“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
63
BO‘LAJAK TARBIYA FANI O‘QITUVCHILARIDA KREATIVLIK
SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI ULARNI ZAMONAVIY
PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASH
Yoqubaliyeva Dilafro‘z
Andijon davlat pedagogika instituti
Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi
Norqobilov Diyorbek
Pedagogika fakulteti Pedagogika
yo‘nalishi 1-bosqich talabasi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchilarining kreativlik
sifatlarini rivojlantirishning bir qancha usullari hamda uning qulay taraflari va hozirgi talaba
yoshlarni ertangi pedagogik faoliyatga tayyorlashning eng tezkor usullar va metodlari haqida,
shu bilan birga talabalarda kreativlikni rivojlantirish yo‘llari, ularni pedagogik faoliyatga
tayyorlashda zamonaviy texnologiyalar va kreativlikni muvofiqlashtirishgan holda dars
o‘tish yo‘llarini izlab topish bo‘yicha ma`lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
kreativlik, ijodkorlik, kreativ shaxs, ijodkor shaxs, ijod, kreativ qobilyat,
ijodiy qobilyat, metod, pedagogik texnologiyalar, metodlar.
Hozirgi kunga kelib dars berish jarayonida ko‘plab o‘qituvchilar zamonaviy dars berish
jarayonini o‘rganishlari qiyin bo‘lmoqda. Ular dars berish vaqtida eskicha oddiy dars
jaroyonidan foydalanishmoqda. Biz hozir bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchilarini ertangi
pedagogik faoliyatga tayyorlashda zamon bilan hamnafas bo‘lgan holda ularni zamonaviy
texnologiyalar bilan qurollantirish, kreativlik sharoitlarni yaratishimiz va ularga ta’lim
berishning zamonaviy usullarini ishlab chiqishimiz kerak. o‘
Biz birinchi navbatda bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchilarida kreativlikni
rivojlantirishimiz kerak. Buning uchun biz “kreativlik” tushunchasi nima ekanligini, uni
qanday hollarda qo‘llanilishi va qanday amalga oshirish kerakligini o‘rgatishimiz va
o‘rganishimiz kerak. Chunki pedagoglarda kreativlik sifatlarining bo‘lmasligi ularning
ta’lim jarayonida talabalarni qancha g‘oya va qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lmasin ularni
qo‘llashi yoki ifodalay olishida anchagina qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.
Kreativlik
(lot, ing. “create”- yaratish, “creative”- yaratuvchi, ijodkor) - shaxsning
yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishi va ularni amaliyotda sinashda yangi yo‘llarni tarkib
toptirish qobiliyati.
Demak, kreativlik bu yangidan yangi g‘oyalarni yaratishdir. Bu g‘oyalarni yaratishda
faollik, tezkor fikrlash, o‘ziga xoslik (orginallik) va takomillashganlik kabi asosiy
xususiyatlarga ega bo‘lish kerak. Bunda har bir o‘quvchi kreativlik tushunchasini anglay
olishi kerak. Ular o‘z kreativligini tashkil qilgan bir ishiga, qilgan mashg‘ulotlari va
vazifalariga ijodiy yondashuvida aks ettirishadi . Demak har bir bo‘lajak pedagog o‘zida
kreativlikni shakllantirish kerak. Bu esa pedagogik kreativlikni keltirib chiqaradi.
Pedagogik kreativlik. 1
–pedagogning an`anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda
ta’lim-tarbiya jarayonini samaradorligini ta`minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni
yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muaommolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan
tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyatidir.
Demak, biz bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchilarida kreativlik sifatlarini oshirish
yo‘llarni amalga oshirishimiz kerak. Kreativlik sifatlarini oshirish bo‘yicha pedagoglar ancha
bosh qotirshiyapti. Patti Drepau shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning to‘rtta yo‘lini
ko‘rsatadi:
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
64
Asosiy to‘rtta yo‘li :
1)
kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish
2)
Kreativ faoliyat jarayonlarini tashkil etish
3)
Amaliy kreativ harakat ko‘nikmalarini rivojlantirish
4)
Kreativ mahsulot (ishlanma)lardan foydalanish
Bu yo‘llarini mohiyatini tushinib olishimiz kerak.
