O‘ZBEK ADABIY TILI DARAJALANISHINING LEKSIK ASOSINI YARATISH ZARURATI

Abstract

Ushbu maqolada dunyo tilshunosligida til darajalarining o‘rganilishi, shuningdek, hozirgi o‘zbek adabiy tilida darajalanishning leksik asosini yaratish zarurati xususida so‘z boradi.

Versions

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Madinabonu, Y. . (2022). O‘ZBEK ADABIY TILI DARAJALANISHINING LEKSIK ASOSINI YARATISH ZARURATI . Applied Sciences in the Modern World: Problems and Solutions, 1(4), 32–34. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/45435 (Original work published February 16, 2022)
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada dunyo tilshunosligida til darajalarining o‘rganilishi, shuningdek, hozirgi o‘zbek adabiy tilida darajalanishning leksik asosini yaratish zarurati xususida so‘z boradi.


background image


32

«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: muammolar va

yechimlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya

O‘ZBEK ADABIY TILI DARAJALANISHINING LEKSIK ASOSINI

YARATISH ZARURATI

Yo`ldosheva Madinabonu

Jizzax davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim fakulteti 1-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.6167825

Annotatsiya.

Ushbu maqolada

dunyo tilshunosligida til darajalarining

o‘rganilishi, shuningdek, hozirgi o‘zbek adabiy tilida darajalanishning leksik
asosini yaratish zarurati xususida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

til darajalari, axborot texnologiyalari, elektron lug‘atlar,

CEFRL, IELTS.

Til ma’naviy merosimizni asrash va boyitishning asosiy vositasi

hisoblanadi. Tillarni saqlab qolish milliy ma’naviyatni saqlab qolish demakdir.
Zero, asl ma`naviyat faqat milliy shakldagina mavjud bo‘ladi. Mamlakatimizda
tilga e`tibor ma’naviyatga e`tiborning ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga
ko‘tarildi. Shu bois, ona tilimizni avaylab-asrash, boyitish, undan amaliy
foydalanish samaradorligini oshirish bilan birga, o‘zbek tilining zamonaviy
axborot-kommunikatsiya tizimida keng qo‘llanishiga erishish kechiktirib
bo‘lmaydigan dolzarb vazifaga aylandi. Chunki ona tilimizning jahonga chiqishiga
erishish milliy ma’naviyatni takomillashtirish va yuksaltirishning asosiy
yo‘llaridandir.

Zamonaviy axborot texnologiyalari tilning funktsional imkoniyatlaridan

foydalanish borasida benihoya keng qulayliklar eshigini ochdi. Kompyuter
tarjimasi, tahriri, tahlili, elektron lug‘atlar va tezaurus(til xazinasi)lar fikrimiz
tasdig‘idir. Ayniqsa, zamonaviy elektron lug‘atlar tuzish va ulardan foydalanish
madaniyatini shakllantirish til imkoniyatini kengaytirishda muhim ahamiyatga
ega.

Respublikamizda har bir sohada axborot-texnologiyalaridan unumli

foydalanishga, dasturiy ta’minot asosida tuziladigan loyihalarga katta e’tibor
qaratilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining bir
qancha qarorlari va farmonlari, farmoyishlari qabul qilingan. Jumladan,
O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

2002-yil

30-maydagi

“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi farmoni, O‘zbekiston Respublikasining
2003-yil 11-dekabrdagi “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2012-yil 1-fevraldagi “Zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-1730 sonli qarori va shu kabilar misol bo‘la oladi.


background image


33

«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: muammolar va

yechimlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya

Bugungi kunda amaliy tilshunosligimiz oldida turgan eng muhim

masalalardan biri – o‘zbek tili birinchi, ikkinchi va uchinchi darajalarining leksik,
morfologik va sintaktik asosini yaratishdir. Jahon tajribasiga tayanib, o‘zbek
tilining tabiatini hisobga olgan holda o‘zbek tili darajalarining leksik asosini
yaratish lozim. Tilning lingvistik sathlararo darajalanishida quyidagilar muhim
ahamiyatga ega:

-

Tilning leksik sathining ko`lamini o`rganish, ya’ni o`zbek tili izohli
lug`atlari bilan tanishib chiqish;

-

Leksik darajalanishda chastotali lug`atlardan unumli foydalanish
ko`nikmasini shakllantirish;

-

Tilni o`qitish va uni baholash metodlari bilan tanishib chiqish;

-

Birinchi daraja uchun muhim bo‘lgan leksik qamrovni aniqlashda
o‘quvchilar, talabalar va til o‘rganuvchilar uchun maxsus eksperiment
metodlarini ishlab chiqish;

-

Tillarni o‘qitish va baholashda Yevropa standarti va DTS talablarini
solishtirish hamda o‘zaro moslashtirish;

-

Leksik sathni darajalash va bu orqali o‘zbek tili profillarini yaratishga
tavsiya berish va b.q.

