SUDLOV ISHLARI YURITILADIGAN TIL TAMOYILINING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI

Abstract

Ushbu maqolada iqtisodiy sudlarda ish yuritiladigan til masalasi milliy qonunchilik, xalqaro huquqiy normalar hamda xorijiy tajriba asosida tahlil qilingan. Muallif sud jarayonida til masalasining odil sudlovni ta’minlashdagi ahamiyatini ochib bergan holda, tarjimon instituti, protsessual tenglik va fuqarolarning ona tilida yoki ular biladigan boshqa tilda himoyalanish huquqi masalalarini yoritadi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun, Iqtisodiy protsessual kodeks talablari bilan bir qatorda BMT Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakti, Yevropa Inson huquqlari konvensiyasi kabi xalqaro hujjatlarga tayanilgan. Rossiya, Qozog‘iston, Kanada va Shveytsariya tajribasi misolida iqtisodiy sud ishlarida til masalasini tartibga solishning turli modellari qiyosiy tahlil qilinadi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Abdusamadov , D. . (2025). SUDLOV ISHLARI YURITILADIGAN TIL TAMOYILINING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI . New Uzbekistan Journal of Academic Research, 2(8), 28–31. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/yoitj/article/view/135455
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada iqtisodiy sudlarda ish yuritiladigan til masalasi milliy qonunchilik, xalqaro huquqiy normalar hamda xorijiy tajriba asosida tahlil qilingan. Muallif sud jarayonida til masalasining odil sudlovni ta’minlashdagi ahamiyatini ochib bergan holda, tarjimon instituti, protsessual tenglik va fuqarolarning ona tilida yoki ular biladigan boshqa tilda himoyalanish huquqi masalalarini yoritadi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun, Iqtisodiy protsessual kodeks talablari bilan bir qatorda BMT Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakti, Yevropa Inson huquqlari konvensiyasi kabi xalqaro hujjatlarga tayanilgan. Rossiya, Qozog‘iston, Kanada va Shveytsariya tajribasi misolida iqtisodiy sud ishlarida til masalasini tartibga solishning turli modellari qiyosiy tahlil qilinadi.


background image

28

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD,8-SON, (YOʻITJ)

SUDLOV ISHLARI YURITILADIGAN TIL TAMOYILINING

KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI

Abdusamadov Dilmurod Farxod o‘g’li

TDYU mustaqil izlanuvchisi

ORCID: 0009-0009-5864-4750

e-mail: abdusamadov033@gmail.com

Tel:93-000-58-58

https://doi.org/

10.5281/zenodo.16923733

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 5-avgust 2025 yil

Ma’qullandi: 12-avgust 2025 yil

Nashr qilindi:22-avgust 2025 yil

Ushbu maqolada iqtisodiy sudlarda ish yuritiladigan til

masalasi milliy qonunchilik, xalqaro huquqiy normalar

hamda xorijiy tajriba asosida tahlil qilingan. Muallif sud

jarayonida til masalasining odil sudlovni ta’minlashdagi

ahamiyatini ochib bergan holda, tarjimon instituti,

protsessual tenglik va fuqarolarning ona tilida yoki ular

biladigan

boshqa

tilda

himoyalanish

huquqi

masalalarini

yoritadi.

Maqolada

O‘zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasi, “Sudlar to‘g‘risida”gi

Qonun, Iqtisodiy protsessual kodeks talablari bilan bir

qatorda BMT Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi

xalqaro pakti, Yevropa Inson huquqlari konvensiyasi

kabi

xalqaro

hujjatlarga

tayanilgan.

Rossiya,

Qozog‘iston, Kanada va Shveytsariya tajribasi misolida

iqtisodiy sud ishlarida til masalasini tartibga solishning

turli modellari qiyosiy tahlil qilinadi.

KEY WORDS

iqtisodiy sud, sud jarayoni, ish

yuritish

tili,

odil

sudlov,

protsessual

tenglik,

tarjimon

instituti, xalqaro huquq, xorijiy

tajriba,

inson

huquqlari,

Konstitutsiya.

