Applied Sciences in the modern world: problems and solutions https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf
«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Muammolar va yechimlar» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.
ru-RU info@in-academy.uz Tue, 19 Aug 2025 17:28:37 +0800 OJS 3.3.0.8 http://blogs.law.harvard.edu/tech/rss 60 LOYIHA JAMOALARIDA SAMARALI MULOQOT STRATEGIYALARI QO’LLANILISHI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/133450
Zamonaviy jamiyatda axborot almashinuvi va o‘zaro tushunish har qanday guruh faoliyatining muvaffaqiyatini ta'minlaydigan asosiy omillardan biridir. Ayniqsa, loyiha jamoalarida samarali muloqot strategiyalarining mavjudligi loyiha maqsadlariga erishishda, resurslardan oqilona foydalanishda va konfliktlarning oldini olishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Loyiha asosida ishlovchi jamoalarda a'zolar orasidagi o‘zaro muloqotning sifati nafaqat individual ish samaradorligiga, balki butun guruh faoliyatiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Shu boisdan, bugungi kunda samarali muloqot strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash masalasi dolzarb ilmiy-amaliy muammolardan biri sanaladi.
Zamira Xolbayeva Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/133450 Tue, 05 Aug 2025 00:00:00 +0800 XODIMLARNING DAROMADLARI (19-SON BHXS) STANDARTINI AMALIYOTDA QO’LLASH MASALALARI (“HAMKORBANK” ATB MISOLIDA) https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/133449
Bugungi kunda bank tizimida moliyaviy hisobdorlikning xalqaro standartlari asosida yuritilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, 19-sonli BHXS – “Xodimlarning daromadlari” standarti banklar moliyaviy hisobotlarida xodimlar bilan bog‘liq majburiyatlar va xarajatlarni to‘g‘ri aks ettirish imkonini yaratadi. Ushbu standartning amaliyotda qo‘llanilishi banklarning moliyaviy shaffofligini ta'minlash, manfaatdor tomonlarga aniq va ishonchli ma’lumotlar yetkazib berish, shuningdek, inson resurslarini strategik boshqarishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Nozimjon Azimov Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/133449 Tue, 05 Aug 2025 00:00:00 +0800 “CHET TILLARINI O‘RGANISHNING ZAMONAVIY METODLARI” https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/133448
Mazkur maqolada chet tillarini o‘rganishning zamonaviy metodlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Unda kommunikativ yondashuv, immersiv metod, aylantirilgan sinf modeli, onlayn ilovalar va sun’iy intellekt texnologiyalari orqali o‘rganish usullari yoritilgan. Har bir metodning o‘ziga xos afzalliklari, amaliy qo‘llanishi va o‘quvchi faoliyatiga ta’siri tahlil qilingan. Maqolada zamonaviy til o‘rgatish yondashuvlarining afzalliklari ochib berilib, samarali ta’lim uchun metodlar moslashuvchanligi muhimligi ta’kidlanadi.
Diana Mamarasulova Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/133448 Tue, 05 Aug 2025 00:00:00 +0800 ИССЛЕДОВАНИЕ ФАКТОРОВ ПРОВАЛА ПРОЕКТОВ И СПОСОБОВ ИХ ПРЕДОТВРАЩЕНИЯ https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/133447
Провал проектов — это одна из самых распространённых и дорогостоящих проблем, с которой сталкиваются как частные компании, так и государственные структуры. Несмотря на активное развитие методов и стандартов управления проектами, уровень успешности остаётся относительно низким. Практика показывает, что значительное количество инициатив не достигают своих целей, выходят за рамки бюджета или сроков, либо вовсе оказываются не реализованными. В связи с этим особую актуальность приобретает системный анализ причин провалов проектов и разработка комплексных подходов к их предотвращению.
Сaмира Якубова, Азизхон Гайратов Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/133447 Fri, 08 Aug 2025 00:00:00 +0800 LOGONEVROZGA CHALINGAN BOLALARDA NUTQ TERAPIYASINING SAMARALI METODLARI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/133446
Nevrotik xarakterdagi duduqlanish, ya’ni logonevroz, bolalarda uchraydigan eng murakkab nutq buzilishlaridan biridir. Chunki u fiziologik va psixologik omillar bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu maqolada logonevrozga chalingan bolalarda nutq terapiyasining samarali metodlari tahlil qilinadi hamda logopedik korreksiya usullari, psixoterapevtik qo‘llab-quvvatlash va oilaning faol ishtirokini o‘z ichiga olgan kompleks yondashuv yoritiladi. Logonevrozning kelib chiqish sabablari — genetik moyillik, perinatal miya shikastlanishlari va psixosotsial stress omillari — o‘rganilib, erta aniqlash va aralashuv bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi. Nafas mashqlari, ritmik nutqni o‘rgatish hamda kognitiv-xulqiy terapiya kabi asosiy metodlar nutq ravonligini yaxshilash va nevrotik simptomlarni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi. Maqola xulosasida logoped, psixolog, nevrolog va ota-onalarning hamkorlikdagi faoliyati terapiya samaradorligini sezilarli darajada oshirishi va bolalarning jamiyatga muvaffaqiyatli moslashishiga yordam berishi isbotlanadi.
