BOLALARNI MAKTABGA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIGI VA RIVOJLANISHINING IJTIMOIY SHART-SHAROITLARI

Abstract

Ushbu  maqolada  maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash psixologik mezonlari ochib berishga harakat qilingan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Jabborov, X., & Bekirova, Z. . (2025). BOLALARNI MAKTABGA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIGI VA RIVOJLANISHINING IJTIMOIY SHART-SHAROITLARI. New Uzbekistan Journal of Academic Research, 2(1, 2-qism), 36–39. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/yoitj/article/view/64955
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu  maqolada  maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash psixologik mezonlari ochib berishga harakat qilingan.


background image

36

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

BOLALARNI MAKTABGA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIGI

VA RIVOJLANISHINING IJTIMOIY SHART-SHAROITLARI

Ilmiy rahbar:

Psixologiya fanlar doktori (DSc)

X.X Jabborov

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti

Psixologiya (Faoliyati turlari) mutaxassisligi

2-kurs magistranti

Bekirova Zarema Eldar qizi

zaremamustafaeva02@icloud.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14785579

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:23-yanvar 2025 yil

Ma’qullandi: 25-yanvar 2025 yil

Nashr qilindi: 31-yanvar 2025 yil

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi

bolalarni

maktabga

tayyorlash

psixologik

mezonlari ochib berishga harakat qilingan.

Maktabgacha

yosh,

bola,

maktabga tayyorgarlik, rivojlanish,

psixologik muhit, individuallik.

Kirish

Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi ko‘p jihatdan ularning maktabga tayyorgarlik

darajalariga bog‘liq. Bola avvalo maktabga jismoniy jihatdan tayyor bo‘lishi kerak. 7 yoshli

bolalarning anatomik-fiziologik rivojlanishi o‘ziga xos tarzda kechadi. Bu yoshda bola

organizmi jadal rivojlanadi. 6-7 yoshli bolalar nerv sistemasini mustahkamlash, ularni

surunkali kasalliklardan halos etish, ko‘rish va eshitish qobiliyatiga alohida e'tibor berish,

shuningdek, umurtqa pog’onasining to‘g‘ri rivojlanishiga ahamiyat berish, nihoyatda

muhimdir. Kattalar shu yoshdagi bolalar bilan ish olib borar ekanlar, bu yoshdagi bolalar

organizmi hali o‘sishi davom etayotganligini doimo hisobga olishlari lozim.

Masalan, bolani majburan yozishga o‘rgatish hali barmoq muskullari to‘liq rivojlanmaganligi

sababli ularga ma'lum darajada zarar keltirishi, bolaning chiroyli yoza olmasligi esa, o‘z-

o‘zidan bolani o‘ziga nisbatan ishonchini yoki o‘qishga nisbatan qiziqishini kamayishiga olib

kelishi mumkin. Shuni inobatga olgan holda bola bilan yozishni o ‘rganish jarayonida uni

psixologik holatlarini kuzatib borish kerak bo‘ladi. Bolaga mashg‘ulot yoqmayotgan yoki

o‘zini yomon his qilayotgan bo‘lsa, bu jarayonni ozgina tanaffus bilan o‘tkazish kerakligini

hamda uni qiziqishini inobatga olgan holda yorqinroq holatlar bilan jarayonni davom ettirish

mumkin albatta bola xohishini inobatga olgan holda. Shuni aytib o‘tish kerakki bola bolaga

qarab o‘zida kuch xohish va istak topib biror bir mashg‘ulotni bajara oladi. Demak jamoa bilan

ishlash ham bolalarda psixologik tayyorlikni kengaytiradi.

Katta bog‘cha yoshdagi bolalar asosan, maktabda o‘qish uchun ehtiyoj sezadilar, lekin bu

hoxish va eхtiyoj motivi turlicha bo‘lishi mumkin. Bular "Menga chiroyli forma, daftar, qalam

va ruchkalar sotib olib berishadi"', "Maktabda o‘rtoqlarim ko‘p bo‘ladi va men ular bilan

mazza qilib o‘ynayman", "Maktabda uxlatishmaydi", "Maktabning tashqi ramzlari, shubхasiz

maktabdagi bolalarni juda qiziqtiradi, lekin bu maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun asosiy

sabab bo‘la olmaydi", "Men otamga o‘xshagan bo‘lishim uchun o‘qishim kerak", "Yozishni

juda yaxshi ko‘raman", "O‘qishni o‘rganaman",

"Maktabda qiyin misollarni yechishni


background image

37

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

o‘rganaman". Ushbu hoхish va хarakat bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi uchun tabiiy

ravishda asos bo‘la oladi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki to‘g‘ri yondoshilgan motivatsiya

bolaning maktabga psixologik tayyorgarligi uchun ham asos bo‘ladi, bunda oilada ota-oaning,

aka-opalarining, bog‘chada esa tarbiyachi va psixologning o‘rni beqiyosdir.

