Universal International Scientific Journal
169
Ibrohimov Sardorbek
Toshkent kimyo texnologiya instituti yangi yer filiali kimyoviy
texnalogiyasi kafedrasi
Uzbekistan
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yurtimizdagi qurilish materiallari sanoati hamda barqaror qurilish va
qayta ishlaydigan materiallar haqida so’z boradi. Shuningdek qurilish materiallarining sifati , tur tarkibi,
hamda ishlab chiqarish hajmlari to’g’risida fikr va mulohazalar yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Qurilish materiallari sanoati, qayta ishlash, bunyodkor, sifat, tarkib, ishlab chiqarish
hajmi, sarmoya.
Аннотация:
Эта статья посвящена промышленности строительных материалов в нашей
стране, а также устойчивому строительству и перерабатываемым материалам. Также были
высказаны мнения и комментарии о качестве строительных материалов, типовом составе и объемах
производства.
Ключевые слова:
Промышленность строительных материалов, переработка, производитель,
качество, состав, объем производства, инвестиции.
UNIVERSAL XALQARO ILMIY
JURNAL
Jurnalning bosh sahifasi:
O‘ZBEKISTONDAGI QURILISH MATERIALLARI SANOATI VA BARQAROR QURILISH
VA QAYTA ISHLAYDIGAN METERIALLAR
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 1
Published: 29.01.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
1
70
Abstract:
This article discusses the building materials industry in our country, as well as sustainable
construction and recycled materials. It also discusses the quality, composition, and production volumes of
building materials.
Keywords:
Building materials industry, recycling, creative, quality, composition, production
volume, investment.
Language:
Uzbek
Citation:
Ibrohimov , S. (2025). BUILDING MATERIALS INDUSTRY IN UZBEKISTAN AND
SUSTAINABLE CONSTRUCTION AND RECYCLED MATERIALS. Universal International Scientific
Journal,
2(1),
169–174.
Retrieved
from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1424
https://doi.org/10.5281/zenodo.14771068
Google scholar:
KIRISH
O‘zbek
halqiga,
millatimizga
berilgan ta’riflar orasida bunyodkor degan
so‘zni
ko‘p
eshitamiz,
ishlatamiz.
Darhaqiqat bunyodkorlik, qurilish qilish
qonimizda
bor
desak
mubolag‘a
bo‘lmaydi. Bugungi kundagi bunyodkorlik
jarayoni esa sifatli qurilish mahsulotlarini
talab qilmoqda. Sifat esa raqobat degani.
Shu bois, raqobatbardosh mahsulotlarni
ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha
barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash,
shuningdek, korxonalarni modernizatsiya
qilish, texnik va texnologik yangilashga
qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi
tarkibiy
o‘zgartirishlarni
yanada
chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlar
amalga
oshirish
davr
talabi.
Mamlakatimizda bunyodkorlik ko‘lami
yildan yilga kengayib bormoqda. Yangi uy-
joylar,
yirik
zavodlar,
zamonaviy
infratuzilma
ob’ektlari
qurilmoqda.
Tabiiyki, bunday katta hajmdagi ishlarni
sifatli va o‘z vaqtida bajarilishida qurilish
materiallariga bo‘lgan talab ortadi. Shu
bois, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni to‘g‘ri
yo‘lga qo‘yish, yangi turdagi, energiya
tejamkor
qurilish
materiallar
ishlab
chiqarish, sohaga investorlarni keng jalb
qilish orqali yirik loyihalarni amalga
oshirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash
borasida tizimli ishlar amalga oshirib
kelinmoqda. Buning natijasida esa sohada
jiddiy o‘zgarishlar kuzatildi. Ayni kunda
yurtimizda 13 mingga yaqin qurilish
materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar
faoliyat yuritmoqda. O‘tgan yillarda 120
turdagi
qurilish
materiallari
ishlab
chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning
soni 180 tadan oshib ketdi. Ta’kidlash joiz,
qurilish
sohasi
xususan
qurilish
materiallarini
ishlab
chiqarishga
investitsiyalarni keng jalb etish orqali
mahsulot turlarini ko‘paytirish va sifatni
oshirishga, eng muhimi bugungi kundagi
ustivor vazifa aholini ish bilan ta’minlash
kabi vazifalarni bajarish mumkin.