Dilrabo Mirzaxmedova Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/133446 Mon, 11 Aug 2025 00:00:00 +0800 TASHQI AUDITNING ZAMONAVIY BIZNESDA ROLI VA AHAMIYATI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/133445
Ushbu maqola tashqi auditning zamonaviy biznes muhitidagi o'rni va ahamiyatini tadqiq etadi. Moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi, korporativ boshqaruv tizimlarining samaradorligi va investorlar manfaatlarini himoya qilishda tashqi audit institutining tutgan o'rni tahlil qilingan. Adabiyotlar tahlili natijasida tashqi auditning bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy shaffoflikni ta'minlash, risk-menejmentni yaxshilash va kompaniyalarning bozordagi ishonchini oshirishda muhim vazifalarni bajarayotgani aniqlangan. Tadqiqot zamonaviy biznes jarayonlarida tashqi auditning strategik ahamiyati ortib borayotganini ko'rsatmoqda.
Jahongir G'oyibov Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/133445 Mon, 11 Aug 2025 00:00:00 +0800 INTENSIV TUTZORLARNI RIVOJLANISHI VA BARG HOSILDORLIGIGA TA’SIR ETUVCHI BEGONA O‘TLARGA QARSHI KURASHISH SAMARADORLIGI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/134837
Ushbu maqolada tajribadagi maqbul sxemalarda tashkil qilingan intensiv tutzorlarni begona o‘tlardan muntazam ravishda agrotexnik tadbirlarini va tut daraxtarni bir  me’yorda rivojlanishi, navlarni shakillanishi va hosilga kirishi va bargining ozuqabopligining oshirishda gerbisidlarni qo’llash samaradorligi   aniqlangan.
Nigora Soxibova , Murodjon Nurov Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/134837 Tue, 12 Aug 2025 00:00:00 +0800 HISOBLASHDAN HAYOTGA: MATEMATIKANING FANLARARO INTEGRATSIYADAGI O‘RNI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/134836
Maqolada matematika fanining fanlararo integratsiyalashgan ta’limdagi o‘rni ochib beriladi. Ayniqsa, o‘quvchilarning tanqidiy va tizimli fikrlashini shakllantirishda, real hayotiy vaziyatlarni modellashtirishda va boshqa fanlar bilan uyg‘un ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda matematik yondashuvning ahamiyati asoslanadi. Biologiya, fizika, geografiya va iqtisod fanlari bilan integratsiya orqali o‘quvchilarda chuqur va amaliy bilimlar shakllanishi ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada fanlararo integratsiya samaradorligini oshirishga doir metodik tavsiyalar beriladi.
Nazokat Qalandarova Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/134836 Tue, 12 Aug 2025 00:00:00 +0800 INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARINING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/134835
Ushbu maqolada inson huquqlari va erkinliklarining huquqiy mohiyati, ularning konstitutsiyaviy darajadagi kafolatlari hamda ularni ta’minlash mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasida belgilangan asosiy huquq va erkinliklar, ularni himoya qilishning ichki va xalqaro huquqiy mexanizmlari yoritilgan.
Abbos A’zamov Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/134835 Tue, 12 Aug 2025 00:00:00 +0800 CONGENITAL STENOSIS OF THE EXTERNAL AUDITORY CANE WITH CHOLESTEATOMA IN CHILDREN https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/134834
Congenital stenosis of the external auditory canal in children is a rare but clinically significant pathology, often combined with microtia and middle ear anomalies. One of the most serious complications of this anomaly is the development of cholesteatoma, leading to destruction of the temporal bone and persistent hearing loss. The aim of this study is to analyze modern surgical approaches to the treatment of children with this pathology, including an assessment of indications for surgery, diagnostic criteria and postoperative results.
Jasur Ibragimov , Sherzod Gulyamov Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/134834 Wed, 13 Aug 2025 00:00:00 +0800 DAVLATLARNI TAN OLISHNING KONSTITUTIV VA DEKLARATIV NAZARIYALARI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/134833
Ushbu maqola xalqaro huquqda davlatlarni tan olishning ikki asosiy nazariy yondashuvini - konstitutiv va deklarativ nazariyalarni chuqur tahlil qiladi. Tadqiqotda ushbu nazariyalarning tarixiy rivojlanishi, nazariy asoslari va zamonaviy amaliy tatbiqi o'rganiladi. Maqolada konstitutiv nazariyaning tan olishni davlat mavjudligining asosiy sharti sifatida ko'rishi hamda deklarativ nazariyaning tan olishni allaqachon mavjud davlatning holatini e'lon qilish vositasi deb hisoblashi taqqoslanadi. Tadqiqot natijalari bu ikki nazariya o'rtasidagi prinsipial farqlarni va zamonaviy xalqaro amaliyotdagi qo'llanilishini aniqlaydi.
