`
73
HOZIRGI INGLIZ VA O’ZBEK TILIDAGI ANTONIMLARNING TARJIMA
JARAYONIDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLARI
Shirinboyeva H.X.
Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi stajyor-o’qituvchisi.
Samarqand davlat chet tillari instituti, +998880300144, @hilola_115
https://doi.org/10.5281/zenodo.15798442
Annotatsiya:
Ushbu tezisda antonimlarning kelib chiqishiga ko’ra turlari va tarjima
jarayonidagi muammolar haqida so’z yuritilgan.
Kalit so’zlar
: Antonim, transformatsiya, leksik, pragmatik, lisoniy-uslubiy.
Аннотация:
В данном докладе рассматриваются типы антонимов в зависимости
от их происхождения и проблемы.
Ключевые слова
: Антоним, трансформация, лексика, лингвистическая
методология.
Annotation:
This article discusses the types of antonyms according to their origin and
the problems in the translation process.
Key words
: Antonym, transformation, lexical, pragmatic, linguistic-methodological.
Til hayotimizda va jamiyatimizda eng muhim aloqa vositasi hisoblanadi. Tilning eng
ahamiyatli tomoni shundaki, u ma’lum bir shaxsga tegishli emas balki, butun bir jamiyatga
xizmat qiladigan vositadir. Jamiyatning butun bir tarixiy taraqqiyoti davomida o‘zgarib
borgan til avlodlardan avlodlarga me’ros bo‘lib qolayotgan asosiy vositadir. Tilning ijtimoiy
hayotda tutgan o‘rni, struktur, funksional xususiyatlari hamda o‘ziga xos jihatlari, ichki
tamoyillari va qonuniyatlarini, til strukturasini tashkil etuvchi unsurlarining o‘zaro bir-biriga
bo‘lgan munosabati tilshunoslikni ilmiy yondashuvlar asosida tadbiq etishni talab etadi.
Aytish joizki, har bir tilning o‘ziga xos qonuniyatlari, struktural tuzilishi, leksik,
morfologik,grammatik, sintaktik xususiyatlari mavjud. Til o‘rganish jarayonida tilshunos
aynan ushbu xususiyatlarga e’tibor bergan holda tilni tadqiq qiladi. Tilshunoslik aynan tilning
paydo bo‘lishidan boshlab, uning tarixiy taraqqiyoti davomida rivojlanib borishi, tilning
og‘zaki hamda yozma nutqlarda ko‘rinishi, til va tafakkur, til va jamiyat, tilning ijtimoiy
ahamiyati, o‘ziga xos xususiyatlari kabi masalalarni o‘rganadigan fan hisoblanadi.
Antonimlar matn hamda nutq jarayonlarida ishtirok etib, rang-baranglikni namoyon
qilish uchun xizmat qiladi. Tildagi barcha so‘zlarning antonimlari bor deb aytish joiz emas,
balkim tillarning lug‘at boyligida antonim bo‘lmaydigan so‘zlarning soni ko‘p. Shu jumladan:
“
nok, qalam, daftar”;
ingliz tilida: “
a dog, a pen, a girl”
kabi so‘zlarning antonim varianti
mavjud emas. Antonimlar kelib chiqishiga ko‘ra ikkiga ajratilib o‘rganiladi:
asliy leksik
antonimlar
hamda
yasama antonimlar. Asliy leksik antonimlar
til doirasida tabiiy
jihatdan mavjud bo‘lgan va ishlatilib kelayotgan antonimlar hisoblanadi. Masalan: “
oq-qora,
yer-osmon”
va boshqalar.
Yasama antonimlar
til doirasida juda ko‘p tarqalgan antonimlar
hisoblanib, ular tilda boshqa til vositalaridan hosil bo‘lgan. Bu vositalar so‘zlarning oldidan
yoki oxiridan kelib, narsa-hodisa, belgi, holat, ish-harakat kabi so‘zlarni bir-biriga inkorqilgan
holda qarama-qarshi so‘zlarning kelib chiqishiga xizmat ko‘rsatadi. Masalan o‘zbek tilida
no-,
be-, -siz
kabi qo‘shimchalar yordamida so‘zlar orasida antonimlar hosil qilinadi. ”
xabardor-
bexabar”,”sabab besabab”,”odobli-odobsiz” “ma’noli – ma’nosiz, ”to‘g‘ri-noto‘g‘ri” ,“aniq –
`
74
noaniq”.
Bundan tashqari fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlarga
–ma
qo‘shimchasi qo‘shilishi
natijasida antonimlar hosil bo‘ladi: “
ket-ketma”,”qol-qolma”, “qo’y-qo’yma” , “yur – yurma”
kabi.
Ingliz tilida
non
so‘zi so‘zlarda mana shunday zidlik ma’nolarini hosil qilish uchun xizmat
qiladi: “attendance
non-attendance
, “fiction”-
non –fiction, “stop- non-stop”.