Albatta
kiritilayotgan
sarmoya
tufayli mahsulotlar sifati oshsa nafaqat
yurtimiz balki xorij bozorlariga ham kirib
borish imkoniyati kengayadi. Zero bugungi
globalizatsiya
davoridagi
talab
ham
shuday. Paxtasiyu tillasi, oziq ovqat
mahsulotlari
bilan
mashhur
bo‘lgan
O‘zbekistonning
qanday
qurilish
Universal International Scientific Journal
1
7
1
mahsulotlari eksport qilinayapti degan
savol tug‘ilishi tabiyi. Ma’lum bo‘lishicha,
Eksport tarkibini - keramik plitkalar,
santexkeramika mahsulotlari, gulqog‘oz,
quruq qurilish aralashmalari, pishgan
g‘isht, tabiiy toshdan yasalgan pardozbop
plitalar, ohak, polipropilen quvurlar, deraza
oynasi, fitinglar va boshqalar tashkil
etmoqda.
Ta’kidlash joiz, Respublikada oxirgi
4 yilda amalga oshirilgan loyihalar
natijasida, bugungi kunda keramik plitka,
gipsokarton, shifer, sement, ohak, bazalt
armaturasi,
temir-beton
mahsulotlari,
bezakli oyna, devorbop va noruda
materiallar kabi asosiy turdagi qurilish
materiallari bo‘yicha ichki talabni to‘liq
qoplash va eksportga ushbu mahsulotlarni
sotish imkoniga ega bo‘lgan ishlab
chiqarish quvvatlari yaratilgan. Keling
qurilish materiallari sanoatiga kengroq
to’xtalib o’tsak:
Qurilish materiallari sanoati — uy-
joy qurilishi, sanoat, qishloq xoʻjaligi va
boshqalardagi qurilish sohalari uchun
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi
sanoat. Bir qancha tarmoqlarni oʻz ichiga
oladi. Sement, asbest-sement shiferi,
asbest-sement quvurlari, devor materialari
(gʻisht), ohak, gips, deraza oynalari,
yumshoq
yopma
materiallar,
tabiiy
toshlardan qoplama materiallar, bezak
hamda pol uchun sopol (keramik) plitalar,
isitgich radiatorlar va konvektorlar, chinni-
fayans
sanitariya-qurilish
buyumlari,
linoleum,
yigʻma
temir-beton
konstruksiyalar va detallar, noruda qurilish
materiallari (maydalangan, chaqilgan tosh,
qum, shagʻal, qum-shagʻal aralashmasi) va
boshqa Qurilish materiallari sanoatis.ning
asosiy mahsulotlari hisoblanadi. Qadimda
gʻisht, cherepitsa, sopol plita, sopol
vodoprovod quvurlari, gips va ohakli
yopishqoq materiallar va boshqa qurilish
materiallari maʼlum edi. 19-asrning 1-
choragida mexanik chidamliligi yuqori
boʻlgan, suvda qotadigan portlandsement
kashf etilib, qurilishda beton va temir-
beton ishlab chiqarish va ularni ishlatishga
sharoit yaratdi. 19—20-asrlarda qurilish
hajmining
keskin
oshishi
natijasida
Qurilish materiallari sanoatis. mahsulotlari
tur tarkibi va ishlab chiqarish hajmlari
yuqori surʼatlarda yuksaldi.
Oʻzbekistonda
tabiiy
xom
ashyolardan qurilish materiallari sifatida
foydalanish tarixi uzoq oʻtmishga borib
taqaladi. Ayniqsa, binolar qurilishida xom
gʻisht, guvala, yogʻoch sinch, ganch, oddiy
tuproq (loy)dan tiklanadigan paxsa asrlar
davomida asosiy qurilish materiallari
boʻlib kelgan. Humdonlarda pishirilgan
gʻisht, sopol, chinni koshin, ganch,
yoʻnilgan granit, marmar toshlar saroy,
madrasa, masjid, rabotlar qurilishida keng
qoʻllangan.
Respublikada
qurilish
materiallari sanoati xalq xoʻjaligidagi
sanoat tarmogʻi sifatida 20-asr boshlarida
paydo
boʻldi.
