning oshishini ta’minlaydi. Shu boisdan, ushbu yondashuvni amaliyotga
joriy etish ta’lim tizimida sifat o‘zgarishlariga zamin yaratadi va raqobatbardosh kadrlarni
tayyorlashga xizmat qiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Davletnazarova D. Vitagen ta’lim asosida talabalarning axborot-analitik kompetensiyalarini

rivojlantirish // ResearchBib Journal. – 2024. – Vol. 2, No. 3. – B. 860.b
2.

Белкин А.С., Вербицкая Н.О. Витагенное образование в системе педагогического

знания (витагенная концепция личности) // Педагогическое образование в России. –
2007. – №1.
3.

Ruzieva D.I., Rustamova N.R. Vitagen hamda vitagen taʼlim tushunchasiga oid nazariy

tadqiqotlar tahlili // Talim va innovatsion tadqiqotlar. – 2021. – №4. – B. 442-446.
4.

Махмудова З.Р. Интерактивные методы обучения в условиях реализации

компетентностного подхода. — Ташкент, 2021.
5.

Abdukodirov, U. N. (2020). Using of dictionary sources for improving integrated teaching

methods. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(11), 230-234.
6.

Вохидов S. . (2025). Учебные ситуации, их сущность и роль в развитии научных

знаний студентов исторического направления. Общество и инновации, 6(2/S), 402–408.


background image

65

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp402-408
7.

Rustamova N.R. Applying vitagenic information in education // Academic Research in

Educational Sciences. – 2021. – Vol. 2, CSPI Conference 3. – P. 438-440.

References

Davletnazarova D. Vitagen ta’lim asosida talabalarning axborot-analitik kompetensiyalarini rivojlantirish // ResearchBib Journal. – 2024. – Vol. 2, No. 3. – B. 860.b

Белкин А.С., Вербицкая Н.О. Витагенное образование в системе педагогического знания (витагенная концепция личности) // Педагогическое образование в России. – 2007. – №1.

Ruzieva D.I., Rustamova N.R. Vitagen hamda vitagen taʼlim tushunchasiga oid nazariy tadqiqotlar tahlili // Talim va innovatsion tadqiqotlar. – 2021. – №4. – B. 442-446.

Махмудова З.Р. Интерактивные методы обучения в условиях реализации компетентностного подхода. — Ташкент, 2021.

Abdukodirov, U. N. (2020). Using of dictionary sources for improving integrated teaching methods. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(11), 230-234.

Вохидов S. . (2025). Учебные ситуации, их сущность и роль в развитии научных знаний студентов исторического направления. Общество и инновации, 6(2/S), 402–408. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp402-408

Rustamova N.R. Applying vitagenic information in education // Academic Research in Educational Sciences. – 2021. – Vol. 2, CSPI Conference 3. – P. 438-440.