"O`ZBEKISTON KONSTITUTSIYA: ERKINLIK VA TENGLIKNING HUQUQIY ASOSI"

Abstract

Ushbu maqolada O`zbrkiston Respublikasining Konstitutsiyasi, uning ahamiyati va  davlat tizimidagi o`rni ko`rib chiqiladi.Konstitutsiya-har davlatning asosiy qonuni bo`lib davlat tuzilishini fuqoro huquqlarini va erkinliklarini ta`minlashni nazarda tutadi. Maqolada O`zbekiston Konstitsiyaning inson huquqlari va erkinlik va tenglik va tenglikka asoslangan tamoyillari davlat hokimyati organlarining bo`linishi va ularning o`zaro aloqalari tushuntirilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
133-136
9

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Sultonova , S. . (2025). "O`ZBEKISTON KONSTITUTSIYA: ERKINLIK VA TENGLIKNING HUQUQIY ASOSI". Science and Technology in the Modern World, 4(13), 133–136. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/101825
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada O`zbrkiston Respublikasining Konstitutsiyasi, uning ahamiyati va  davlat tizimidagi o`rni ko`rib chiqiladi.Konstitutsiya-har davlatning asosiy qonuni bo`lib davlat tuzilishini fuqoro huquqlarini va erkinliklarini ta`minlashni nazarda tutadi. Maqolada O`zbekiston Konstitsiyaning inson huquqlari va erkinlik va tenglik va tenglikka asoslangan tamoyillari davlat hokimyati organlarining bo`linishi va ularning o`zaro aloqalari tushuntirilgan.


background image

`

133

"O`ZBEKISTON KONSTITUTSIYA: ERKINLIK VA TENGLIKNING HUQUQIY

ASOSI"

Sultonova Sevinch Rashidovna

Toshkent davlat agrar unversiteti Huquq va Turizm fakulteti

Yurisprudensiya 24-177-guruh 1-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15593225

Kalit so’zlar

: Konstitutsiya -har bir davlatning asosiy qonuni bo`lib, uning taroqqiyot

yo`nalishini belgilaydi va jamiyatning rivojlanishning mustahkam poydevorini yaratadi.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O`zbrkiston Respublikasining Konstitutsiyasi, uning

ahamiyati va davlat tizimidagi o`rni ko`rib chiqiladi.Konstitutsiya-har davlatning asosiy qonuni
bo`lib davlat tuzilishini fuqoro huquqlarini va erkinliklarini ta`minlashni nazarda tutadi.
Maqolada O`zbekiston Konstitsiyaning inson huquqlari va erkinlik va tenglik va tenglikka
asoslangan tamoyillari davlat hokimyati organlarining bo`linishi va ularning o`zaro aloqalari
tushuntirilgan.

Kirish:

Konstitutsiya-davlatning asosiy huquqiy hujjati bo`lib uning asosida davlat

tuzilmasi fuqorolarnimg huquqlari va erkinliklarini davlat organlarining vakolatlari hamda ular
o`rtasidagi munosabatlar belgilab qo`yadi.Har bir mustaqil davlat o`zining huquqiy va siyosiy
qismidir.Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi birinchi huquqiy qadam – o‘zbek tiliga davlat tili
maqomi berilishidir.Bu haqda gap borganda, avvalambor, 1989 yilning 21 oktabr kuni qizg‘in
bahs va tortishuvlardan so‘ng siyosiy-ma’naviy hayotimizdagi unutilmas hodisa amalga
oshirilgani – milliy qadriyatlarimizning asosiy ustunlaridan biri bo‘lgan”.Shunday qilib
dastavval, “Davlat to‘g‘risida”gi qonunda mustahkamlangan muhim huquqiy qoidalar endilikda
Asosiy Qonunimizning 4-moddasida quyidagicha muhrlab q‘yildi.Deklaratsiyaning 12-bandida
esa ushbu hujjat respublikaning “yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish uchun asos” bo‘lishi
qayd etilgan.Oliy Kengash qarori bilan 1990 yil 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining
Birinchi Prezidenti Islom Karimov raisligida davlat arboblari, deputatlar, mutaxassislardan
iborat 64 nafar a’zoni o‘zida jamlagan Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi va Konstitutsiya
loyihasi ana shu komissiya tomonidan 2 yildan ortiq vaqt mobaynida tayyorlandi. Birinchi
Prezidentimiz Konstitutsiyaviy komissiya ish boshlashi bilan mamlakatimizning o‘ziga xos
jihatlarini va xususiyatini munosib ravishda aks ettiradigan, xalqaro standartlarga to‘liq javob
beradigan, jahon tajribasini, demokratiya va eng rivojlangan mamlakatlar .Konstitutsiyani
yaratish yo‘lidagi beshinchi huquqiy qadam – Birinchi Prezidentimizning Hindistonga 1991
yilgi tashrifi bilan chambarchas bog‘liq.Aytish kerakki, Birinchi Prezidentimiz Islom
Karimovning 1991 yil 17-19 avgust kunlari “Hindiston Respublikasiga rasmiy tashrifi
O‘zbekiston Prezidentining xorijga qilgan birinchi mustaqil – tarixiy tashrifi edi”. Yurtboshimiz
Hindistonda bo‘lgan bir paytda – 19 avgust kuni o‘zini “Davlat favqulodda holat qo‘mitasi”, ya’ni
GKChP deb atagan bir guruh siyosiy avantyuristlarning davlat to‘ntarishini sodir etishga
qaratilgan murojaati e’lon qilindi..Bu voqealarning davomi “O‘zbekiston mustaqillikka erishish
ostonasida” kitobining so‘zboshi qismida shunday bayon etilgan:“Prezident Islom Karimov
GKChP e’lon qilinganini Agrada eshitib, 19 avgust kuni zudlik bilan Toshkentga qaytadi.
Toshkent aeroportida Yurtboshimizni rasmiy kishilardan tashqari, Turkiston harbiy okrugi
bosh qo‘mondoni hamda Markazdan kelgan 3 nafar general kutib oladi.– Mamlakatimiz