Kirish

Mamlakatimizda “Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” shiori ostida “Yangi

O‘zbekiston – Uchinchi Renessans” g‘oyasining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash, o‘zbek

milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, keng ommalashtirish hamda

rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Shuni qayd etish lozimki, har qanday davlat

tuzumi asosini uning tabiiy, hududiy, milliy va etnik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda

yaratilgan qonunlari tashkil etadi.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 2-moddasi 1-bandida “har bir inson irqi, tana

rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy va boshqa e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi,

mol-mulki, tabaqasi va boshqa holatidan qat’i nazar, ushbu Deklaratsiyada e’lon qilingan

barcha huquq va barcha erkinliklarga ega bo‘lishi zarur” [1], deb belgilangan bo‘lsa,

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 2-moddasi 1-bandida: “Ushbu

Paktda ishtirok etuvchi har bir davlat o‘z hududidagi va o‘z yurisdiksiyasida bo‘lgan

shaxslarning mazkur Paktda e’tirof etilgan huquqlarini hech bir ayirmachiliksiz, jumladan,

irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodidan, milliy yoki ijtimoiy kelib

chiqishi, mulkiy ahvoli, tug‘ilishi yoki o‘zga holatidan qat’i nazar, hurmat qilish va

ta’minlash majburiyatini oladi” [1], – deb mustahkamlab qo‘yilgan.

Ko‘rinib turibdiki, har ikkala xalqaro hujjatda, millatidan qat’i nazar, fuqarolarning teng

huquqli belgilanganligi, shu bilan birga, bu huquq va erkinliklarni hurmat qilish va ta’minlash

majburiyati bevosita davlatning o‘ziga yuklatilgan.


background image

29

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD,8-SON, (YOʻITJ)

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan

normalarida inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklariga hech qanday

cheklashlarsiz amal qilish nazarda tutiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrda “Mamlakatimizda o‘zbek

tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

PF–6084-son Farmoni qabul qilinib, mazkur Farmon bilan mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy

hayotining barcha sohalarida Davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga

erishish, ta’lim tashkilotlarida Davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish,

uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish, Davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib

borish va aholining nutq madaniyatini oshirish, Davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni

va

nufuzini

oshirish,

bu

borada

xorijiy

hamkorlik

aloqalarini rivojlantirish,

mamlakatimizda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar tillarini rivojlantirish

maqsadida keng va teng imkoniyatlar hamda ularga Davlat tilini o‘rganish uchun qulay shart-

sharoitlar yaratish kabi muhim vazifalar belgilab berildi. Bugungi kunda mamlakatimizda

130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilmoqda. Ularning huquqlari va qonuniy

manfaatlarini

himoya

qilish

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida,

konstitutsiyaviy normalarga muvofiq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda o‘z aksini

topgan.

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston doimiy aholisi tarkibida o‘zbeklar,

tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar va ruslar eng yirik etnik guruhlar hisoblanadi. O‘zbekiston

Respublikasi doimiy aholisining etnik tarkibi, jami aholi soniga nisbatan % hisobida

o‘zbeklar 84,4%, qoraqalpoqlar 2,2%, ruslar 2,1%, qozoqlar 2,4%, tojiklar 4,9% va boshqa

millat vakillari 4,1% [3]ni tashkil qiladi.

Tadqiqot natijalari:

Sud jarayonlarida ish yuritiladigan tillar:

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 10-moddasida sud jarayoni olib

boriladigan til masalasi aniq belgilangan. Unga ko‘ra, iqtisodiy sud jarayoni o‘zbek tilida,

Qoraqalpog‘iston Respublikasida — qoraqalpoq tilida, shuningdek, ish yuritilayotgan hudud

aholisi ko‘pchilik bo‘lib so‘zlashadigan boshqa tillarda olib borilishi mumkin. Masalan,

Qoraqalpog‘istonda iqtisodiy sudlar ishlarni qoraqalpoq tilida ham yuritishi mumkin.

Viloyatlarda esa, agar mahalliy aholining katta qismi ushbu tilda so‘zlashsa, sud jarayoni rus

tilida yoki boshqa hududiy jihatdan keng tarqalgan tilda olib borilishi mumkin. Bu yondashuv

fuqarolarning sud jarayonida o‘z huquqlarini to‘liq amalga oshirishlari uchun qulay til

muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Sud jarayoni ishtirokchilarining til huquqlari:

Sud jarayonida ishlatilayotgan tilni bilmaydigan shaxslar qonun bilan kafolatlangan bir qator

huquqlarga ega. Jumladan:

ish hujjatlari bilan to‘liq tanishish huquqi;

sud jarayonida tarjimon orqali ishtirok etish huquqi;

o‘z ona tilida yoki erkin tanlagan tilda fikr bildirish huquqi.

