BOSHLANG‘ICH BOSQICHDAGI YOSH GIMNASTIKACHILAR JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich bosqichdagi yosh gimnastikachilarning jismoniy sifatlarini — chaqqonlik, kuch, chidamlilik, muvozanat va egiluvchanlik kabi ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish metodikasi yoritilgan. Gimnastika mashg‘ulotlarida bolalarning yoshi va individual xususiyatlariga mos bo‘lgan mashqlar tanlovi, yuklama hajmi va bosqichma-bosqich rivojlantirish prinsiplari asoslab berilgan. Maqola yosh sportchilarda jismoniy salohiyatni oshirish orqali texnik tayyorgarlikni samarali olib borish imkoniyatlarini ochib beradi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
50-54
2

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Xakimov, S., & Tilavoldiyeva, X. (2025). BOSHLANG‘ICH BOSQICHDAGI YOSH GIMNASTIKACHILAR JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(13), 50–54. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/113500
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich bosqichdagi yosh gimnastikachilarning jismoniy sifatlarini — chaqqonlik, kuch, chidamlilik, muvozanat va egiluvchanlik kabi ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish metodikasi yoritilgan. Gimnastika mashg‘ulotlarida bolalarning yoshi va individual xususiyatlariga mos bo‘lgan mashqlar tanlovi, yuklama hajmi va bosqichma-bosqich rivojlantirish prinsiplari asoslab berilgan. Maqola yosh sportchilarda jismoniy salohiyatni oshirish orqali texnik tayyorgarlikni samarali olib borish imkoniyatlarini ochib beradi.


background image

50

BOSHLANG‘ICH BOSQICHDAGI YOSH GIMNASTIKACHILAR JISMONIY

SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

S.Xakimov

FarDU katta o‘qituvchisi

X.Tilavoldiyeva

FarDU talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15730485

Annotasiya:

Ushbu maqolada boshlang‘ich bosqichdagi yosh gimnastikachilarning jismoniy sifatlarini —

chaqqonlik, kuch, chidamlilik, muvozanat va egiluvchanlik kabi ko‘nikmalarini shakllantirish va
rivojlantirish metodikasi yoritilgan. Gimnastika mashg‘ulotlarida bolalarning yoshi va individual
xususiyatlariga mos bo‘lgan mashqlar tanlovi, yuklama hajmi va bosqichma-bosqich rivojlantirish
prinsiplari asoslab berilgan. Maqola yosh sportchilarda jismoniy salohiyatni oshirish orqali texnik
tayyorgarlikni samarali olib borish imkoniyatlarini ochib beradi.

Аннотасия:

В данной статье рассматривается методика развития физических качеств юных

гимнастов начального этапа подготовки — ловкости, силы, выносливости, равновесия и
гибкости. Раскрыты принципы подбора упражнений, объема нагрузки и поэтапного
развития, соответствующие возрастным и индивидуальным особенностям детей.
Материал статьи обосновывает, что повышение физического потенциала способствует
эффективному освоению технических элементов в гимнастике

Annotation

This article examines the methodology for developing physical qualities in young gymnasts

at the initial stage of training, such as agility, strength, endurance, balance, and flexibility. It
outlines principles for exercise selection, load volume, and step-by-step progression tailored to
the age and individual characteristics of children. The study shows that enhancing physical
potential is essential for effective technical skill development in gymnastics.

Kalit so‘zlar:

Yosh gimnastikachilar, jismoniy sifatlar, chaqqonlik, chidamlilik, metodika,

boshlang‘ich tayyorgarlik

Ключевые слова:

Юные гимнасты, физические качества, ловкость, выносливость,

методика, начальная подготовка

Keywords

: Young gymnasts, physical qualities, agility, endurance, methodology, initial

training

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish

chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarorlari aholi o‘rtasida gimnastika sport turlarining ommaviyligini
oshirishga qaratilgan. Jumladan, Aholi o‘rtasida gimnastika sport turlari (sport gimnastikasi,
badiiy gimnastika, trampolin, akrobatika) ommaviyligini oshirish, yoshlar orasidan iqtidorli
sportchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish, xalqaro talab va standartlar asosida
professional sportchilarni tayyorlash orqali milliy terma jamoalarimizning nufuzli musobaqalarda
yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsad qilib olingan.

