MAKTUBLARDA SHOIR IJODIY VA INSONIY DUNYOSINING AKSI

Abstract

Ijodkor shaxsiyati, ijodiy duyosining to‘laqonli ochib berilishida adibning epistolyar janr namunalari hisoblanmish maktublari  G‘.G‘ulomshunoslar uchun ham, qolaversa adabiy jamoatchilik uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. Jamiyatning har sohasi bilan hamfikr, hamnafas yashashida shoirning tayanchi va ijodiy faoliyatining ajralmas ilhom manbai bu maktublar va o‘zaro yozishmalar bo‘lgan. Maqolada ijodkorning turli shaxslar bilan yozishmalari adabiy-estetik qarashlarining o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida tahlil qilingan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Isakulov , S. ., & Jo‘rayev , M. . (2025). MAKTUBLARDA SHOIR IJODIY VA INSONIY DUNYOSINING AKSI. New Uzbekistan Journal of Academic Research, 2(1, 2-qism), 14–18. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/yoitj/article/view/64458
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ijodkor shaxsiyati, ijodiy duyosining to‘laqonli ochib berilishida adibning epistolyar janr namunalari hisoblanmish maktublari  G‘.G‘ulomshunoslar uchun ham, qolaversa adabiy jamoatchilik uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. Jamiyatning har sohasi bilan hamfikr, hamnafas yashashida shoirning tayanchi va ijodiy faoliyatining ajralmas ilhom manbai bu maktublar va o‘zaro yozishmalar bo‘lgan. Maqolada ijodkorning turli shaxslar bilan yozishmalari adabiy-estetik qarashlarining o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida tahlil qilingan.


background image

14

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

MAKTUBLARDA SHOIR IJODIY VA INSONIY DUNYOSINING

AKSI

Isakulov Sherzod Ergashboyevich

Samarqand viloyati “Jomboy tongi” gazetasi muxbiri

Ilmiy rahbar:

Murodulla Jo‘rayev

https://doi.org/10.5281/zenodo.14769312

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:23-yanvar 2025 yil

Ma’qullandi: 25-yanvar 2025 yil

Nashr qilindi: 30-yanvar 2025 yil

Ijodkor shaxsiyati, ijodiy duyosining to‘laqonli

ochib berilishida adibning epistolyar janr

namunalari

hisoblanmish

maktublari

G‘.G‘ulomshunoslar uchun ham, qolaversa adabiy

jamoatchilik uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat

qilishi shubhasiz. Jamiyatning har sohasi bilan

hamfikr, hamnafas yashashida shoirning tayanchi

va ijodiy faoliyatining ajralmas ilhom manbai bu

maktublar va o‘zaro yozishmalar bo‘lgan.

Maqolada ijodkorning turli shaxslar bilan

yozishmalari adabiy-estetik qarashlarining o‘ziga

xos ko‘rinishi sifatida tahlil qilingan.

Ijodkor

shaxsiyati,

epistolyar janr, yozuvchining adabiy-

estetik qarashlari ,

badiiyat va

uslub .

Maktubni insoniy hujjat deyishimiz mumkin. Deylik, unda maktub yozuvchining shaxsiyati,

o‘ziga xos ruhiy holati, kechinmalari aniq va xolisona ifodalanadi. Bu narsa G‘afur G‘ulom

maktublari, ulardagi balqib turgan insoniy kechinmalarga va albatta, shoir shaxsiyatiga ham

xos tushunchalardir. Shoir maktublarida uning qalbi ham yashaydi deyish mumkin.

Maktublarni o‘qir ekanmiz, ko‘z o‘ngimizda turfa xil holatda, ichki kechinmalar bilan to‘lib

toshayotgan G‘afur G‘ulom siymosi gavdalanadi. Bu so‘zlarimiz Asqad Muxtorning quyidagi

fikrlari ham tasdiq etadi: “Maktubni ko‘zguga qiyos qiladilar, o‘zingiz qanday bo‘lsangiz,

xatingiz ham o‘zingizga o‘xshaydi. Xat ko‘zgu kabi ma’naviy qashshoqlikni ham, «qaynab

yotgan hissiy va tafakkur boyligingizni ham bexato aks ettirishi mumkin».

