81
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
“OZOD SHARAFIDDINOV - MATONATLI XALQ IJODKORI”
Amankulova Iroda Nurmuhammad kizi
O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar
Universiteti, PR va menejment fakulteti Mediamarketing
1-bosqich talabasi
irodaomonqulova2@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14807966
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:23-yanvar 2025 yil
Ma’qullandi: 25-yanvar 2025 yil
Nashr qilindi: 31-yanvar 2025 yil
Ushbu maqolada Ozod Sharafiddinov
so’nmas
ijodi,
adabiy-tanqidiy
maqolalari,
munaqqid faoliyati va shijoatga to’la qalbi haqida
fikrlar
keltirilgan.
Adabiyotimizni
boyitgan
tadqiqotlari va tarjima asarlari to’g’risida ham
mulohazalar keltirilgan.
munaqqid, matonatli, tanqid,
ritorika, mafkura, poeziya, qatag’on,
dissertatsiya, risola.
“Kimligimdan, yosh-u qariligimdan, kasb-u korimdan qat’i nazar, bilamanki, mensiz
Vatanimning nimasidir kemtik, noto’kis bo’lib qoladi. Ayni chog’da shuni ham bilamanki,
Vatanim menga ko’proq kerak. Vatan mensiz yashashi mimkin, lekin men Vatansiz yashay
olmayman!”
Ozod Sharafiddinov
XX asr o’zbek adabiyoti va tanqidchiligi tarixini, kengroq qilib aytsak, xalqimiz
ma’naviyati va tafakkuri rivojini Ozod Sharafiddinov ijodiy faoliyatisiz to’liq tasavvur etib
bo’lmaydi. 1950-yillarda faoliyat ko’rsatgan adabiyotshunoslar, publisistlar silsilasida Ozod
Sharafiddinovning nomi alohida bir cho’qqi yanglig’ ko’zga tashlanib turadi. Ozod Obidovich
Sharafiddinov 1929-yil 1-martda Qo’qon yaqinidagi Oxunqaynar qishlog’ida tug’ilgan. 1951-
yilda Ozod Sharafiddinov O’rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O’zbekiston milliy
universiteti) filologiya fakultetini tamomlab, Moskva Jahon adabiyoti instituti aspiranturasida
tahsil olib, nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Ozod Sharafiddinov adabiyot, adabiy tanqid maydoniga o’tgan asr 50-yillarining
o’rtalarida mamlakatda mustabid tuzum adabiy siyosati qisman yumshagan, erkinlik
shabadalari esa boshlagan bir paytda kirib kelgan. O’sha kezlari adabiy hayotda, tanqidchilik
rivojida yangi bir to’lqin boshlandi. Ozod Sharafiddinov ana shu to’lqinning oldingi safida
bordi, so’z san’atidagi sog’lom kuchlar, umidbaxsh tamoyillarning, navqiron iste’dodlarning
ixtirochisi va himoyachisi sifatida tanildi. Munaqqid adabiyotimiz osmonida mitti yulduzlar –
Erkin Vohidov, Abdulla Oripovlar paydo bo’lganida – bu istiqboli porloq chin iste’dodlarni
tanqidchilikda ilk bor kashf etdi, ularni yangi ijodiy parvozlarga ruhlantirdi.
Ozod Sharafiddinovning XX asr yangi o’zbek adabiyotining mustabid adabiy siyosat
tazyiqi va tahdidlari tufayli toptalgan tarixini tiklash, qatag’on qilingan adiblar merosini
xalqqa qaytarish yo’lidagi jonbozliklari ayni ilmiy-ijodiy jasoratning chin namunasidir.
Mustabid tuzum sharoitida bunday kurash va shijoatlar qanchalar qimmatga tushganini
tasavvur qilishining o’zi qiyin. “Tobutdan tovush” komediyasi haqidagi ilhom va ehtiros bilan
82
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
yozilgan maqolasi, mafkuraviy-siyosiy jihatdan “nomaqbul” she’rlar mualliflari E.Vohidov,
A.Oripovlarga ustozlik qilgani uchun ta’na-dashnomlarga uchradi.
Nihoyat, istiqlol kunlari keldi. Ozod Sharafiddinov singari zahmatkashlar yelkasiga ham
oftob tegdi. Uning yangi bosqichdagi ilk mashg’uloti – o’ttiz yillik orzu-armoni Cho’lponni
yuzaga chiqarishdan boshlandi. “Kecha va kunduz” romani munaqqid so’zboshisi bilan qayta
dunyo yuzini ko’rdi. Ozod Sharafiddinov rahbarligida Cho’lponning avval bir jildlik, so’ng uch
jildlik asarlari nashrga tayyorlandi, “Adabiyot nadir” to’plami chop etildi. Cho’lpon ijodi
tadqiqiga bag’ishlangan ilk dissertatsiyalarga rahbarlik qildi, Cho’lpon adabiy merosiga oid
ko’plab maqolalar, ikkita risola yaratdi. Ayniqsa, “Cho’lponni anglash” asari ma’naviy-madaniy
hayotimizda muhim hodisa bo’ldi.
