`
4
MAISHIY XIZMAT KO’RSATISH SOHASI 1960-1970-YILLARDA
(QORAQALPOG’ISTON ASSR MISOLIDA)
Pulatova Guli
Qoraqalpoq Davlat Universiteti tayanch doktoranti
Aminova Sevara
Xo’jayli tumani 20-sonli maktab tarix fani o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15543907
Annotatsiya
XX asrning ikkinchi yarmida hududdagi maishiy xizmat ko’rsatish muassasalari, ularning
soni, kamchilik va muammolari keltirilgan.
Аннотация:
Во второй половине XX века представлены учреждения бытового
обслуживания региона, их количество, недостатки и проблемы.
Abstract:
In the second half of the 20th century, domestic service institutions in the
region, their number, shortcomings and problems are presented.
Kalit so’zlar:
maishiy xizmat ko’rsatish muassasalari, maishiy xizmat artellari, atelye,
ta’mirlash ustaxonalari, sartaroshxonalar, tikuvchilik sexi, Nukus maishiy xizmat kombinati
Ключевые слова:
предприятия бытового обслуживания, артели бытового
обслуживания, ателье, ремонтные мастерские, парикмахерские, швейный цех,
Нукусский комбинат бытового обслуживания.
Key words:
household service establishments, household service artels, atelier, repair
shops, hairdressers, sewing shop, Nukus household service combine
Hozirgi zamon tarix fanida insonga, uning ehtiyojlariga, ijtimoiy-psixologik e’tibor
tobora kuchayib bormoqda. Xorijiy gumanitar fan yo‘nalishlarida ham aholining kundalik
hayotini – mehnat va turmush sharoitini, hayot tarzini, moddiy va ma’naviy madaniyat
elementlarini tadqiq etuvchi ijtimoiy tarix sohasi kengayib bormoqda. Biz buni bugungi kunda
kundalik hayot tarixi muammolari bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiya va
kongresslarda bu masala muhokama predmetiga aylanayotganligida ham ko‘rishimiz
mumkin[1]. Darhaqiqat, jahon kundalik hayot tarixiga tarixshunoslikda alohida e’tibor
qaratilmoqda. Jumladan, germaniyalik olimlar bu sohada ma’lum tajribaga ega bo‘lib, ular
bizning tadqiqotlarimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Oxirgi 20-yillarda Rossiya
tarixchilari tomonidan ham bu borada tadqiqotlar yaratildi. Mazkur tadqiqotlar turli tarixiy
bosqichlarda kundalik hayotning turli jihatlariga qaratilgan. Umuman, ijtimoiy-maishiy
infrastruktura muassasalari rivojlanishi aholining turmush darajasiga va tarziga bevosita
ta’sir ko‘rsatadi. Aholi turmush darajasining tarkibiy qismi sifatida ikki xil vazifani bajaradi.
Birinchidan, inson ehtiyojlarini qondirsa, ikkinchidan, inson rivojlanishiga sharoit yaratadi.
Ammo, sovet hokimiyati yillarida ehtiyojlar shakllanishi, ularni amalga oshirish sharoitlari va
mexanizmlari ijtimoiy-siyosiy sabablar tufayli yetarli darajada tadqiq etilmagan. Iste’molga
“ishchi kuchi ishlab chiqarish” chorasi sifatida qaragan totalitar tuzum nafaqat insonning
ijtimoiy ehtiyojlari va manfaatlariga mensimay qaradi, balki tarixda “inson o‘lchovi”ga ham
bepisandlik bilan munosabatda bo‘ldi.
Tabiiyki, aholining turmushini yengillashtirish sovetcha tuzumning ayyorona
tashkillashtirgan rejasining bir bo’lagi edi. Maishiy xizmat sohani aholi orasida keng talqin
qilishdan asosiy maqsad shu ediki, ayollarning uy yumushlari uchun sarflaydigan vaqtlarini
`
5
qisqartirish va bu orqali ularning ko’proq vaqtini korxona va tashkilotlardagi yumushlarining
sifatli va uzoq muddatli bajarilishini ta’minlashdan iborat edi mening nazarimda. Masalan,
ayollar uyda ko’p vaqtini olishi mumkin bo’lgan kir yuvish yumushlari yangi tashkil etilgan Kir
yuvish punktlarida bajarilsa yoki ovqatlanish punktlaridan ko’proq foydalanish evaziga ancha
vaqtini o’zini rivojlantirish uchun sarflasa, bu hukumat uchun ishchi kuchining o’sishiga olib
kelishini juda yaxshi bilgan. Bu xatti-harakatlar o’z samarasini ko’rsatgan holda 1960-yilda
O’zbekistonda aholining o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish yalpi vaqt sarfi kamayib, maishiy xizmat
ko’rsatish muassasalari xizmatidan foydalanish ko’paya boshladi. Aholi turmushini
yaxshilash niqobi ostida ham albatta hukumat manfaatlari yotganini ko’rishimiz mumkin.
Ammo nima bo’lganida ham bu tarmoqlarning kengaytirish harakatlari faqat hukumat uchun
emas, balki aholi uchun ham manfaatli bo’lganini aytmasligimiz mumkin emas. Chunki
endilikda aholi hayotida zamonaviylik, hayotga hamohanglik, rivojlanish kabi ijobiy jihatlar
ko’zga ko’rinayotgan edi. Yangi tarmoqlarning (kir yuvish punktlari, texnika ta’mirlash va
mebel ustaxonalari kabilar) vujudga kelishi yangi ish o’rinlarining ochilishini anglatar edi.
