AKTYORNING ROL USTIDA ISHLASH MAHORATINI OSHIRISH MASALALARI

Abstract

Teatr atalmish betakror san’atni rivojlantirish va uning sahnasida yorqin obrazlar yaratish, kelajakda bu sohani yanada rivojlantirishda yosh ustoz-mutaxassis va kadrlarning o‘rni va ahamiyati katta. Talaba-aktyorning o'z ustida ishlash xususiyatlari, uning aktyorlik mahoratini shakllantirish. Stanislavskiy ta'limotida ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Perdebaeva , N. ., & Qudaybergenov , A. . (2025). AKTYORNING ROL USTIDA ISHLASH MAHORATINI OSHIRISH MASALALARI. New Uzbekistan Journal of Academic Research, 2(1, 2-qism), 77–80. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/yoitj/article/view/65178
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Teatr atalmish betakror san’atni rivojlantirish va uning sahnasida yorqin obrazlar yaratish, kelajakda bu sohani yanada rivojlantirishda yosh ustoz-mutaxassis va kadrlarning o‘rni va ahamiyati katta. Talaba-aktyorning o'z ustida ishlash xususiyatlari, uning aktyorlik mahoratini shakllantirish. Stanislavskiy ta'limotida ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat.


background image

77

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

AKTYORNING ROL USTIDA ISHLASH MAHORATINI

OSHIRISH MASALALARI

Perdebaeva Nargiza Timur qizi

O’zDSMI NF Rejissura san’ati kafedrasi “Dramatik teatr rejissyorligi” 1-

kurs talabasi

Qudaybergenov Alibek Amandiq oʻgʻli

Ilmiy rahbar, OʻzDSMI NF Rejissura san’ati kafedrasi oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14807953

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:23-yanvar 2025 yil

Ma’qullandi: 25-yanvar 2025 yil

Nashr qilindi: 31-yanvar 2025 yil

Teatr

atalmish

betakror

san’atni

rivojlantirish va uning sahnasida yorqin obrazlar

yaratish,

kelajakda

bu

sohani

yanada

rivojlantirishda

yosh

ustoz-mutaxassis

va

kadrlarning o‘rni va ahamiyati katta. Talaba-

aktyorning o'z ustida ishlash xususiyatlari, uning

aktyorlik mahoratini shakllantirish. Stanislavskiy

ta'limotida ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat.

Diqqat, san’at, Stanislavskiy,

aktyor, teatr, ritm, ijod, rejissor

Ustoz san’atkorlar tomonidan yaratilgan sahnaviy obrazlar dovrug‘ini eshitib, ular ijro qilgan

spektakllarni kо‘rib, radiospektakllarni tinglab, televideniye orqali uzatiladigan film va

spektakllar ta’sirida “aktyor bо‘laman” degan, orzular bilan ijod olamiga kirib kelayotgan

yoshlar ijodini – “mustaqil ishini” о‘rganish ham dolzarb ilmiy masaladir. “Hayot sahna,

odamlar aktyor” degan fikr Vilyam Shekspir tilidan aytildi va cheksiz koinotda yer kurramiz

kichkinagina bir sahna ekanligini tan oldik. Bu hayot sahnasi tinimsiz harakat qonuniga

asoslangani natijasida, sayyoramizdagi voqealar tartibli amalga oshgani uchun, barcha

jonzotlar ma’lum maqsad sari intilib, kurashib kun kechiradilar. “Kurash hayot shartidir:

kurash tugasa, hayot ham mahv bо‘ladi” – degan edi. Hozirgi kunda respublikamizda san’at va

madaniyat sohasi uchun professional kadrlar tayyorlab berish, teatrlarni yosh mutaxassislar

bilan ta’minlash yо‘lida samarali ishlar amalga oshirildi.