Mazkur hujjatda nafaqat bolalar sportini rivojlantirishda muhim omil bo‘lgan moddiy va

huquqiy ta’minotni yaratish zarurligiga asos solingan, balki shu yo‘nalishni jadal sur’atlar bilan
taraqqiy ettirish uchun raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash
masalasiga katta e’tibor qaratilgan. So‘nggi yillarda yurtimizda ko‘pdan-ko‘p jahon standartlariga


background image

51

mos sport inshoatlarining barpo etilishi, Respublikamizning deyarli barcha mintaqalarida nufuzli
xalqaro musobaqalarni o‘tkazilib borilayotganligi hamda turli yoshdagi sportchilarimizning
Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari kabi yirik musobaqalarda yuksak
natijalarga erishib kelayotganligi yuqorida qayd etilgan fundamental hujjatlarning hayotiy aksidir.

Yuqori malakali yosh sportchilarni tayyorlash, shu jumladan gimnastika bo‘yicha iste’dodli

sportchi bolalarni yetishtirish o‘quv-trenirovka jarayoni yangicha ilmiy nazar bilan yondoshish
hamda samarali pedagogik texnologiyalar yaratish darkorligini taqozo etadi. O‘rgatish (o‘qitish)
texnologiyasi (yunoncha techne – san’at, mahorat; logos – o‘qitish) – bu noan’anaviy tartib va
didaktik qonuniyatlarga asoslangan ilmiy uslublar, usullar, shakl va vositalar kabi tushunchlarni
o‘z ichiga biriktirgan atamadir .

Sport amaliyoti tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sportchilarni tayyorlashda qo‘llaniladigan

an’anaviy uslub va vositalar ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonining muayyan bosqichida o‘z
samaradorligini yo‘qotishi yoki sustlashtirishi mumkin. Natijada, sport natijalari ham, jismoniy va
funksional imkoniyatlar ham taraqqiyotdan to‘xtashi ehtimoldan holi emas.

Ma’lumki, yildan yilga gimnastik mashqlar dasturi yangicha mazmun va mohiyatga ega

bo‘lib, ijro etilayotgan harakat kombinasiyalari borgan sari murakkablashib borayapti. Binobarin,
ushbu vaziyat gimnastik ko‘pkurash turlari istiqbolini oldindan belgilab berish imkonini yaratadi.

Ayrim tadqiqotchilar tarbiyalash mushkulroq bo‘lgan nisbiy kuchni texnik natijalarga ijobiy

ta’sir etishini aniqlaganlar. L.P.Volkovning ta’kidlashicha, yosh ulg‘aygan sari nisbiy kuchning
rivojlanishi susayish bilan izohlanadi. Lekin, bu holat o‘zga jismoniy sifatlarning (shu jumladan
o‘zga kuch sifatlarini ham) maksimal shakllanganligi bilan bartaraf etilishi mumkin.

Aksariyat mutaxassislarning e’tirof etishicha, kuch tayyorgarligiga bolalik va o‘smirlik

yoshdan boshlab e’tibor qaratish lozim, bolalikdan boshlab nafaqat umumiy kuch tayyorgarligini
shakllantirish darkor, balki maxsus kuch sifatlarini ham rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.

Ayrim olimlar kuchni rivojlantirishning eng qulay davri 7-9 va 13-17 yoshlarga to‘g‘ri kelishi

kerak deb ta’kidlaydilar.

Qayd etilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, kuch sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan

mashqlarni tabaqalashtirilgan tarzda bolalar va o‘smirlar mashg‘ulotlarida to‘la-to‘kis qo‘llash
mumkin. Shu bilan bir qatorda e’tiborli joyi shundaki, 6-9 yoshli gimnastikachi o‘g‘il bolalarda
kuch sifatlarini qaysi tartib va yo‘nalishda rivojlantirish zarurligi yetarli darajada isbot
qilinmagan.

Maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalarini musobaqa mashqlari mazmuni va xususiyatlariga

yaqin yoki mos bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Yosh gimnastikachilar jismoniy sifatlarini
rivojlantirish uslublari va vositalarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ko‘pgina sportchilar 1 razryad
va sport ustaligiga nomzod darajasiga yetgandan so‘ng tayyorgarlikning ayrim ko‘rsatkichlari
bo‘yicha avvalgi bosqichlarda zaif o‘zlashtirilgan sifat va harakat malakalari (elementlari)ga
qaytish hollari uchrab turadi. Bunga esa talaygina vaqt sarflanadi. Ayrim sportchilar yetarli
jismoniy tayyorlarlikka ega bo‘lsalarda texnik jixatdanmurakkab bo‘lgan qator elementlarni
qo‘llarni bukib ijro etadilar (zamonaviy gimnastikada barcha elementlar yozgan xolatda
bajariladi) yoki elementning yakuniyqismida «gimnastik qomatni» saqlab qololmaydilar.
Statistika natijalari shuni ko‘rsatadiki, 80-90% qobiliyatli gimnastikachilar sport ustaligiga
nomzod darajasida ko‘tarila olmaydilar. Sport ustaligi darajasiga faqat ayrim sportchilargina
erishadi.


background image

52

Yosh gimnastikachilarni haftalik mikrosikllar va o‘rgatish yillari bo‘yicha tashkil etiladigan

trenirovka jarayonining umumiy andozasi 1-jadvalda keltirilgan.

Mashg‘ulotning yakuniy qismida gimnastikachilar umumiy jismoniy tayyorgarlikni

rivojlantiruvchi sekin shiddatli mashqlarni bajaradi.

Mashg‘ulotlarda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka oid mashqlarni bajarishga jami

30-40% vaqt sarflanadi. Har 2-3 haftada jismoniy sifatlarni rivojlanganlik darajasi nazorat
mashqlari yordamida baholanib boriladi.

Kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, dastlabki tayyorgarlik bosqichida yosh gimnastikachilar

jismoniy tayyorgarligini baholashda trenerlar aksariyat pedagogik kuzatuv uslubidan foydalanar
ekan. Bunday vaziyat maxsus pedagogik tajriba o‘tkazishga vauning yordamida umumiy jismoniy
mashqlar bilan maxsus jismoniy.

Назорат ва тажриба гуруҳларига мансуб 8-9 ёшли гимнастикачиларнинг

тажрибадан аввалги ва кейинги муддатларда МҲТ ва техник маҳоратини акс
эттирувчи ўртача кўрсатгичлари

МҲТ ва ТМ

кўрсаткичлари

Тажрибадан аввал

Тажрибадан кейин

Назорат

гуруҳи

X

Тажриба

гуруҳи

X

Назорат

гуруҳи

X

Тажриба

гуруҳи

X

Махсус куч чидамкорлиги

(балл)

5,76±1,57

6,35±1,36

6,57±1,86

8,30±1,47

Тезкорлик-куч

тайёргарлиги (балл)

5,74±1,16

5,37±1,08

6,12±1,37

7,35±0,99

Эгилувчанлик (балл)

6,41±1,56

6,51±1,01

6,18±1,23

7,01±1,18

Координацион қобилият

(балл)

5,52±0,82

5,54±0,64

6,10±0,50

6,91±0,69

МҲТ кўрсатгичи (балл)

5,90±0,84

5,95±0,60

6,20±0,84

7,29±0,71

Кўпкураш бўйича техник

маҳорат (балл)

102,22±2,40

102,65±2,86

102,78±1,38

105,38±1,91


Qayd etilgan jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 8-9 yoshli gimnastikachilarda haftalik mikrosikl

