YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
37
5-SINF ADABIYOT DARSLIGI UCHUN TANLANGAN ASARLAR TAHLILI
Zulfira Musaboyeva Iqboljon qizi
ToshDO‘TAU Ona tili va adabiyot taʼlimi fakulteti
Ona tili va adabiyot taʼlimi kafedrasi tayanch doktoranti
shakhrizodmusaboev@gmail.com
Tel: +998990080563
https://doi.org/10.5281/zenodo.13822347
Annotatsiya:
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida joriy etilgan xalqaro
reytinglar natijasida tuzilgan, o‘quvchilarni nafaqat ma’lumot olishlari, balki ularni mantiqiy
va tanqidiy fikrlashga undovchi dasturlar asosida yaratilgan yangi 5-sinf darsligi uchun
tanlangan asarlar tahlili haqida fikr va mulohazalar berib borilgan.
Kalit so‘zlar
: ta’lim, dars jarayoni, pedagogik texnologiyalar, ko‘nikma, yangi darsliklar,
kreativlik, kengaytirilgan texnologiyalar.
Adabiyot fanida adabiy ta’limning uzviyligi va uzluksizligi muhim sifat
hisoblanib uning natijasi o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida go‘zalikka bo‘lgan
ijobiy va ijodiy munosabatni shakllantiradi, badiiy asarga – kitobga bo‘lgan
mehr va muhabbatni o‘stiradi, bularning zamiri esa undagi badiiy–estetik didni
takomillashtiradi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida adabiyot o‘qitishdan bosh maqsad sog‘lom e’tiqodli,
keng dunyoqarashli, nozik didli, o‘zga inson tuyg‘ularini his qiladigan, o‘z xatti-harakatlarini
asoslay oladigan, mustaqil fikrga va keng dunyoqarashga ega shaxsning ma’naviy dunyosini
shakllantirishdan iborat.
Yurtimiz ta’lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish
yuzasidan turli xil farmon va qarorlar qabul qilindi va bunga asosan barcha dastur hamda
darsliklar asosiga o‘zgartirishlar kiritildi. Buning eng katta omili bizning milliy o‘quv
dasturimiz xalqaro talablarga hamda chet elning ko‘zga ko‘ringan ta’lim jarayonlari
natijalariga tenglasha olmasligi edi.
Biz mazkur tezisimizda zamonaviy 5-sinf adabiyoti darsligida qanday o‘zgarishlar
bo‘lgani va darslik uchun asarlar qaysi tamoyillar asosida tanlangani haqida quyida fikr
yuritamiz.
Bugungi kunda adabiyot fani bo‘yicha sinflar kesimida maktab darsliklarini ishlab
chiqish quyidagi tamoyillar asosida amalga oshirilmoqda: darslik tayyorlashda
ta’limsohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillariga tayanish, o‘quvchilarning aqliy va
jismoniy imkoniyatlari, yoshi, ruhiy xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlarini
hisobga olish, o‘quv-metodik darsliklarlarda o‘quvchilarda adolat, milliy g‘urur va
vatanparvarlik hissini shakllantirishda ustuvorlikni ta’minlash. Yaratilgan yangi darsliklar
o‘quvchilarda mustaqil, tanqidiy va mantiqiy fikrlash hamda kreativlik qobiliyatini
shakllantirishga yo‘naltirildi, yangi zamonaviy darsliklar o‘quvchilarning ma’naviy va aqliy
ehtiyojlaridan kelib chiqib tayyorlandi hamda ta’lim sifati samaradorligini oshirishda
innovatsion ta’lim texnologiyalariga tizimli yondashuv asoslari ishlab chiqildi, an’anaviy va
noan’anaviy ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanish darsliklarni yaratishda inobatga
olindi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
38
5-sinf adabiyot darsligi “Adabiyot-so‘z san’ati” deb nomlangan kirish qismi bilan
boshlanadi. Ushbu qismda o‘quvchilarning boshlang‘ich darajadan endi chiqqani, adabiyot
darsligi bilan ilk bor tanishayotgani hisobga olinib, adabiyot, obrazli fikrlash nima ekani,
adabiyotning nasr, nazm, dramaturgiya kabi adabiy turlar haqida qisqa ma’lumotlar berilgan.
Undan keyin kelgan maqol va topishmoqlar esa o‘quvchilarni adabiyot olamiga asta-sekin
yetaklab kirishga xizmat qiladi. Zamonaviy 5-sinf adabiyot darsligidagi asosiy o‘zgarish savol
vatopshiriqlar qismida aks etgan. Ya’ni ushbu qismda mualliflar eski darslikdan farqli
ravishda o‘quvchini mustaqil fikrlashga, izlanishga, yodlash emas, o‘ylashga undovchi savollar
berishni istagan.