Aktyorlik mahoratini shakllantirishning о‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Aktyor – talaba eng

avvalo kuchli, talabchan, nazari о‘tkir, mas’uliyatli bо‘lishi shart. Men aktyor bо‘laman degan

insonlar adashadi. Ularni qabul qilgan ustozlar esa, soha taraqqiyotining kushandasi bо‘lishi

mumkin. Avvalo, boladagi aktyorlik san’atiga moyillikni tekshirib, о‘ziga xoslik va о‘zgachalik

(loqaydlik, erinchoqlik, о‘zini boshqara olmaslik) jihatlarini anglab, sо‘ngra baho berish lozim.

Aktyorlik san’atiga moyilligini tekshirishda quyidagilarga e’tibor beriladi:

1.

Talabaning kо‘rinishi, jozibasi, qaddi-qomati, bо‘y-basti, tabiatan sog‘lom va

kо‘rkamligi;

2.

Ovozi, nutqi, qо‘shiq, raqs, ritm, ohanglarni anglashi;

3.

Aql-hushi, fahm-farosati, odob-axloqi, о‘zini tutishi va sahnani his etishi, hozirjavobligi,

xotirasi, mas’uliyati.

4.

Dunyoqarashi va fantaziya (tasavvur qilish qobiliyati), eng muhimi sahnaviy erkinlikka

moyilligi nazarda tutiladi.


background image

78

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

Har bir talaba alohida qobiliyat egasi, uning har biriga alohida yondashuv bilan о‘qitila

boshlanadi. Aktyorlik mahoratining pragmatik xususiyatlari va aktyorning rol ustida ishlash

mahoratini oshirish uchun о‘quv jarayonida quyidagilar asosiy mezon hisoblanadi:

xatti-harakat “agarda”, “berilgan shart-sharoit”

tasavvur

sahnaviy diqqat

muskullarni bо‘shatish

mushaklarni bо‘shatish, anglash mashqi

mashq treninglar va etyudlar ustida ishlash.

bо‘laklar va vazifalar

haqiqat tuyg‘usi va ishonch

hissiyotlarni eslab qolish qobiliyati

munosabat

moslashma va boshqa elementlar artistning xususiyati, qobiliyati va iste’dodi

psixik hayotni harakatlantiruvchilar

psixik hayotni harakatlantiruvchilarning intilish yо‘li

ichki sahnaviy ahvoli, ruhiyati, artistning sahnaviy ahvoli, ruhiyatidagi beixtiyorlilik.

Bu yо‘llar bilan talaba aktyorda kechinma san’ati sirlari jarayonidan olib о‘tiladi. Talaba

aktyor о‘z ustida ishlash sirlarini quyidagi tartibda davom ettiradi

1

.

Aktyorlik mahoratini shakllantirish va rivojlantirish uchun faqat amaliy emas, nazariy

mashg‘ulotlarni ham о‘z vaqtida olib borishi zarur. Aktyor ertaga teatrga ishga tayyor

mutaxassis bо‘lib boradi. Bunda u ijodiy ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadi. Ularni

faqat kasbiy kо‘nikma emas, ma’nan tayyor mutaxassis sifatida tarbiyalab borish, ta’lim-

tarbiya tizimining о‘ziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi. Bо‘lajak mutaxasislar ma’naviy va

jismonan baquvvat, har tomonlama bilimli, aktyorlik kasbining turli janrlarini yuksak

professional darajada egallagan, zamonaviy sahna talablarining barcha elementlarini mahorat

bilan boshqaradigan, tomoshabinlar ehtiyojini chuqur his eta oladigan, keng bilimga ega

mohir san’atkorlar bо‘lib yetishmoqlari zarur. Aktyorlik mahorati elementlarining treningini

о‘rganishning asosiy maqsadi yosh mutaxassisning sahnada о‘zini tuta olishi, о‘zining hissiy

(kо‘rish, eshitish, fikrlay olish, taqqoslash, ajrata olish, turli predmetlardagi о‘xshashlikning u

yoki bu tomonlarini: shakli, rangi, ta’siri va h.k.lar aniq xatti-harakatlarni ishlab chiqish kabi)

bilimlarini shakllantirib, tarbiyalashdan iboratdir. Hissiy bilimlarni egallash jarayoni uch

fazadan iboratdir:

1.