Elmurod Nu’monov Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/134833 Wed, 13 Aug 2025 00:00:00 +0800 TO‘QIMACHILIK SOHASIDA RAQOBAT SALOHIYATINI YUKSALTIRISH https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/134832
Ushbu maqolada to‘qimachilik sohasida raqobat salohiyatini yuksaltirish omillari tahlil qilinib, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, mahsulot sifatini oshirish, brend yaratish va xalqaro bozor talablariga moslashish bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuvlar taklif etilgan. Milliy to‘qimachilik tarmog‘ining jahon bozoridagi raqobatbardoshligi baholanib, ilg‘or xorijiy tajribalarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish yo‘llari ishlab chiqilgan.
Nodira Ikramova Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/134832 Thu, 14 Aug 2025 00:00:00 +0800 FIZIKA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135299
ushbu maqolamdan yozishdan maqsad  zamonaviy dunyoda amaliy fanlar  fizika nazarida tasavvur qilish , fizika balki o’quvchilarga va talabalariga kelajak  yutuqlarga erishish. Fizika (grekcha:  φύσις (physis) — „tabiat“) tabiiy borliq haqidagi fan boʻlib, tabiatning eng keng tarqalgan qonunlari, modda, uning tuzilishi, harakati va o'zgarish qoidalarini oʻrganadi. Fizika bu tabiiy fandir, lekin undagi qonuniyatlar va hisob-kitoblar aniqlikka asoslangan. izika fani eksperimental va nazariy fizikaga boʻlinadi. Eksperimental fizika tajribalar asosida yangi maʼlumotlar oladi va qabul qilingan qonunlarni tekshiradi. Nazariy fizika tabiat qonunlarini taʼriflaydi, oʻrganiladigan hodisalarni tushuntiradi va yuz berishi mumkin boʻlgan hodisalarni oldindan aytib beradi.
Sevara Ko'charova Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135299 Tue, 19 Aug 2025 00:00:00 +0800 BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING SOG'LOM TURMUSH TARZI BORASIDAGI BILIM VA KO'NIKMALARINI BAHOLASH MEZONLARI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135296
Jahon hamjamiyatidagi hozirgi ijtimoiy-siyosiy hayot, shuningdek, kishilik jamiyati taraqqiyotining ayni shu bosqichi betakror o’ziga xos xususiyatga egaki, bunda harbiy qudrat emas, balki intellektual salohiyat, aql-idrok, taffakur, yangi iformatsion va pedagogik texnologiyalar hal qiluvchi rol o’ynaydi.Yoshlarni mustaqil, ijodiy fikrlash imkoniyatlarini ishga solish tufayli ular kelgusida vujudga kelish ehtimoli mavjud muamolarni ijobiy hal qilishi orqali, rivojlangan ilg’or texnologiyali davlatlar qatorida munosib o’rin egallashga hissa qo’shishlari mumkin.
Nazokatxon Ibragimova Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135296 Tue, 19 Aug 2025 00:00:00 +0800 BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING SOG'LOM TURMUSH TARZI BORASIDAGI BILIM VA KO'NIKMALARINI BAHOLASH MEZONLARI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135298
Jahon hamjamiyatidagi hozirgi ijtimoiy-siyosiy hayot, shuningdek, kishilik jamiyati taraqqiyotining ayni shu bosqichi betakror o’ziga xos xususiyatga egaki, bunda harbiy qudrat emas, balki intellektual salohiyat, aql-idrok, taffakur, yangi iformatsion va pedagogik texnologiyalar hal qiluvchi rol o’ynaydi.Yoshlarni mustaqil, ijodiy fikrlash imkoniyatlarini ishga solish tufayli ular kelgusida vujudga kelish ehtimoli mavjud muamolarni ijobiy hal qilishi orqali, rivojlangan ilg’or texnologiyali davlatlar qatorida munosib o’rin egallashga hissa qo’shishlari mumkin.
Nazokatxon Ibragimova Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135298 Tue, 19 Aug 2025 00:00:00 +0800 GIS YORDAMIDA VIZUAL VA INTERAKTIV MA’LUMOTLAR https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135528
GIS vositalari nafaqat statik xaritalar yaratish, balki real vaqtda monitoring qilish imkonini ham beradi. Masalan, ArcGIS Field Maps kabi maxsus ilovalar yordamida inspektorlar dalada har bir ferma yoki maydonda tuzoqqa tushgan zararkunandalar sonini, zarar ko‘lami darajasini joyida kiritib borishi mumkin. Kiritilgan ma’lumotlar markaziy serverga (yoki bulutga) uzatiladi va dashboard (nazorat paneli) ko‘rinishida uzluksiz yangilanib turadi. Shu tariqa qaysi hududda zararkunanda paydo bo‘lgani, qayerda tarqalish xavfi yuqori ekani bir qarashda ko‘rinib turadi. ArcGIS Dashboard misolida, mas’ul mutaxassislar tuzoqlar soni, ulardagi tutilish holatlari, inspeksiya o‘tkazilishi lozim bo‘lgan joylar va hokazolarni bir ekranda kuzatishlari mumkin. GIS vositalari yordamida olingan bunday ma’lumotlar bazasi bilan ishlash zararkunandalarga qarshi kurash choralarini hududiy rejalashtirishni ancha osonlashtiradi.
