AKSIOLOGIK KONSEPTLARNING MADANIYATLARARO MULOQOTDAGI ROLI VA AHAMIYATI

Аннотация

Ushbu maqolada aksiologik konseptlarning (xususan, “hurmat” konseptining) madaniyatlararo muloqot jarayonida roli lingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Har bir madaniyatning o‘ziga xos aksiologik tizimining boshqa madaniyat vakillari tomonidan qay shaklda qabul qilinishi borasidagi mulohazalar tadqiq etiladi. Shuningdek, aksiologik konseptlarning madaniyatlararo muloqot jarayonidagi retsepsiyasidagi mavjud farq va o‘xshashliklarning ilmiy xususiyatlari o‘rganilib, ushbu konseptlarning madaniyatlararo muloqot jarayonidagi samaradorligini oshirish borasida ilmiy-nazariy fikrlar qayd etiladi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Zaynabutdinova , G. . (2025). AKSIOLOGIK KONSEPTLARNING MADANIYATLARARO MULOQOTDAGI ROLI VA AHAMIYATI . Журнал академических исследований нового Узбекистана, 2(8), 11–14. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/yoitj/article/view/134610
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada aksiologik konseptlarning (xususan, “hurmat” konseptining) madaniyatlararo muloqot jarayonida roli lingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Har bir madaniyatning o‘ziga xos aksiologik tizimining boshqa madaniyat vakillari tomonidan qay shaklda qabul qilinishi borasidagi mulohazalar tadqiq etiladi. Shuningdek, aksiologik konseptlarning madaniyatlararo muloqot jarayonidagi retsepsiyasidagi mavjud farq va o‘xshashliklarning ilmiy xususiyatlari o‘rganilib, ushbu konseptlarning madaniyatlararo muloqot jarayonidagi samaradorligini oshirish borasida ilmiy-nazariy fikrlar qayd etiladi.


background image

11

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD,8-SON, (YOʻITJ)

AKSIOLOGIK KONSEPTLARNING MADANIYATLARARO

MULOQOTDAGI ROLI VA AHAMIYATI

Zaynabutdinova Guzalxon Xatamovna,

mustaqil izlanuvchi, Mahbubovagozal@gmail.com

https://doi.org/

10.5281/zenodo.16881319

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 5-avgust 2025 yil

Ma’qullandi: 12-avgust 2025 yil

Nashr qilindi:15-avgust 2025 yil

Ushbu maqolada aksiologik konseptlarning

(xususan, “hurmat” konseptining) madaniyatlararo

muloqot jarayonida roli lingvistik nuqtayi nazardan

tahlil qilinadi. Har bir madaniyatning o‘ziga xos

aksiologik tizimining boshqa madaniyat vakillari

tomonidan qay shaklda qabul qilinishi borasidagi

mulohazalar tadqiq etiladi. Shuningdek, aksiologik

konseptlarning madaniyatlararo muloqot jarayonidagi

retsepsiyasidagi mavjud farq va o‘xshashliklarning ilmiy

xususiyatlari

o‘rganilib,

ushbu

konseptlarning

madaniyatlararo muloqot jarayonidagi samaradorligini

oshirish borasida ilmiy-nazariy fikrlar qayd etiladi.

KEY WORDS

aksiologik konseptlar, qadriyatlar,
muloqot,

hurmat,

o‘xshashlik,

farqlar,

globallashuv,

me’yor,

madaniyat.

KIRISH

Ma’lumki, globallashuv jarayonida madaniyatlararo muloqot muloqotning asosiy

shakliga aylandi. Xilma-xil madaniyat vakillarining o‘zaro muloqot doirasida kengayib,

ma’lumotlar almashinuvining asosiy shakli o‘laroq xizmat qila boshladi. Shuningdek, har bir

madaniyatning o‘ziga xos qadriyatlar tizimi, ya’ni aksiologiyasi, axloq normalari, estetik

qadriyatlari ham o‘zaro axborot almashinuvi jarayonida asosiy tuzilma sifatida ishtirok eta

boshladi. Bu borada milliy qadriyatlar tizimining boshqa xalq vakillari tomonidan ikki xil

qabul qilinishi ko‘zga tashlanadi, ya’ni aksiologik birliklarning notanish ifodalar sifatida

tushunilmasligi yoki persepsiya jarayonida ularning o‘zaro axborot almashinuv shakli sifatida

qabul qilinishi. Ana shu jihatni o‘zida mujassam etgan ifodalar aksiologik konseptlarni tashkil

qiladi.