Ijodkor shaxsiyati, ijodiy duyosining to‘laqonli ochib berilishida adibning epistolyar janr

namunalari hisoblanmish maktublari G‘.G‘ulomshunoslar uchun ham, qolaversa adabiy

jamoatchilik uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

G‘.G‘ulom sharq adabiyoti va madaniyatini juda puxta o‘zlashtirgan ijodkor yozuvchi hamdir.

“Salomdan so‘ngra ma’lum bo‘lsinki, menga 9- iyun 1957-yilda yozgan xatingni oldim”,- deya

boshlanadi uning Tursunboy nomli shaxsning xatiga yozgan javob maktubining kirish qismida.

Mazkur shaxs tomonidan yozilgan xatda shoirga

sharq adabiyoti xususan, Navoiy

“Xamsa”sining 3- yirik asari bo‘lmish “Farhod va Shirin”ga bog‘liq bir muncha savollar

berilgan. G‘.G‘ulom ularga batafsil javob yozar ekan 7-savol sifatida berilgan va aynan shu

davr tili (leksikasi)ga xos bo‘lgan hamda asarda uchraydigan “Sha’mi kofuriy” jumlasini

adresatning yoshiga mos holda birma-bir sharhlashga urinadi. “7-savolingga javob shulki,

“kofur” so‘zi bilan “kofir” bir-biridan farq qiladi”, - deydi shoir, xuddi “ko‘z” bilan “kuz”

so‘zlari shakliy jihatdan bir-biriga yaqin ekanligini ta’kidlab.- “Kofur” so‘zi Konpur orolining

ismidan buzilgan. Bu oroldan yurakning mashhur davosi bo‘lgan “kamfara” chiqarilshini

ta’kidlaydi. Navoiy zamonasida shu kamfaradan sham moyiga qo‘shib yoqilishini va uning hid


background image

15

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

berishini izohlaydi hamda “Sha’mi kofuriy”ning ma’nosi - kamfara qo‘shilgan sham ekanligini

ta’kidlab maktubiga xulosa yasaydi.

Ko‘rinadiki, G‘.G‘ulom sharq ilmi va adabiyotining ulkan bilim sohibi bo‘lishi bilan bir qatorda

har qanday xatni e’tiboridan chetda qoldirmagan hamda o‘ta ziyraklik, o‘ziga xos talabchanlik

bilan javob nomalari yozishni oliyjanob ish deb hisoblagan ijod kishisidir.

Dahshatli urush yillari xalq boshiga musibatli kunlar yog‘ildi. Janggohlarda qon kechib,

zahmat chekayotgan Vatan jangchilarini ma’naviy qo‘llash, ruhiyatini ko‘tarish va g‘alabaga

undovchi she’rlar hamda chaqiriq ohangidagi yozishmalar shu davr yozuvchi-shoirlari ijodida

kuzatilganidek, G‘.G‘ulom ijodida ham bu mavzu yetakchilik qildi. Nafaqat ijodiy asarlari bilan,

balki jangchi va ofitserlarga tinimsiz ravishda yo‘llagan nomalari bilan ham ularni

ruhlantirishga, g‘alaba sari olg‘a qadam tashlashga undab turdi. Bu sa’yi harakat urushdan

keyingi yillarda ham aslo pasaygani yo‘q. Jumladan, 1950-yilda G‘.G‘ulom harbiy qismlardan

birida xizmat o‘tayotgan jangchi va ofitserlarga shunday mazmunda maktub yo‘lladi. Unda