Mushaklarni tashqi taranglikdan, siqiqlikdan ozod qilish

(bо‘shatish);

2.

Ijodiy diqqatni kerakli obyektga qaratish;

3.

Sahnaviy harakatni jiddiy va ishonarli qilib bajarish

qobiliyatida, ijodiy tasavvur va fantaziya orqali ishonch va haqiqatni yuzaga keltirish

2

.

Sahna – aktyorning ish joyi va rivojlanish maskani. Aktyor mazkur ish tajribasini mukammal

darajada egallashi kerak. Ustozlar talabalar bilan spektakl ustida ishlash jarayonida har bir

voqea va hodisaning kelib chiqish sabablarini tahlil qilishi va bu xatti-harakatlarni ifodalovchi

aktyorlik mahoratining о‘ziga xos xususiyatlarini egallab olishi kerak. Aktyor – bu doimiy

harakatdir, uning har bir lahzasi zaruriy evrilishlar davomidir va ayni paytda uning

1

Qodirov R. Aktyorlik mahorati. О‘zDSMI. Toshkent – 2017. 154.

2

F.Ahmedov., M.Yusupova “Estrada aktyori mahorati”. Darslik. Toshkent 2017. О‘zDSMI.


background image

79

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

xususiyatini kо‘rsatuvchi yangi psixologik holatga о‘tish yо‘lidir. Shuning uchun aktyorning

har lahzasi harakatdan iborat. Boshni egish, qovoqni uyish yoki ochish, yuzda paydo bо‘lgan

tabassum, hayratga ochilgan og‘iz, kо‘zoynakni ziyolinoma ushlab turgan panjalar yoki ikki

yonga tushirib turilgan kaftlar, aktyorning muhim nazar solib turgan paytidagi norozilik yoki

mehrini ifodalovchi kо‘zlar – bularning barchasi harakatda bо‘ladi, tinch holat ular uchun

begona

3

.

Aktyor bо‘laman degan inson boshqa insonlarga qaraganda ancha e’tiborli va diqqatini bir joyga

tо‘plashda mavjud tajribaga ega inson bо‘lishi talab etiladi. Diqqat jarayonida bir yо‘la tо‘rtta

ichki harakatni bajaramiz:

birinchidan, obyekt – manbani diqqat markazidan qochirmaslikka harakat

qilamiz;

ikkinchidan, о‘sha manbani о‘zimizga tortishga harakat qilamiz;

uchinchidan, о‘zimiz о‘sha manba tomonga intilamiz;

tо‘rtinchidan, uning ichki mohiyatiga chuqurroq kirishga harakat qilamiz.

Diqqat jarayonida bir vaqtning о‘zida bajariladigan tо‘rtala harakat ruhiy quvvat ta’sirida bir-

biriga yondosh tarzda takomillasha boradi. Albatta, bu jarayonda jismoniy kuch talab

qilinmaydi. Ular ruhiy quvvat ta’sirida harakatlanadi. Hattoki, diqqat markazida turgan tabiiy

jismga e’tibor qaratish jarayoni ham jismoniy ta’sirsiz, ya’ni tovush yoki hissiyot orqali rо‘y

beradi. Diqqat uchun mо‘ljallangan jismoniy harakatlar: a) kо‘rish; b) eshitish; v) his qilish; g)

sezish; d) ta’m bilish kabi mashqlarda manbaga tashqi jismoniy ta’sir kо‘rsatishga moyillik

kuchli bо‘ladi.