6-7 yoshli bolalar o‘qishidagi asosiy qiyinchilik shundaki, ko‘pincha bu yoshdagi bolalar

o‘qituvchini uzoq vaqt davomida tinglay olmaydilar, o‘quv хarakatlariga uzoq vaqt o‘z

diqqatlarini qarata olmaydilar. Bunga sabab, faqat, shu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy

diqqatning rivojlanmaganligida emas, balki bolaning kattalar bilan muloqotga kirisha olish

xususiyatiga ham bog‘liq. Chunki, shu xususiyati rivojlangan bolalar erkin muloqotga kirisha

oladilar, qiziqtirgan narsalar haqida so‘ray oladilar o‘zlarini fikrlarini erkin bayon eta oladilar.

Natijada ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari ortadi va o‘qituvchi gapirayotgan narsalarni

diqqat bilan uzoq vaqt eshita oladilar. Demak, bolaning maktabga tez moslashishi va

muvaffaqiyatli o‘qishida shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgarligining ham ahamiyati juda

katta.

Intellektual tayyorgarlik.

Tevarak-atrofda mo‘ljal ola bilish, bilimlar zaxirasining mavjudligi. Idrok va ko‘rgazmali-

obrazli tafakkurning ma’lum darajada rivojlanganligi. Umumlashtirish darajasi — narsa va

hodisalarni farqlash va umumlashtira olish ko‘nikmasi. Nutqining ma’lum darajada

rivojlanganligi ko‘pincha aqliy tayyorgarlik deyilganda bolaning dunyoqarashi, jonli tabiat,

insonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilimlari tushuniladi.

Ushbu bilimlar maktab beradigan ta’limga asos bo‘lishi mumkin, lekin so‘z boyligi, ma’lum

xatti-harakatlarni bajara olish la-yoqati bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining asosiy

ko‘rsatkichi bo‘la olmaydi. Maktab dasturi bolalardan taqqoslay olish, tahlil eta olish,

umumlashtira olish, ma’lum bir xulosa chiqara olish, shuningdek, yetarli darajada rivojlangan

boshqa bilish jarayonlarini ham talab etadi. Masalan, 6-7 yoshli bola tabiat haqida ayrim

hodisalarnigina emas, balki organizmning tabiat bilan bog‘liqligini va o‘zaro ta’sirini ham

tushunishi va o‘zlashtirishi mumkin. 7 yoshli bolalar aqliy rivojlanishning natijasi bo‘lib,

yuqori darajada rivojlangan ko‘rgazmali obrazli tafakkur bilan bola atrof olamdagi

predmetlarning asosiy xususiyatlarini va predmetlar orasidagi bog‘liqlikni ajrata olishidir.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ko‘rgazmali-harakatli va ko‘rgazmali- obrazli tafakkur

nafaqat 7 yoshli bolalar, balki kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ham aqliy

rivojlanishida asosiy vazifani bajaradi.

Harakat tayyorgarligi.

— mayda motorika;

— katta harakatlarni amalga oshirish (qo‘l, oyoq, tana).

O‘quv faoliyatiga tayyorgarlik:

— kattalarni diqqat bilan eshita olish va uning ko‘rsatmalarini aniq bajarish;

— topshiriqni mustaqil bajarish;

— chalg‘ituvchi omillarga e’tibor bermasdan topshiriqni bajarishga kirishish.

Bola avvalo maktabga jismoniy jihatdan tayyor bo‘lishi kerak. 6 yoshli bolalarning anatomik-

fiziologik rivojlanishi o‘ziga xos tarzda kechadi. Bu yoshda bola organizmi jadal rivojlanadi.

