BETON QORISHMASINING REOLOGIK XOSSALARI

Аннотация

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda barcha sohalar kabi qurilish sohasini rivojlantirishga ham alohida e’tibor berilmoqda. Tizimni yanada takomillashtirishga qaratilgan hukumat va davlat rahbarining farmon hamda qarorlari, qabul qilingan davlat dasturlari, ular ijrosini ta’minlash, tarmoqda islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar natijada bunyodkorlik ko‘lamlari tobora kengayib bormoqda.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ortikov, S., & Xolmurodov , B. (2024). BETON QORISHMASINING REOLOGIK XOSSALARI. Молодые ученые, 2(24), 57–59. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/47138
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda barcha sohalar kabi qurilish sohasini rivojlantirishga ham alohida e’tibor berilmoqda. Tizimni yanada takomillashtirishga qaratilgan hukumat va davlat rahbarining farmon hamda qarorlari, qabul qilingan davlat dasturlari, ular ijrosini ta’minlash, tarmoqda islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar natijada bunyodkorlik ko‘lamlari tobora kengayib bormoqda.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

57

BETON QORISHMASINING REOLOGIK XOSSALARI

Ortikov Shodiyor Xolmurodovich

SamDAQU.

Xolmurodov Baxtiyor Shodiyor o’g’li

Regional Testing Center.

b.kholmurodov1995@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.13828773

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda barcha sohalar kabi qurilish sohasini rivojlantirishga ham

alohida e’tibor berilmoqda. Tizimni yanada takomillashtirishga qaratilgan hukumat va davlat
rahbarining farmon hamda qarorlari, qabul qilingan davlat dasturlari, ular ijrosini ta’minlash,
tarmoqda islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar natijada
bunyodkorlik ko‘lamlari tobora kengayib bormoqda.

Qurilish sohasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga o‘zining munosib

hissasini qo‘shib kelayotgan sohalardan hisoblanadi.

Bugungi kunda beton asosiy qurilish materiallaridan biri bo‘lib, bino va inshootlar

qurilishida keng qo‘llaniladi. Betondan quyma, yig‘ma va aralash (quyma-yig‘ma) usullarda
beton hamda temirbeton buyumlar va konstruksiyalar tayyorlanadi.

Beton qorishmasining asosiy xossalaridan biri uning qulay joylanuvchanligi yoki

qoliplanuvchanligi ya’ni, berilgan shakl bo‘yicha bir tekisda yoyilib qoplanishi va ayni vaqtda
bir xilligini saqlashidir. Qulay joylanuvchanlik beton qorishmasining qolipni to‘ldirish
jarayonidagi harakatchanligi (yoyiluvchanligi) va plastikligi shuningdek, yorilmasdan
deformatsiyalanishi bilan tavsiflanadi.

Beton qorishmasining turli sharoitlardagi holatini tavsiflash uchun uning yoyilishidagi

chegaraviy zo‘riqishining o‘zgarish davri va qovushqoqligi kabi reologik xossalaridan
foydalaniladi. Ushbu xossalarni aniqlash uchun turli-xil viskozimetrlardan foydalaniladi.
Bunday tajribalar asosan ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish
sharoitida esa odatda beton qorishmasining harakatchanligi nazorat qilinadi. Bu esa tez va
nisbatan oddiy holda beton qorishmasining zaruriy tavsiflarini aniqlash imkonini beradi.

Ma’lumki, beton qorishmasining xossalari doimiy bo‘lib turmaydi. Sement va suvning

o‘zaro ta’siri natijasida qorishmada fizik-kimyoviy jarayonlar sodir bo‘ladi va qorishmada
qovushqoqlik hamda chegaraviy siljish zo‘riqishlari ortadi.

Qorishma reologik xossalarining o‘zgarish darajasi sement xiliga, Suv/Sement nisbatiga,

qorishma haroratiga, qo‘llaniladigan qo‘shimcha va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.

Ishlab chiqarish sharoitida sifatli beton olish uchun beton qorishmasining reologik

xossalari juda muhim hisoblanadi.

Amaliyotda esa beton va temirbeton buyumlarni ishlab chiqarish talablariga javob

beradigan beton qorishmasi tarkibini loyihalash kerak bo‘ladi. Demak bu muammoni hal qilish
uchun beton qorishmasi tarkibi bilan uning reologik xossalari orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni
bilish va reologik xossalarni boshqarish dolzarb masala hisoblanadi.

Beton qorishmasini to‘liq baholash, beton va temirbeton buyumlarni ishlab chiqarishni

to‘g‘ri tashkil etish uchun qorishmaning boshqa xususiyat-larini ham bilish zarur va ularga
quyidagilar kiradi: qorishmaning zichlanuvchanligi, bir turliligi, qatlamlanuvchanligi, qotish
jarayonida hajmining o‘zgarishi, havo yutuvchanligi, birlamchi mustahkamligi (zudlik bilan
qolipdan chiqariladigan bikr beton qorishmalari uchun).


