BO‘LAJAK SURDOPEDAGOGLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM

Аннотация

Maqola bo'lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda shaxsga yo'naltirilgan ta'lim yondashuvining ahamiyati va imkoniyatlarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqot zamonaviy ta'lim tizimida surdopedagoglarni tayyorlash jarayonida individual yondashuv, talabaning shaxsiy ehtiyojlari va qobiliyatlarini hisobga olish zarurligini ko'rsatib beradi. Maqolada surdopedagoglik ta'limining o'ziga xos xususiyatlari, kasbiy kompetentlikning asosiy komponentlari va shaxsga yo'naltirilgan ta'lim metodlarining samaradorligi o'rganilgan. Maqolada eshitish nuqsonli bolalar bilan ishlash uchun zarur bo'lgan maxsus bilim, ko'nikma va kompetensiyalarni shakllantirish masalalari muhokama qilinadi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
38-42
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Xayitov, L. . (2025). BO‘LAJAK SURDOPEDAGOGLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM. Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения, 4(11), 38–42. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/124565
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqola bo'lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda shaxsga yo'naltirilgan ta'lim yondashuvining ahamiyati va imkoniyatlarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqot zamonaviy ta'lim tizimida surdopedagoglarni tayyorlash jarayonida individual yondashuv, talabaning shaxsiy ehtiyojlari va qobiliyatlarini hisobga olish zarurligini ko'rsatib beradi. Maqolada surdopedagoglik ta'limining o'ziga xos xususiyatlari, kasbiy kompetentlikning asosiy komponentlari va shaxsga yo'naltirilgan ta'lim metodlarining samaradorligi o'rganilgan. Maqolada eshitish nuqsonli bolalar bilan ishlash uchun zarur bo'lgan maxsus bilim, ko'nikma va kompetensiyalarni shakllantirish masalalari muhokama qilinadi.


background image


38

BO‘LAJAK SURDOPEDAGOGLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI

RIVOJLANTIRISHDA SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM

Xayitov Lazizbek Rustamjon o‘g‘li

Qo‘qon davlat universiteti dotsenti,

pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.15899766

ANNOTATSIYA

Maqola bo'lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda shaxsga

yo'naltirilgan ta'lim yondashuvining ahamiyati va imkoniyatlarini tahlil qilishga
bag'ishlangan. Tadqiqot zamonaviy ta'lim tizimida surdopedagoglarni tayyorlash jarayonida
individual yondashuv, talabaning shaxsiy ehtiyojlari va qobiliyatlarini hisobga olish
zarurligini ko'rsatib beradi. Maqolada surdopedagoglik ta'limining o'ziga xos xususiyatlari,
kasbiy kompetentlikning asosiy komponentlari va shaxsga yo'naltirilgan ta'lim metodlarining
samaradorligi o'rganilgan. Maqolada eshitish nuqsonli bolalar bilan ishlash uchun zarur
bo'lgan maxsus bilim, ko'nikma va kompetensiyalarni shakllantirish masalalari muhokama
qilinadi.

Kalit so'zlar

: surdopedagogika, kasbiy kompetentlik, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim,

individual yondashuv, pedagogik texnologiyalar, inklyuziv ta'lim, eshitish nuqsonlari, kasbiy
tayyorgarlik, ta'lim sifati, pedagogik mahurat, maxsus pedagogika

АННОТАЦИЯ

Статья

посвящена

анализу

значения

и

возможностей

личностно-

ориентированного подхода к образованию в развитии профессиональной
компетентности будущих учителей жестового языка. В исследовании показана
необходимость индивидуального подхода, учитывающего личностные потребности и
способности студента в процессе подготовки учителей жестового языка в современной
системе образования. В статье рассматриваются особенности обучения жестовому
языку, основные компоненты профессиональной компетентности и эффективность
личностно-ориентированных методов обучения. В статье рассматриваются вопросы
формирования специальных знаний, умений и компетенций, необходимых для работы
с детьми с нарушениями слуха.