background image

`

134

rahbarining 1991 yil 31 avgustda, o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida so‘zlagan nutqi, ayniqsa, o‘sha nutqdagi:
“Men shu bugundan e’tiboran 1 sentabrni respublikamizda Mustaqillik kuni, umumxalq
bayrami deb e’lon qilishni taklif etaman”, degan otashin so‘zlari Vatanimiz tarixiga oltin harflar
bilan manguga yozilgandir.Birinchi Prezidentimiz oradan 17 yil o‘tganidan so‘ng o‘zining
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ana shu hayajonli voqeaga: “1991 yil 31 avgust
sanasida qo‘lga kiritilgan milliy mustaqillik – XX asrda xalqimiz tomonidan amalga oshirilgan
buyuk ma’naviy jasorat namunasidir, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz”, deya yuksak baho
berdi.Xuddi o‘sha kuni Oliy Kengash O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi
to‘g‘risida Bayonot qabul qildi. Bayonotda ta’kidlandiki, “Bundan buyon O‘zbekiston
Respublikasi hududida respublika Konstitutsiyasi va qonunlari shak-shubhasiz ustun deb
e’tirof etiladi”.Shu kuni “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi
konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Undan bo‘lajak Konstitutsiyaning o‘zak qoidalarini o‘zida
aks ettirgan bir qator muhim moddalar joy oldi. Jumladan, mazkur Qonunga muvofiq: “. Xalq
davlat mustaqilligini qo‘llab ovoz berdi va Prezidentni sayladi. 1992 yil 4 yanvar kuni Oliy
Kengashning ana shu saylov va referendum yakunlariga bag‘ishlangan to‘qqizinchi sessiyasi
ochildi.So‘ngra Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini bajarishga
kirishish tantanali marosimi bo‘ldi. Ushbu sessiyada O‘zbekistonning o‘sha paytda amalda
bo‘lgan Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Mahalliy hokimiyat organlarini
qayta tuzish to‘g‘risida qonun qabul qilindi.Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi sakkizinchi
huquqiy qadam – birinchi Konstitutsiya loyihasining ilk bor matbuotda umumxalq muhokamasi
uchun e’lon qilinishidir.Konstitutsiyaviy komissiyaga fikr-mulohazalar bildirilgan 600 taga
yaqin xat kelib tushdi. Respublika matbuotining o‘zida Konstitutsiya loyihasiga bag‘ishlangan
yuzdan ortiq materiallar e’lon qilindi. Fuqarolarimiz bildirgan takliflar soni 5 mingdan oshib
ketdi. Ushbu holat, bir tomondan, muhokama ishtirokchilarini faollashtirish uchun qudratli
rag‘bat vazifasini bajargan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, asosiy Qonunimizning xalqchilligini
ta’minladi. Konstitutsiya loyihasining o‘zi keng jamoatchilik ekspertizasidan o‘tdi.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi o‘ninchi huquqiy qadam –Konstitutsiya loyihasining qabul
qilinishidir. Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan 1992 yil 6 dekabrda Konstitutsiya loyihasi
oxirgi marta muhokama etildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Konstitutsiyaviy komissiya
xorijiy konstitutsiyaviy tajribaga murojaat qilib, Asosiy Qonunning rolini yaxlit tushunishdan
kelib chiqdi. Bunda jahon konstitutsiyaviy tajribasinining bir qator ilg‘or jihatlari hisobga
olindi. Konstitutsiya loyihasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik
kengashi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya kabi
demokratik davlatlar mutaxassislarining sinchkov ekspertizasidan o‘tdi. Ayniqsa, Konstitutsiya
loyihasining umumxalq muhokamasi O‘zbekiston xalqining xohish-irodasini aniqlash hamda
juda boy material to‘plash imkonini berdi. Ushbu material chuqur va har tomonlama o‘rganib
chiqildi, umumlashtirildi va xalqning umumiy irodasi shaklida o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasi muhokamasiga kiritildi.Birinchi
Prezidentimiz sessiyada Konstitutsiyani “xalqchil qomus” deb atab, uning loyihasi ustida
taxminan ikki yil davomida ishlangani, ikki yarim oy mobaynida umumxalq muhokamasidan
o‘tganligi va shu vaqt mobaynida u xalqning fikr xazinasi durdonalari bilan boytilganini, sayqal
topganini ta’kidladi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining g‘oya va normalarida xalqimizning ko‘p