Darslikning “Ertaklar olamida” bo‘limiga nazar tashlasak, unda Aka-uka Grimmlarning
“Botir tikuvchi”
1
ertagi yangi kiritilganini ko‘rishimiz mumkin. Adabiyot darsligining 2016-
yilgi nashrida Hans Kristian Andersenning “Bulbul” ertagi keltirilgan edi. Fikrimizcha “Botir
tikuvchi” ertagi o‘quvchilarga tanish bo‘lgan odamlar haqida ekani, ularning tasavvurini
yanada kengaytirishga xizmat qila olishi uchun ham yangi darslikka kiritilgan.
Bundan tashqari darslikka O‘zbekiston Xalq shoiri Anvar Obidjon hayoti va ijodi haqida
ma’lumot, uning “Hayotning har lahzasi go‘zal”, “Vatanjon”, “Tinch kunlar”, “Yer” singari
she’rlari ham kiritilgan. Darslikka kiritilgan ushbu yangilik ham o‘quvchilar uchun manfaatli
bo‘lgan deb o‘ylaymiz. Chunki shoir Anvar Obidjonning asarlari o‘quvchining yoshiga mos,
zehnni o‘tkirlovchi, bolani fikrlashga, idrok qilishga undovchi va ravon asarlardir. Shoir
o‘quvchini zeriktirib qo‘ymaydi. U o‘z she’rlari, hech shubhasiz, bolaning poshsho ko‘nglidan
joy oladi va ayni vaqtda unga ta’lim, tarbiya ham beradi.
Masalan, uning “Yer” she’riga e’tibor beraylik:
Bo‘shliqda tirgaksiz g‘ildirab,
Qanotsiz bo‘zlagan olam bu.
Goh Oydan, goh Kundan nur tilab,
Sarson gizgizlagan olam bu.
Ochilgan bahrimi o‘rmonlar,
To‘kkan ko‘z Yoshimi ummonlar?
Ko‘ksida g‘ar o‘tli vulqonlar,
Bosh-puti muzlagan olam bu.
Badiiy asarlar orqali yoshlarni sharqona odob-axloq qoidalari, urf-odatlar, milliy
ma’naviyat va qadriyatlar bilan samarali tanishtirish mumkin. Shunga ko‘ra ta’lim mazmunida
yoshlarning badiiy-estetik tarbiyasini ro‘yobga chiqarish, qolaversa, ularni mustaqil fikrlashga
o‘rgatish, ma’naviy-axloqiy tarbiya, ma’rifiy, ta’limiy maqsadlar, o‘zbekni anglash uchun
xizmat qildirish maqsadi ko‘zlanishi kerak. Bugina emas, u o‘zbek adiblarining hayoti, ijodiy
merosi, ijtimoiy faoliyati haqida yetarli tushuncha hosil qilishga qaratilishi zarur. Bu
tushunchalar estetik va etik normalarni anglatib borish orqali ma'lum qilinadiki, bu ishlar
badiiy-estetik did o‘stirish bilan ham bog‘lanadi.
1
Ahmedov Sunnat, Qosimov Begali, Qo‘chqorov Rahmon, Rizayev Shuhratilla-Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-
sinfi uchun darslik.-Toshkent “Sharq” nashriyot matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2020. -79-bet
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
39
Xulosa qilib aytganda, komil inson tarbiyasi uzluksiz adabiy tayyorgarlik mazmunida
hisobga olinadigan masala sifatida ajratiladi, lekin u bevosita adabiy hozirlik mazmuniga
kirmaydi. Zero, asar tanlashda uning mazmuni orqali o‘quvchilarda muayyan axloqiy
fazilatllarni shakllantirish, ularni tarbiyalash ko‘zda tutiladi.
References:
1.
Ahmedov Sunnat, Qosimov Begali, Qo‘chqorov Rahmon, Rizayev Shuhratilla-Umumiy
o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik.-Toshkent “Sharq” nashriyot matbaa
aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2020. -79-b.
2.
Yo‘ldoshev Q., Adabiyot o‘qitishning yetakchi tamoyillari. //Til va adabiyot ta’limi, –
1996, – №3,
3.
Zunnunov A. O‘zbek maktablarida adabiyot o‘qitish metodikasi tarixidan ocherklar. – Т.:
O‘qituvchi, 1980. – 191 b.
4.
Крупина Н.Л. Формирование эстетических суждений учащихся о художественном
произведении (10 кл.): Автореферат дисс. … канд. педнаук. – Москва, 1981. – с. 10.