Tursunxo‘ja Jabborxonov Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135528 Thu, 21 Aug 2025 00:00:00 +0800 TARMOQLANUVCHI TASODIFIY JARAYONLARNI TADQIQ ETISHDA HOSIL QILISH FUNKSIYALARINING O‘RNI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135527
Ehtimolliklar nazariyasining ko‘plab tatbiqlari ichida, zarralarning biror tasodifiy qonuniyatga ko‘ra ko‘payishi, yoki boshqa zarralarga aylinishini ifodalovchi jarayonlar muhim o‘rin tutadi. Agar ushbu jarayonlarda har bir zarraning o‘zgarishi boshqa zarralarga bog‘liq bo‘lmasa, bunday jarayonlar tarmoqlanuvchi jarayonlar yordamida o‘rganiladi. Tarmoqlanuvchi jarayonlarga olib keladiga masalalar dastlab, XIX asrning so‘nggi choragida angliyalik olimlar Galton va Vatsonlar tomonidan o‘rganilgan. Ma’lumki, tarixda yuqori mavqega ega bo‘lgan shaxslarning familiyalarining yo‘qolib ketishi, bir necha bor qayd etilgan haqiqatdir. Frensis Galton keng tarqalgan familiyalarni keyinchalik noyob bo‘lib qolishi yoki hatto butunlay yo‘qolib ketishiga e’tibor qaratdi va familiyaning yo‘qolishi ehtimolligi degan tushunchani olib uni o‘rganishga kirishdi. Keyinchalik ushbu masala qaysidir ma’noda Vatson tomonidan o‘z yechimini topdi.
Kamola Negmatova Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135527 Thu, 21 Aug 2025 00:00:00 +0800 A COMPARATIVE ANALYSIS OF REALIA IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135683
This article presents a comparative analysis of realia—culture-specific elements—in the English and Uzbek languages. Realia, which include items such as traditional foods, clothing, holidays, and social institutions, represent the unique cultural identity of each linguistic community. By examining various types of realia—geographical, ethnographic, social-political, and everyday-life related—the article highlights how language reflects cultural values and historical context. The study also discusses the difficulties that arise in translating realia between English and Uzbek, such as the absence of direct equivalents and the risk of cultural misinterpretation. Various translation strategies, including transliteration, explanation, and cultural substitution, are analyzed. The article concludes that understanding and properly conveying realia is essential for accurate translation, effective cross-cultural communication, and deeper intercultural understanding.
Sabina Karimova Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135683 Mon, 25 Aug 2025 00:00:00 +0800 VII-VIII ASRLARDA ARAB XALIFALIGI ISTILOSIGA QARSHI KURASHDA SO‘G‘D VA UNING TA’SIRIDA BO‘LGAN HUDUDLARDA IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLARI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135682
Panjikent hokimi Divashtinchning siyosiy jarayonga kirib kelishi. Uning ixshid unvonini ega bo’lmasligi. Sug‘dga nisbatan Panjikent hokimining iqtisodiy jihatdan mustaqil faoliyat ish ko’rishi. Panjikentda sug‘d namunasidagi kvadrat shakldagi tangalar chiqarilishi.
Ismoiljon Boymirzayev Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135682 Mon, 25 Aug 2025 00:00:00 +0800 TURLI TIZIMDAGI TILLARDA SO‘Z-GAPLAR LINGVOPOETIKASI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135681
Ushbu maqolada so‘z-gaplarning badiiy asarlardagi lingvopoetik vazifalari tahlil qilinadi. So‘z-gaplarning ma’no-stilistik xususiyatlari, ularning qahramon nutqini ifoda etishdagi, emotsional ta’sirni kuchaytirishdagi, muallifning estetik niyatini ifoda etishdagi o‘rni yoritiladi. Maqolada turli tillardagi adabiy manbalar misolida so‘z-gaplarning poetik vazifalari qiyosiy tahlil qilingan.
Zulnura Karimova Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135681 Mon, 25 Aug 2025 00:00:00 +0800 INFEKSION KASALLIKLARGA QARSHI KURASHDA VAKSINALARNING O‘RNI VA ISTIQBOLLARI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135680
Ushbu maqolada infeksion kasalliklarga qarshi kurashda vaksinalarning tarixi, bugungi kundagi o‘rni va istiqbollari ilmiy tahlil qilinadi.Vaksinalarning profilaktik samarasi, global sog‘liqni saqlashdagi ahamiyati hamda kelajakda onkologiya va gen terapiyasida qo‘llanilishi haqida ma’lumotlar berilgan.
Asilbek Luqmonov Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135680 Mon, 25 Aug 2025 00:00:00 +0800 ВОСПАЛИТЕЛЬНЫЕ ЗАБОЛЕВАНИЯ ШЕЙКИ МАТКИ И ИХ ВЛИЯНИЕ НА ТЕЧЕНИЕ https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135679
Воспалительные заболевания шейки матки (цервициты) — это группа патологических состояний инфекционной или асептической природы, сопровождающихся повреждением эпителиального покрова и стромы шейки матки. Эти состояния представляют собой значимый фактор риска осложнённого течения беременности и родов, а также неблагоприятных перинатальных исходов.