1–yo‘l: Kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish.
Bunda o‘quvchilarga ularni
fikrlashga undovchi savollar va muammoli savollarda undagi savolni mantiqiga qaraladi.
Agar mantiqiy savol beradigan bo‘lsak uni mantiqiy murakkabligiga alohida e`tibor
berishimiz kerak. O‘quvchilar qanchalik murakkab savol bersak shunchalik ko‘proq javob
izlay boshlaydilar. Ko‘nikmalari esa qancha murakkab savollarni yechgan sayin
ko‘payaveradi.
2-yo‘l: Kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish.
Mazkur yo‘l talabalarni
muammoni yechish va innovatsion g‘oyalarni ilgari surish jarayonida kreativ, ijodiy
fikrlashga urg‘u beradi. Bu jarayonlarda kreativ metod va usullar foal qo‘llanmasada, bunda
kreativ fikrlash yuz beradi. Bunda berilgan masala bo‘yicha ko‘p tomonlama fikrlash va
mushohada yuritishlar ro‘y beradi. Demak, bu yo‘l o‘quvchilarni muammo bo‘yicha ko‘p
taraflama o‘ylashga, ko‘proq faoliyat olib borishga undaydi.
3–yo‘l: Amaliy kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Ushbu yo‘lda kreativ
fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish uchun ko‘rsatmali, obrazli metodlar va usullardan
foydalanadi. Bu o‘rinda ular savollardan foydalansa talabalarda interfaollik va kirishimlikni
rivojlantirmaydilar. Patti Drepau o‘z asarida talaba yoshlarda interfaollik va kreativ fikrlash
ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali bo‘lgan yo‘l va metodlarni keltirib o‘tadi:
-
Veb saytlar bilan ishlash;
-
Vizuallashtirish;
-
Barcha nuqtai nazarlarni inobatga olish;
-
Muhim g‘oyalarni turli vaziyatlarda va o‘rinli qo‘llash ;
-
“aqliy hujum”;
-
“keys stadi ”kabi metodlarni aytib o‘tib ketgan.
Bunda ko‘proq ko‘rsatmali va qiziqarli bo‘lgan metodlardan foydalanish ancha
foydaliroq bo‘ladi
4–yo‘l: kreativ mahsulot (ishlanma)lardan foydalanish.
Ushbu yo‘lda o‘quvchilar
ko‘proq vositalardan va texnologiyalardan foydalanishlari nazarda tutilgan. Barcha mavzu
va taqdimot ishlarini iloji boricha slayd yoki boshqa shakllarda tayyorlash. Barcha
q`ollanmalardan foydalanish yoki bundan ham ko‘proq vositalardan foydalanish kerak. Agar
har bir dars va mashg‘ulotlarni kerakli barcha vositalar bilan amalga oshirsalar o‘quvchilarda
qiziqishlar uyg‘otadi. Bu esa darsni samarali o‘tishni ta`minlaydi.
Bu yo‘llar orqali talabalar ertangi pedagogik faoliyatda kreativlikni judayam yaxshi
darajada foydalanadilar. Ular qanchalik dars mashg‘ulotlarini kreativlik asosida tashkil
etsalar shunchalik ijobiy natija vujudga keladi. Bunda esa kreativlik bilan zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi zamonaviy
texnologiyalar, metod va interfaol usullardan foydalanish hozirgi zamonaviy pedagogik
faoliyatga mos ravishda amalga oshirilmoqda. Buning uchun albatta talabalarda kreativlik
bilan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni uzviy bog‘lagan xolda rivojlantirishimiz kerak.
Bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchilarida kreativlikni shakllantirishni bir qancha uslublari
mavjud. Bular:
-
Qiziqarli;
-
Murakkab vazifalar yuklash;
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
65
-
Aniq maqsad va vaqt bilan ta`minlash;
-
Suhbatlar orqali rag‘batlantirish;
-
Konstruktiv sharhlar bilan ta`minlash;
-
Yangi ko‘rsatmalar bilan tanishtrib borish;
Bu jarayonlarda bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchilariga aniq bir maqsad va vaqt
belgilagan holda murakkab vazifalar yuklansa ularni shunchalik aniq tartib orqali vazifalarni
bajarishiga ijobiy ta`sir ko‘rsatadilar. Ular bu orqali o‘z mas’uliyatini his qilgan holda
o‘zlarini ushbu vazifa va topshiriqlarga jiddiy tarzda yondashadilar. Ularni qilgan ishlarini
suhbatlar bilan rag‘batlantirish va konstruktiv sharhlar bilan xulosalarni berishimiz kerak.
Bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchilarida o‘z xato va kamchliklarini ushbu uslub orqali bilib
oladilar va ularni to‘g‘irlashga harakat qiladilar. Biz bu ishlari uchun xulosalarni ijobiy tarzda
berishimiz o‘z xatolari ustida ko‘proq ishlarini ularga yetkazishimiz kerak, shu bilan birga
yangi ko‘rsatmalar berishimiz kerak bo‘ladi. Bundan so‘ng biz talabalarga:
-
Bezovtalik va qo‘rquv hissidan halos bo‘lishiga yordam berishimiz ;
-
Kreativ fikrlash ko‘nikmalarini boshqa ko‘nikmalar bilan birgalikda rivojlantirishga
yordam berish
-
Ularni bu yo‘lda qutqarib qolishimiz emas balki, yo‘l yo‘riqlar orqali ularni qo‘llab-
quvvatlashimiz kerak;
Talabalar bu holatda :
-
O‘zlarida kreativlikning boshqa turlarini ham rivojlantira olishlari ;
-
Guruhda ishlay olishlari ;
-
Hissiy jihatdan erkin va ijobiy fikrlarga ega bo‘lishlari uchun poydevor bo‘ladigan
muhitni yaratishlari kerak.
Shuningdek, bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchilarida kreativ fikrlash ko‘nikmalarini
rivojlantirishda o‘qituvchilarni o‘rni ham juda katta. Har bir o‘qituvchi auditoriyada talabalar
uchun kreativlik muhitini yaratib berishlari kerak. Bu muhit shunday yaratilishi kerakki unda
talabalar o‘zlarini erkin seza olishlari, o‘z fikrlarini mustaqil bayon eta olishlari, o‘z g‘oyalari
bilan bo‘lisha olishlari kerak. Ushbu muhitda o‘qituvchi-talaba munosabatlari muhim o‘rinni
egallaydi. Bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchilar o‘z faoliyatini amalga oshiryaptilarmi
o‘qituvchi ularni zimdan kuzatgan holda ularga savollar bilan murojaat qilishi ularni
ma’lumotlari haqida tushunchalar olib turishi kerak.
Biz esa zamonaviy texnologik vositalar yordamida ularni qiziqishlarini uyg‘otishimiz,
kreativlik asosida esa ulardan mohirona foydalanib, pedagogik faoliyatni samarali tarzda
amalga oshirishimiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
M.Usmonboyeva, A.To‘rayev. Kreativ pedagogika asoslar. T.: 2016
2.
To‘xtaxodjayeva M., Nishonova S. “pedagogika” 1-qism Toshkent,
3.
Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. T.:
Sano-standart,2010.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 –yil 8-oktyabr “O‘zbekiston
Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida ” gi PF-5847-son Farmoni
5.
Karimova Barno Ergashevna “Kreativ pedagogika”