bo‘yicha o‘tkaziladigan trenirovka mashg‘ulotlari tarkibiga kiritilgan tayyorgarlik mashqlari va
gimnastik ko‘pkurash turlariga maxsus mashqlar xajmi (soati) hafta bo‘ylab to‘lqinsimon ravishda
ortib borgan. Mashg‘ulotning tayyorgarlik qismida qo‘llaniladigan mashqlar asosiy qismda
rejalashtirilgan ko‘pkurash turlari mashqlariga molsligi bilan izohlanadi. Jumladan, agar
mashg‘ulotning asosiy qismida brusya va turnikda bajariladigan mashqlar rejalashtirilgan bo‘lsa,
demak mashg‘ulotning tayyorgarlik qismida shu mashqlarga hos egiluvchanlik va tezkor-kuch
mashqlari qo‘llaniladi va hakozo. Mashqlar majmualarini bajarishga 10-15 daqiqa vaqt ajratiladi,
bu esa shu majmualarni 2-3 marta qaytarish imkoniyatini yaratadi. Alohida ta’kidlash joizki,
barcha mashqlar o‘yinsimon tarzda ijro etiladi. Masalan: «Kim oyog‘ini to‘g‘ri yozib ko‘tarib uzoq
vaqt saqlay oladi», «Kim gimnastik o‘rindiqdan chizilgan doiraning markaziga sakray oladi» va h.k.

Asosiy qismda ko‘pkurash turlariga oid mashqlarni bajarishdan oldin shu mashqlarga hos

bo‘lgan jismoniy mashqlar bajariladi. Ushbu mashqlar musobaqa mashqlari xususiyatlariga
hamohang bo‘lishi darkor.


background image

53

Fiziologik ma’lumotlar bolalarning yoshi ulg‘ayishi bilan katta yarim sharlar qobig‘ining

funksiyasi va ayniqsa fireksiyasini oshirish differensiyasi tormozlanishi (turli harakatlaraor
o‘xshashlik va tafovutni ajrata olish qobiliyati) tez rivojlanishni tasdiqlaydi. Katta yarim sharlar
qobig‘ini funksiyasi 13-14 yoshdagi o‘smirlarda 8-9 va 10-12 yoshdagi bolalarga nisbatan
yaxshiroq rivojlangan bo‘ladi.

Bolalar va o‘smirlar harakat funksiyalarining shakllanishida biologik omillarni hisobga olish

zarur. Biroq, harakat yetuklik yoshga bog‘liq holda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. U atrof-muhit
ta’siri hamda harakat faoliyatini rejimi bilan o‘zaro chambarchas aloqada rivojlanadi va
takomillashadi.

Pedagogik omilning birinchi tarkibiy qismi harakat faoliyatiga o‘rgatishdir. Bolalar va

o‘smirlarning harakat funksiyalari harakat faoliyati orqali sodir bo‘ladi, harakat faoliyati esa,
harakatlarni bajarish bilan shartli reflektor bog‘lanishlarning zapasiga bog‘liq bo‘ladi.

Ikkinchi tarkibiy qismi-jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajasi. Jismoniy sifatlar

qanchalik yaxshi rivojlangan bo‘lsa, harakat malakasi va harakat funksiyasi shunchalik
muvaffaqiyatli shakllanadi.

Bolalarda hamma jismoniy sifatlarni bir tekis rivojlantirib, 7-10 yoshda yakka harakatlar

tezligi irodaviy sifatlarni va chaqqonlikni rivojlantirishga 11-13 yoshdan tezkor kuchni, 15-16
yoshda maksimal kuchni va chidamlilikni rivojlantirishga ko‘proq e’tibor berish kerak.

Muskullarni kuchini rivojlantirish, qomatni to‘g‘ri shakllantirish uchun katta ahamiyatga

ega. Oyoq muskullarini, ayniqsa oyoq tagini to‘g‘ri holatda ushlab turuvchi, ko‘ndalang va
uzunasiga joylashgan muskullarni mustahkamlash, harakat faoliyati uchun va yalpoq oyoqlikning
oldini olish uchun juda muhimdir. Oyoq kafti suyaklari 16-18 yoshlarda qotadi.

Kichik yoshidagi bolalar 80 sm.dan ortiq balandlikdan qattiq joyga sakrash va mashqlarni

uzoq va tik turib bajarishi mumkin emas. Aktiv muskul faoliyati orqali organizmdagi modda
almashinuviga bo‘yinni o‘sishi va barcha organ hamda sistemalarning rivojlanishiga ta’sir
qiladigan vegetativ funksiyalarni faollashtirish kerak.

