Universal International Scientific Journal
125
Isayev Yusufjon Tojimametovich
1
., Mirzabayeva Dilbaroy Shavkatbek qizi
Andijon davlat universiteti, kimyo fanlari doktori, professor
1
Andijon davlat universiteti, magistr
2
Uzbekistan
https://orcid.org/0000-0002-9904-6791
Annotatsiya:
Mazkur maqolada yasmiq tarkibidagi vitaminlarning sog‘lom oziqlanishdagi
ahamiyati va inson salomatligiga ta’siri tahlil qilinadi. Xususan, B guruhi vitaminlari, antioksidant
xususiyatga ega C va E vitaminlari hamda foliy kislotasining organizm uchun ahamiyati yoritib berilgan.
Yasmiq donlari tarkibidagi suvda eriydigan vitaminlar miqdori YuSSX metodi yordamida aniqlangan.
Bunda o`rganilgan o`simlik materialida eng ko`p miqdorda folat kislotasi, ya`ni vitamin B9 mavjudligi
qayd etilgan.
Kalit so‘zlar:
Yasmiq, suvda eriydigan vitaminlar, yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi,
energetik metabolism.
Аннотация:
В данной статье представлены обсуждены результаты количественного
определения водорастворимых витаминов зерен чечевицы. В частности, в вводной части
описывается значение витаминов группы B, а также обладающих антиоксидантной активностью
витаминов С и Е, фолиевой кислоты. Количественное определение витаминов проведен методом
Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal
Jurnalning bosh sahifasi:
YASMIQ TARKIBIDAGI SUVDA ERIYDIGAN VITAMINLAR MIQDORINI ANIQLASH
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 1
Published: 23.01.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
12
6
ВЭЖХ. Так, установлено, что в наибольшим количестве в растительном материале содержится
фолиевая кислота или витамин B9.
Ключевые слова:
Тамарикс, водорастворимые витамины, высокоэффективная жидкостная
хроматография, энергетический метаболизм.
Abstract:
This article presents the results of quantitative determination of water-soluble vitamins of
lentil grains. In particular, the introductory part describes the importance of B vitamins, as well as vitamins
C and E with antioxidant activity, folic acid. The quantitative determination of vitamins was carried out by
HPLC. Thus, it was found that the greatest amount of folic acid or vitamin B9 is contained in plant material.
Keywords:
Tamarix, water-soluble vitamins, high-performance liquid chromatography, energy
metabolism.
Language:
Uzbek
Citation:
Isayev , Y., & Mirzabayeva , D. (2025). DETERMINATION OF THE AMOUNT OF
WATER-SOLUBLE VITAMINS IN LENTILS. Universal International Scientific Journal, 2(1), 125–131.
https://doi.org/10.69891/3060-4540.2025.21.88.001
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14752478
https://doi.org/10.69891/3060-4540.2025.21.88.001
KIRISH
Yasmiq
insoniyatning
qadimdan
ma’lum bo‘lgan eng qadrli oziq-ovqat
mahsulotlaridan biri bo‘lib, uning tarkibiy
tuzilishi sog‘lom oziqlanish va turli xil
biologik jarayonlarni qo‘llab-quvvatlashda
katta ahamiyatga ega [1;-1024b.]. Bu
dukkakli o‘simlik oqsillar, uglevodlar,
mineral moddalar va vitaminlar bilan
boyligi tufayli, ozuqa manbai sifatida
alohida o‘rin tutadi [2;-325-442b]. Yasmiq
tarkibida uchraydigan vitaminlar, xususan,
B guruhi vitaminlari, foliy kislotasi,
shuningdek, antioksidant xususiyatga ega E
va C vitaminlari organizmning turli hayotiy
jarayonlarini rag‘batlantiruvchi muhim
moddalar sifatida ajralib turadi [3;-692-
695b].
Vitaminlar inson salomatligi uchun
ajralmas moddalar bo‘lib, ular fermentativ
reaksiyalarni boshqarish, hujayralarning
regeneratsiyasi,
immun
tizimini
mustahkamlash va modda almashinuvi
jarayonlarida ishtirok etadi [4;-241-266b].