background image

`

135

asrlik tajriba va ma’naviy qadriyatlari, boy tarixiy-huquqiy merosi aks ettirilgani uning
hayotiyligining kafolatidir.O‘tgan davr mobaynida mamlakatimiz parlamenti Konstitutsiya
normalariga muvofiq 8 ta konstitutsiyaviy qonun, 15 ta kodeks, 600 dan ziyod qonunni qabul
qildi, 200 dan ortiq ko‘p tomonlama xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi.

Asosiy qisim

: Yangi konstitutsiya. 10 ta asosiy o‘zgarish O‘zbekistonning 65 foizga

yangilangan va ancha “to‘lishgan” bosh qomusi 1 maydan e’tiboran kuchga kirdi. Kun.uz
o‘zgarishlarning eng muhimlarini sanab o‘tadi. 15-moddaga quyidagicha qo‘shimcha
qo‘shildi:Konstitutsiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishi fuqarolarga nafaqat qonunlar, balki
bevosita konstitutsiyadagi normalarga ham asoslangan holda ish olib borishga, xususan sudga
murojaat qilishga imkon beradi.Yangi konstitutsiyaning 19-moddasi (avvalgi 18-modda) –
fuqarolarning jinsi, millati, mavqeyi va hokazolardan qat’i nazar qonun oldida tengligi haqida.
Bu moddaning 2-qismi quyidagicha o‘zgarmoqda.

5. Inson huquqlari ijtimoiy axloq va jamoat tartibini saqlash maqsadida cheklanishi

mumkin. Huquq va erkinliklarning cheklanishi masalasi avvalgi konstitutsiyada quyidagi ikkita
norma bilan tartibga solingan edi: Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda
boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga
putur yetkazmasliklari shart. Konstitutsiyaning yangi tahririda yuqoridagi ikkita norma deyarli
o‘zgarishsiz saqlab qolindi. Shu bilan birga, quyidagicha yangi norma qo‘shildi: Insonning
huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining
sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat
xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash maqsadida zarur bo‘lgan doirada cheklanishi
mumkin. Huquqlar cheklanishiga doir bu me’yorlar, yangi konstitutsiyaning boshqa bir
moddasiga asosan, so‘z erkinligi huquqiga ham tegishli.

6. O‘qituvchilar alohida e’tirofdaKonstitutsiyaga o‘qituvchilar haqida modda qo‘shildi. U

ikki banddan iborat: O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni
rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy
va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi.

Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va

moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.9. Davlat
boshqaruvidagi o‘zgarishlar Senatorlar soni 100 nafardan 65 nafarga tushiriladi. 14 ta
hududdan 6 nafardan emas, 4 nafardan senator saylanadi, prezident tomonidan tayinlanadigan
senatorlar soni 16 nafardan 9 nafarga qisqaradi. Bu o‘zgarish 2024 yilda bo‘ladigan parlament
saylovi vaqtida kuchga kiradi. Qonunchilik palatasi qonunlar bo‘yicha qo‘shimcha vakolat oldi.
Unga ko‘ra, endilikda Senat qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida 60 kun ichida qaror
qabul qilmasa, Qonunchilik palatasi qonunni prezidentga yuboradi. Qonunlarning prezident
tomonidan imzolanishi va e’lon qilinishi uchun belgilangan muddat 30 kundan 60 kunga
uzaytirildi.

Xulosa:

Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiyani ishlab chiqish, muhokama etish va qabul

qilish jarayoni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Konstitutsiya davlatni davlat,
millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnoma” bo‘lganligi, u “xalqimizning irodasini,
ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini” aks ettirishi, uning “xalqimiz tafakkuri va ijodining
mahsuli” ekani haqidagi hikmatli xulosalari to‘g‘ri va asoslangan ekanini yaqqol


background image

`

136

tasdiqlaydi.Xozirgi Konstitutsiyada o`lim jazosi bekor qilindi,va inson huquqlarini himoya
qilish to`g`risida qonunlar ishlab chiqildi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

www.prezident.uz

2.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati

3.

www.senat.uz

References

www.prezident.uz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati

www.senat.uz