36
TEXNIK O`SIMLIK MOYLARINI EPOKSIDLASH ORQALI POLIMERLAR UCHUN
MODIFIKATORLAR OLISH
1
Kulbasheva X.X.
2
Mamatov Sh.Sh.
3
Norboyeva S.B.
Eshquvatova.Z.B.
1
Denov tadbirkorlik pedagogika unsitituti umumiy kimyo va kimyoviy texnalogiyalar
kafedrasi o`qituvchisi
2
Denov tadbirkorlik pedagogika unsitituti 3-kurs kimyo yo`nalish talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13927802
Abstract
The interaction of sunflower oil and its derivatives with hydrogen peroxide in the
presence of formic acid was studied. It has been shown that a mixture of dihydroxy and epoxy
derivatives is formed in different proportions depending on the synthesis conditions. In
studying the composition of epoxidized vegetable oils, molecular structure, dynamics of
intermolecular interactions, chemical reaction mechanism were studied using modern
analytical methods (YMR, NMR).
Key words:
sunflower oil, epoxidation, formic acid, polyvinyl chloride, plasticizer,
hydrogen peroxide, tetrabutyl titanate.
Аннотация:
Изучено взаимодействие подсолнечного масла и его производных с
перекисью водорода в присутствии муравьиной кислоты. Показано, что смесь
дигидрокси- и эпоксидных производных образуется в разных соотношениях в
зависимости от условий синтеза. При изучении состава эпоксидированных
растительных масел, молекулярной структуры, динамики межмолекулярных
взаимодействий, механизма химических реакций изучались с использованием
современных аналитических методов (ЯМР,
РМР).
Ключевые слова:
подсолнечное масло, эпоксидирование, муравьиная кислота,
поливинилхлорид, пластификатор, перекись водорода, тетрабутилтитанат.
Kirish:
Asosan bunday texnologiyalar uglevodorod zahiralari boʻlmagan yoki cheklangan
hududlarda, shuningdek, muhim biomassa zahiralariga ega boʻlgan hududlarda (Shimoliy va
Lotin Amerikasi, Evropa Ittifoqi, Janubiy -Sharqiy Osiyo va ba’zi Afrika mamlakatlari) ishlab
chiqilmoqda. Hozirgi vaqtda epoksidlangan oʻsimlik moyi hosilalarini moylash materiallari
sifatida ishlatish uchun koʻplab sabablar mavjud. Epoksidlar sanoatda katta qiziqish uygʻotadi,
chunki ular polimerlar, bogʻlovchi moddalar, smolalar va boshqa materiallarni tayyorlash
uchun oraliq birikmalardir. Oʻsimlik moylari moylash materiallari sifatida, mineral xomashyoga
asoslangan moylardan farqli oʻlaroq, biologik parchalanadigan va toksik boʻlmagan materialdir
[2].
Tajribada kungaboqar moyi
GOST 1.2-2009 boʻyicha, GOST 1706-78 boʻyicha chumoli
kislota ishlatiladi. Buning uchun kolbaga 50 gr kungaboqar moyi va 7 gr chumoli kislota solindi
200 ayl/min tezligida aralashtirib turgan holda stakan sekin qizdirildi va 30 daqiqadan soʻng
vodorod peroksid 30% lisidan 15 gr solindi. Harorat 70°C
da 3 soat ushlab turildi. Vodorod
peroksid 4 gr solindi. Soʻngra reaksion aralashmaga 3 soatdan soʻng yana aralashtirib turgan
holda vodorod peroksid solindi va aralashtirib turildi. Olingan aralashma tindirilib 5% li natriy
gidrokarbonat suvli eritmasi bilan yuvilib, ajratish varonkasida ajratildi. Organik faza
37
distirlangan suv bilan yuvildi. Organik fazaga aralashgan suv vakuum yordamida ajratib olinib,
moy quritiladi. Olingan epoksidlangan moyning yod soni va epoksid soni aniqlanadi. Olingan
aralashma tindirildi va probirkaga 5 gramm solib, moyli hammomda qizdirib turilgan holatda
CO
2
gazi oʻtkazildi, jarayon katalizator ishtirokida olib borildi. Ishda chumoli kislotasi,
shuningdek katta tonnali oʻsimlik moylari: Kungaboqar moyning, epoksidlanish jarayonilari
oʻrganildi. Oksidlanish vodorod peroksid, tetrabutiltitanat katalizator yordamida amalga
oshirildi, ular tegishli konsentrlangan kislotalar va vodorod peroksidning suvli eritmasi
yordamida olindi. Oksidlanish kinetikasi peroksid birikmalarining toʻplanishi, yod qiymati va
soni bilan baholandi. Quyidagi 3-rasmda epoksidlangan kungaboqar moyining YaMR tahlili
keltirilgan. Unda 1, 1’; 2, 2’; 3, 3’; 4, 4’; 5¸ 5’; 6, 6’; 8, 8’; 9, 9’; 10, 10’; 11, 11’; 12 uglerodlarga
tegishli signallari tegishlicha 143.49; 127.67; 113.93; 156.25; 113.93; 127.67; 68.67; 50.07;
44.53; 30.94; 41.59 m.u. sohalarda kuzatiladi. PMR spektrida epoksidlangan kungaboqar moyi
molekulasidagi simmetrik 8, 8’ hamda 10, 10’ - simmetrik uglerod atomlarida joylashgan
protonlarining dublet-dublet signallari tegishlicha 3.87-4,15 m.u. va 2,68-2,82 m.u. sohada va
2, 2’; 3, 3’; 5¸ 5’; 6, 6’-uglerod atomlarida joylashgan protonlarning signallari tegishlicha 7.11;
6.80; 6.80; 7.11 m.u. sohalarda kuzatiladi. 9, 9’ - simmetrik uglerod atomlaridagi protonlarning
dublet-dublet-triplet signallari 3.28 m.u. sohalarda kuzatiladi. 11, 11’ - simmetrik uglerod
atomlaridagi protonining singlet signali 1.61 m.u. sohasida kuzatiladi.
(a)
(b)
3-rasm. Olingan epoksidlangan kungaboqar moyining YaMR (a) va PMR (b) tahlili
References:
38
1.
Rhee I. Evolution of environmentally acceptable hydraulic fluids / I. Rhee // NLGI
Spokesman. - 1996. - № 60. - P. 28-31.
2.
Padmasiri K. Gamage Epoxidation of some vegetable oils and their hydrolysed products
with peroxyformic acid - optimised to industrial scale / K. Gamage Padmasiri // J. Natn. Sci.
Foundation Sri Lanka. - 2009.Vol. 37, № 4. P. 229-240.