1913-yilda
hozirgi
Oʻzbekistonda jami 20 dan koʻproq kichik
gʻisht zavodlari, ohak va alebastr ishlab
chiqarish korxonalari ishlagan. 20-asrning
20-yil laridan boshlab dastlabki Qurilish
materiallari sanoatis. korxonalari (sement,
gʻisht zavodlari) qurilishi boshlandi va
qisqa muddatlarda sement sanoati, shisha-
oyna
sanoati,
toshga
ishlov
berish
(toshtaroshlik), noruda qurilish materiallari
korxonalari barpo etildi. 21-asr boshida
respublikaning koʻp tarmoqli Qurilish
materiallari sanoatida sement, asbest-
sement, devorbop materiallar, yumshoq
tom va gidroizolyatsiya materiallari, tabiiy
toshlardan qoplama materiallar, polimer
xom ashyodan qurilish materiallari va
buyumlar, temir-beton konst-ruksiyalari va
Universal International Scientific Journal
1
72
boshqa
ishlab
chiqarish
tarmoqlari
rivojlandi. Tarmoq korxonalarida 100 dan
ortiq nomdagi asosiy mahsulot turlari
tayyorlanadi. Qurilish materiallari sanoati
tarmoqlari yuksak mexanizatsiyalashgan
va xalq xoʻjaligining qurilish materi-
allariga boʻlgan talabini toʻla qondi-radi.
Xorijiy investorlar ishtiro-kida yangi
qoʻshma korxonalar qurilmoqda, ishlab
turgan korxonalar zamonaviy texnologiya
bilan jihozlanib kengaytirilmoqda. 2003-
yilda Oʻzbekistonda sanoat mahsuloti
ishlab chiqarishning umumiy hajmida
Qurilish materiallari sanoatis. salmogʻi
4,9% ni tashkil etdi. Tarmoqda faoliyat
koʻrsa-tadigan eng yirik tashkilot "Oʻzqu-
rilishmateriallari"
aksiyadorlik
kompaniyasi
(1997-yilda
tashkil
etilgan)dir. Uning tarkibidagi 80 korxona
(23 aksiyadorlik jamiyati, 39 ta masʼuliyati
cheklangan jamiyat, 14 ta xususiy korxona,
4 qoʻshma korxona) respublikada obyektlar
qurilishini
barcha
turdagi
qurilish
materiallari bilan taʼminlaydi.
Har qanday inshoot yoki qurilish
konstruksiyasining moddiy asosini qurilish
materiallari tashkil etadi. Barcha qurilish
materiallarini neorganik(mineral), organik
va organomineral turlarga bо‘lish mumkin.
Agar
qurilish
materiali
turli
jinsli
elementlardan tashkil topsa va ular orasida
aniq
chegara
mavjud
bо‘lsa,
u
kompozitsion
material
deyiladi.
Kompozitsion
materiallar
odatda
tо‘ldirg‘ichlar va bog‘lovchilardan tashkil
topadi. Masalan, beton tо‘ldirg‘ichlardan
va bog‘lovchi modda - sement toshidan
tashkil topgan. Materialning tashqi jarayon
yoki moddalar ta’siriga kо‘rsatadigan
xususiyatlari uning xossalari deyiladi.
Ta’sirning yoki jarayonnning turiga qarab
qurilish materialining fizikaviy, kimyoviy
va
mexanik
xossalarini
bir-biridan
farqlaydilar.
Material
yaroqliligini
aniqlovchi xossalarining majmui uning
sifatini tavsiflaydi. Material sifati ma’lum
kо‘rsatkichlar orqali baholanadi. Ular
fizikaviy,
kimyoviy
yoki
mexanik
xususiyatga
ega
bо‘lishi
mumkin.
Qurilishda
ishlatiladigan
materialning
sifati ma’lum standart talablarga javob
berishi
lozim.
Bu
talablar
Davlat
standartlari(DST)da keltirilgan bо‘ladi.
Standartlarda
texnik
talablar,
sinash
usullari, materiallarni joylash, saqlash,
tashish talablari va shunga о‘xshash
kо‘plab ma’lumotlar berilgan bо‘ladi.
Materialning xossalari uning tarkibi va
tuzilishiga
bevosita
bog‘liqdir.
Materialning tuzilishi (strukturasi) deganda
uning
tarkibidagi
tashkil
etuvchilar
(komponentlar)ning miqdorlari, ularning
о‘zaro joylashuvi va komponentlar
orasidagi о‘zaro bog‘lanish tushuniladi.
Materialning
tuzilishini
fizikaviy,
kimyoviy va mexanik usullar yordamida
о‘rganish mumkin.
Qurilish materiallari qattiq, suyuq va
plastik holatlarda bо‘lishi mumkin.