Aksiologik konseptlar aksiologiya, ya’ni qadriyatlar xususidagi fan doirasiga taalluqli

tushunchalar hisoblanib, madaniyatga doir jihatlarni o‘zida aks ettiradi, shu bilan birgalikda

insonning dunyoqarashi, xulq-atvori va jamiyat bilan bo‘lgan munosabatini shakllantirishga

xizmat qiladi. Madaniyatlararo muloqot jarayonida aynan aksiologik konseptlar o‘zaro

farqlanadi yoki o‘xshashlik xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Bizning ushbu maqolamizda ham

aksiologik konseptlardan biri, ya’ni hurmat konseptining madaniyatlararo muloqot jarayonida

qay shaklda talqin qilinishi borasida so‘z yuritilib, o‘xshash va farqli jihatlari ilmiy jihatdan

asoslab beriladi.

ADABIYOTLAR SHARHI

2.1.

Aksiologik konseptlar xususidagi adabiyotlar talqini

.


background image

12

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD,8-SON, (YOʻITJ)

Madaniyatlararo muloqot ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan masala

hisoblanadi, bu borada aksiologik konseptlar ham o‘ziga xos tadqiqot obyekti sifatida xizmat

qilgan. Jahon tilshunosligida B. Tomas va M. Jakobsonlarning “Qadriyatlarning ochiq sirlari:

izlanishlarda aksiologiya va qadriyatlarning roli”

1

nomli maqolasida aksiologik ifodalarning

tarixiy-mantiqiy xususiyatlari va paradigmatik ta’siri fanlararo talqinda bayon etilgan.

D. Boymatovaning “Murakkablashgan sodda gaplarda aksiologik modallikning

semantik-pragmatik tadqiqi”

2

dissertatsiyasida aksiologik baho tushunchasi, aksiologik

modallik semantikasi modallikning voqelanish pragmatikasi sifatida tadqiq etilgan.

2.2. Hurmat aksiologik kategoriya sifatida

Tadqiqotlar hurmatning alohida aksiologik kategoriya sifatida o‘rganilishi ushbu

yo‘nalishning salmoqli ekanligidan dalolat beradi. Jahon tilshunosligida hurmat konseptining

o‘rganilishi T. Larina, Y. Rudneva, I. Susov kabi olimlar nomlari bilan aloqadordir

3

.

O‘zbek tilshunosligida H. Hojiyevaning “O‘zbek tilida hurmat maydoni va uning lisoniy-

nutqiy xususiyati” dissertatsiyasida hurmat kategoriyasi lingvistika va aksiologiya

integratsiyasi doirasida tahlil qilingan

4

.

Hurmat kategoriyasining sotsiopragmatik xususiyatlari A. Shamahmudovaning “Nutqiy

aktlar kontekstida hurmat tamoyillarini voqelantiruvchi sotsiopragmatik omillar (Ispan tili

misolida)” tadqiqotida aks etgan bo‘lib, unda hurmat konseptining milliy-madaniy, lisoniy

jihatlari muloqot shakllarining o‘ziga xos ifodasi o‘laroq tadqiq etilgan

5

.

METODOLOGIYA

Ushbu maqolada hurmat konseptining aksiologik xususiyatlarini aks ettirish

maqsadida qiyosiy tahlil va konseptual tahlil metodlaridan foydalanildi.

ASOSIY QISM

Aksiologik konseptlar har bir madaniyatning asosiy me’yorlari, qadriyatlari va

dunyoqarashini o‘zida mujassam etadi. Aksiologik konseptlar ijtimoiy normalar, huquqiy

tizim va xalqlarga xos madaniy qarashlarni qamrab olib, har bir madaniyatning o‘ziga xos

shakllarini ilmiy jihatdan tadqiq etadi. Madaniyatlararo muloqotda muvaffaqiyatni ta’minlash

maqsadida har bir madaniyatning o‘ziga xos qadriyatlari hamda me’yorlarini tushunish lozim.