“Ulug‘ Vatan urushi yillarida va urushdan keyingi yillarda O‘zbekiston yozuvchilari bir qancha

g‘oyaviy yuksak, maroqli asarlar” yaratganligini ta’kidlab, jumladan, mashhur “Navoiy”

romanining avtori, laureat adibimiz Oybek 1949-yilda “Oltin vodiydan shabadalar” romanini

e’lon” qilganligini, Uyg‘un, Mirmuhsin, N.Safarov singari yozuvchilarimizning yirik asarlari

yaratilganligini, shuningdek, o‘zbek yozuvchilarining bu boradagi ijodiy ishlari davom

etayotganligini g‘oyatda ko‘tarinkilik bilan izhori dil etadi. “Sizlarga she’rimni

yubormoqdaman, - deydi xatning xotima qismida- Sizlarga jangovar va siyosiy tayyorgarlik

ishlarida yangidan yangi muvofaqqiyatlar tilayman. Xushyor turinglar! Sevikli Vatanimiz

chegaralarini sergaklik bilan qo‘riqlanglar! Sizlarga quyoshli O‘zbekiston xalqidan alangali

salom”.

Bunday yo‘sindagi xatlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, jamiyatning har sohasi bilan

hamfikr, hamnafas yashashida shoirning tayanchi va ijodiy faoliyatining ajralmas ilhom

manbai bu maktublar va o‘zaro yozishmalar bo‘lgan.

O‘quvchining shoir shaxsiyati va oilaviy muhiti bilan yaqindan tanishishida G‘.G‘ulomning oila

a’zolari va yaqinlariga yozgan shaxsiy maktub namunalari g‘oyatda qimmatli manbadir.

Suyukli yor, mehribon ota, sadoqatli do‘st G‘.G‘ulomning insoniylik qiyofasi mazkur xatlarda

to‘laligicha aks etgan:

“Hurmatli onaxonimiz Muharramxonga.

Sevikli qizimiz Toshxonning dunyoga yelishi bilan Sizni qalbimizdan tabrik qilamiz. Har

ikkovingizni sog‘-u salomatligingiz bizni behad quvontiradi.

Baxtli oilamizga yana bir jon qo‘shilishi bilan sevinamiz.

Onangiz Hamroxon, rafiqingiz G‘afur G‘ulom (Toshxonning dadasi), Muzaffar, Xolida, Mirzo

Ulug‘, Olmos, Mirzo Abdulqodir, Xondamir va boshqalar”.

Xat yozish ishtiyoqi o‘z navbatida ichikkan, talpingan insonidan maktub olish orzusini ham

tug‘diradi. Buning rag‘bati ham, quvonchi ham bo‘lakcha bo‘lishi mumkin.

G‘.G‘ulom shaxsiy xatlari turkumida yaqinlari, oila a’zolariga yozgan shunday maktublari borki,

ular to‘laligicha xat kutish sog‘inchi bilan yo‘g‘rilgan:

“Sevgilim Muharramxon! Salom. O‘zim

sog‘, salomatman. Sizlarning salomatligingiz yana salomatligim butunligidir. Bundan ilgari ikki

marotaba xat yozdim, olgan bo‘lsangiz kerak. Hech bo‘lmasa, telegraf bilan bo‘lsa ham biz

tinchmiz, deb qo‘yish kishini ancha yupatardi...”

Xatning keyingi qismlarida ijodiy safar sababli

yaqinlaridan bir muddat yiroqlashgan mehribon va kuyunchak oila sohibining sog‘inch to‘la

hissiyotlari namoyon bo‘lib boradi:

“Bolalarni halidan boshlab sog‘ina boshladim. Har kechasi

bir qator tush ko‘rib chiqaman. Men uy ichimizning nima ham qay tomonlari bilan qiziqqanim

o‘zingizga ma’lum bo‘lgani uchun sanab o‘tirmayman. Menga o‘z uyimning hamma narsasi

ma’lum bo‘lishi kerak. Binobarin, Hamid Olimjon orqali menga Tiblisga xat yoz. Biror zarur ish

chiqquday bo‘lsa, telegram ber.