Умидахон Темирова Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135679 Mon, 25 Aug 2025 00:00:00 +0800 ISLOM BANKI MAHSULOTLARINI JORIY ETISH ASOSIDA BANK MAHSULOTLARINI KENGAYTIRISH ISTIQBOLLARI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135874
Kelgusida islomiy bank mahsulotlarini kengaytirish uchun bir nechta strategik qadamlar muhim ahamiyatga ega. Ulardan biri — islomiy moliya to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish. Bu huquqiy asoslar aniq bo‘lishini ta’minlaydi. Ikkinchisi — islomiy moliya institutlari (shariat kengashi, islomiy banklar, sukuk muomalasini boshqaruvchi agentliklar)ni shakllantirish. Uchinchisi — moliyaviy savodxonlikni oshirish. Aholi va biznes sub’ektlari islomiy bank mahsulotlarining mohiyati, afzalliklari va ishlash mexanizmlaridan xabardor bo‘lishi kerak. To‘rtinchisi — xalqaro tajribani o‘rganish va lokal sharoitlarga moslashtirish.
Javlon Mamatxo’jayev Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135874 Tue, 26 Aug 2025 00:00:00 +0800 BANKLARDA MUAMMOLI KREDITLARNI KAMAYTIRISH YO’LLARI (AT “XALQ BANKI” MISOLIDA) https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135873
Bank tizimi har qanday mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining muhim asosi bo‘lib, uning samarali faoliyati milliy iqtisodiyot barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, tijorat banklarining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan kreditlash jarayoni iqtisodiy subyektlar, tadbirkorlik subyektlari va aholining moliyaviy ehtiyojlarini ta’minlab, iqtisodiy faollikni rag‘batlantiradi. Biroq, ushbu jarayonda yuzaga keladigan muammoli kreditlar bank faoliyatiga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatib, moliyaviy barqarorlikka putur yetkazadi. Shu bois, muammoli kreditlarni kamaytirish masalasi bugungi kunda nafaqat alohida banklar, balki butun bank tizimi uchun dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Abdullo Ostonov Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135873 Tue, 26 Aug 2025 00:00:00 +0800 MILLIY “YASHIL” IQTISODIYOT TAKSONOMIYASINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135872
So‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishi, tabiiy resurslarning kamayib borishi va global ekologik xavflarning kuchayishi butun dunyo mamlakatlarini yashil iqtisodiyotga o‘tish zaruratiga olib keldi. Yashil iqtisodiyot – bu atrof-muhitga minimal zarar yetkazgan holda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan kompleks yondashuv bo‘lib, uning asosi sifatida “yashil” investitsiyalar, energiya samaradorligi, ekologik toza texnologiyalar va barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan qarorlar turadi. Bu jarayonda muhim vositalardan biri sifatida “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasi qaralmoqda. Taksonomiya – bu ekologik jihatdan maqbul va barqaror iqtisodiy faoliyatlarni aniqlash, ularni moliyalashtirishda mezon va standartlar belgilashga xizmat qiluvchi tizimdir. O‘zbekiston uchun ham bu yo‘nalish alohida dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib, milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish istiqbollari ustuvor vazifalardan biri sifatida maydonga chiqmoqda.
Xondamir Mubarov Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135872 Tue, 26 Aug 2025 00:00:00 +0800 KAPITAL BOZORIDA RAQOBQTNI RIVOJLANTIRISH ORQALI LOYIHALAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI (TOSHKENT RFB MISOLIDA) https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135871
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital bozori milliy iqtisodiyotning eng muhim infratuzilma tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Kapital bozorining asosiy funksiyasi — investitsiyalarni jalb etish, moliyaviy resurslarning samarali taqsimoti va korxonalar tomonidan loyihalarning moliyaviy manbalar bilan ta’minlanishini kafolatlashdan iborat. O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri — kapital bozorini erkinlashtirish, investorlar uchun qulay muhit yaratish hamda raqobatni kuchaytirish orqali real sektordagi loyihalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish hisoblanadi. Bu jarayonda Toshkent Respublikaviy fond birjasi (RFB) markaziy o‘rin egallaydi. Mamlakatdagi yagona faol fond birjasi sifatida RFB kapital bozoridagi ishtirokchilarning o‘zaro raqobatlashuvi uchun asosiy maydon bo‘lib xizmat qiladi.
Xusniddin To’lanboyev Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135871 Tue, 26 Aug 2025 00:00:00 +0800 TIJORAT BANKLARIDA KPI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH (“BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKI”ATB MISOLIDA) https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135870
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari faoliyatining samaradorligini oshirishda ularning ichki boshqaruv tizimlarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan, bank tizimida xodimlar va strukturaviy bo‘linmalarning ish faoliyatini baholashda samarali vosita sifatida KPI (Kalit Ko‘rsatkichlar Indikatorlari – Key Performance Indicators) tizimi muhim o‘rin tutadi. Ushbu tezisda “Biznesni Rivojlantirish Banki” ATB misolida KPI tizimini tahlil qilish, uning amaldagi kamchiliklarini aniqlash va uni yanada samarali shakllantirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.