Mazkur huquqiy kafolatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda boshqa me’yoriy-

huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan. Til bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lmagan

ishtirokchilarga sud tomonidan tarjima xizmatlari taqdim etilishi, sud materiallari bilan

ishlash imkoniyati yaratilishi majburiy hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, protsessual tenglik

va odil sudlov prinsiplarini to‘laqonli amalga oshirishga zamin yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida barcha fuqarolarning millati, tili

va boshqa belgilaridan qat’i nazar, teng huquqliligi kafolatlangan. “Sudlar to‘g‘risida”gi

Qonunning 13-moddasiga ko‘ra, sud ish yuritishi davlat tili — o‘zbek tilida, Qoraqalpog‘iston

Respublikasida esa qoraqalpoq tilida, shuningdek, ko‘pchilik aholining tilida amalga

oshirilishi mumkin. Iqtisodiy protsessual kodeksning 10-moddasida bu qoida yanada aniqroq

mustahkamlangan: sud ishini yuritish tilini bilmaydigan shaxslarning tarjimon yordami olish,


background image

30

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD,8-SON, (YOʻITJ)

ish materiallari bilan tanishish va sud majlisida ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi. Bu

normalar tilni bilmaslik holatida protsessual tenglik va odil sudlov prinsiplarini amalda

kafolatlaydi.

Mahalliy olimlardan M. Qodirov iqtisodiy protsessda tilning ikki asosiy funksiyasini ajratadi:

birinchisi — barcha ishtirokchilar uchun protsessual tenglikni ta’minlash, ikkinchisi —

dalillarning aniqligini va ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri baholash imkonini yaratish. S. Yo‘ldoshev esa

sud tarjimoni institutini “jarayonning og‘zaki va to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazilish prinsipi bilan

chambarchas bog‘langan vosita” sifatida tavsiflaydi. Xalqaro huquqshunoslar, jumladan, A.

Nowak va H. van der Wilt fikricha, sud ishlarini tushunish huquqi nafaqat majlis jarayonida

og‘zaki tarjima, balki asosiy protsessual hujjatlarning tushunarli bo‘lishini ham o‘z ichiga oladi.

Bu yondashuv odil sudlovning ajralmas qismi sifatida qabul qilinadi.

Xalqaro-huquqiy me’yorlar:

BMTning Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakti (ICCPR) 14-moddasida tilni

bilmaydigan shaxsga bepul tarjimon yordami ko‘rsatilishi odil sudlovning ajralmas elementi

sifatida qayd etilgan. BMT Inson huquqlari qo‘mitasining 32-sonli Umumiy sharhida bu huquq

faqat jinoyat ishlari bilan cheklanmasligi, fuqarolik va iqtisodiy ishlarda ham qo‘llanishi

kerakligi ta’kidlangan. Yevropa inson huquqlari konvensiyasining 6-moddasida ham shunga

o‘xshash kafolat mavjud. Yevropa Inson huquqlari sudi amaliyotida tarjimon yordami sudning

barcha bosqichlarida va “zarur hujjatlar” doirasida ta’minlanishi shart deb talqin qilingan.

Xorijiy davlatlar tajribasi:

Rossiya

iqtisodiy protsessual kodeksida ish yuritish tili — rus tili, biroq tilni bilmaydigan

shaxslarga tarjimon yordami berilishi, ish materiallari bilan tanishish va ona tilida chiqish

qilish imkoniyati kafolatlangan. Amaliyotda muhim hujjatlar — sud qarori, da’vo arizasi, javob

arizasi — sud yuritish tiliga tasdiqlangan tarjima bilan taqdim etiladi.

Qozog‘iston

fuqarolik protsessual kodeksida ham shunga o‘xshash tartib belgilangan, lekin

qo‘shimcha ravishda chet tilidagi hujjatlar albatta notarial tasdiqlangan tarjima bilan

topshirilishi sharti mavjud. Tarjimonning maqomi, javobgarligi va malaka talablari qonun

darajasida belgilangan.

Kanada

da, xususan, Kvebek provinsiyasida ikki rasmiy til (fransuz va ingliz) mavjud bo‘lib,

sud ish yuritishi istalgan rasmiy tilida olib borilishi mumkin. Sud majlisida boshqa til

ishlatilganda, davlat hisobidan sinxron tarjima ta’minlanadi.

Shveysariya

da kantonlarga qarab sud tili belgilanadi, biroq tilni bilmaydigan shaxslar uchun

majlis jarayoni va muhim hujjatlarning tarjimasi majburiy. Shuningdek, masofaviy sud

majlislarida ham tarjima texnologik vositalar orqali ta’minlanadi.