Masalan, hurmat konseptining madaniyatlararo farqlanishi tanlangan tushuncha doirasida

madaniyatning qabul qilinish shakllari, konseptning ifoda mazmuni, madaniyatlararo roli

hisobga olinadi. Ushbu tushunchaning lingvistik va aksiologik jihatlarini o‘rganish turli

madaniyat vakillari orasidagi o‘zaro muloqot vositalarining tushunilishida hamda aloqa

shakllarining bevosita yuzaga chiqishida asosiy o‘rin egallaydi.

Ta’kidlash lozimki, har bir madaniyatning tadqiqotimiz doirasida tahlil qilinayotgan

hurmat konseptiga nisbatan munosabati turlicha bo‘lishi mumkin, masalan, qaysidir millat

vakillari hurmat tushunchasini ifodalashda noverbal vositalarga asoslansa, yana qaysidir xalq

1

https://www.researchgate.net/publication/306356110_The_Open_Secret_of_Values_The_Roles_of_Values_and_Axiol

ogy_in_Project_Research

2

Boymatova D. Murakkablashgan sodda gaplarda aksiologik modallikning semantik-pragmatik tadqiqi.

Filol.fan.dok.diss… – Jizzax, 2022.

3

Shamahmudova A. Nutqiy aktlar kontekstida hurmat tamoyillarini voqelantiruvchi sotsiopragmatik omillar (Ispan tili

misolida). Filol.fan.dok.diss… – Toshkent, 2022.

4

Hojiyeva H. O‘zbek tilida hurmat maydoni va uning lisoniy-nutqiy xususiyati. Filol.fan.dok.diss… – Samarqand, 2001.

5

Shamahmudova A. Nutqiy aktlar kontekstida hurmat tamoyillarini voqelantiruvchi sotsiopragmatik omillar (Ispan tili

misolida). Filol.fan.dok.diss… – Toshkent, 2022.


background image

13

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD,8-SON, (YOʻITJ)

tomonidan hurmatni aks ettirishda o‘ziga xos so‘z, so‘z shakllaridan foydalanish an’ana tusiga

kirgan. Har bir til va madaniyat egalarida hurmatni aks ettiruvchi turli lingvistik vositalar

mavjud. Masalan,

leksik birliklar

(siz, sizlar, muhtaram, janob),

grammatik shakllar

,

paralingvistik vositalar

(mimika, jest va hokazo) hurmat konseptining shakllanishida asos

vazifasini bajaradi. Ammo shuni ham alohida qayd etish lozimki, bunday lingvistik va

noverbal vositalarning turli madaniyatlararo xilma-xil talqini tushunmovchiliklarga sabab

bo‘lishi mumkin. Shu sababli, avvalo, hurmat tushunchasining aniq chegaralarini belgilash

lozim.

Hurmat konseptining aksiologik funksiyasi quyidagilarga asoslangan holda namoyon

bo‘ladi:

1-rasm. Hurmat konseptining aksiologik ifodasi

Yuqorida nomlari qayd etilgan hurmat kategoriyasining aksiologik asoslari har bir millatning

o‘ziga xos qadriyat tizimlari, shaxs huquq va majburiyatlarining jamiyat oldida tan olinishi,

munosabatlarda sadoqatga asoslanishi va jamiyat vakillari tomonidan e’tirof etilishi natijasida

yuzaga keladi va bu borada lingvistik vositalarining voqelanishi ham ushbu holatga mutanosib

holda shakllanadi (xoh verbal vositalar, xoh noverbal shakllar yordamida). Quyidagi hurmat

aksiologik konseptining turli madaniyatlarda qay shakllarda namoyon bo‘lishining lingvistik

tahlilini bayon etamiz.

Hurmat kategoriyasining turli madaniyatlararo voqelanishi til vositalari bilan o‘zaro

aloqadordir. Xususan, leksik vositalar bu jihatdan birlamchi hisoblanadi, buni quyidagi jadval

orqali ko‘rib chiqamiz:

1-jadval. Hurmat aksiomatik konseptining leksik vositalar yordamida aks etishi

T/r

O‘zbek tilida

Ingliz tilida

1

Siz, hurmatli, muhtaram, aziz, janoblar

– rasmiy muloqotda;

Aka, opa, xola

h.z. shakllari – norasmiy

muloqotda.