Hozirgi o‘zbek tilshunosligining nazariyasi, grammatik qonuniyatlari XX

asrdan tilning sistem tabiatiga ko‘ra tizimlashtirila boshlandi. Tilshunoslikda
ushbu nazariyalarga asoslangan tizimli amaliyotga yondashish vaqti kelgan bir
paytda o‘zbek adabiy tilining darajalanishi ayni muddao. Bunda jahon
tilshunosligi nazariyasi va amaliyotiga tayanib, CEFRL va IELTS qonun-qoida va
ko‘nikmalariga asoslangan holda ona tilimizning yangi darajalanish qolipi
yaratiladi. Tilni darajalash xalqaro maqomdagi tillar va jahon tillari miqyosida
amalga oshirilgan bo‘lib, o‘zbek adabiy tili uchun nazariy va amaliy yangilik
hisoblanadi.

O‘zbekistonning davlat tili - o‘zbek tili ham tarixiy taraqqiyot natijasida

adabiy til sifatida shakllanib, hozirda butun dunyo bo‘yicha ellik milliondan ortiq
iste’molchilariga egadir. O‘zbek tilidan foydalanuvchilar ko‘lamining oshishida
o‘zbek tilining mukammal grammatikasini ishlab chiqish va o‘rgatishning oson va
aniq me`yorlarini belgilash nafaqat xorijliklarning til o‘rganishi, balki o‘zbek xalqi
savodxonligini oshirishga ham xizmat qiladi. Xalqaro tillarning o‘ziga xosligi
ularning grammatikasi ma’lum me’yorlar, qonun-qoidalar asosida barcha uchun
umumiy o‘rgatish va o‘rganish qolipi - darajalanganligi bilan bog‘liqdir. Jahonning
barcha tillarida tipologik universal hodisalar ularni o‘rganish metodlari uchun
ham amal qiladi, ya’ni tillar nazariyasi va amaliy metologiyasi bir-biri bilan o‘zaro
oziqlanadi. Shundan kelib chiqib, o‘zbek adabiy tilini darajalash tilshunoslikda


background image


34

«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: muammolar va

yechimlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya

zamonaviylik va aniqlikka asoslangan hodisa sifatida tub burilish yasaydi. Buning
uchun, avvalo, lingvistik darajalangan tillar, ularning qonuniyatlari, darajalanish
tamoyillari bilan tanishish va darajalangan tillarning umumiy hamda differensial
jihatlarini aniqlash lozim. Bu borada biz o‘z-o‘zidan mamlakatimizda eng keng
tarqalgan va boshqa tillarga nisbatan qiziquvchilar soni ko‘pligi jihatidan ingliz
tilining darajalanishiga asoslanamiz.

Bugungi kunda dunyoda yetti mingdan ortiq tillar ichida ikki yuzga yaqini

rasmiy davlat tili sifatida iste’moldadir. Biroq, tilning “tirikligi” milliy tilga rasmiy
til maqomini berish bilan o`lchanmaydi. Dunyoda har bir tilning nufuzi va
mavqeyini oshirish ushbu tilda gaplashuvchilar sonining oshib borishi hamda
iste’mol ko`lamining kengayishi bilan bog`liq. Bu esa tilning ijtimoiy
yashovchanligini belgilovchi omillardan biridir. Tilning “tirikligi” o`z navbatida
o`sha xalqning etnik barqarorligini ta’minlaydi. Shunday ekan, o‘zbek tili
darajalarining leksik asosini yaratish bugungi tilshunosligimiz oldidagi eng
ustuvor vazifalardan bo‘lishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Dr. Yohann Shustereder. Beshinchi o`quv moduli: Chet tilini o`qitish (FCG
International Ltd, tarjima ingliz tilidagi versiya asosida). - Finlandiya. 2017.

2.

Tillar leksikasini Yevropa standati (CEFR) bo`yicha baholanish tamoyillari;
-Yevropa kengashi, 1996.

3.

Franchoise Kusseling. Fransus tilini o`qitish va o`rganishda so`z boyligining
Yevopa standarti (CEFR) bo`yicha baholanishi//Dsc. –Fransiya, 2012.

References

Dr. Yohann Shustereder. Beshinchi o`quv moduli: Chet tilini o`qitish (FCG International Ltd, tarjima ingliz tilidagi versiya asosida). - Finlandiya. 2017.

Tillar leksikasini Yevropa standati (CEFR) bo`yicha baholanish tamoyillari; -Yevropa kengashi, 1996.

Franchoise Kusseling. Fransus tilini o`qitish va o`rganishda so`z boyligining Yevopa standarti (CEFR) bo`yicha baholanishi//Dsc. –Fransiya, 2012.