Ключевые

слова

:

обучение

жестовому

языку,

профессиональная

компетентность, личностно-ориентированное образование, индивидуальный подход,
педагогические

технологии,

инклюзивное

образование,

нарушения

слуха,

профессиональная подготовка, качество образования, педагогическое мастерство,
специальная педагогика

ANNOTATION

The article is devoted to the analysis of the importance and possibilities of a person-

centered educational approach in the development of professional competence of future sign
language teachers. The study shows the need for an individual approach, taking into account
the personal needs and abilities of the student in the process of training sign language
teachers in the modern education system. The article studies the specific features of sign
language teaching, the main components of professional competence and the effectiveness of
person-centered educational methods. The article discusses the issues of forming special


background image


39

knowledge, skills and competencies necessary for working with children with hearing
impairments.

Keywords

: sign language teaching, professional competence, person-centered

education, individual approach, pedagogical technologies, inclusive education, hearing
impairments, professional training, quality of education, pedagogical skills, special pedagogy


Bo‘lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentligini samarali rivojlantirishning

birinchi va zarur shart-sharoitlaridan biri mazkur jarayonda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning
imkoniyatlarini aniqlash va foydalanish hisoblanadi. Buning uchun avvalo shaxsga
yo‘naltirilgan ta’lim mohiyatini va undan ta’limda foydalanishning mavjud tajribasini aniqlab
olamiz. Bunda tadqiqotning metodologik asosi sifatida tizimli yondashuvga asoslanamiz.

Ma’lumki tarbiya jarayoni bu maqsadga yo‘naltirilgan shaxsga ma’lum sifatlarni

rivojlanishtirish bo‘lib, pedagogik jarayon esa oldindan tashkil etilgan tarbiyaning o‘zaro ta’sir
tizimidir.

Ta’lim jarayoni esa o‘quvchilarni bilim olish faoliyatini kuchaytirish, takomillashtirish,

fikrlash, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish, insonparvar-estetik madaniyatini rivojlantirish
va ta’lim (tarbiya) malakalarini takomillashtirish vazifalarini bajaradi.

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konseptsiyasida belgilangan talablardan anglash mumkinki,

o‘qituvchining kasbiy kompetentligi, kasbiy mahorati, o‘quvchilar bilan hamkorlikda ishlash,
o‘quvchilarning o‘zlashtirishiga qulay sharoitlar yaratish masalasi ilgari surilgan.

Y.V.Bondarevskayaning fikriga ko‘ra, shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini qurishda

mazmunga alohida e’tibor qaratish lozim va u quyidagi zaruriy komponentlarni qamrab olishi
zarur: aksiologik, kognitiv, faoliyatli-ijodiy va shaxsiy [1].

Aksiologik komponent o‘quvchilarni “qadriyatlar olamiga kiritadi” va ularga “shaxsiy

ahamiyatli qadriyatli yo‘nalishlari tizimini tanlashda” yordam ko‘rsatadi. Kognitiv komponent
“o‘quvchilarni ma’naviy rivojlanish asosi sifatida inson, madaniyat, tarix, tabiat, noosfera
to‘g‘risidagi ilmiy bilimlar bilan ta’minlaydi”. Faoliyati-ijodiy komponent “o‘quvchilarda
shaxsning mehnatda, ilmiy, badiiy va boshqa faoliyat turlarida o‘zini amalga oshirishi uchun
zarur bo‘lgan faoliyatning turli usullari, ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishi va rivojlanishiga
yordam beradi”. Shaxsiy komponent – “o‘z-o‘zini anglash, refleksiv qobiliyatlarning
rivojlanishi, o‘zini-o‘zi boshqarish, o‘zini-o‘zi takomillashtirish, o‘zini-o‘zi axloqiy anglash
usullarini egallashni ta’minlaydi, hayotiy pozitsiyasini rivojlantiradi” [2].