Bu davrda Qoraqalpog’iston hududida ham maishiy xizmat ko’rsatish faoliyati bir
muncha rivojlanayotgan edi. 1960-yilda bu yerda 291 ta, 1965-yilga kelib esa 366 ta, 1971-
yilda 668 ta maishiy xizmat ko’rsatuvchi muassasalar tashkil etildi. Aholiga maishiy xizmat
ko’rsatish hajmi 1965-yilda 2,0 mln.rubl va 1970-yilda 4,1 mln.rubl miqdorida bo’ldi [2, 282-
b].
Biroq bu ko’rsatkichlar hududda maishiy xizmat ko’rsatish tizimining talab darajasidan
ya’ni boshqa viloyatlar ko’rsatkichlaridan past ekanini ko’rsatar edi. Shuningdek maishiy
xizmat ko’rsatish korxonalari soni ham sezilarli darajada ortgan. 1964-yilda respublikaning
kolxoz va sovxozlarida maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari soni 78 tani tashkil etgan bo’lsa,
1965-yilda 130 taga yetgan. Bu qatorda Xo’jayli, Kegeyli va Nukus shahridagi maishiy xizmat
ko’rsatish kombinatlari o’z faoliyatini muvaffaqiyatli yurgizgan va belgilangan rejani ortig’i
bilan bajargan. To’rtko’l tumani esa bu borada ancha oqsagan [3, 1-b].
O’zbekiston SSRning xalqqa maishiy xizmat ko’rsatish ko’lamini 1970-yilga 3,5 – 4
marta, qishloq joylarda 5,5 – 6,5 marta ortadi. Besh yil ichida 700 ga yaqin maishiy xizmat
obyektlar quriladi va foydalanishga beriladi. Bu ko’rsatkichlar SSSR miqyosida shahar
joylarda maishiy xizmat ko’rsatish 1966-1970-yillarda 2,5 marta, qishloq joylarda esa 3 marta
ko’paytirish ko’zda tutilgan edi. Bizga ma’lumki, SSSRda mamlakatning rivojlanish
strategiyasi, vazifalari besh yillik rejalar asosida amalga oshirilgan. Har bir beshyillikning
yakunida bajarilgan ishlarning hisoboti ko’rib chiqilgan va beshyillikning boshida esa
o’tkaziladigan partiya syezdida vazifalar belgilangan. Bu nafaqat markazda balki, markazga
bo’ysungan respublikalarda ham shu tarzda amalga oshirilgan.
1972-yil mayda O’zbekiston SSR Markaziy komiteti “Fermer xo’jaligi tizimini tugatish va
respublika kolxozlarida kapital qurilishni tubdan yaxshilash to’g’risida” qaror qabul qildilar.
Ushbu qarorga ko’ra, kichik qishloqlarda davom etayotgan qurilish qishloq mehnatkashlariga
xizmat ko’rsatish, maishiy va kommunal xizmat ko’rsatish uchun zarur shart sharoitlarni
yaratishga, qishloqlarni elektr energiyasi, suv, gaz va issiqlik tizimi bilan markazlshtirilgan
holda ta’minlashga imkon bermadi. Shu yilning sentabr oyida Amudaryo tumanining
Yu.Oxunboboyev, Kommunizm, Leninizm, Krupskiy kolxozlarida bolalar bog’chalari,
maktablar, hammomlar, turar joy binolari qurildi. Aholining farovonligini ta’minlash
`
6
dasturida (1966-1975), hududlarda turli maishiy xizmat uylari qurilishi, jumladan hammom,
oshxona va magazinlar qurilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Bu vazifalarni amalga oshirish
uchun bu yillar davomida ajratilgan kapital 199 mln.rublni tashkil etdi [4, 90-b].
Biroq shunga qaramay, 1973-yilda SSSR bo’yicha aholi jon boshiga maishiy xizmat
ko’rsatish hajmi 22 rubl, O’zbekiston uchun 15 rubl bo’lgan bo’lsada, Qoraqalpog’istonda bu
ko’rsatkich 11 rublni tashkil etgan. Ushbu statistik ma’lumotlarning barchasi shuni
ko’rsatadiki, aholining talabi hali ham yetarli darajada qondirilmagan va aholi o’z vaqtlari va
kuchlarining katta qismini samarasiz uy vazifalariga sarflashga majbur bo’lgan [4, 91-b].
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rishimiz mumkinki, sobiq Sovet Ittifoqida har
bir sohaning kengaytirilishi hamda rivojlanishi eng avvalo xalq manfaatidan oldin hukumat
foydasiga muvofiqligi nazarda tutilgan holda amalga oshirigan. Shu sababli ham maishiy
xizmat ko’rsatish sohasida doimiy kamchiliklar mavjud bo’lib kelavergan. Bu sohani aholi
ehtiyojlari to’liq o’rganilgan holda amalga oshirilsa, tabiiyki natijalari ancha qoniqarli bo’lishi
shubhasiz edi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Репина Л.П. Социальнаая история и историческая антропология: новейшие
тенденции в современной британской и американской медиевистике //Одиссей. 1990.
М.,1990. С. 167-181
2.
Народное хозяйство Узбекской ССР за 60 лет: Юбилейный статистический
сборник. Ташкент. 1984. 282-b
3.
Совет Каракалпакстани газетаси. 23.03.1966. №57.
4.
Шамамбетова Г. “Социальная политика в Каракалпакстане (1950-1985 годы)”
дисс. канд. ист. наук. Нукус. 2004.