Bu ikki turdagi
antonimlar dunyodagi barcha tillarda mavjuddir. So‘z aksariyat hollarda adabiyotshunoslik va
lisoniyuslubiy tadqiqotlar tarkibida ham, tarjimaviy tadqiqot tarkibida ham narsa va
hodisalarning bilvosita, ko‘chma-atamaviy vositasi sifatida gavdalanadi. Ma’lum bir matnni
tarjima qilish tarjimondan yuksak mahorat talab qiladi. Zero, tarjima jarayonida tarjimon
tarjima qoidalariga bo‘ysunib, asliyatga ijodiy yondashgan holda tarjima qilishi lozim. Tarjima
qilish jarayonida
tarjimon tilning leksik, grammatik, sintaktik, frazeologik, leksikografik, dialektik
muammolariga e’tibor berishi lozim. Tarjimaning mana shunday muhim muammolaridan biri
leksik muammolardir. Antonimlar ishtirokida va antonim so‘zlar yordamidagi tarjima
tarjimashunoslikning leksik muammolariga kirib, tarjimaning leksik transformatsiya
usullaridan biri hisoblanadi. Leksik transformatsiyalar tarjima nazariyasida so‘zlarni
kontekstda almashtirish deb ham yuritiladi. Bunday transformatsiyalarning to’rtta turi
mavjud.
1. Bu turdagi transformatsiyalar keng ma’noli yoki ma’nosini aniqlash qiyin bo‘lgan
so‘zlarni tarjima qilishda qo‘llaniladi. Transformatsiyaning bu turi asliyat so‘ziga aniqlik
kiritish yoki uni konkretlashtirilganda qo‘llaniladi. Masalan
, “to get”
(ingliz tili) fe’lining
ma’nolari o‘zbek tilida quyidagicha:
“olmoq, ushlab olmoq, tushunmoq, o‘ylantirmoq, aloqa
qilmoq, yetib olmoq, aylanmoq, o‘zgartirmoq, ketmoq(oqarib ketmoq)
va boshqalar.
2. Transformatsiyaning ikkinchi turi umumlashtirish nomi bilan ataladi.Tarjimada
aksariyat hollarda asliyatda berilgan ma’noda tarjima tili normalarida ortiqcha
hisoblanganligi bois ba’zi aniqliklarni umumlashtirish tarjimaning pragmatik xususiyatlariga
ham bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi. Masalan
: “Coca-cola”, “Pepsi-cola”, “Chevron”, “Tayota”
va
boshqalar.
3. Uchinchi turda ikki hodisa o‘rtasidagi mantiqiy aloqaga asoslanadi. Ulardan bittasi
asliyat matnini atasa, ikkinchisi uni tarjima variant deb hisoblaydi. Bu transformatsiya
matnda tasvirlangan vaziyatning semantik hamda mantiqiy tahlilini talab etadi. Masalan,
“I
not only shared a cabin with him and ate three meals a day at the same table…”
–
“men u bilan
bir kunda bitta stol atrofida uch marta uchrashar edim”
agar so‘zma-so‘z tarjima qilinsa
“men u
bilan nafaqat bir kupedamiz
, balki u bilan bir stol atrofida uch
mahal uchrashar edik ham
“.
“men u bilan nafaqat bir kupedamiz”
gapi bu yerda ortiqcha.
4. Transformatsiyaning bu turi antonimik tarjima hisoblanadi. Bunday tarjima ba’zi
hollarda asliyatda qo‘llanilgan so‘z tarjimada antonim bilan almashtirilishini anglatadi,
boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, agar gapda inkor so‘zi bo‘lsa, u tarjimada tushirib
qoldiriladi:
“a piece of cake - oson”,”I don’t want to cheat” – men to‘g‘risini aytaman.
Antonimlar
nafaqat til o‘rganish, tilni tadbiq qilish, og‘zaki va yozma nutqlarni hosil qilishda balki, tarjima
san’ati hamda tarjimashunoslikda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lum bir tilda o‘zaro
antonim hisoblanmagan, mazmunan bir-biriga qarama-qarshi hisoblanmagan so‘zlar,
kontekst mazmuniga binoan boshqa bir tilda o‘girilganda ayrim hollarda antonim so‘zlarga
aylanib, kontekstning mantiqan ta’sirchanligini oshirish uchun xizmat ko‘rsatadi. Xulosa qilib
`
75
aytganda, tilshunoslikning har bir sohalarida antonimiya muhim ahamiyatga ega bo‘lib,
nutqimizni boyitish, narsa-hodisa, harakat, holat, belgining bir-biriga bo‘lgan semantik
jihatdan bog‘liqligini ko‘rsatib berish uchun xizmat qiladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Абдурахмонов Г. Мамажонов С. Узбек тили ва адабиети. –Т: Узбекистон. 2002. –Б.
77-81.
2.
Бобоев Т. Адабиетшунослик асослари. – Тошкент: Укитувчи, 2002. –Б. 354.
3.
Ирискулов М. Тилшуносликка кириш. – Тошкент: Укитувчи, 1992. –Б. 90-115.
4.
Исабеков В. О. Лексическая антонимия в современном узбекском языке. – Т: АКД.
1973.
5.
Уринбоев Б. Хозирги узбек сузлашув нутки( фонетика, интонация, лексика ва
фразеология). – Самарканд: 2006. –Б. 90-92.