V.V.Serikovning fikriga ko‘ra, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni an’anaviy ta’limdan

farqlaydigan protsessual xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:

o‘quv faoliyatini o‘yin, hayotiy vaziyatlar, ijtimoiy va texnik ijod strukturasiga

kiritilishini ko‘zda tutuvchi kontekst ta’limning ustunligi;

o‘quv jarayoni ishtirokchilari o‘rtasidagi dialog, yechimni izlash va uni anglash;

jarayonga yo‘nalganlik (faoliyat usuli, uslubi), qadriyatlarni umumiy boshdan kechirish;

individuallik, shaxsiy fikrga huquqini tan olish bilan muloqotning insonparvarligi;

hamkorlik munosabatining ustunligi, pedagog haqiqiy hayotiy muammolarni birgalikda

yechishga, o‘zini-o‘zi o‘zgartirishga tayyor [3].
Birinchisi. Ta’limda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirish ta’lim natijasiga urg‘u
beradigan yondashuvdir. Bunda ta’lim natijasi o‘zlashtirilgan axborotlar yig‘indisi emas, balki
shaxsni turli muammoli vaziyatlarda harakat qilish qobiliyatidan iborat bo‘ladi.


background image


40

Ikkinchisi. Kasbiy kompetensiyalar hozirgi kunda innovatsiyalarni tatbiq etish uchun
kreativlikka bog‘liq bo‘lgan innovatsion ta’lim texnologiyalariga asoslangan kasbiy
kompetentli o‘qituvchi faoliyatidagi ijodiy qobiliyatdir.

Uchinchisi. Kasbiy kompetensiyalarni «Bo‘lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentligini
rivojlantirishda ona tili o‘qitish texnologiyasi o‘qitishning modul-reytingli tizimidan
foydalanish» maxsus kursi asosida rivojlantirish jarayoni olib boriladi.

Bunday funksiyalar sifatida quyidagilarni ajratish mumkin: motivatsiya (o‘z faoliyatini

qabul qilish va asoslash); vositachilik (xulqning tashqi ta’sirlari va ichki impulslariga
nisbatan); kolliziya (borliqning yashirin qarama-qarshiliklarini ko‘rish); tanqid (tashqi taklif
etiladigan qadriyatlar va shakllarga nisbatan); refleksiya (“Men” barqaror obrazini ongda
qurish va ushlab qolish); mazmunli ijod (shaxs tomonidan mazmunlar ierarxiyasini doimiy
aniqlashtirish va tekshirish); yo‘nalganlik (shaxsga yo‘naltirilgan olam obrazi – individual
dunyoqarashni qurish); ichki olamning avtonomligi va barqarorligini ta’minlash; ijodiy qayta
o‘zgartiruvchi (ixtiyoriy shaxsiy ahamiyatli faoliyatning ijodiy xususiyatini ta’minlash); o‘z-
o‘zini amalga oshirish (o‘zining “Men” obrazini atrofdagilar tomonidan tan olinishiga intilish);
shaxsiy intilishlariga muvofiq ma’naviylik va hayot faoliyati darajasini ta’minlash (hayot
faoliyatini utilitar maqsadlarga qaratishning oldini olish) [3].

Barcha shaxsiy sifatlarni shartli ravishda tayanch funktsiyalarning uch guruhiga ajratish

mumkin: mas’uliyat, refleksiya va o‘z-o‘zini amalga oshirish.

Mazkur funkцiyalarning to‘liqligi, ularning o‘quv jarayoni sub’ektlari faoliyatida taqdim

etilganligi ta’lim jarayoni o‘z faoliyatining shaxsga yo‘naltirilgan darajasiga erishganligi, ya’ni
shaxsga yo‘naltirilgan bo‘lganligidan guvohlik berishi mumkin.

V.V.Serikov shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim funkцiyasi muayyan sifatga ega shaxsni

rivojlantirishdan (an’anaviy ta’lim bilan solishtirganda) emas, balki ta’lim jarayoni
sub’ektlarining shaxsiy funkцiyalarining to‘liq namoyon bo‘lishi va rivojlanishi uchun
sharoitlar yaratishdan iborat deb hisoblaydi. “Shaxsiy funkцiyalar” tushunchasi pedagogikaga
mazkur muallif tomonidan kiritilgan bo‘lib, ularni u «insonning “shaxs bo‘lish” ijtimoiy
buyurtmasini amalga oshirishini ifodalovchilar» deb ta’riflaydi [3].