Xursanali Akbarov Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135870 Tue, 26 Aug 2025 00:00:00 +0800 HUDUDLARDA INVESTITSION IMKONIYATLARNI OSHIRISH YO’LLARI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135869
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hududiy rivojlanish va investitsiyalarni jalb etish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdan iborat. Bugungi globallashuv va iqtisodiy raqobat muhitida hududlarning investitsion salohiyatini oshirish nafaqat iqtisodiy o‘sishning, balki ijtimoiy farovonlikni ta’minlashning ham muhim omillaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz Prezidentining tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, “Har bir hudud – rivojlanish nuqtasi” tamoyili asosida olib borilayotgan faoliyat natijasida respublikaning barcha hududlarida investitsiya muhiti yaxshilanmoqda, infratuzilma rivojlanmoqda, mahalliy va xorijiy tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Shukurllo Muxamatov Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135869 Tue, 26 Aug 2025 00:00:00 +0800 PENSIYA TIZIMINI ISLOH QILISHNING JAHON TAJRIBASI VA O’ZBEKISTONDA QO’LLASH IMKONIYATLARI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135868
Pensiya tizimi har qanday davlatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Aholining qarib borayotgani, mehnat migratsiyasining kuchayishi, norasmiy bandlik darajasining yuqoriligi va moliyaviy resurslar yetishmovchiligi pensiya tizimlarining samaradorligiga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda ham ushbu muammolar fonida pensiya tizimini isloh qilish ehtiyoji ortib bormoqda. Bunday islohotlarda xalqaro tajriba muhim yo‘nalishlar va yondashuvlarni o‘rganish imkonini beradi.
Nozima Aminjonova Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135868 Tue, 26 Aug 2025 00:00:00 +0800 AKSIYALAR VOSITASIDA KAPITAL JALB QILISH VA LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH MASALALARI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135867
Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan korxonalar moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va raqobatbardoshlikni oshirish uchun doimiy kapital oqimiga ehtiyoj sezadi. Bunday kapitalni jalb qilishning samarali yo‘llaridan biri — aksiyalar chiqarish orqali sarmoya jalb qilish mexanizmidir. Bu usul nafaqat moliyaviy resurslarni shakllantirish, balki investitsion muhitni faollashtirish, aksiyadorlik jamiyatlari tizimini kengaytirish va fond bozorini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yarashboy Markarimov Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135867 Tue, 26 Aug 2025 00:00:00 +0800 BANK TIZIMIDA KORRUPSIYANI OLDINI OLISH YO’LLARI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135866
Bank tizimi mamlakat iqtisodiyotining muhim bo‘lagi hisoblanib, uning barqarorligi va samaradorligi iqtisodiy taraqqiyot va moliyaviy xavfsizlik uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu bilan birga, bank sohasida korrupsiyaga yo‘l qo‘yilishi nafaqat moliyaviy resurslarning noqonuniy sarf qilinishiga, balki jamiyatda moliya tizimiga bo‘lgan ishonchning pasayishiga olib keladi. Korrupsiya bank faoliyatining shaffofligini kamaytiradi, moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligini buzadi va oxir-oqibatda iqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, bank tizimida korrupsiyani oldini olish muhim vazifa sifatida belgilangan bo‘lib, bu sohada samarali choralar ko‘rish milliy iqtisodiyotning sog‘lom rivojlanishini ta’minlashda katta rol o‘ynaydi.
Sevara Begimkulova Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135866 Tue, 26 Aug 2025 00:00:00 +0800 LOYIHA BOSHQARUVIDA QAROR QABUL QILISH MODELLARI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135865
Hozirgi globallashuv va texnologik taraqqiyot sharoitida loyiha boshqaruvi tizimining samaradorligi bevosita qabul qilinayotgan qarorlarning aniqligi, tezligi va moslashuvchanligiga bog‘liq. Loyiha boshqaruvi murakkab va ko‘p omilli tizim bo‘lib, unda qaror qabul qilish turli bosqichlarda va turli usullarda amalga oshiriladi. Qaror qabul qilish jarayoni loyiha manfaatdor tomonlarining ehtiyojlari, tashqi va ichki muhit omillari, resurs cheklovlari va vaqt talablari bilan bevosita bog‘liqdir. Shu bois, loyiha boshqaruvida qo‘llaniladigan qaror qabul qilish modellari nazariy asoslari, amaliy mexanizmlari va texnologik yechimlari bilan alohida tadqiq etilishi muhim sanaladi.