Uning og‘irligi oyiga 150 dan 200 gacha, bo‘yi esa 0,5 sm gacha ko‘payadi. 6 yoshli bolalar turli

tezliklarda, tez va yengil yugura oladilar. Ular sakrash, konkida yugurish, chang‘ida uchish,

suzish singari harakatlarni ham bemalol bajarishlari mumkin. Musiqa bo‘yicha

mashg‘ulotlarda esa xilma-xil ritmik va plastik harakatlarni bajaradilar, turli mashqlarni aniq,

tez, yengil va chaqqon bajara oladilar. Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi nafaqat uning

aqliy va jismoniy tayyorgarligi, balki shaxsiy, ijtimoiy-psixologik tayyorgarligiga ham bog‘liq.

Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘rtog‘ining salbiy xususiyatlarini ko‘pchilik va begonalar

o‘rtasida bemalol ayta olish xususiyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa axloqi va odobi jihatidan

tanqidga uchrayotgan bolani o‘rtoqlari jamoasiga qo‘shilishdan bosh tortishiga yoki umuman

maktabga kelishni istamasligiga sabab boiishi mumkin. Shu sabab bolani o‘rtoqlari va


background image

38

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

ustozlari tomonidan tanqidga uchramaydigan darajada axloq-odob qoidalariga o‘rgatish

ahamiyati jihatidan kam bo‘lmagan axloqiy tayyorgarlik hisoblanadi.

Bolani maktabga irodaviy tayyorgarligi uni yangi kun tartibiga amal qilishida, dars jarayonida

qunt bilan bilimlarni o‘zlashtirishida, uy vazifalarini bajarishida o‘z yordamini ko‘rsatadi.

Maktabga o‘qish uchun kelayotgan bola yangi ijtimoiy mavqeyini-turli majburiyatlari va

huquqlari bo‘lgan va unga turli talablar qo‘yiladigan o‘quvchi mavqeyini olish uchun tayyor

bo‘lmog‘i lozim. Ushbu xohish va harakat bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi uchun

tabiiy ravishda asos bo‘la oladi. Bolaning endi o‘zini katta bo‘lganini, bog‘cha bolasi emas,

balki ma’lum bir majburiyatlari bor o‘quvchi boiishini anglashi, jiddiy faoliyat bilan

shug‘ullanayotganligini bilishi nihoyatda muhim. Bolaning maktabga borishini istamasligi

ham salbiy holat hisoblanadi.

Maktabga shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik bolalarda tengdoshlari, o‘qituvchilari

bilan munosabatga kirisha olish xususiyatini shakllantirishni ham o‘z ichiga oladi. Har bir bola

bolalar jamoasiga qo‘shila olishi, ular bilan hamkorlikda harakat qila olishi, ba’zi vaziyatlarda

ularga yon bosib, boshqa vaziyatlarda yon bosmaslikka erisha olishi zarur. Ushbu xususiyatlar

bolaning maktabdagi yangi sharoitlarga tez moslasha olishini ta’minlab beradi. Birinchi

sinfning birinchi kunlaridan boshlab bola yengishi kerak bo‘lgan bir qancha qiyinchiliklarga

uchraydi. Bu qiyinchiliklar: maktab hayotini o‘zlashtirish, yangi kun tartibini yaratish va unga

moslashish, sinfdoshlarini qabul qilish, u uchun yangi bo‘lgan sinf jamoasiga qo‘shilish, 45

daqiqa partada o‘tira olish, yaxshi ko‘rgan o‘yinchoqlari bilan o‘ynay olmaslik, ularni

maktabga olib kelmaslik, xatti-harakatlarini chegaralovchi qoidalarni qabul qilish, o‘qituvchi

bilan munosabatlarni o‘rnatish, o‘qituvchiga diqqaatini qaratish, oilaviy munosabatlarni qabul

qilish va boshqalar.