Ozod Sharafiddinov asosiy ilmiy-pedagogik faoliyati bilan bir qatorda ma’naviy-
ijtimoiy sohalarda ham faollik ko’rsatgan o’qituvchi professor bo’lgan. Shunday qilib, u yosh
iste’dodlarni tarbiyalash va shakllantirish borasida samarali faoliyat olib bordi. Olim qirq yil
davomida O’zbekiston Milliy universitetida tinimsiz mehnat qildi, g’amxo’r va e’tiborli ustoz
bo’ldi.
Ozod Sharafiddinov jismonan va ruhan har qancha sog’lom, matonatli bo’lmasin, uzoq
yillik muntazam tazyiq, tahdid, kamsitishlar baribir o’z asoratini ko’rsatdi; 90-yillar o’rtalariga
kelib u og’ir dardga chalindi, ikki bor jarrohlik amaliyotini boshdan o’tkazdi, oyog’idan ajraldi,
buning ustiga boshqa xastaliklar qo’shildi. O’sha og’ir damlarda birinchi prezidentimiz uning
holidan xabar olib, unga har jihatdan dalda berib turdi, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan
taqdirladi. Ulkan ehtirom, ishonch-e’tibordan ruh olib, keksaligi va xastaligiga qaramay bu
alloma mislsiz g’ayrat-shijoat bilan ijodiy ishga kirishdi.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”
asarida
Ozod
Sharafiddinovga
shunday
tahsinga
sazovor
gaplarni
keltirib
o’tgan: ”O’ylaymanki, o’zini o’zbek xalqining farzandi degan har qaysi inson ana shunday
fidoyi yurtdoshlarimiz bilan cheksiz faxrlanadi, unib-o’sib kelayotgan bolalari, shogirdlariga
ma’naviy jasorat timsoli sifatida aynan mana shunday odamlarni namuna qilib ko’rsatadi. Va
hech shubxasiz, umr bo’yi el-yurt manfaati, Vatan istiqboli uchun kurashib yashaydigan
shunday qahramon farzandlari bor xalq hech qachon kam bo’lmaydi”.
Vatan – ona so’zi naqadar laziz,
Sensan har narsadan mo’tabar aziz,
Hurmatingni saqlar har bir o’g’il-qiz,
Muqaddas, mo’tabar, ulug’ Vatanim,
O’lsam ayrilmasman quchoqlaringdan…
Hech bir yozuvchi, shoir, tarjimon, tanqidchi va hech bir kitobxon Ozod Sharafiddinov
ijodini shu misralarsiz tasavvur eta olmasa kerak. U bu misralar orqali Vatan o’zi nima
ekanligi, nima uchun uni sevib asramog’imiz kerakligini ochiq-oydin tushuntirib bergan.
Ozod Sharafiddinov biz yosh avlodga tengsiz adabiy meros qoldirgan. Turli
to’plamlardagi maqolalar, kirish so’zlar va so’ngso’zlar, suhbatlar, alohida chop etilgan asarlar,
tarjima asarlari ustozni nihoyatda barakali, sermahsul ijod qilganidan dalolat beradi. Ozod
Sharafiddinov kitobxonlarni asar o’qishga, badiiy adabiyotdan bahramand bo’lishga da’vat
qilgan. Ijodkor badiiy adabiyot orqali o’tmish bilan birga bugungi kunimizni yaxshiroq anglab
olishimizga ishongan. “Adabiyot insonga olam haqida bilim berish bilan birga, ayni choqda,
uning ruhiy olamini boyitishga, uning qalbida umumbashariy ma’naviy e’tiqodlarning barg
yozishiga ko’maklashadi.” – degan edi olim.
83
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
Ozod Sharafiddinovning “Iste’dod xalq mulki” degan iborasi mag’rur jaranglaydi. Olim
serqirra ijodkor, odil inson, xalq farzandlarini adabiyotni tushunishga o’rgatgan buyuk
ustozdir. Ozod Sharafiddinovning faoliyatini o’rganish bizga munaqqidning o’ziga xos maktabi
bilan yaqindan tanishish, targ’ib qilish imkonini beradi. Vatanga muhabbat har birimizga
berilgan ulug’ ne’mat ekanligini bot-bot takrorlagan ustozimiz o’zining haqqoniy so’zi, iroda
va matonati bilan yurtdoshlarimizga, avvalambor biz yoshlarga ibratdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.Ozod Sharafiddinov. Ijodni anglash baxti. T.Sharq 2004
2.Ozod Sharafiddinov – millat qahramoni 2022
3.Ozod Sharafiddinov ijodida davr va ijodkor shaxs talqini 2023
4.
“OZOD SHARAFIDDINOV – BUYUK O‘ZBEK MUNAQQIDI SIFATIDA” | Новости
образования: исследование в XXI веке
5.Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch 2008
