SUN'IY INTELLEKT ASOSIDA AQLLI SHAHARLARNI BOSHQARISH TIZIMLARI
Sun'iy intellekt (SI) texnologiyalarining rivoji urbanizatsiya jarayonlarini samarali boshqarish imkonini yaratmoqda. Aqlli shaharlar kontseptsiyasi zamonaviy shaharlar uchun resurslarni samarali boshqarish, transport, energetika, xavfsizlik va ekologik muammolarni hal qilishda muhim vosita hisoblanadi. Ushbu tizimlar Internet of Things (IoT) va sun'iy intellekt algoritmlari yordamida shahar infratuzilmasini real vaqt rejimida kuzatish va boshqarish imkonini beradi. Tezisda sun'iy intellektning aqlli shahar boshqaruv tizimlaridagi roli va afzalliklari muhokama qilinadi.