Seni, O‘sarni, Yasharni, Xolidani, Olmosni, Gavharni o‘paman. Onamga, Jo‘raxonga behad salom.

Rahimberdiga behad salom”

,-deb yakunlaydi.


background image

16

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

G‘afur

G‘ulom

maktublarida

ustoz

Ozod

Sharafiddinov

ta’kidlaganidek

“...bag‘rikengligi, tantiligi, mehmondo‘stligi, jinday chapaniligi, jinday tavakkalchiligi, lafzi

halolligi, yolg‘ondan hazar qilishi, bolajonligi, ayolmandligi va yana allaqancha fazilatlari”

mana men deb bo‘y ko‘rsatib turgan azim ummon - G‘afur G‘ulomning qalb qiyofasini

nurlantirib turadi.

G‘afur G‘ulomning mazkur o‘n ikki tomlik mukammal asarlar to‘plamining o‘n ikkinchi

tomidan shoirning xuddi shu adresat (Maharram aya)ga yo‘llagan umumiy to‘qqizta maktubi

joy olgan. Bu maktublarining o‘ziyoq badiiyligi, ma’naviy va ma’rifiy qimmatga egaligi bilan

ahamiyatlidir.

“To‘qqiz maktub- G‘afur G‘ulomdek zakiy, daryodil insonning ijodkorlik, yaratuvchilik

qismatiga teng sherik oqila va munisa mehr-u shafqatiga, sabr-u bardoshiga, fidoiy mehnatiga

so‘zdan tiklangan haykal.

To‘qqiz maktub – ingliz olimi Geskinning “Ayol sevgisidan musaffo bo‘lmagan, uning

mardligidan madad olmagan hamda kamtarona yo‘rig‘iga yurmagan odam haqiqiy hayot

kechirmagan hisob”, - degan so‘zlarining shoyon tasdig‘i.

To‘qqiz maktub o‘zbek ayolining - beminnat, beta’ma, boqiy muhabbat simfoniyasi, uning

nazmiy ifodasi G‘afur G‘ulom qalamidan to‘kilgan:

Azizimsan, do‘stim, jonim tozasan

Tozalikda yer aro ovozasan

Mehribonim, aql-u bandim Muharram.

1

Shuni alohida ta’kidlash joizki, ijodkorlar o‘z asarlari bilan xalqni ezgulikka, insoniy

qadriyatlarni e’zozlashga chorlasa, o‘z hayotiy faoliyatlari jarayonida odamlarga namuna

bo‘lib boradilar. Yozuvchi-shoirning shaxsiyati uning asarlariga hamohang bo‘lsagina,

xalqning ardoqli ijodkoriga, suyukli farzandiga aylanishi mumkin.

Xuddi shu kabi xatlardan biri shoir tomonidan 1947 yilda andijonlik shoir va adabiyotshunos,

qadrdon do‘sti Ulfatning (taxallusi, asl ismi Imomiddin Qosimov ) yangi tug‘ilgan farzandi

vafot etishi munosabati bilan yozilgan:

“Aziz birodarim mulla Imomiddin, assalomu alaykum!”- deb boshlanadi unda, - As-sabru

miftah ul-farah (“Sabr xursandchilikning kalitidir”).

Shu salomimni butun do‘stlarimga taqdim qilursiz. Hayot abadiydir”, -deb, fikrlarini

Fuzuliyning quyidagi misralari bilan izohlashga urinadi:

“Bu bog‘ husniga garchand xazondan ofat vor,

Uni tadorik etar, oqibat nasimi bahor”.

E’tiborimizni torgan jihat xatning keyingi qismida bayon etiladi:

Dog‘i farzand

(tarix): (1346-1946)

Bunda yigirma - “kul”ning kofiddur,

Isqot - siz bilan mendurmen.

Muharramxon qattiq achindi. Mahbubaxonga sabru qanoat tiladi....”