Yasmiqdagi vitaminlar tarkibi nafaqat
organizm uchun zarur bo‘lgan oziq
moddalarni yetkazib berishda, balki yuqori
bioko‘plabligining ta’minlanishida ham
muhimdir [5;-403-476b.]. Xususan, B
guruhi vitaminlari nerv tizimini qo‘llab-
quvvatlashda, energiya ishlab chiqarishda
va qon hujayralarining shakllanishida
muhim
o‘rin
tutsa,
foliy
kislotasi
homiladorlik
davrida
hujayralarning
rivojlanishini ta’minlashda juda zarurdir [6;-
138-144b.].
Universal International Scientific Journal
12
7
Shuningdek, antioksidant xususiyatga
ega C va E vitaminlari inson organizmini
erkin radikallar ta’siridan himoya qilishda,
hujayra qarishi jarayonini sekinlashtirishda
va immun tizimini kuchaytirishda alohida
ahamiyatga
egadir
[7;-289b.].
Ushbu
maqolada yasmiq tarkibidagi vitaminlarning
kimyoviy xususiyatlari, ularning biologik
ahamiyati va salomatlikka ko‘rsatadigan
ta’siri ilmiy asoslangan ma’lumotlar asosida
tahlil qilinadi [8;-127-132b.].
TAJRIBA QISM
Foydalanigan reaktiv va jihozlar.
Tajriba uchun iste`molga chiqarilgan qizil
yasmiq donlari olindi. Vitamin B12
“Rhydburg Pharmaceuticals” (Germaniya),
C vitamin “Carl Roth GmbH” (Germaniya),
B9 “DSM Nutritional Products GmbX” dan
(Germaniya), B1, B2, B3, B6, PP vitaminlar
“BLDPharm” (Xitoy) olingan. HPLC
darajadagi
tozalikda
suv,
asetonitril,
kimyoviy toza markadagi sirka kislota va
natriy gidroksidi reaktivlaridan foydalanildi.
Don
tarkibidagi
suvda
eruvchan
vitaminlar miqdorini aniqlash LC-40 Nexera
Lite (Shimadzu, Yaponiya) yuqori samarali
suyuqlik xromatografida amalga oshirildi.
Standart eritmalarni tayyorlash.
C
(CAS 50-81-7), B1 (CAS 59-43-8), B6
(CAS 58-56-0), B3 (CAS 59-67-6), B12
(CAS 68–19–9) va PP (CAS 98-92-0)
vitaminlarning eritmalari (100 mg/l) har bir
vitaminning 5 mg dan miqdori 50 ml 0,1 N
li HCl eritmasida eritib tayyorlanadi. B2
(CAS 83-88-5) va B9 (CAS 59-30-3)
vitaminlarining standart eritmalari ushbu
vitaminlarning 5 mg ni 50 ml 0,025% natriy
gidroksid eritmasida eritib tayyorlandi.
So‘ngra dastlabki B1, B6, B3, B12, PP
vitaminlardan 200 mkl dan olib aralashtirildi
va har bir vitaminning konsentratsiyasi
14.286 mg/l dan bo’lgan eritma tayyorlandi.
Shu tariqa 7.143, 3.571, 1.786 mg/l dan
standart eritmalar tayyorlandi. Vitamin C
ning ham 286, 143, 71.5, 57.2 mg/l
konsentratsiyali
standart
eritmalari
tayyorlandi. Kalibrlovchi grafik tuzish
uchun 0 mg/l konsentratsiya uchun toza suv
ishlatildi.
Namuna
ekstraktini
tayyorlash.
Suvda eruvchan vitaminlarni ekstraksiya
qilish uchun tekshiriladigan namunadan 1 gr
o’lchab olinib, 50 ml hajmli konussimon
kolbaga solindi va 25 ml 0,1 N li HCl
eritmasi qo’shildi. Aralashma GT SONIC-
D3 (Xitoy) markali ultratovushli vannada 60
oC
haroratda
20
daqiqa
davomida
ekstraksiya qilindi. So’ngra aralashma
sovitilib, filtrlandi hamda o’lchov kolbasida
suv bilan 25 ml ga yetkazildi. Ekstraktdan
1,5 ml miqdori 0,22 mkm li shpritsli filtrda
filtrlanib vialaga solindi hamda analiz uchun
foydalanildi.
Xromatografik
sharoitlar.
