TURKISTON GENERAL GUBERNATORLIGIDA SUD TIZIMI

Abstract

Turkiston general-gubernatorligida boshqaruv tizimining mustamlakachilik  mohiyati    sud  tizimi,  himoya  va  jazo  institutlari  faoliyatida yaqqol  o'z  aksini  topgan.  1865  yilda  qabul  qilingan  ―Turkiston  viloyatini boshqarish haqidagi muvaqqat nizomda viloyat harbiy gubernatori zimmasiga an‘anaviy  musulmon  sud  muassasalarini  nazorat  qilish  vazifasi  yuklatilgan. Ma‘muriy  va  sudlov  tizimini  o'z  qo'lida  birlashtirgan  harbiy  gubernator huzurida harbiy-sud komissiyasi tuzilgan edi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Ummat o’g’li , X. J. . (2022). TURKISTON GENERAL GUBERNATORLIGIDA SUD TIZIMI. Applied Sciences in the Modern World: Problems and Solutions, 1(4), 23–25. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/45423
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Turkiston general-gubernatorligida boshqaruv tizimining mustamlakachilik  mohiyati    sud  tizimi,  himoya  va  jazo  institutlari  faoliyatida yaqqol  o'z  aksini  topgan.  1865  yilda  qabul  qilingan  ―Turkiston  viloyatini boshqarish haqidagi muvaqqat nizomda viloyat harbiy gubernatori zimmasiga an‘anaviy  musulmon  sud  muassasalarini  nazorat  qilish  vazifasi  yuklatilgan. Ma‘muriy  va  sudlov  tizimini  o'z  qo'lida  birlashtirgan  harbiy  gubernator huzurida harbiy-sud komissiyasi tuzilgan edi.


background image


23

«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: muammolar va

yechimlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya

TURKISTON GENERAL GUBERNATORLIGIDA SUD TIZIMI

Xudoyorov Jaloliddin Ummat o'g'li

jaloliddin12jx@gmail.com

Gul Du tarix yo'nalishi 2-bosqich magistri

https://doi.org/10.5281/zenodo.6166819

Annotatsiya:

Turkiston general-gubernatorligida boshqaruv tizimining

mustamlakachilik mohiyati sud tizimi, himoya va jazo institutlari faoliyatida
yaqqol o'z aksini topgan. 1865 yilda qabul qilingan ―Turkiston viloyatini
boshqarish haqidagi muvaqqat nizomda viloyat harbiy gubernatori zimmasiga
an‘anaviy musulmon sud muassasalarini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.
Ma‘muriy va sudlov tizimini o'z qo'lida birlashtirgan harbiy gubernator
huzurida harbiy-sud komissiyasi tuzilgan edi. 1865 yilgi ― nizomga asosan
mahalliy aholi uchun an‘anaviy sud tizimi – o'troq aholi uchun qozilik sudi va
ko'chmanchi aholi uchun biylik sudi saqlab qolindi va ularga fuqarolik va jinoiy
ishlarni avvalgidek shariat qoidalari asosida ko'rib chiqish vakolati berildi,
ammo qozilarni tayinlash va bo'shatish harbiy-gubernator ixtiyoriga berildi.
Ushbu tezisda, Turkiston general gubernatorligida sud tizimi haqida fikr va
mulohazalar yuritiladi.

Kalit so’zlar

: Turkiston, sud tizimi, general gubernatorlik, fuqarolik,

harbiy-sud, an’anaviy ierarxiya, Rossiya gubernatorligi.

An‘anaviy sud tizimiga ko'nikkan mahalliy aholi vakili uchun bu yangi

tartiblarga majburan amal qilish og'ir kechdi. Garchi diniy ulamolar sud
jarayonlariga o'zgartirishlar kiritish muhimligini e‘tirof etsalar-da, amalda eski
tartiblarning tiklanishini talab qila boshladilar. Rossiya savdo-sanoat doiralari
manfaatlarini himoya qiluvchi (Birja xabarlari) gazetasida mustamlaka
hukumatining sud tizimini isloh qilish harakatlari tanqidga uchradi. Unda rus
hukumati musulmon ruhoniylarini o'ziga qarshi qo'yayotganligi, mahalliy
aholining an‘analari va qonunlariga aralashuv katta norozilik keltirib
chiqarganligi alohida qayd etilgan edi.