Mazkur holatlar va ta’limda shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitishdan foydalanish S.V.Belova,

Ye.A.Kryukova, V.V.Serikov va boshqa tadqiqotchilarga shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning uning
maqsadlarini amalga oshirishga imkon beruvchi asosiy proцessual tavsifi o‘quv vaziyat
hisoblanishini (“shaxsga yo‘naltirilgan vaziyat”) ta’kidlashlariga imkon berdi. O‘quv vaziyatini
qurish uchta tayanch texnologiyalardan foydalanishni ko‘zda tutadi: ta’lim mazmuni
elementlarini o‘quvchining hayotiy mazmunli sohasi bilan bog‘liq turli darajali shaxsga
yo‘naltirilgan vazifalar ko‘rinishida taqdim etish; shaxsning o‘zini-o‘zi amalga oshirishi,
sub’ektiv-mazmunli muloqoti, refleksiyani ta’minlovchi alohida didaktik-kommunikativ muhit
sifatida dialog sharoitida mazmunni o‘zlashtirish; dialog – shaxsiy tajriba manbai, shaxsning
mazmun hosil qiluvchi, refleksif, tanqidiy va boshqa funkцiyalarini aktuallashtirish omili
(o‘quv dialogi texnologiyasi); ichki nizolik, kolliziyalik, raqobat sharoitlarida shaxsiy
funkцiyalarni amalga oshirishni ta’minlovchi ijtimoiy-rolli va makon-vaqtli sharoitlar
imitatsiyasi, bunga bilish harakatlari ma’lum shaxsiy mazmunni amalga oshirganida erishish
mumkin (imitatsion o‘yinlar texnologiyasi).


background image


41

Vazifa – muloqot − o‘yin uchligi o‘quv jarayonining tashkiliy qismi sifatida sub’ektlararo

muloqotning qadriyatli-mazmunli maydonini yaratuvchi shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning
tayanch texnologik majmuini hosil qiladi.

Bu vaziyatda ta’lim jarayonini tor tarbiyaviy mazmuni bilan almashtirish yuz bermaydi,

lekin inson tajribasi olami o‘zining boshqa – shaxsiy-mazmunli jihatlari bilan ifodalanadi,
bunda xotira hamda ongga chuqur murojaat etish yo‘li bilan shaxsiy qadriyat o‘zlashtiriladi
[4].

Kasbiy ta’lim muassasasida shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv-tarbiyaviy jarayon o‘ziga

xosliklariga egadir. Kasbiy ta’limda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga o‘tish jamiyatda ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishlar va bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan bog‘liqdir.

M.M.Levina shaxsga yo‘naltirilgan kasbiy ta’lim jarayonini, aynan mazkur jarayon

shaxsni kasbiy faoliyatga integratsiyasi asosida bo‘lajak pedagogning kasbiy kompetentligini
rivojlantiradi va bunda ta’lim jarayoni samaradorligining me’yoriy talablarini saqlab qoladi
deb ta’kidlaydi. Shu bilan birga ta’lim maqsadlarining yaxlitligi: talabalarni kasbiy-pedagogik
faoliyatga axborot-faoliyatli va shaxsiy tayyorgarligi amalga oshiriladi. Talabalarning o‘quv
faoliyatlari bilish faoliyatiga undovchi ichki ehtiyoj, motivga aylanadi.

O‘quv hatti-harakatlari bilish motivi funkцiyasiga ega bo‘ladi, shaxsning kognitiv va

kasbiy yo‘nalganligining rivojlanishi vositasi hisoblanadi, talabalarning kasbiy rivojlanish va
o‘z-o‘zini rivojlantirish shartlarini aks ettiradi [5].

Shuning uchun, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini loyihalashda nafaqat material va

uni taqdim etish usuli, balki o‘rganilayotgan material shaxsning qadriyatli-mazmunli
izlanishlari uchun o‘ziga xos imkoniyat sifatida xizmat qiladigan yaxlit vaziyatni ham ishlab
chiqdik.