Shuningdek,

iltimos,

kechirasiz,

marhamat,

tashakkur,

rahmat

leksemalari yordamida.

Mr., Ms., Sir, Madam, Your Highness,

Thank you, Please, Excuse me

kabi

murojaat

va

iltimos

shakllari

yordamida.

Yuqorida qayd etilgan leksik vositalar rasmiy va norasmiy doirada qo‘llanishiga, yosh doirasi,

oilaviy holati (turmush qurgan yoki qurmagan) ga ko‘ra farqli ravishda foydalaniladi va

ularning umumiy xususiyati hurmat aksiologik konseptini ifodalashida namoyon bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, ayrim hollarda aksiologik tushunchalarning millatlararo qabul

qilinishida o‘zaro tushunmovchiliklar yuzaga keladi. Masalan, murojaat shakllarining noto‘g‘ri


background image

14

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD,8-SON, (YOʻITJ)

tushunishi va ba’zi madaniyatlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri hurmat shakli sifatida baholanuvchi

vositalarning hurmatsizlik tarzida qabul qilinishi yoki ularning kuchsizlik belgisi o‘laroq

retsepsiyalashuvi madaniyatlararo muloqot jarayonida putur yetkazishi mumkin. Yoki

bo‘lmasa paralingvistik vositalar, xususan, ko‘zga tik boqish harakati ayrim millat vakillarida

hurmat ramzi o‘laroq qo‘llanuvchi salomlashuv holati kabi qabul qilinsa, ba’zi madaniy qatlam

ushbu holatni bevosita behurmatlik tarzida tushunadi. Chunonchi, o‘zbek xalqida o‘zidan

yoshi katta insonlar ko‘ziga tiq boqish lingvokulturologik shakl sifatida ifoda etilib,

hurmatsizlik shakli sifatida baholanadi.

XULOSA

Xulosa sifatida aytish mumkinki, hurmat universal aksiologik konsept sifatida barcha

madaniyatlarda namoyon bo‘ladi. Biroq hurmat aksiologiyasini ifodalashdagi mavjud farqlar

uning ifoda va ma’no planiga ko‘ra sezilarli farqlarga ega bo‘ladi. Ushbu tavofutlarni anglash

hurmat aksiologiyasining mohiyatan farqlanishiga yordam beradi. Hurmat konseptining

lingvistik vositalar orqali ifodalanishining ilmiy tahlili madaniyatlararo farqlanishlarni osonlik

bilan tushunilishiga imkon beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

:

1. Boymatova D. Murakkablashgan sodda gaplarda aksiologik modallikning semantik-

pragmatik tadqiqi. Filol.fan.dok.diss… – Jizzax, 2022.

2. Hojiyeva H. O‘zbek tilida hurmat maydoni va uning lisoniy-nutqiy xususiyati.

Filol.fan.dok.diss… – Samarqand, 2001.

3. Shamahmudova A. Nutqiy aktlar kontekstida hurmat tamoyillarini voqelantiruvchi

sotsiopragmatik omillar (Ispan tili misolida). Filol.fan.dok.diss… – Toshkent, 2022.

4.

https://www.researchgate.net/publication/306356110_The_Open_Secret_of_Values_T

he_Roles_of_Values_and_Axiology_in_Project_Research

5.

www.wikipedia.org

Библиографические ссылки

Boymatova D. Murakkablashgan sodda gaplarda aksiologik modallikning semantik-pragmatik tadqiqi. Filol.fan.dok.diss… – Jizzax, 2022.

Hojiyeva H. O‘zbek tilida hurmat maydoni va uning lisoniy-nutqiy xususiyati. Filol.fan.dok.diss… – Samarqand, 2001.

Shamahmudova A. Nutqiy aktlar kontekstida hurmat tamoyillarini voqelantiruvchi sotsiopragmatik omillar (Ispan tili misolida). Filol.fan.dok.diss… – Toshkent, 2022.

https://www.researchgate.net/publication/306356110_The_Open_Secret_of_Values_The_Roles_of_Values_and_Axiology_in_Project_Research

www.wikipedia.org