Xonlik davrida qozilik lavozimiga tayinlash jarayonida eng layoqatli

nomzod sinchkovlik bilan tanlab olinib, undan shariat va odat qonunlarini
yaxshi bilish darajasini aniqlash uchun imtihon olingan, ya‘ni nomzodlarning
chuqur bilimga ega ekanligini hisobga olish mezoni mavjud bo'lgan. Ammo
mustamlaka tuzum joriy qilgan tartiblarga ko'ra boshlang'ich saylanish huquqi va
qozilik lavozimiga nomzodlarning ilmiy darajasiga hech qanday talab
qo'yilmagan. Bunday siyosat natijasida ―xalq sud‘yalari ya‘ni, qozilar
lavozimiga ko'pincha musulmon huquqidan etarli bilimga ega bo'lmagan, turli
darajadagi suiste‘mollarga va noqonuniyliklarga yo'l qo'yishi mumkin bo'lgan
shaxslar tasdiqlanganlar. Ko'p hollarda qozilik kursisi pulga sotib olinganligi


background image


24

«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: muammolar va

yechimlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya

mahalliy tilda chop etilgan davriy nashrlarda qattiq tanqid qilingan. Qozilarni
tayinlashda ularning bilimi hisobga olinmay, saylov natijalarini tasdiqlovchi
mustamlaka hukumatining nomzodlarga qanchalik xayrixohligi, ularning
―naqadar ishonchga sazovorligi bosh mezon bo'lib xizmat qilgan. Qozilar
tomonidan yo'l qo'yilgan suiste‘molliklar xalqning haqqoniy noroziligiga, turli
idoralarga shikoyatlar, iltimosnoma va xatlar bilan murojaat qilishiga sabab
bo'lgan, ammo bu murojaatlar yillab javobsiz qolib ketgan, zero hukumat o'zi
o'rnatgan tartiblarni bekor qila olmagan. Sud‘yalar tomonidan yo'l qo'yilgan
suiste‘molliklar xalqning haqqoniy noroziligiga, turli idoralarga shikoyatlar,
iltimosnoma va xatlar bilan murojaat qilishiga sabab bo'lgan va u yerda yillab
javobsiz qoldirilgan. Hukumat o'zi o'rnatgan tartiblar, xususan, qozilarni
tayinlashda ularning hukumatga ―sadoqatli bo'lishini asosiy mezon sifatida
baholash tartiblari saqlanib qoldi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad – an‘anaviy
sud tizimidan mustamlaka tuzum manfaatlari yo'lida foydalanish edi. Yangi sud
tizimining oliy instansiyasi Peterburgdagi Senat hisoblangan. Rossiyada
Aleksandr II tomonidan 1864 yilda sud nizomlarining joriy etilishi munosabati
bilan imperiya sud tizimida ma‘lum o'zgarishlar sodir bo'ldi.

Muvaqqat harbiy-sud komissiyalari tomonidan aholi huquqlarining

buzilishi, turli lavozimdagi amaldorlarning o'ldirilishi, rus aholisi tomonidan
sodir etilgan talonchilik, o'g'rilik va boshqa og'ir jinoyatlar, hukumatga qarshi
jinoiy harakatlar va tartibbuzarliklar ko'rib chiqilgan. Viloyat boshqarmalarida
tashkil qilingan sud bo'limlari viloyat harbiy gubernatori nazoratida amalga
oshirilgan. Sud ishlari bo'yicha xech qanday bilim vaamaliy tajribaga ega
bo'lmagan harbiy gubernatorning bunday vakolatga ega bo'lishi sud ishiga
katta zarar etkazgan, juda ko'p tushunmovchilik va chalkashliklarga olib
kelgan. Bu anglashilmovchiliklarni hal etish uchun murojaatlar qabul qiluvchi
yuqori instansiya – Turkiston general gubernatori bo'lib, u ham etarli bilim va
amaliy tajribaga ega bo'lmagan holda juda ko'p masalalarni o'z xolicha hal
etgan. U xatto sud tizimidagi amaldorlarning huquq va burchlari haqidagi
qoidalarni ham o'zi istagancha o'zgartirganligi taftish jarayonlarida aniqlangan.