Ma’rufjon Dusmanov Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135865 Tue, 26 Aug 2025 00:00:00 +0800 RAQAMLASHTIRISHNING LOYIHALARNI BOSHQARISH AMALIYOTIGA TA’SIRI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135864
Zamonaviy dunyo raqamli texnologiyalar bilan tobora ko‘proq integratsiyalashib borayotgan bir davrda, loyihalarni boshqarish sohasi ham jadal raqamlashtirilmoqda. Bu jarayon faqatgina texnologik vositalarni joriy qilishni emas, balki boshqaruv uslublarini, jamoa tuzilmasini va butun jarayonlarni qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda. Ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi davrida bu o‘zgarishlar keskin tezlashdi — kompaniyalar va tashkilotlar masofaviy ishlash, onlayn muloqot va raqamli platformalarga to‘liq o‘tishga majbur bo‘lishdi. Bu holat loyihalarni raqamlashtirish orqali boshqarish zaruratini yanada kuchaytirdi.
Alijon Tillaboyev Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135864 Tue, 26 Aug 2025 00:00:00 +0800 KORPORATIV BOSHQARUV MODELLARI AFZALLIKLARIDAN O’ZBEKISTONDA FOYDALANISH IMKONIYATLARI (“O’ZMILLIYBANK’’AJ MISOLIDA) https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135863
Korporativ boshqaruv zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilotlarning barqaror rivojlanishi, moliyaviy barqarorligi, shaffofligi va raqobatbardoshligini ta’minlashning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Dunyo tajribasida korporativ boshqaruvning turli modellari shakllangan bo‘lib, ular turli mamlakatlar iqtisodiy tizimi, huquqiy muhit va madaniy an’analari asosida rivojlanib kelgan. O‘zbekiston sharoitida ushbu modellarning afzalliklarini o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etish bank sektorining, xususan, “O‘zmilliybank” AJning faoliyatini yanada samarali va xalqaro standartlarga moslashtirish imkonini beradi.
Saidakmal Muxtorov Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135863 Tue, 26 Aug 2025 00:00:00 +0800 BINO VA INSHOATLARDA ENERGIYA SAMARADORLIGINI TA’MINLASH ISTIQBOLLARI (BUDJET TASHKILOTLARI MISOLIDA) https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135862
Bino va inshootlarda energiya samaradorligini ta’minlash masalasi bugungi kunda global miqyosda eng muhim ekologik va iqtisodiy muammolardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Xususan, davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda energiya resurslaridan oqilona foydalanish nafaqat moliyaviy tejamkorlik, balki barqaror rivojlanishning zaruriy omilidir. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, energiyaning eng katta iste’molchisi bu — qurilish sohasi va bino-inshootlar tizimidir.
Ulug’bek Sapayev Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135862 Tue, 26 Aug 2025 00:00:00 +0800 TA’LIM LOYIHALARIDA SIFAT NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI (XUSUSIY OLIY TA’LIM MUASSASALARI MISOLIDA) https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135861
O‘zbekiston ta’lim tizimida xususiy sektorning jadal rivojlanishi so‘nggi yillarda sezilarli darajada ortdi. 2017-yilda mamlakatda atigi 1 ta xususiy oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2024-yil holatiga kelib ularning soni 98 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich yetti yil ichida ta’limdagi xususiy sektor ulushining 98 barobarga oshganini bildiradi. Bunday keskin kengayish, albatta, oliy ta’lim xizmatlarining ommalashuvi va fuqarolarning ta’limga bo‘lgan ehtiyojining kuchayganini ko‘rsatadi. Biroq bu jarayon ta’lim loyihalarida sifatni kafolatlash mexanizmlarining mavjudligi va ularning samaradorligini ham dolzarb masalaga aylantiradi. Amalda ko‘pchilik xususiy OTMlar o‘z o‘quv faoliyatini boshlaganiga bir necha yil bo‘lgan bo‘lsa-da, ta’lim loyihalarining sifat nazorati bo‘yicha tizimli yondashuvga ega emas.
Umid G’afurov Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135861 Tue, 26 Aug 2025 00:00:00 +0800 SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION LOYIHALARNI JORIY ETISH MASALALARI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135860
Sanoat korxonalarining zamonaviy rivojlanishi innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish qobiliyatiga bog‘liq bo‘lib, bu jarayon milliy iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Innovatsion loyihalar korxonalarni faqat texnik yoki texnologik jihatdan yangilash emas, balki butun boshqaruv, ishlab chiqarish va mahsulot dizayni tizimlarini ham tubdan takomillashtirish imkonini beradi. Bugungi sharoitda sanoat korxonalarining harakati tobora murakkab muhitda amalga oshirilmoqda: bozordagi talablar tez-tez o‘zgaradi, raqobatchilar soni ortmoqda, iste’molchilar mahsulot sifatiga yuqori talab qo‘ymoqda. Bunday muhitda faqat innovatsiyaga tayangan korxonalar raqobatga bardosh berishi mumkin.