Vitaminlarni aniqlash. Standart eritmalar va
namuna ekstrakti LC-40D nasosi, SIL-40
avtosampleri, SPD-M40 foto-diod matritsali
detektoridan (PDA) iborat LC-40 Nexera
Lite yuqori samarali suyuqlik xromatografi
va LabSolutions ver. 6.92 dasturiy ta’minoti
yordamida tahlil qilindi. Shim pack GIST
C18 (150 × 4,6 mm; 5 mkm, Shimadzu,
Yaponiya) teskari fazali kolonkasi hamda
asetonitril (A) va sirka kislotaning suvdagi
Universal International Scientific Journal
12
8
0,25 % li eritmasi (B) dan tashkil topgan
gradientli harakatchan faza (1-jadval)
qo'llanildi. In'ektsiya hajmi 10 mkl, oqim
tezligi 0,6 ml/min va kolonka termostati
harorati 40 °C etib belgilandi. Har bir
vitaminning
analitik
signali
(cho'qqi
maydoni) uchta to'lqin uzunliklari 265, 291,
550 nm da qayd etildi (1-3 rasmlar). Vitamin
C ni aniqlash uchun 15 daqiqali gradiyent
ishlatildi (2-jadval) va analitik signal 265
nm to‘lqin uzunlikda o‘lchandi.
1-jadval.
Vitaminlarni aniqlashda harakatchan faza gradiyent dasturi.
Vaqt, daqiqa
Atsetonitril (A), %
0,5 % li sirka kislota (B), %
0
0
100
3
0
100
14
20
80
17
50
50
18
0
100
25
Tugatish
2-jadval.
Vitamin C miqdorini aniqlashda harakatchan faza gradiyent dasturi.
Vaqt, daqiqa
Atsetonitril (A), %
0,5 % li sirka kislota (B), %
0
0
100
2
0
100
6
50
50
6,01
0
100
15
Tugatish
1-rasm. Vitaminlar standart eritmasining xromatogrammasi.
Universal International Scientific Journal
12
9
2-rasm. Vitamin C standart eritmasining xromatogrammasi.
Olingan natijalar.
Namuna ekstrakti
tarkibidagi
vitaminlarni
aniqlash.
Namuna ekstrakti xromatogrammasi (3,4-
rasmlar) olindi hamda natijalar asosida 100
g don tarkibidagi vitaminlar miqdorlari
quyidagi formula bilan hisoblanib 3-
jadvalda keltirildi.
𝑋 =
𝐶
𝑣𝑖𝑡
∙ 𝑉
𝑒𝑘𝑠𝑡𝑟𝑎𝑘𝑡
𝑚
𝑛𝑎𝑚𝑢𝑛𝑎
∙ 100 𝑔
Bu yerda,
X
– 100 gram meva tarkibidagi
vitaminlarning miqdori, mg;
C
vit
– ekstrakt tarkibidagi vitaminning
YuSSX
usuli
bilan
aniqlangan
konsentratsiyasi, mg/l;
V
ekstrakt
– namuna ekstraktining hajmi, l;
m
namuna
– ekstrakt tayyorlash uchun tortib
olingan namuna massasi.
3-rasm. Namuna ekstrakti tarkibidagi vitaminlarni aniqlash xromatogrammasi.
Universal International Scientific Journal
1
30
4-rasm. Namuna ekstrakti tarkibidagi vitamin C miqdorini aniqlash xromatogrammasi.
3-jadval.
Yasmiq suvli ekstraktdagi vitaminlarning miqdori
Vitamin
Ushlanish vaqti,
sek
Konsentratsiya,
mg/l
100 g namunadagi
miqdori, mg
B
1
2,785
1,725
4,313
B
2
18,694
0,338
0,845
B
3
5,317
13,47
33,675
B
6
Aniqlanmadi
0
0,000
B
9
17,136
1,245
3,113
B
12
Aniqlanmadi
0
0,000
PP
7,687
5,153
12,883
C
4,13
2,065
5,163
3-jadvaldan ko’rinib turibdiki qoqi o’t
ning tarkibida yuqori miqdorda Vitamin B3
– 33,675, vitamin PP-12,883, vitamin C -
5,163 va oz miqdorda vitamin B1-
4,313,vitamin B9-3,113 borligi aniqlandi.