Kichik yoshdagi bolalar ya’ni, 8-9 yoshidagi bolalar uchun gimnastikaning quyidagi

mashqlari tavsiya qilinadi: yurish, yugurish, qiya qilib qo‘yilgan skameyka, gimnastika devori,
narvonga tirmashib chiqish, balandligi 1 metr bo‘lgan to‘siqlardan oshib o‘tish, to‘plarni
uloqtirish, to‘ldirma to‘plarni ko‘tarib otish, kuraklarga tayanib turish.

O‘g‘il bolalar 12 yoshgacha, qizlar 11 yoshgacha ikkinchi bolalik davrida, 12-13 yoshdagi

qizlar va 13-14 yoshdagi o‘g‘il bolalar ham o‘smirlar qatoriga kiradilar. O‘rta yoshidagi bolalarning
o‘sishi va rivojlanishi bir tekis bo‘lmaydi. Yigit va qizlarni asosiy gimnastik mashg‘ulotlari
mazmunan jiddiy farq qiladi. Shu bois, alohida o‘tkaziladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 dekabrdagi PQ-449-son qarori

Toshkent sh., 2022 yil 23 dekabr,
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy

tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. PF-
5924-son. Toshkent sh., 2020 yil 24 yanvar.


background image

54

3.

Ефименко А.И., Йўлдошев К.К., Умаров М.Н. Гимнастика дарсининг самарадорлигини

ошириш усуллари (методик қўлланма). Т. ЎзДЖТИ босмахонаси. 1995 й.
4.

Йўлдошев К.К. Гимнастика дарсларида ҳаётий зарур ҳаракат малакаларини

шакллантириш. Ўқув қўлланма. Т. . ЎзДЖТИ нашриёт бўлими. 1995 й.
5.

Йўлдошев К.К. Умумтаълим мактабларида гимнастика машқ-ларини ўргатиш

услубияти. Т. ЎзДЖТИ нашриёт бўлими. 1998 й.
6.

Умумий ўрта таълимнинг Давлат таълим стандарти ва ўқув дастури. "Шарқ"

нашриёти - матбаа концерни бош тахририяти. Тошкент. 1999
7.

"Жисмоний тарбия назарияси ва услубиёти" ўқув қўлланма 1 том А.Д.Новикова, А.П.

МатвееваМ. 1967
8.

Гимнастика. Жисмоний тарбия институтлари учун дарслик Т., «Ўқитувчи» 1982 й.

9.

Гимнастика и методика преподования. Учебник для институтов физической

культуры (Под обҳей редакцией проф. Смолевского В.М.) М., ФИС. 1987 г.
10.

Ефименко А.И. Умумривожлатирувчи машқлар ва уларга оид атамалар. Т.,ЎзДЖТИ

босмахонаси. 1992 й.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 dekabrdagi PQ-449-son qarori Toshkent sh., 2022 yil 23 dekabr,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. PF-5924-son. Toshkent sh., 2020 yil 24 yanvar.

Ефименко А.И., Йўлдошев К.К., Умаров М.Н. Гимнастика дарсининг самарадорлигини ошириш усуллари (методик қўлланма). Т. ЎзДЖТИ босмахонаси. 1995 й.

Йўлдошев К.К. Гимнастика дарсларида ҳаётий зарур ҳаракат малакаларини шакллантириш. Ўқув қўлланма. Т. . ЎзДЖТИ нашриёт бўлими. 1995 й.

Йўлдошев К.К. Умумтаълим мактабларида гимнастика машқ-ларини ўргатиш услубияти. Т. ЎзДЖТИ нашриёт бўлими. 1998 й.

Умумий ўрта таълимнинг Давлат таълим стандарти ва ўқув дастури. "Шарқ" нашриёти - матбаа концерни бош тахририяти. Тошкент. 1999

"Жисмоний тарбия назарияси ва услубиёти" ўқув қўлланма 1 том А.Д.Новикова, А.П. МатвееваМ. 1967

Гимнастика. Жисмоний тарбия институтлари учун дарслик Т., «Ўқитувчи» 1982 й.

Гимнастика и методика преподования. Учебник для институтов физической культуры (Под обҳей редакцией проф. Смолевского В.М.) М., ФИС. 1987 г.

Ефименко А.И. Умумривожлатирувчи машқлар ва уларга оид атамалар. Т.,ЎзДЖТИ босмахонаси. 1992 й.