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

58

Beton qorishmasi xossalarining uni tayyorlashdan to qotgunicha doimiy o‘zgarib turishi,

beton qorishmasi va betonda sodir bo‘ladigan murakkab fizik-kimyoviy jarayonlarga bog‘liq
bo‘ladi.

Yuqorida qayd qilinganidek, beton qorishmasi murakkab ko‘p kompo-nentli tizimdan

iborat. Beton qorishmasi bog‘lovchining suv bilan birikishidan hosil bo‘lgan sement kristallari,
to‘ldiruvchi donalari, ko‘pchilik hollarda maxsus qo‘shilmalar va havo bilan to‘lgan
bo‘shliqlardan tashkil topgan. Qattiq fazaning dispersli bo‘laklari (zarralari) bilan suv orasida
o‘zaro ta’sir qiluvchi kuchlar bo‘lganligi sababli ushbu tuzilma bog‘lanish xususiyatiga ega
bo‘ladi va alohida reologik, fizik va mexanik xossalarga ega bo‘lgan bir hil jinsli fizik massa
sifatida qaraladi.

Beton xossalariga asosan sement xamirining miqdori va sifati o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Chunki aynan sement xamirigina dispers sistema sifatida suyuq va qattiq fazalar orasida
ma’lum chegaraga ega. Bu esa molekulyar tishlashish kuchlarining kuchayishiga hamda tuzilma
bog‘lanuvchanligining oshishiga olib keladi. Beton qorishmasining xususiyatiga suv sarfi hal
qiluvchi ta’sir qiladi. Suv butun tuzilma uchun tavsifli bo‘lgan harakatlanuvchanlikni
ta’minlovchi shuningdek, suyuq fazaning tuzilishida va bog‘lanish kuchlarining ortishida
muhim rol o‘ynaydi.

Beton qorishmasining reologik tavsiflarini aniqlash uchun maxsus asboblar va

viskozimetrlardan foydalaniladi va ular ishlash prinsipi bo‘yicha beshta guruhga bo‘linadi:
1.

Sement xamiri yoki beton qorishmasining quvur yoki teshikdan oqib o‘tish tezligini

aniqlashga asoslangan asbob. Ushbu asbob sement xamirining reologik xossalarini aniqlashda
ko‘p qo‘llaniladi;
2.

Sement xamiri yoki beton qorishmasiga konusning botish chuqurligini o‘lchashga

asoslangan asbob. Ushbu asbob yordamida sement xamiri bilan tajriba o‘tkazishda aniq natija
olish mumkin;
3.

Ma’lum og‘irlik va o‘lchamdagi po‘lat sharchaning qorishmaga botish tezligini aniqlashga

asoslangan asbob (Desov asbobi). Tajriba odatda qorishmani zichlashtirishda o‘tkaziladi;
4.

Beton qorishmadan qovurg‘ali plastinka, sterjen yoki silindrni sug‘irib olish kuchini

o‘lchashga asoslangan asbob;
5.

Orasiga beton qorishmasi joylashgan koaksial silindrning aylanishiga asoslangan asbob.

Bunda ichki yoki tashqi silindr aylanishi mumkin.

Tajribani o‘tkazish paytida beton qorishma qarshiligini bartaraf etadigan aylanish

chastotasi va kuchi o‘lchanadi.

Beton qorishmasi yoki sement xamirning reologik xossalarini aniqlashda ko‘pincha

titratish ta’siri qo‘llaniladi. Bunday xolda viskozimetrlar titratish uskunasiga o‘rnatiladi yoki
ularning konstruksiyasiga titratuvchi moslamalar joylashtiriladi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, beton qorishmasining reologik xossalarini

aniqlashda tajribalarning aniqligi uning tuzilishi va tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Bir jinslilik
qanchalik yuqori bo‘lsa tajribalar shunchalik aniq chiqadi. Shu sababli qorishma
komponentlarining o‘lchamlari yiriklashganda shunga mos holda beton qorishma hajmi ortadi
va asboblarning ishchi o‘lchamlari ham kattalashadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

59

References:

1.

Sultanov A. A., To‘laganov A. A., Meliev O. A., Qurbonov T. Yu va boshqalar. Qurilish

materiallari va metallar texnologiyasi. -T.: “O‘zbekiston” IPTD, 2013.
2.

Akramov X. A., Nuritdinov X. N. Beton va temirbeton buyumlari ishlab chiqarish

texnologiyasi. -T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2011.
3.

Bajenov Yu. M. Texnologiya betona.- M.: Izdatelstvo Assotsiatsii stroitelnix vuzov, 2007.

4.

Concrete tehnology. Standarts of bulding construction. 2015.

Библиографические ссылки

Sultanov A. A., To‘laganov A. A., Meliev O. A., Qurbonov T. Yu va boshqalar. Qurilish materiallari va metallar texnologiyasi. -T.: “O‘zbekiston” IPTD, 2013.

Akramov X. A., Nuritdinov X. N. Beton va temirbeton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi. -T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2011.

Bajenov Yu. M. Texnologiya betona.- M.: Izdatelstvo Assotsiatsii stroitelnix vuzov, 2007.

Concrete tehnology. Standarts of bulding construction. 2015.