Xatda “Dog‘i farzand” iborasi ishlatilishining ma’lum sababi bor (jumlaning to‘liq bayoni

izohlar bo‘limidan olindi)

1

.

Dog‘i farzand

- iborasidan abjad hisobi bilan Ulfat farzandining vafot qilgan yili chiqadi. Vahob

Ro‘zimatovning hisobiga ko‘ra, bu so‘zlardagi harf-raqamlarining yig‘indisi 1346 ni tashkil

etadi va ana shu asosda xatni 1946 yilda yozilgan, deb biladi. Holbuki, “dog‘i farzand”

so‘zlaridagi harf-raqamlar yig‘indisi 1356 bo‘lib, milodiy 1937-1938 yillarni bildiradi.

Bizningcha, Ulfat farzandining vafoti tarixini ifodalovchi so‘zlarni “dog‘iy farzan” deb o‘qish

lozim. Shunda harf-raqamlar yig‘indisi 1366 ni tashkil etadi va 1947 yilni anglatadi. Mazkur

xatning so‘ngida ham uning yozilgan sanasi 1947 yil 27 may deb qayd etilgan.

2

1

Karimova Y. G‘afur G‘ulom maktublari. Ilmiy-adabiy to‘plam.T:2011. 56-b.

1

G‘afur G‘ulom. Mukammal asarlar to‘plami. O‘n ikkinchi tom. Toshkent. / “FAN”. 1990.451- b.

2

G‘afur G‘ulom. Mukammal asarlar to‘plami. O‘n ikkinchi tom. Toshkent. / “FAN”. 1990.451- b.


background image

17

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

Anglashiladiki, G‘.G‘ulom xat yozishda so‘zlardan nihoyatda ustalik va bilimdonlik bilan

foydalangan. O‘z dilida kechayotgan kechinmalarning ifodasini berish uchun bu xil zakiylik

shoir ijodiy tendensiyasiga xos jihatlardan biri sanaladi, desak yanglishmagan bo‘lamiz.

G‘afur G‘ulom 1937 yil 14 noyabrda singlisi Bahri G‘ulomovaga quyidagi yo‘sinda xat yozadi:

“Mulla Bahri va sevikli Darvinga!

Har ikkovingizga hurmat va salom.

...Iqtisodiy tomoning, maishating qay holda? Agar biror narsaga muxtoj bo‘lsang, menga yozib

yubor. Garchand oliy bo‘lmasa ham, sening qiynalmasliging uchun harakat qilaman.

...Jiyanlaring hammasi sog‘, salomat.

Jon uka, qiynalib yurma, ahvolingni yoz. Mabodo kelguday bo‘lsang, ikki uyni remont qildim.

Bir o‘zing emas, hatto o‘rtog‘ing bilan menga sig‘a olasan, diydamning ustiga”.

Maktubda shoir shaxsiyatiga xos qirralar - mehr-oqibat, jigarlariga bo‘lgan cheksiz muhabbati,

sog‘inish hislari namoyon bo‘lgan. Shoir dilidagi gaplarni maktub oxirida she’riy yo‘sinda ham

bayon etadi:

“Kishilar dilini barobar deya maqtansa agar,

Senu men, dil nima, hattoki, bu pok qonga sherik.

Yasha, bor bo‘l, xafalanma, ey yetim, sevgili do‘st,

Men axir bor bu jahonda ham salomat, ham tirik”.

Xatda ko‘ngil aks etishi shubhasiz. Yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammadning “Al- A’rof”

dramasidan quyidagi parchani keltirish orqali xatning inson hayotidagi o‘rni naqadar ulkan

ekanligiga guvohi bo‘lishiga ishondik : “ Edgar Jeffersondek ulug‘ zot umri bo‘yi o‘ttiz mingta

xat yozgan! Men ham qo‘lim bo‘shadi deguncha xat yozgim keladi. Xat yozsam rohatlanaman.