Turkiston general gubernatori bu borada Rossiyadagi adliya vaziridan

ham ko'proq vakolatga ega edi. Sud tizimi va hokimiyatning qo'shilib ketishiga
olib kelgan. Bunday holat Rossiyaning o'zida 1864 yilgi sud islohoti natijasida
joriy etilgan sudlov tizimi rivojlanishining umumiy tamoyillari, ya‘ni sudning
ma‘muriyatdan ajratilishi tamoyillariga mutlaqo zid edi. Turkistonda sudni
ma‘muriyatdan ajratish faqatgina uezd darajasida amalga oshgan, ammo bu ham
juda cheklangan darajada bo'lgan. Boshqaruvning yuqori pog'onalarida, masalan,
viloyatda sud ishlari bilan harbiy gubernatorlarning viloyat boshqarmalari,


background image


25

«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: muammolar va

yechimlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya

markaziy apparatda esa general-gubernator devonxonasining sud bo'limlari
shug'ullangan. Viloyat harbiy gubernatorlarining uezd sud‘yalariga xayfsanlar
va tanbehlar berish huquqiga egaligi amalda sudning ma‘muriyatdan
ajratilmaganligining yaqqol namunasi edi.

Xulosa qilib aytganda

, Turkiston xalqlari bunday sudlar oldida o'zlarini

ishonchsiz va himoyasiz his qilganlar, ularning o'zlari o'rgangan an‘anaviy urf-
odat va an‘analari asosidagi me‘yorlardan uzoq bo'lgan bunday huquqiy
tartiblarni ―chigal va tushunarsiz deb bilganlar. Umuman olganda, Turkistonda
sud tizimini isloh qilishdan ko'zlangan asosiy maqsad islom dini va din
peshvolarining aholiga ta‘sirini kamaytirishdan iborat bo'lsa-da, amalda bu
kutilgan natijani bermadi. Ko'p o'tmasdan, yangi o'rnatilgan tartiblarning talab
darajasida emasligi ma‘lum bo'ldi. Birinchidan, ma‘muriy boshqaruv bilan
mashg'ul amaldorlar sud ishlariga ko'p vaqt ajrata olmadilar va natijada ko'p
muammolar o'z vaqtida echimini topa olmadi. Ikkinchi tomondan, maxsus
huquqiy bilim va saviyaga ega bo'lmagan viloyat darajasidagi amaldorlar sudlov
tizimida qoniqarli darajada ish olib bora olmadilar. Maxsus bo'limda maxfiy
josuslar xizmati ayniqsa qadrlangan. Har bir tashkilotning o'z agenti bo'lib,
ular maxsus bo'limga josuslik xabarlarini yetkazib turganlar. Xususan,
inqilobiy tashkilotlarda josuslar ish olib borishi shart bo'lgan. Maxfiy
xizmatchilar o'zlari ish olib borayotgan tashkilotlar haqida ayg'oqchilik
xabarlarini to'plash bilan birga siyosiy partiyalar hayotida, inqilobchilarning
qamalishida ham faol ishtirok etganlar. Rossiya imperiyasi ichki ishlar
vazirligining politsiya departamenti organi bo'lgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

:

1. Mirziyoyev Sh. Samarqand - Yer yuzining sayqali // Buyuk kelajagimizni mard
va olijanob xalqimiz bilan kuramiz. -Toshkent.; Uzbekiston, 2017. -B. 178.
2. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko’taramiz. -T.; O’zbekison, 2017. -B. 491.
3. Abduraximova N.A., Ergashev F.R. Turkistonda chor mustamlaka tizimi. -T.:
Akademiya, 2002.
4. Brodovskiy M. Zametki o zemledelii v Samarkandskom rayone //
Turkestanskiy sbornik. -SPb., 1873.-S. 419-447.

References

Mirziyoyev Sh. Samarqand - Yer yuzining sayqali // Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan kuramiz. -Toshkent.; Uzbekiston, 2017. -B. 178.

Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. -T.; O’zbekison, 2017. -B. 491.

Abduraximova N.A., Ergashev F.R. Turkistonda chor mustamlaka tizimi. -T.: Akademiya, 2002.

Brodovskiy M. Zametki o zemledelii v Samarkandskom rayone // Turkestanskiy sbornik. -SPb., 1873.-S. 419-447.