Xulosa:

O‘zbekiston iqtisodiy sudlarida ish yuritish tiliga oid normalar xalqaro standartlarga mos

bo‘lib, fuqarolarning til belgilaridan qat’i nazar, protsessual teng huquqliligini ta’minlaydi.

Huquqshunos olimlar til va tarjimon institutini odil sudlovning asosiy elementlaridan biri

sifatida baholaydi. Xorijiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, samarali tarjima faqat og‘zaki nutqni

emas, balki muhim protsessual hujjatlarni ham qamrab olishi kerak. Shu bois, milliy

amaliyotda tarjimonlar malakasini oshirish, hujjatlar tarjimasi bo‘yicha yagona standartlar

joriy etish va raqamli sudlov sharoitida tarjima texnologiyalarini rivojlantirish dolzarb vazifa

bo‘lib qolmoqda.

ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 8 dekabr 1992 yil (so‘nggi o‘zgartirishlar bilan).

– T.: Adolat, 2023.

2. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalar / Mas’ul muharrir A. Saidov. –


background image

31

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD,8-SON, (YOʻITJ)

3. Toshkent: Adolat, 2004. – B. 31, 37.

4. https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-khal-iga-bayram-tabrigi-21-10-2020.

5. https://www.gazeta.uz/uz/2021/08/19/population/

6. https://zienjournals.com

7. Qodirov M.

Iqtisodiy sud ishlarida protsessual tenglik va odil sudlov prinsiplari

. — T.: TDYU

nashriyoti, 2020. — 156 b.

8. Yo‘ldoshev S.

Sud ishlarida tarjimon instituti: huquqiy asoslar va amaliy muammolar

. — T.:

“Adolat”, 2019. — 98 b.

9. Nowak M.

UN Covenant on Civil and Political Rights: CCPR Commentary

. — Kehl: N.P. Engel,

2005. — 945 p.

10. Van der Wilt H. “The Right to Interpretation and Translation in Criminal Proceedings”.

Netherlands International Law Review

, 2013, Vol. 60(1), pp. 77–95.

11. BMT Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakti (ICCPR), 1966-yil 16-dekabr.

12. BMT Inson huquqlari qo‘mitasining 32-sonli Umumiy sharhi (Article 14: Right to a fair

trial). 1988-yil 23-avgust.

13. Yevropa Inson huquqlari konvensiyasi, 1950-yil 4-noyabr.

14. Rossiya Federatsiyasi Arbitraj protsessual kodeksi (2002-yil 24-iyul.

15. Qozog‘iston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi (2015-yil 31-oktabr, №377-V).

16. Beaudoin G.-A.

The Constitution of Canada

. — Toronto: Carswell, 2014. — 712 p.

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 8 dekabr 1992 yil (so‘nggi o‘zgartirishlar bilan). – T.: Adolat, 2023.

Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalar / Mas’ul muharrir A. Saidov. –

Toshkent: Adolat, 2004. – B. 31, 37.

https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-khal-iga-bayram-tabrigi-21-10-2020.

https://www.gazeta.uz/uz/2021/08/19/population/

https://zienjournals.com

Qodirov M. Iqtisodiy sud ishlarida protsessual tenglik va odil sudlov prinsiplari. — T.: TDYU nashriyoti, 2020. — 156 b.

Yo‘ldoshev S. Sud ishlarida tarjimon instituti: huquqiy asoslar va amaliy muammolar. — T.: “Adolat”, 2019. — 98 b.

Nowak M. UN Covenant on Civil and Political Rights: CCPR Commentary. — Kehl: N.P. Engel, 2005. — 945 p.

Van der Wilt H. “The Right to Interpretation and Translation in Criminal Proceedings”. Netherlands International Law Review, 2013, Vol. 60(1), pp. 77–95.

BMT Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakti (ICCPR), 1966-yil 16-dekabr.

BMT Inson huquqlari qo‘mitasining 32-sonli Umumiy sharhi (Article 14: Right to a fair trial). 1988-yil 23-avgust.

Yevropa Inson huquqlari konvensiyasi, 1950-yil 4-noyabr.

Rossiya Federatsiyasi Arbitraj protsessual kodeksi (2002-yil 24-iyul.

Qozog‘iston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi (2015-yil 31-oktabr, №377-V).

Beaudoin G.-A. The Constitution of Canada. — Toronto: Carswell, 2014. — 712 p.