Soxibaxon Boxodirova Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135860 Tue, 26 Aug 2025 00:00:00 +0800 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AUDITORLIK KASBINING AXLOQIY TALABLARI VA AMALIYOTDA QO’LLASH MASALALARI “O’ZMILLIYBANK” AJ MISOLIDA https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135859
Auditorlik kasbi zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas qismi bo‘lib, moliyaviy hisobotlarning to‘g‘riligi, shaffofligi va ishonchliligini ta’minlash orqali mamlakat iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyati iqtisodiy islohotlar, xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini joriy etish, investitsion muhitni yaxshilash va moliyaviy institutlarga bo‘lgan jamoatchilik ishonchini oshirish jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlanib kelmoqda. Auditorlik faoliyatining axloqiy talablari ushbu kasbning poydevorini tashkil etib, ularning asosiy maqsadi auditorlarning halollik, xolislik, kasbiy malaka va maxfiylik kabi prinsiplarga qat’iy rioya etishini ta’minlashdan iboratdir. Bu prinsiplarga amal qilish nafaqat rasmiy majburiyat, balki manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik, moliyaviy manipulyatsiya va noto‘g‘ri hisobot berish holatlarining oldini olishning muhim kafolatidir.
Murodbek Sodikov Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135859 Tue, 26 Aug 2025 00:00:00 +0800 BANKLARDA DAROMADLAR VA XARAJATLAR AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH (“MIKROKREDITBANK” ATB MISOLIDA) https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135858
Bugungi raqamli iqtisodiyot sharoitida tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta'minlashda daromadlar va xarajatlar ustidan tizimli audit olib borish alohida ahamiyat kasb etadi. Audit bank faoliyatining moliyaviy shaffofligini ta'minlab, noto'g'ri yoki yashirin operatsiyalarni aniqlash, moliyaviy xavflarni baholash va resurslardan oqilona foydalanishni nazorat qilishga xizmat qiladi. "Mikrokreditbank" ATB misolida o'tkazilgan tadqiqot bankdagi amaldagi audit tizimining imkoniyatlari, kamchiliklari va uni takomillashtirish zaruratini yoritib beradi.
Ismail Atadjanov Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135858 Tue, 26 Aug 2025 00:00:00 +0800 UZLUKSIZ TA’LIM DASTURINI DAVLAT TOMONIDAN MOLIYALASHTIRISH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH (XIVA SHAHAR 2-SON IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB MISOLIDA) https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135857
Bugungi globallashuv davrida inson kapitalini rivojlantirish, yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash har bir mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy barqarorligi va kelajakdagi muvaffaqiyati uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu bois O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uzluksiz ta’limni rivojlantirish va uni xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimi shaxsning butun umri davomida bilim va ko‘nikmalarini yangilab borishi, kasbiy malakasini oshirishi va jamiyatdagi o‘zgarishlarga moslashishini ta’minlaydi. Bunday tizimning samarali ishlashi, avvalo, moliyalashtirish mexanizmlarining to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liqdir.
Muborak Kuryazova Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135857 Tue, 26 Aug 2025 00:00:00 +0800 YASHIL LOYIHALARNI DAVLAT TOMONIDAN QO’LLAB QUVVATLASH MASALALARI (SAMARQAND VILOYATI MISOLIDA) https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135856
Dunyo miqyosida ekologik muammolar va iqlim o‘zgarishi insoniyat oldiga barqaror rivojlanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi muhim vazifalarni qo‘ymoqda. Yashil iqtisodiyot konsepsiyasi global darajada asosiy rivojlanish strategiyalaridan biriga aylangan bo‘lib, u ekologik barqarorlikni ta’minlash, chiqindilarni kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishni nazarda tutadi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston ham ushbu yo‘nalishda qator islohotlarni amalga oshirib, “Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi”ni ishlab chiqdi. Ushbu strategiya doirasida davlat tomonidan yashil loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni moliyalashtirish, soliq imtiyozlari va subsidiyalar berish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, xususiy sektorni jalb etish muhim yo‘nalishlar sifatida belgilangan.
Abbos Jabbarov Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135856 Tue, 26 Aug 2025 00:00:00 +0800 UY-JOY QURILISHNI “YASHIL” KREDITLASH BO’YICHA XALQARO TAJRIBA VA IQLIM SHAROITIGA MOSLASHISH MASALALARI https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135855
So‘nggi yillarda global iqlim o‘zgarishlari, energiya resurslarining cheklanishi va ekologik muammolarning kuchayishi fonida turar-joy qurilishida barqarorlik va energiya tejamkorlik tamoyillariga asoslangan moliyalashtirish mexanizmlariga talab keskin ortdi. Bu jarayonda “yashil” kreditlash tizimi muhim moliyaviy vosita sifatida shakllanib, xalqaro miqyosda keng qo‘llanilmoqda. “Yashil” kreditlar — bu ekologik toza, energiya samarador va uglerod chiqindilarini kamaytirishga yo‘naltirilgan loyihalarni moliyalashtirishga mo‘ljallangan imtiyozli moliya instrumentlaridir. Ular nafaqat qurilish sohasining ekologik ta’sirini kamaytiradi, balki uy-joy egalarining uzoq muddatli xarajatlarini qisqartirish, yashash sifatini oshirish va energiya mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ulug’bek Ergashev Copyright (c) 2025 https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135855 Tue, 26 Aug 2025 00:00:00 +0800