Masalan, tosh, g‘isht, beton qattiq,
bo‘yoqlar, eritmalar va qorishmalar 5
suyuq yoki plastik holatdadir. Qurilishda
kо‘proq qattiq mineral zarrachalarning
о‘zaro sementlanishidan hosil bо‘lgan
materiallar (konglomeratlar) ishlatiladi.
Konglomeratlarning
о‘ziga
xos
xususiyatlaridan
biri
ularda
turli
yiriklikdagi g‘ovaklarning mavjudligidir.
G‘ovaklar о‘ta kichik (kapillyar) yoki kо‘z
bilan ilg‘aydigan darajada (nokapillyar)
bо‘lishi mumkin.
XULOSA
Xulosa
qilib
shuni
aytishimiz
mumkinki Qurilish materiallari korxonalari
innovatsion salohiyatini tahlil qilish va
baholashda, birinchi navbatda, uning
Universal International Scientific Journal
1
73
asosiy
tarkibiy
qismlari
o‘rtasida
resurslarning oqilona taqsimlanishi va
asoslanganligiga e’tibor qaratish lozim.
Kelgusida
innovatsion
salohiyat
tarkibining
avvalgisiga
nisbatan
o‘zgarishiga erishish uchun asosiy texnik
va iqtisodiy omillarning ta’siri tahlil
qilinadi. Shu bilan birga, korxonaning
innovatsion salohiyatini oshirish uchun
xo‘jalik ichidagi zaxiralar ham aniqlanadi.
Jumladan, yuqoridagi taklif etilganlar
asosida shakllangan tahlillar natijasida
qurilish
materiallari
korxonalarida
innovatsion rivojlanish bosqichiga ega
bo‘lish uchun quyidagi vazifalarning
bajarilishi maqsadga muvofiqdir:
— qurilish materiallari sanoatidagi
mavjud innovatsion texnologiyalaridan
samarali foydalanish, shuningdek, yangi
texnika va texnologiya, nou-xau va
intellektual mulklarni sotib olishni yo‘lga
qo‘yish;
— qurilish materiallari sanoatidagi
korxonalarda
ilmiy
tadqiqot
va
eksperimental bazani rivojlantirish orqali
ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik
ishlarini yanada faollashtirish;
— innovatsiya jarayonidagi tajriba
ishlarini olib borishda unga mos keluvchi
tashkilotlarga buyurtmalar berish va ularni
moliyalashtirish masalalarini hal etishning
samarali mexanizmlarini ishlab chiqish;
— yangiliklarni ishlab chiqish va
joriy etishni tezlashtirish uchun aksiya,
obligatsiya va chet el investitsiyalarini
yanada ko‘proq jalb etish yo‘llarini
aniqlash. Yuqoridagi sanab o‘tilgan
yo‘nalishlar
qurilish
materiallari
tarmog‘idagi xo‘jalik subyektlarining
innovatsion rivojlanishini jadallashtirishga,
shuningdek, kam xarajatli ishlab chiqarish,
yuqori sifatga ega bo‘lish, mahsulotlar
raqobatbardoshligi
va
korxonalarning
innovatsion ishlab chiqarish samaradorligi
oshishi uchun qulay shart-sharoitlarni
yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoyevning 2018-yil 21-sentyabrdagi «2019–
2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida»gi PF-5544-son Farmoni.
2. Innovatsion rivojlanish vazirligining 2019-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan
ishlar yuzasidan hisoboti.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF- 4947-son Farmoni.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-oktyabrdagi «Erkin iqtisodiy zonalar va
kichik sanoat zonalari faoliyati samardorligini oshirish to‘g‘risida»gi PQ-3356-son Qarori.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.
// Xalq so‘zi, 2017-y., 23-dekabr.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish haqidagi Farmoni.
7. Журавлев П.В. Теория системного менеджмента. – М.: Экзамен, 2002.
Universal International Scientific Journal
1
74
8. Гунин В.Н. и др. Управление инновациями: 17-модулная программа для менеджеров.
«Управление развитием организации». Модул 7. – M.: INFRA-M, 2002. – С.178.
9. Ziyayev M.K., Mirisayev A.A., & Aloyeva Z.R. (2023). Develop a strategy for increasing
business efficiency in enterprises. ISJ Theoretical & Applied Science, USA 02 (118), 201–206.
10. Ziyayev M.K., Mirisayev A.A., & Aloyeva Z.R. (2023). Some issues in strategic
management of enterprises. ISJ Theoretical & Applied Science, USA 02 (118), 466–472.