Yuqoridagi tushunchalarni anglagan holda kattalar ya’ni bolaning ota-onasi, o‘qituvchi,

maktab psixologlari bolaning bu qiyinchiliklardan yengil o‘tib olishlari yoki bu holatlarni

ijobiy qabul qilib anglashlari uchun bolalarga psixologik yordam berishlari zarurdir. Albatta

bu jarayon ya’ni maktabga moslashish har bir bolada turlicha kechadi. Har bir bolaning

individual psixologik xususiyatlarini holatlarini o‘rganish hamda har bir bolaga individual

yondoshish bolaning maktabga tayyorgalik darajasini oshirishga hamda maktabga

moslashishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi kunda maktabga chiqish yoshi 7 yosh deb qatiy

belgilab qo‘yilganligi ham bolaning maktabga tayyorgarligini oshirishga yordam beradi, bunda

maktabgacha ta’lim muasssasalarida bola ham fiziologik, ham psixologik, ham aqliy jihatdan

tayyorgalik bosqichlari takomillashtiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Gʻ.B.Shoumarov,I.O. Oila psixologiyasi T.:2011-y,

2.

Mirzaeva, S. R. (2021). Talaba valeologik ongining psixologik himoya mexanizmlari

bilan determinantlashuvi. Science and Education, 2(Special Issue 1), 133-143.

3.

Rustamovna, M. S. (2020). Psychological features of attitudes of students to their

own health in conflict situations. journal of critical reviews (No. 17, pp. 3071- 3076). ISSN-

2394-5125 VOL 7.

4.

Tursunboyev, S. (2023). Boshlang ‘ich ta’limda dezadaptatsiyaning psixologik xususiyatlari.

Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 3(11), 142-145.

5.

Baxtiyarovich, T. S., & Mirzaeva, S. R. (2023). Dezadaptation of elementary students.

Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 2(4), 173-175.

6.

Аbdurasulov J., & Pardabayeva , M. (2024). MUSOBAQADAN OLDIN SPORTCHILARNI

PSIXOLOGIK TAYYORLASH. Евразийский журнал социальных наук, философии и

культуры,

4(6

Part

2),

73–76.

извлечено

от

https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/34717


background image

39

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

7.

Burieva, K. E., & Kamilova, Z. A. (2022). The psychology of adolescence. Scientific

progress, 3(4), 923-929.
8.

Sh.Umarova 2024. Psychological Features Of Workers And Factors Affecting

Them.

Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments

. 2, 9 (Sep. 2024), 52–63.

9.

X.Raximova 2024. Current Role And Requirements Of Digital Pedagogy.

Pedagogical

Cluster-Journal of Pedagogical Developments

. 2, 9 (Sep. 2024), 38–51.

10.

2024. Psychological Features Of Workers And Factors Affecting Them.

Pedagogical

Cluster-Journal of Pedagogical Developments

. 2, 9 (Sep. 2024), 52–63.

11.

2024. Current Role And Requirements Of Digital Pedagogy.

Pedagogical Cluster-

Journal of Pedagogical Developments

. 2, 9 (Sep. 2024), 38–51.

12.

Абдурасулов, Ж. (2022). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНФОРМАЦИОННЫХТЕХНОЛОГИЙ

В УСВОЕНИИ УРОКОВ ИСТОРИИ.

13.

Abduqodirova, D., & Abdurasulov, J. (2025). YOSHLARDA HARBIY-

VATANPARVARLIK TUYG‘USINI TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK HUSUSIYATLARI.

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические

исследования,

4(1),

50–53.

извлечено

от

https://in-

academy.uz/index.php/zdpp/article/view/42882

14.

Жўраев , Ш. ., & Абдурасулов , Ж. (2024). ҲАРБИЙ ЖАМОАДАГИ ИЖТИМОИЙ

ФИКР. Журнал академических исследований нового Узбекистана, 1(2), 97–103.

извлечено от

https://in-academy.uz/index.php/yoitj/article/view/28151

15.

Аbdurasulov J. (2024). HARBIY PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN

ALOQASI.

Молодые

ученые,

2(6),

48–52.

извлечено

от

https://inacademy.uz/index.php/yo/article/view/28164

16.

Турсунов А 2022 ЧАҚИРУВГА ҚАДАР БОШЛАНҒИЧ ТАЙЁРГАРЛИК

МАШҒУЛОТЛАРИДА ПЕДАГОГИК ВА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ҚЎЛЛАШ ВА

УЛАРНИНГ ЎЗИГА ХОС ТОМОНЛАРИ Science and innovation, 1(B3), 432- 434

17.

Abdurasulov , J. (2022). HARBIY KOMPETENTSIYA KURSANTNING KASBIY

MAHORATINI SHAKLLANTIRISHNING KALITI SIFATIDA.