Xulosa. Yasmiq tarkibidagi vitaminlar,
xususan, B3 (niatsin), B9 (foliy kislotasi),
В1 (tiamin) va В5 (pantoten kislotasi) inson
organizmi uchun muhim biologik faol
moddalardir. В3 vitamini, yoki niatsin,
energetik metabolizmni tartibga solish va
qon aylanishini yaxshilashda ahamiyatga
ega, bu esa umumiy salomatlikka ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi. В9 vitamini (foliy kislotasi)
homilador ayollar uchun alohida ahamiyatga
egadir, chunki u homila rivojlanishida va
hujayra bo‘linishini ta’minlashda asosiy rol
o‘ynaydi. В1 vitamini (tiamin) esa nerv
tizimining normal faoliyati uchun zarur
bo‘lib, uning yo‘qligi nerv kasalliklari va
psixik xolatlar rivojlanishini kuchaytirishi
mumkin. Shuningdek, В5 vitamini (pantoten
kislotasi) metabolizm jarayonlarini qo‘llab-
quvvatlab,
immun
tizimini
mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.
Yasmiq tarkibidagi ushbu vitaminlar
inson salomatligi va ahvolini yaxshilashga
qaratilgan juda ko‘p foyda keltiradi. Ushbu
vitaminlarning barchasi organizmdagi turli
biologik jarayonlarda muhim ishtirokchi
Universal International Scientific Journal
1
3
1
bo‘lib, ularning o‘z vaqtida va yetarli
miqdorda qabul qilinishi inson salomatligini
saqlash va turli kasalliklarning oldini
olishda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun,
yasmiq kabi vitaminlarga boy oziq-
ovqatlarni
ratsionimizga
kiritish,
organizmning yuqori samarali faoliyat
ko‘rsatishini ta’minlash uchun zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Rashid M. M. et al. HPLC-DAD analysis of water-soluble vitamins (B1, B2, B3, B5, B6, C and
Biotin) and fat-soluble vitamins (A, D, E, K1 and β-carotene) in commonly consumed pulses in Bangladesh
//Applied Food Research. – 2024. – Т. 4. – №. 1. – P. 100424.
2. Russell L. F. Water soluble vitamins //Food analysis by HPLC. – 2012. – Т. 3. – P. 325-442.
3. Frias J. et al. Effect of light on carbohydrates and hydrosoluble vitamins of lentils during soaking
//Journal of food protection. – 1995. – Т. 58. – №. 6. – P. 692-695.
4. Khaneghah A. M. et al. Water-soluble vitamins //Innovative Thermal and Non-Thermal Processing,
Bioaccessibility and Bioavailability of Nutrients and Bioactive Compounds. – Woodhead Publishing, 2019.
– P. 241-266.
5. Russell L. F. Quantitative determination of water-soluble vitamins //Food science and technology-
New-York-Marcel Dekker. – 2000. – P. 403-476.
6. Vidal-Val Verde C. et al. Nutritional evaluation of lentil flours obtained after short-time soaking
processes //European Food Research and Technology. – 2002. – Т. 215. – p.138-144.
7. Mirakbarova, M., Xojamshukurov, N., Otajonov, A., Abdullayev, X., & Abdutolibov, M. (2024).
TENEBRIO
MOLITOR
LICHINKASIDAN
OLINGAN
YOG’NING
MIKROBIOLOGIK
TAHLILI.
Universal xalqaro ilmiy jurnal
,
1
(2), 60-66.
8. Ekıncı R. The effect of fermentation and drying on the water-soluble vitamin content of tarhana, a
traditional Turkish cereal food //Food chemistry. – 2005. – Т. 90. – №. 1-2. – P. 127-132.
9. Ekinci R., Kadakal C. Determination of seven water-soluble vitamins in tarhana, a traditional Turkish
cereal food, by high-performance liquid chromatography //ACTA chromatographica. – 2005. – Т. 15. – p.
289.
10. Далимов, Д. Н., Исаев, Ю. Т., & Сайиткулов, А. М. (2001). Молекулярные комплексы
моноаммониевой соли глицирризиновой кислоты с некоторыми лекарственными средствами и их
интерферониндуцирующая активность. Химия природ. соедин, (2), 132-134.
