`
89
HOKIMIYAT YOKI MANSAB VAKOLATI DOIRASIDAN CHETGA CHIQISH
JINOYATINING OBYEKTI BO‘YICHA AYRIM MASALALAR
SHUKUROV O‘TKIR RO‘ZIYEVICH
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik
https://doi.org/10.5281/zenodo.14849517
Jinoyat tarkibining muhim elementlaridan biri – jinoyatning obyektidir, chunki har
qanday jinoyat tufayli u yoki bu obyektga tajovuz qilinadi. Shu bois, jinoyatning obyektini
to‘g‘ri aniqlash, bir tomondan jinoyatning huquqiy mohiyatini anglashda, ikkinchi tomondan
esa obyektga yetkazilgan zararning darajasiga qarab, qilmishni to‘g‘ri malakalashda muhim
ahamiyatga ega.
Jinoyat obyekti – bu jinoiy tajovuz qaratilgan va ana shu tajovuz orqali unga zarar
yetkazilishi mumkin bo‘lgan Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlardir
1
.
Jinoyat obyekti yordamida jinoyat huquqining ijtimoiy-siyosiy mazmuni, tajovuz qilish
ijtimoiy xavfliligining xarakteri aniqlanadi
2
.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mansab vakolati doirasidan chetga chiqish obyektini
to‘g‘ri aniqlash ham bevosita, ushbu qilmishni boshqa boshqa shunga o‘xshash jinoyatlardan
farqlash uchun birinchi darajali ahamiyatga ega. Jinoyat huquqi fanida jinoyatning obyekti
haqidagi masalaning munozarali ekanligini hisobga olgan holda, biz jinoyat qonuni bilan
qo‘riqlanadigan, g‘ayriqonuniy xatti-harakat tufayli zarar yetkaziladigan yoki uning real xavfi
yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar majmuini jinoyatning obyekti deb e’tirof etish
to‘g‘risidagi an’anaviy tushunchaga amal qilamiz.
Mansab vakolati doirasidan chetga chiqish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
beshinchi bo‘limi “Hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat
tartibiga qarshi jinoyatlar”ning XV bobi “Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar”ga kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi uch bosqichli obyektlar tizimiga ko‘ra, mansabdorlik
jinoyatlarining turdosh obyekti qonun chiqaruvchi tomonidan davlat hokimiyatini amalga
oshirish bo‘yicha ijtimoiy munosabatlar guruhi sifatida taqdim etilgan. Rossiya Federatsiyasi
Jinoyat kodeksining 30-bobi nomidan kelib chiqib, unda tarkiblari bayon etilgan
jinoyatlarning tur obyekti davlat hokimiyatini amalga oshirish, davlat xizmati va mahalliy
o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi xizmat manfaatlarini ta’minlash sohasidagi ijtimoiy
munosabatlar hisoblanadi.
Mansab vakolati doirasidan chetga chiqish obyektini o‘rganishda, avvalo, uning tarkibiy
qismlarini tavsiflash uchun qo‘llaniladigan tushunchalarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz - davlat
hokimiyati, davlat apparati, davlat organi, davlat va munitsipal xizmat. Etimologik jihatdan
“hokimiyat” so‘zi boshqarish, buyruq berish va o‘z irodasiga bo‘ysundirish huquqi va
imkoniyatini anglatadi
3
. Davlat hokimiyati
(inglizcha: state power)
— davlat, uning
tuzilmalarining ayrim individlar, kishilar guruhlari yoki butun jamiyat xulq — atvorini
davlatning umumiy xohish — irodasiga qonuniy vositalar yordamida buysundirishga qodir
boʻlgan bunyodkor kuch. Davlat hokimiyati salohiyatliligining qoʻllanishi davlat faoliyati
1
Рустамбоев М.Ҳ.
Ўзбекистон Республикаси жиноят ҳуқуқи курси. I том. Махсус қисм. Жиноят тўғрисида
таълимот: Дарслик. – Т.: ILM ZIYO, 2011. – Б. 139.
2
Якубов А.С.
Учение о преступлении по законодательству Республики Узбекистан. – Ташкент, 1995. – С. 55.
3
Hokimiyat. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. https://izoh.uz/word/hokimiyat.
`
90
obyektlariga davlatning taʼsirini taʼminlovchi vositalar majmuini ifodalovchi “davlat
hokimiyati manbalari” tushunchasi bilan tavsiflanadi
4
.
Demak, davlat hokimiyati qonun bilan belgilangan organlar faoliyati orqali amalga
oshiriladi, uning mazmunini inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini tan olish, ularga
rioya etish va himoya qilish tashkil etadi. Bejizga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
7-moddasida
5
xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai ekanligi, O‘zbekiston
Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan organlar
tomonidangina amalga oshirilishi, Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat
hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat organlari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki
tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanishi
va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘lishibelgilab qo‘yilmagan.
Bizningcha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining beshinchi bo‘limi XV bobi
nomlanishiida mansabdorlik jinoyatlari obyektining mazmuni to‘liq aks ettirmaydi. Masalan,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsi, bir tomondan, hokimiyat
xizmatchi hisoblanmaydi, davlat xizmati lavozimlarini egallay olmaydi, ikkinchi tomondan,
davlat hokimiyatini amalga oshirmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 127-
moddasi bu borada qat’iy ravishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat
hokimiyati organlari tizimiga kirmasligi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni
fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy o‘ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek
milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda, qonunga
muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Xulosa qilishda quyidagilarni ta'kidlash mumkinki, jinoyat obyektining ahamiyati,
Jinoyatning obyektini aniqlash huquqiy mohiyatni tushunishda va jinoyatlarni to‘g‘ri
malakalashda muhim o‘rin tutadi. Obyekt — bu jinoiy tajovuzga duchor bo‘layotgan ijtimoiy
munosabatlardir.
Mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida
mansab vakolatining chetga chiqishi davlat hokimiyati va boshqaruv tartibiga qarshi
jinoyatlar sifatida belgilangan. Bu jinoyatlarni to‘g‘ri aniqlash, boshqa jinoyatlardan ajratishda
zarur ahamiyatga ega.
Davlat hokimiyati tushunchasi, davlat hokimiyati, o‘z navbatida, davlat organlari va
ularning xatti-harakatlari orqali amalga oshiriladi, hamda ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘liq.
O‘zbekiston Konstitutsiyasida davlat hokimiyati faqat qonun bilan belgilangan organlar
tomonidan amalga oshirilishi kerakligi ta’kidlangan.
Xulosa qilib aytganda, maqolada mansab vakolati doirasidan chetga chiqish jinoyatining
obyektini aniqlashda huquqiy nuqtai nazardan muhim jihatlar ko‘rsatilgan. Bu jihatlar
huquqiy tizimda to‘g‘ri va adolatli malakalashni ta’minlashga xizmat qiladi.
4
Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi. https://library-tsul.uz/uzbekiston-yuridik-entsiklopediyasi-2009/.
5
O‘Zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. https://lex.uz/docs/-6445145