Men hammangizdan yolborib- o‘tinib so‘ragan bo‘lur edim: Xat yozinglar. To‘kilib- to‘kilib

yozinglar, shunday yengil tortasizlarki!..”

Ajab emas, shoirimiz G‘afur G‘ulomning hayotida, qalbining tub-tubida ham ana shunday

shior doimo aks-sado berib turganligi va bu bong hamisha ijodkorning qo‘liga qalam tutib,

kimgadir nimanidir ilinib, xat yozishga, izhori dil etishga chorlab turgan bo‘lsa. Buni

shoirning do‘sti Hamid G‘ulomga yozgan quyidagi she’riy maktubi ham tasdiq etadi:

Tong otar maktubin oldim, o‘ylatib qo‘yding meni,

Jon rubobin cherta-cherta, kuylatib qo‘yding meni.

Yuz maqomlar ichra Mulla To‘ychining avji kabi,

Qartayib qo‘ygan chog‘im to‘y-to‘ylatib qo‘yding meni.

Eslatib qo‘yding parishon yoshligim savdosini,

Yor unutgan ro‘ymolga bo‘ylatib qo‘yding meni.

Men yana minglab qalam chaynab, chaman kezsam kerak,

Neki qilding o‘z-o‘zimla so‘ylatib qo‘yding meni.

Ko ‘ngil ovlash umrlar kasbim edi, Mirzo G ‘afur,

Yaxshi diljo‘lik bilan diljo‘ylatib qo ‘yding meni.

1

Xulosa qilib shuni ta’kidlash o‘rinliki, bu maktublar shoirning ijod va ilhom manbaiga ham

aylanib ulgurgan. Ijodkor uchun ijodiy kayfiyat va uni yuzaga keltiruvchi muhit doimo zaruriy

ehtiyoj bo‘lib kelgan. Shoir, avvalo, ichidagi g‘alayonli tuyg‘ularni ana shu muhit ta’siridagina

qog‘ozga tushira olgan. Shu tomondan olib qaralganda esa biz maktublarning yana bir

qirrasini, ijodkor uchun suv va havodek muhim tomonlarini ochgan bo‘lamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.G‘.G‘ulomning badiiy olami. Kollektiv avtorligida T.: “Fan”. 1974y. 312 b.

1

G‘afur G‘ulom. Mukammal asarlar to‘plami. O‘n ikkinchi tom. Toshkent. / “FAN”. 1990.171- b..


background image

18

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

2.G‘.G‘ulomning MAT. 12 jildlik T.: “Fan” .1990 y. 538 b.
3.G‘.G‘ulomning MAT. 12-jild T.: “Fan” .1990 y. 538 b.
4.Karimova Y. G‘afur G‘ulom maktublari. T.: JDPI axborotnomasi. Ilmiy-uslubiy jurnal .1-son.

2013. 212 b.
5.G‘afur G‘ulom. Mukammal asarlar to‘plami. O‘n ikkinchi tom. Toshkent. / “FAN”. 1990.451- b.

6.Sh.Ahmedova “Maktubot turlari va adabiy tanqid”. Toshkent “FAN”. WWW. ZiyoNet. 316 b.

References

G‘.G‘ulomning badiiy olami. Kollektiv avtorligida T.: “Fan”. 1974y. 312 b.

G‘.G‘ulomning MAT. 12 jildlik T.: “Fan” .1990 y. 538 b.

G‘.G‘ulomning MAT. 12-jild T.: “Fan” .1990 y. 538 b.

Karimova Y. G‘afur G‘ulom maktublari. T.: JDPI axborotnomasi. Ilmiy-uslubiy jurnal .1-son. 2013. 212 b.

G‘afur G‘ulom. Mukammal asarlar to‘plami. O‘n ikkinchi tom. Toshkent. / “FAN”. 1990.451- b.

Sh.Ahmedova “Maktubot turlari va adabiy tanqid”. Toshkent “FAN”. WWW. ZiyoNet. 316 b.