HISOBLASHDAN HAYOTGA: MATEMATIKANING FANLARARO INTEGRATSIYADAGI O‘RNI

Аннотация

Maqolada matematika fanining fanlararo integratsiyalashgan ta’limdagi o‘rni ochib beriladi. Ayniqsa, o‘quvchilarning tanqidiy va tizimli fikrlashini shakllantirishda, real hayotiy vaziyatlarni modellashtirishda va boshqa fanlar bilan uyg‘un ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda matematik yondashuvning ahamiyati asoslanadi. Biologiya, fizika, geografiya va iqtisod fanlari bilan integratsiya orqali o‘quvchilarda chuqur va amaliy bilimlar shakllanishi ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada fanlararo integratsiya samaradorligini oshirishga doir metodik tavsiyalar beriladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
  • Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani o‘qituvchisi
30-32

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Qalandarova , N. . (2025). HISOBLASHDAN HAYOTGA: MATEMATIKANING FANLARARO INTEGRATSIYADAGI O‘RNI. Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения, 4(12), 30–32. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/134836
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada matematika fanining fanlararo integratsiyalashgan ta’limdagi o‘rni ochib beriladi. Ayniqsa, o‘quvchilarning tanqidiy va tizimli fikrlashini shakllantirishda, real hayotiy vaziyatlarni modellashtirishda va boshqa fanlar bilan uyg‘un ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda matematik yondashuvning ahamiyati asoslanadi. Biologiya, fizika, geografiya va iqtisod fanlari bilan integratsiya orqali o‘quvchilarda chuqur va amaliy bilimlar shakllanishi ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada fanlararo integratsiya samaradorligini oshirishga doir metodik tavsiyalar beriladi.


background image


30

HISOBLASHDAN HAYOTGA: MATEMATIKANING FANLARARO

INTEGRATSIYADAGI O‘RNI

Qalandarova Nazokat Ibrogimovna

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi

ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16830762

Annotatsiya:

Maqolada matematika fanining fanlararo integratsiyalashgan ta’limdagi

o‘rni ochib beriladi. Ayniqsa, o‘quvchilarning tanqidiy va tizimli fikrlashini shakllantirishda,
real hayotiy vaziyatlarni modellashtirishda va boshqa fanlar bilan uyg‘un ishlash
ko‘nikmalarini rivojlantirishda matematik yondashuvning ahamiyati asoslanadi. Biologiya,
fizika, geografiya va iqtisod fanlari bilan integratsiya orqali o‘quvchilarda chuqur va amaliy
bilimlar shakllanishi ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada fanlararo integratsiya
samaradorligini oshirishga doir metodik tavsiyalar beriladi.

Аннотация:

В статье рассматривается роль математики в межпредметной

интеграции в образовании. Особое внимание уделяется значению математики в
развитии критического и системного мышления учащихся, моделировании жизненных
ситуаций и формировании навыков междисциплинарного взаимодействия.
Подчеркивается, что интеграция с такими предметами, как биология, физика, география
и экономика, способствует формированию глубоких и практических знаний. Также
представлены

методические

рекомендации

по

эффективной

реализации

интегративного подхода.

Abstract:

This article examines the role of mathematics in interdisciplinary integrated

education. It emphasizes the importance of mathematics in developing students’ critical and
systematic thinking, modeling real-life contexts, and enhancing cross-disciplinary collaboration
skills. The integration of mathematics with subjects such as biology, physics, geography, and
economics is shown to deepen students’ practical and applied knowledge. Methodological
recommendations are also presented to improve the effectiveness of integrative teaching
approaches.

Kalit so‘zlar:

fanlararo integratsiya, matematika, modellashtirish, tanqidiy fikrlash,

loyiha asosida o‘qitish, kompetensiya.

Kirish

Bugungi kunda dunyo ta’lim tizimida fanlararo integratsiya, ya’ni turli fanlar o‘rtasidagi

bog‘liqlik asosida bilim berish konsepsiyasi jadal rivojlanmoqda. Ayniqsa, matematika – barcha
tabiiy va ijtimoiy fanlar uchun asosiy mantiqiy platforma vazifasini bajaradi. “Hisoblashdan
hayotga” degan ifoda esa bu fanning hayotiy masalalardagi ahamiyatini, boshqa fanlar bilan
integratsiyadagi markaziy o‘rnini ifodalaydi.

1. Integratsiyalashgan ta’limga zamonaviy yondashuv

Fanlararo integratsiya – o‘quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish, ularni real hayotiy

vaziyatlarda qo‘llashga tayyorlashga xizmat qiluvchi ta’lim yondashuvidir. O‘zbekistonda
so‘nggi yillarda ixtisoslashtirilgan maktablar, STEAM yondashuvi asosidagi loyihalar, va
integratsiyalashgan darslar orqali bu yo‘nalish keng ommalashmoqda.