Евразийский журнал социальных

наук, философии

и культуры

,

2

(11), 231–234. извлечено от

https://in-

academy.uz/index.php/ejsspc/article/view/5326

18.

Abdurasulov , J. (2022). CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANGʼICH TAYYORGARLIK FANI

OʼQITUVCHISIGA QOʼYILADIGAN TALABLAR.

Евразийский журнал академических

исследований

,

2

(11),

983–988.

извлечено

от

https://in-

academy.uz/index.php/ejar/article/view/5305

19.

Абдурасулов , Ж. (2024). ҲАРБИЙ ЖАМОАНИНГ ПСИХОЛОГИК АСПЕКТЛАРИ.

Бюллетень педагогов нового Узбекистана, 2(2), 59–65.

References

Gʻ.B.Shoumarov,I.O. Oila psixologiyasi T.:2011-y,

Mirzaeva, S. R. (2021). Talaba valeologik ongining psixologik himoya mexanizmlari bilan determinantlashuvi. Science and Education, 2(Special Issue 1), 133-143.

Rustamovna, M. S. (2020). Psychological features of attitudes of students to their own health in conflict situations. journal of critical reviews (No. 17, pp. 3071- 3076). ISSN-2394-5125 VOL 7.

Tursunboyev, S. (2023). Boshlang ‘ich ta’limda dezadaptatsiyaning psixologik xususiyatlari. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 3(11), 142-145.

Baxtiyarovich, T. S., & Mirzaeva, S. R. (2023). Dezadaptation of elementary students. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 2(4), 173-175.

Аbdurasulov J., & Pardabayeva , M. (2024). MUSOBAQADAN OLDIN SPORTCHILARNI PSIXOLOGIK TAYYORLASH. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 4(6 Part 2), 73–76. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/34717

Burieva, K. E., & Kamilova, Z. A. (2022). The psychology of adolescence. Scientific progress, 3(4), 923-929.

Sh.Umarova 2024. Psychological Features Of Workers And Factors Affecting Them. Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments. 2, 9 (Sep. 2024), 52–63.

X.Raximova 2024. Current Role And Requirements Of Digital Pedagogy. Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments. 2, 9 (Sep. 2024), 38–51.

Psychological Features Of Workers And Factors Affecting Them. Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments. 2, 9 (Sep. 2024), 52–63.

Current Role And Requirements Of Digital Pedagogy. Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments. 2, 9 (Sep. 2024), 38–51.

Абдурасулов, Ж. (2022). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНФОРМАЦИОННЫХТЕХНОЛОГИЙ В УСВОЕНИИ УРОКОВ ИСТОРИИ.

Abduqodirova, D., & Abdurasulov, J. (2025). YOSHLARDA HARBIY-VATANPARVARLIK TUYG‘USINI TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK HUSUSIYATLARI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(1), 50–53. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/42882

Жўраев , Ш. ., & Абдурасулов , Ж. (2024). ҲАРБИЙ ЖАМОАДАГИ ИЖТИМОИЙ ФИКР. Журнал академических исследований нового Узбекистана, 1(2), 97–103. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/yoitj/article/view/28151

Аbdurasulov J. (2024). HARBIY PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI. Молодые ученые, 2(6), 48–52. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/yo/article/view/28164

Турсунов А 2022 ЧАҚИРУВГА ҚАДАР БОШЛАНҒИЧ ТАЙЁРГАРЛИК МАШҒУЛОТЛАРИДА ПЕДАГОГИК ВА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ҚЎЛЛАШ ВА УЛАРНИНГ ЎЗИГА ХОС ТОМОНЛАРИ Science and innovation, 1(B3), 432- 434

Abdurasulov , J. (2022). HARBIY KOMPETENTSIYA KURSANTNING KASBIY MAHORATINI SHAKLLANTIRISHNING KALITI SIFATIDA. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 2(11), 231–234. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/ejsspc/article/view/5326

Abdurasulov , J. (2022). CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANGʼICH TAYYORGARLIK FANI OʼQITUVCHISIGA QOʼYILADIGAN TALABLAR. Евразийский журнал академических исследований, 2(11), 983–988. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/5305

Абдурасулов , Ж. (2024). ҲАРБИЙ ЖАМОАНИНГ ПСИХОЛОГИК АСПЕКТЛАРИ. Бюллетень педагогов нового Узбекистана, 2(2), 59–65.