K.S.Stanislavskiy: “sahnaviy diqqatni insonning ma’lum bir obyektga о‘z sezgi a’zolarining

energiyasini (kо‘rish, eshitish, sezish, hid bilish) jamlash qobiliyatidir”, – deydi. U ijodiy

diqqatning ikki turini ajratib kо‘rsatadi:

beixtiyor diqqat jarayoni bizning xohish-istagimizga qaramagan

holda vujudga kelib, obyektning о‘zi sezgilarimizni о‘ziga qaratib, u bilan faol munosabatga

chorlashi;

ixtiyoriy – bu о‘z diqqat-e’tiborimizni ixtiyoriy ravishda jamlab,

ma’lum obyektga о‘z-о‘zimizni qiziqtirib, о‘z jismimiz energiyasini u yoki bu predmetga

yо‘naltirib, obyekt bilan faol munosabat о‘rnatishdir.

Ma’lum bir obyektga ixtiyoriy diqqatni jamlash deganda shu obyektni chuqur о‘rganish (kо‘ra

bilish, eshitish va hokazo) obyektga faol ta’sir qilib, u bilan ma’lum muloqotda bо‘lish jarayoni

tushuniladi. Muloqotda inson atrofidagi barcha predmetlardan о‘zicha ilhom oladi. О‘ziga

kerakli narsalarni singdiradi. K.S.Stanislavskiy diqqat obyektini, asosan, ikki turga bо‘ladi:

1.

Tashqi diqqat obyekti bizni о‘rab turgan barcha narsa, bizdan “tashqarida” yotgan

predmetlar, narsalar, odamlar, bizning oldimizda bо‘layotgan voqealar va hokazo.

2.

Ichki diqqat obyekti – bu ichki dunyomizda mavjud bо‘lgan, xotiramizda namoyon

bо‘ladigan ichki obrazlar predmetlar, voqealarning timsoli va hokazo.

K.S.Stanislavskiy о‘z diqqatini obyektdan obyektga kо‘chirishni shartli kichik, о‘rta va katta

doiralarni chizishga mashq qilishni taklif qiladi. Aktyorning sahnaviy xatti-harakati davomida u

obyektni kо‘rayotganini yoki kо‘rayotgandek qilib tutayotganini, yoki aksincha bir obyektni

3

“Estrada aktyorligi san’ati”. M.R. Yusupovaning umumiy tahriri ostida Toshkent, О‘zDSMI 2015. 128-b.


background image

80

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

ikkinchisi bilan yanglishtirib qо‘yganini aniqlash qiyin. Diqqat aktyor uchun qachon qurol bо‘la

olishi mumkinki, unda aktyor chalg‘imasa. Akterlik mahoratining nihoyatda qо‘rqinchli jihati –

chalg‘ishdir. Akter hayotida qanday voqea bо‘lib о‘tayotgan bо‘lsa hamki sahnada chalg‘imasligi

shart. Chalg‘ish – mahoratini о‘ldiradi. Diqqat insonning о‘zi intilgan hodisa yoki voqeasi bо‘lishi

bilan birga, boshqara olinadigan sifati bо‘lishi kerak. Bо‘lajak aktyor diqqatni chalg‘imasdan

tushunib, anglab, о‘rganib sahnada foydalanishga tayyor bо‘lsa, sahnaviy muloqotga kirishiga

zamin yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Qodirov R. Aktyorlik mahorati. О‘zDSMI. Toshkent – 2017. 154.

2. F.Ahmedov., M.Yusupova “Estrada aktyori mahorati”. Darslik. Toshkent 2017. О‘zDSMI.

3. “Estrada aktyorligi san’ati”. M.R. Yusupovaning umumiy tahriri ostida Toshkent, О‘zDSMI

2015. 128-b.

References

Qodirov R. Aktyorlik mahorati. О‘zDSMI. Toshkent – 2017. 154.

F.Ahmedov., M.Yusupova “Estrada aktyori mahorati”. Darslik. Toshkent 2017. О‘zDSMI.

“Estrada aktyorligi san’ati”. M.R. Yusupovaning umumiy tahriri ostida Toshkent, О‘zDSMI 2015. 128-b.