Shaxs faqat bilimlarni yoki o‘quv vazifasini emas, balki aynan o‘zining hayotiy vaziyatini

baholashini ta’kidlash zarur. Bilim va o‘quv vazifalari mazmunga ega bo‘lishi uchun esa,
pedagogik shaxsning hayotiy vaziyatiga kirishi lozim. Shaxsiy tajriba o‘quv-tarbiya jarayonida
shaxsiy qadriyatlar va mazmunga aloqador bo‘lgan haqiqiy munosabatlar, kechinmalar
davomida sub’ektning o‘zi tomonidan talab etilishi va rivojlantirilishi mumkin. Bu sub’ektning
o‘ziga xos shaxsiy rivojlantiruvchi ta’lim vaziyatiga kirib borishini nazarda tutadi.
A.V.Zelentsova unda quyidagi tarkibiy elementlarni ajratadi:

shaxsning hayotiy muammosi yoki kolliziyani, hayotidagi ayrim hodisalarni;

pedagogni – ta’limning o‘ziga xos mazmuni sifatida shaxsiy tajriba tashuvchisini;

mustaqil shaxsiy rivojlanish ehtiyojiga ega va bunga mos ravishda o‘zini amalga

oshirishni istagan sohada shaxsiy tajribaning yetishmasligini his qiluvchi o‘quvchini;

shaxsiy ahamiyatli faoliyat (uning bo‘lagi, muammo), uni bajarishda tarbiyalanuvchining

shaxsiy funkцiyalari talab etiladigan – shaxsga yo‘naltirilgan vaziyatda “omilli maydon”;

vaziyatning proцessual komponentlari – shaxsiy kontekstdagi turli predmetli tabiatga

ega vazifalar, shaxsiy tajriba tashuvchisi bilan dialoglar tizimi, shaxsiy o‘z-o‘zini amalga
oshirish ijtimoiy makonining o‘yinli immitatsiyasi [6].

Shaxsga yo‘naltirilgan kasbiy ta’limiy jarayonning o‘ziga xosligi va mazkur tadqiqot

predmetidan kelib chiqqan holda, pedagogik oliy ta’lim muassasasida o‘quv fani darajasida
shaxsiy-rivojlantiruvchi ta’lim vaziyati loyihalandi.


background image


42

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Эгамбердиева Н. Теория и практика личностной и профессиональной

социализации студентов на основе культурно-гуманистического подхода (на примере
высших учебных заведений педагогического профиля): Дисс. пед.фан.док. – Ташкент,
2010. – 85-151 с.
2.

Дорофеев Г.В. О принципах отбора содержания математического образования//

Математика в школе, 1990, вып.6. -С. 2-5.
3.

Abdullaeva N.M. Boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishda integratsiyalashgan

texnologiyadan foydalanish Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss. Namangan,
2020
4.

Махмутов М.И. Проблемное обучение. – М.: Педагогика, 1975. – 367 с.

5.

Сластенин В.А. Профессионализм педагога: акмеологический контекст //

Московский пед. Г-н муки Научные труды Московского педагогического
государственного университета. Серия: Психолого-педагогические науки.- М.:
Прометей, 2005. - с. 92 - 101.
6.

Добров Г.М. Наука о науке / Д.М. Добров. - Киев: Наукова думка, 1969. - 301с.

Библиографические ссылки

Эгамбердиева Н. Теория и практика личностной и профессиональной социализации студентов на основе культурно-гуманистического подхода (на примере высших учебных заведений педагогического профиля): Дисс. пед.фан.док. – Ташкент, 2010. – 85-151 с.

Дорофеев Г.В. О принципах отбора содержания математического образования// Математика в школе, 1990, вып.6. -С. 2-5.

Abdullaeva N.M. Boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishda integratsiyalashgan texnologiyadan foydalanish Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss. Namangan, 2020

Махмутов М.И. Проблемное обучение. – М.: Педагогика, 1975. – 367 с.

Сластенин В.А. Профессионализм педагога: акмеологический контекст // Московский пед. Г-н муки Научные труды Московского педагогического государственного университета. Серия: Психолого-педагогические науки.- М.: Прометей, 2005. - с. 92 - 101.

Добров Г.М. Наука о науке / Д.М. Добров. - Киев: Наукова думка, 1969. - 301с.