2. Matematikaning integratsiyadagi roli

Matematika fani:

Fizika

bilan – harakat, tezlik, energiya hisoblashda


background image


31

Biologiya

bilan – statistik tahlil, modellashtirish, populyatsiyalar dinamikasi

Kimyo

bilan – konsentratsiyalar, modda miqdori, grafik analiz

Geografiya

bilan – statistik xaritalar, relyef va iqlim tahlillari

Informatika

bilan – algoritmlar, mantiqiy fikrlash, kodlash asoslari

orqali uzviy bog‘liq bo‘lib, boshqa fanlardagi chuqur tushunchalarning shakllanishiga

xizmat qiladi.

3. Amaliy misol: Geometrik shakllarda tarix: Me’moriy yodgorliklar tahlili (Xiva

shahri Ichan qal’a 8-9 sinflar)

Tarix fani bilan Geometriyani loyiha orqali bog’lash.

Sinf o‘quvchilari kichik guruhlarga bo’linadi.

Geometrik tahlil: shakllarning nisbatlari, balandlik, radius, aylana segmentlari

hisoblanadi.

Tarixiy izlanishlar: Qurilish tarixi, me’morlar, davr sharoiti haqida ma’lumotlar yig‘iladi.

Har bir guruh loyiha taqdimoti tayyorlayadi: geometrik chizmalar tarixiy izohlar bilan

yoritiladi.

Fan

Yondashuvlar va faoliyat turlari

Geometriya

Minoralar shakli, gumbazlar yuzasi, muqarnas tuzilmalari,

simmetriya, aylana segmentlari, proporsiyalar

Tarix

Yodgorliklarning qurilish davri, tarixiy voqealar bilan bog‘liqligi,

me’morchilik maktablari, buyuk shaxslar nomi bilan bog‘liqlik

Chizmachilik

ART

Binolar va inshootlarning chizmalarini, sxemalar, xaritalar va

grafiklarni chizish. O‘lchamlar asosida geometrik modellar quriladi.

IT/rasm

3D model yaratish, grafik ilovalarda loyihalarni vizuallashtirish

O‘quvchilar obidalarni faqat vizual emas, ilmiy–tahliliy yondashuv bilan ko‘ra boshlaydi.
-Geometrik shakllar real ob’ektlar misolida mustahkamlanadi.
-Fanlar o‘rtasidagi bog‘liqlik tabiiy ravishda shakllanadi.
-Estetik did, vizual tafakkur va jamoaviy ishlash ko‘nikmalari rivojlanadi.

4. O‘quvchilar kompetensiyalarining rivoji

Integratsiyalashgan matematika darslari orqali o‘quvchilar:

Tanqidiy fikrlash

Muammoni yechish

Ma’lumotlar tahlili

Ilmiy izlanishga qiziqish
ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Xulosa:

Matematika – bu faqat raqamlar emas, balki tafakkur, tahlil va hayotiy

muammolarni yechishga xizmat qiladigan universal til. Uni boshqa fanlar bilan uyg‘unlashtirib
o‘qitish esa ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. “Hisoblashdan hayotga”
yondashuvi orqali ta’limda haqiqiy transformatsiyaga erishish mumkin.

Tavsiyalar

1.

Matematika darslarida integratsiyalashgan loyiha faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish.

2.

Fanlararo metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish va o‘qituvchilarni ularga tayyorlash.

3.

STEAM konsepsiyasi asosida o‘quvchilarning tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish.


background image


32

4.

O‘zbekiston tajribasini xalqaro platformalarda targ‘ib qilish.
Metodik ahamiyati:

Tarixiy faktlar bilan matematik formulalarni birlashtirish orqali tahliliy fikrlash

rivojlanadi.

O‘quvchilarning estetik didi, mustaqil ishlash ko‘nikmasi va texnik tasavvuri kuchayadi.

Integratsiyalashgan loyihalar orqali o‘zaro bog‘liq fanlarda chuqur bilim beriladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

STEAM Education in Practice / R. Yakman.

2.

Назарова М. и др. Межпредметная интеграция в современной школе. – Москва:

Просвещение, 2021.
3.

Tursunov A. “Matematika fanini o‘qitishda integratsiyalashgan yondashuvning pedagogik

imkoniyatlari” // Ta’lim va taraqqiyot, 2023.
4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada

takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, 2022-yil.

Библиографические ссылки

STEAM Education in Practice / R. Yakman.

Назарова М. и др. Межпредметная интеграция в современной школе. – Москва: Просвещение, 2021.

Tursunov A. “Matematika fanini o‘qitishda integratsiyalashgan yondashuvning pedagogik imkoniyatlari” // Ta’lim va taraqqiyot, 2023.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, 2022-yil.